{"id":15032,"date":"2021-04-27T08:51:51","date_gmt":"2021-04-27T03:51:51","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15032"},"modified":"2021-04-27T08:51:51","modified_gmt":"2021-04-27T03:51:51","slug":"sahihul-buxoriyning-samarqandlik-roviylarini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cSahihul Buxoriy\u201dning samarqandlik roviylarini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"<p class=\"mt0\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u2018zidan juda ko\u2018p odam eshitgan. Bu haqda uning eng mashhur shogirdlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy (hijriy 231-320 y.): \u201cMuhammad ibn Ismoil Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini muallifning o\u2018zidan to\u2018qson ming kishi eshitgan. Bu kitobni Imom Buxoriyning o\u2018zidan rivoyat qiladigan mendan boshqa biror kishi qolmadi\u201d, deb aytadi.<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatan, \u201cSahihul Buxoriy\u201d versiyalari orasida Imom Firabriyning rivoyati juda mashhur bo\u2018lib ketgan. Buning sababi uning uzoq umr ko\u2018rgani va kitobining nusxasi to\u2018liq bo\u2018lganidir.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning vafotidan keyin \u201cSahihul Buxoriy\u201dning asl nusxasi shogirdi Abu Abdulloh Firabriyning qo\u2018lida qolgan. Shu tariqa \u201cSahihul Buxoriy\u201dning Imom Firabriy rivoyati mashhur bo\u2018lgan. Undan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni juda ko\u2018p shogirdlar ta\u2019lim olgan va asar matnini ustozining qo\u2018lidagi asl nusxadan ko\u2018chirgan. Birorta tahqiqchi va ahli ilm ular yozgan nusxalarga shak-shubha qilmagan va e\u2019tiroz bildirmagan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Rushayd Sabtiy bunday deb aytadi: \u201cBugun mashriq va mag\u2018ribda \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini eshitishda sanadi Imom Buxoriyga bog\u2018langan yo\u2018l Abu Abdulloh Firabriyning yo\u2018lidir. Rivoyati komilligi, muallifga yaqinligi va roviylarining mashhurligi uchun odamlar unga suyanadi. Uning qo\u2018lida \u201cSahihul Buxoriy\u201dning asl nusxasi bo\u2018lgan va undan Abu Abdulloh Firabriyning shogirdlari ko\u2018chirib olgan. Bu esa Abu Abdulloh Firabriyni qo\u2018llab-quvvatlaydigan hujjat va uning to\u2018g\u2018riligiga guvohdir. So\u2018ngra, \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobi Abu Abdulloh Firabriydan mutavotir yo\u2018l bilan naql qilingan. Musulmonlar buni mahkam ushlagan va unga ijmo\u2019 bog\u2018langan. Natijada hujjat aniq bo\u2018lgan\u201d.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Firabriydan juda ko\u2018plab siqa (ishonchli) roviylar jamoasi rivoyat qilgan. Xususan, Samarqandlik Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Mat Ishtixoniy Samarqandiy va Shayx Abu Ali Ismoil ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Hojib Kushshoniy (vaf. 391 h.) ham Imom Firabriyning eng mashhur shogirdlaridan hisoblanadi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Bakr Ishtixoniy Samarqandiy\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom faqih Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Mat Ishtixoniy Samarqandiy \u201cSahihul Buxoriy\u201dni hijriy 319 yilda (Imom Firabriyning vafotidan bir yil oldin) Imom Firabriydan eshitgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Dovudiy bunday deydi: \u201cMen Ishtixonda Ibn Matning huzuriga kirganimda, u menga: \u201cSen \u201cSahihul Buxoriy\u201dni eshitganmisan\u201d, dedi. Men: \u201cHa\u201d, dedim. U: \u201cKimdan\u201d, deb so\u2018radi. Men: \u201cIsmoil Hojibiydan\u201d, dedim. Shunda u: \u201cUni mendan ham eshitgin. Albatta, men uni (ikkinchi marotaba ham) mustahkamlab berayin. Men fiqhni o\u2018rgangandim va \u201cSahihul Buxoriy\u201dni eshitgan paytimda katta\u00a0 faqih edim. Ismoil esa yelkada ko\u2018tarib yuriladigan va o\u2018zi yurolmaydigan yosh bola edi. Mening eshitishim bilan uning eshitishi teng bo\u2018ladimi?\u201d dedi. Men \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Ibn Matdan ham eshitganman\u201d.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U Muhammad ibn Yusuf Firabriy va Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Odam Shoshiydan hadis rivoyat qilgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Undan Abu Sa\u2019d Idrisiy, Ali ibn Saxtam Samarqandiy, faqih Abu Nasr Dovudiy va boshqalar hadis o\u2018rgangan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Asir Jazariy: \u201cU shofe\u2019iy mazhabining imomlaridan bo\u2018lgan va \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Firabriydan rivoyat qilgan. Hijriy 381 yilning rajab oyida vafot etgan\u201d, degan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHijriy 388 yilda vafot etgan\u201d degan gap ham bor. Abu Sa\u2019d Idrisiy \u201cTarixi Samarqand\u201d asarida bunday deydi: \u201cAbu Bakr ibn Mat Ishtixoniy \u2013 shayx, fazilatli, taqvodor va fiqhda shofe\u2019iy mazhabining imomlaridan bo\u2018lgan. Biz undan Ishtixonda bir necha marotaba hadis yozib olganmiz. U Muhammad ibn Yusuf Firabriy, Hasan ibn Sohib Shoshiy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. U hijriy 388 yilning rajab oyida Ishtixonda vafot etgan\u201d.