{"id":14966,"date":"2021-04-20T11:14:29","date_gmt":"2021-04-20T06:14:29","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14966"},"modified":"2021-04-23T15:47:10","modified_gmt":"2021-04-23T10:47:10","slug":"tarix-sahifalaridan-joy-olajak-mo%ca%bbtabar-maskan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz","title":{"rendered":"Tarix sahifalaridan joy olajak mo\u02bbtabar maskan"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk alloma va muhaddislar yurti bo\u02bblgan jannatmakon vatanimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar kabi diniy-ma\u02bcrifiy sohani rivojlantirish borasida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Dunyo ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo\u02bbshgan buyuk ajdodlarimiz hayoti va ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, islom dinining mazmun-mohiyatini teran anglash, ma\u02bcrifiy islom asosida \u201cJaholatga qarshi \u2014 ma\u02bcrifat\u201d shiori bilan harakat qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu borada keyingi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, buyuk allomalarimiz nomi bilan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O\u02bbzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Hadis ilmi maktabi, Buxoroda Mir arab oliy madrasasi, Termizda islom ta\u02bclim muassasalarining tashkil etilishi buyuk ajdodlar me\u00adrosini o\u02bbrganishda muhim amaliy qadam bo\u02bbldi. Bu ma\u02bcrifat maskanlari va ularning faoliyat samaradorligi nafaqat yurtimiz, balki dunyo ekspertlari tomonidan ham munosib e\u02bctirof etilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019 yili Samarqand viloyatiga tashrifi chog\u02bbida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini kengaytirish zarurligini ta\u02bckidlab: \u201cBu joy Imom Buxoriy bobomizning ilmiga, islom olamidagi maqomiga munosib bo\u02bblishi kerak. Mamlakatimizda ziyorat turizmining asosi aslida shu yer. Bu maskanga qancha ziyoratchilar kelsa ham, qulay sharoit bo\u02bblishi zarur\u201d, \u2014 degan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbtgan vaqt mobaynida majmuaning butunlay yangi loyihasi yaratildi. Prezidentimiz huzurida bir necha bor taqdimot qilinib, u kishining ko\u02bbrsatmalari asosida takomillashtirildi. Go\u02bbzal niyatning natijasi o\u02bblaroq davlatimiz rahbari muborak Ramazon kunlaridagi navbatdagi tashrifida Imom Buxoriy majmuasida yangi loyiha asosida bunyodkorlik ishlari boshlanganligiga e\u02bctibor qaratib, \u201cRamazon oyi \u2014 ezgu niyatlar ijobat bo\u02bbladigan muqaddas oy. Bu qurilishni shu oyda boshlayotganimiz ham xayrli, xosiyatli bo\u02bbladi, qalbimizga taskin beradi. Bu sohada qilayotgan ishlarimizdan maqsad \u2014 islomga e\u02bctiqodimizni, alloma bobolarimizga hurmatimizni ilm bilan bildirish. Ajdodlarimizga munosib bo\u02bblish biz uchun juda katta burch\u201d, deya ta\u02bckidlab o\u02bbtdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, Ramazon oyi baraka va mehr-saxovat oyi. Bu oyda qilingan ishlarning ajr-mukofoti boshqa oylardan ko\u02bbra ko\u02bbpaytirib beri\u00adladigan fursat hisoblanadi. Yaxshi niyatlar bilan boshlangan bu katta inshoot buyuk muhaddisning musulmon olamida tutgan hurmat-e\u02bctiboriga xos ulug\u02bb ish bo\u02bbladi. Butun dunyo ahli Imom Buxoriyning yurti bo\u02bblgan O\u02bbzbekistonga oshiqadi, bu makonga kelib, muhaddislar yurtini ziyorat etishni doim o\u02bbziga maqsad qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqaro konferensiyalarning birida xorijlik olimlardan biri: \u201cImom Buxoriy ma\u02bcrifati oldida butun dunyo ahli birga harakat qilsa ham, bu buyuk muhaddisning hadis ilmi borasida qilgan xizmatini oqlay olmaydi\u201d, degan edi. Buyuk muhaddisga berilgan ushbu ta\u02bcrifdan uning abadiy qo\u02bbnim topgan maskanini obod etish, majmuaning xalqaro andozalarga mos me\u02bcmorchiligini, uning jozibadorligini oshirib, dunyo ahliga tarannum etishda muhim ishga qo\u02bbl urildi. Bu xayrli tashabbusning ayni ulug\u02bb kunlarda boshlanishida ham ramziy ma\u02bcno bor. Zero, ko\u02bbplab allomalarimiz asarlarining tasnif etilishi, uni oxiriga yetkazishlari Ramazon oyida amalga oshirilgani yoki ular doim ro\u02bbza holda bo\u02bblgani ta\u02bckidlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Majmuadagi yangi loyiha bo\u02bbyicha qurilish ishlarining shu muborak kunlarda boshlanishi ham ulug\u02bb ajdodlarimiz tomonidan rioya etib kelingan qoidaga muvofiq keladi. Prezidentimiz ta\u02bckidlaganlaridek, \u201cRamazon oyining olijanob g\u02bboyalari, muqaddas amallari ham ana shunday ezgu maqsadlarimizni ro\u02bbyobga chiqarishda mustahkam zamin bo\u02bbladi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Majmuada boshlangan bu xayrli ishlarning bardavom bo\u02bblishini so\u02bbrab nuroniy oqsoqollarimiz duo qildilar. Prezidentimiz Samarqand viloyatiga tashrif buyurganining asosiy sababi \u2013 bu makonda ulug\u02bb muhaddis Imom Buxoriyning xotirasi borligini quyidagicha ta\u02bckidladi: \u201cPrezident nega aynan Samarqandga keldi, dersiz. Biz shu ulug\u02bb ayyom kunlarida Samarqand uchun rejalar tuzamiz. Bu yerda ulug\u02bb bobomiz Imom Buxoriy xotirasi bor. 600 ming hadisni piyoda yurib to\u02bbplagan. Uning merosini butun musulmon dunyosiga tarannum etsak arziydi. Bobomizga munosib maqbaralar, masjidlar qurishni boshlaganmiz. Bu yerga kelgan mo\u02bbmin-musulmonlarga sharoit yaratsak, ular ham buyuk tarixli davlat ekanimizga, shu tarixni elga, ayniqsa, yoshlarga yetkazishni istayotganimizga guvoh bo\u02bbladi. O\u02bbzimizga ham bu ishlarimiz insof, diyonat, shukronalik hissiyotlarini beradi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, bu ishlar ulug\u02bbvor maqsadlarni ko\u02bbzlab amalga oshirilmoqda. Hayoti davomida olti yuz ming hadis to\u02bbplab, umrining qirq yilini ilm safarida o\u02bbtkazgan muhaddis o\u02bbzining shoh asari \u201cSahih al-Buxoriy\u201ddagi birinchi hadisda \u201cAlbatta amallar uning niyatiga qarab bo\u02bbladi\u201d deb ta\u02bckidlagan. Bugun davlatimiz rahbarining niyatlari chiroyli, albatta, bu ezgu niyatlarning natijasi ham bundan-da go\u02bbzal bo\u02bbladi. Bu butun yurtimiz ahlining buyuk ajdodlari oldidagi vorislik burchi hisoblanadi. Shuningdek, millatimiz g\u02bburur-iftixori bo\u02