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Shayx Abu Ali Kushshoniy<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx, asosiy tayanch va samimiy ulamo Abu Ali Ismoil ibn Muhammad ibn Abu Nasr Muhammad ibn Ahmad ibn Hojib ibn Xamona Kushshoniy (Kushshon Samarqanddan 12 farsax uzoqlikda joylashgan shahar). U \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Firabriydan hijriy 320 yilda eshitgan va undan eshitgan roviylarning eng oxirgisi hisoblanadi. Shuningdek, u Abu Nu\u2019aym Abdulmalik ibn Muhammad ibn Adiy Usturoboziy, Abu Hasson Muhayb ibn Salim va boshqalardan hadis eshitgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Undan oliy sanadni talab qilgan juda ko\u2018p ulamolar \u201cSahihul Buxoriy\u201dni rivoyat qilgan. Undan Hofiz Hasanning ukasi Abu Abdulloh Husayn ibn Muhammad Xolal, Abu Sahl Ahmad ibn Ali Abyurdiy, Abu Abdulloh G\u2018unjor va boshqalar hadis eshitgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Sam\u2019oniy: \u201cU kushshonlik shayx, siqa (ishonchli), solih va mashhur ulamo bo\u2018lgan. Odamlar uni oldiga kelib hadis eshitgan\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Zahabiy: \u201cU shayx, asosiy tayanch va samimiy kishi bo\u2018lgan\u201d, degan. Yana Imom Zahabiy: \u201cU uzoq umr ko\u2018rgan shayx bo\u2018lgan va (oliy sanad bilan) \u201cSahihul Buxoriy\u201dni rivoyat qilgan roviylarning eng oxirgisidir\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Sa\u2019d Idrisiy: \u201cAbu Ali Kushshoniy hijriy 391 yilda vafot etgan\u201d, degan. Mu\u2019tamin Sojiy esa: \u201cU hijriy 392 yilda vafot etgan\u201d, degan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ali Kushshoniyning tarjimai holini yozgan juda ko\u2018p ulamolar uni Imom Firabriydan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni rivoyat qilgan roviylarning eng oxirgisi, deb aytgan. U \u201cSahihul Buxoriy\u201dni hijriy 320 yilda (Imom Firabriy vafot etgan yil) eshitgan. Abu Ali Kushshoniy uzoq umr ko\u2018rgan, hijriy 391 yilgacha yashagan. Ya\u2019ni, Imom Firabriyning vafotidan keyin 70 yil \u201cSahihul Buxoriy\u201dni rivoyat qilgan. Shuning uchun ham uning sanadi oliy bo\u2018lgan. Ulamolar turli joylardan kelib, uning oldida to\u2018plangan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Makula: \u201cU Imom Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini Firabriydan o\u2018rgangan. Men uni \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Firabriydan rivoyat qilganlarning eng oxirgisi deb hisoblayman\u201d, degan. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Sam\u2019oniy: \u201cU rivoyat qilayotgan vaqtda dunyoda \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Firabriydan rivoyat qiladigan biror kishi qolmagan edi\u201d, degan. Yana Imom Sam\u2019oniy: \u201cU dunyoda \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Muhammad ibn Yusuf Firabriydan rivoyat qilgan roviylarning eng oxirgisidir\u201d, degan. Shuning uchun juda ko\u2018p ulamolarni Abu Ali Kushshoniydan rivoyat qilganini ko\u2018ramiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ali Kushshoniydan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni rivoyat qilganlardan biri juda ko\u2018p kitoblar muallifi Abul Abbos Ja\u2019far ibn Muhammad ibn Mu\u2019taz ibn Muhammad ibn Mustag\u2018fir ibn Fath Nasafiy Mustag\u2018firiy (vaf. hijriy 432 y.)dir. \u201cSahihul Buxoriy\u201dning rivoyati mana shu vosita orqali Ibn Hajar Asqaloniy va Shahobiddin Qastaloniyga bog\u2018lanadi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Undan rivoyat qilganlardan yana biri Abu Abdulloh Husayn ibn Muhammad ibn Hasan Xolal Bag\u2018dodiy (vaf. hijriy 430 y.)dir. U \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Movarounnahrda Abu Ali Kushshoniydan eshitgan. Xatib Bag\u2018dodiy undan rivoyat qilgan \u201cSahihul Buxoriy\u201ddagi ba\u2019zi hadislarni o\u2018zining \u201cAl-jomi\u2019 li-axloqir roviy\u201d va \u201cAl-asmaul mubhamatu\u201d kitobida keltirgan. Shuningdek, undan Abul Hasan Ali ibn Husayn ibn Ayyub Bazzor ham hadis rivoyat qilgan. \u201cSahihul Buxoriy\u201dning rivoyati mana shu yo\u2018l orqali Qozi Iyozga bog\u2018lanadi.\u00a0 \u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, yuqorida zikr qilinganlar \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Firabriydan eshitib rivoyat qilgan samarqandlik ikkinchi tabaqa roviylar hisoblanadi. \u201cSahihul Buxoriy\u201dni muallifiga bog\u2018langan sanad bilan rivoyat qilishga e\u2019tibor qiladigan juda ko\u2018p roviylarning sanadlari ularga borib taqaladi. Shuning uchun ham ushbu roviylar hayoti va ilmiy faoliyatini o\u2018rganish bugungi kundagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. \u00a0<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abduvosi SHONAZAROV,\u00a0<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: <a href=\"http:\/\/uza.uz\/posts\/261453\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><span style=\"color: #0000ff;\">UzA<\/span><\/a><\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u2018zidan juda ko\u2018p odam eshitgan. Bu haqda uning eng mashhur shogirdlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy (hijriy 231-320 y.): \u201cMuhammad ibn Ismoil Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini muallifning o\u2018zidan to\u2018qson ming kishi eshitgan. Bu kitobni Imom Buxoriyning o\u2018zidan rivoyat qiladigan mendan boshqa biror kishi qolmadi\u201d, deb aytadi. Haqiqatan, \u201cSahihul Buxoriy\u201d &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15029,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cSahihul Buxoriy\u201dning samarqandlik roviylarini bilasizmi? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cSahihul Buxoriy\u201dning samarqandlik roviylarini bilasizmi? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u2018zidan juda ko\u2018p odam eshitgan. Bu haqda uning eng mashhur shogirdlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy (hijriy 231-320 y.): \u201cMuhammad ibn Ismoil Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini muallifning o\u2018zidan to\u2018qson ming kishi eshitgan. Bu kitobni Imom Buxoriyning o\u2018zidan rivoyat qiladigan mendan boshqa biror kishi qolmadi\u201d, deb aytadi. Haqiqatan, \u201cSahihul Buxoriy\u201d &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-04-27T03:51:51+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/samarqan.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1024\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"777\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz\",\"name\":\"\u201cSahihul Buxoriy\u201dning samarqandlik roviylarini bilasizmi? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/samarqan.jpg\",\"datePublished\":\"2021-04-27T03:51:51+00:00\",\"dateModified\":\"2021-04-27T03:51:51+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/samarqan.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/samarqan.jpg\",\"width\":1024,\"height\":777},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cSahihul Buxoriy\u201dning samarqandlik roviylarini bilasizmi?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cSahihul Buxoriy\u201dning samarqandlik roviylarini bilasizmi? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cSahihul Buxoriy\u201dning samarqandlik roviylarini bilasizmi? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u2018zidan juda ko\u2018p odam eshitgan. Bu haqda uning eng mashhur shogirdlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy (hijriy 231-320 y.): \u201cMuhammad ibn Ismoil Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini muallifning o\u2018zidan to\u2018qson ming kishi eshitgan. Bu kitobni Imom Buxoriyning o\u2018zidan rivoyat qiladigan mendan boshqa biror kishi qolmadi\u201d, deb aytadi. Haqiqatan, \u201cSahihul Buxoriy\u201d &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-04-27T03:51:51+00:00","og_image":[{"width":1024,"height":777,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/samarqan.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz","name":"\u201cSahihul Buxoriy\u201dning samarqandlik roviylarini bilasizmi? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/samarqan.jpg","datePublished":"2021-04-27T03:51:51+00:00","dateModified":"2021-04-27T03:51:51+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/samarqan.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/samarqan.jpg","width":1024,"height":777},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15032&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cSahihul Buxoriy\u201dning samarqandlik roviylarini bilasizmi?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15032"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15032"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15032\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15033,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15032\/revisions\/15033"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15029"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15032"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15032"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15032"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}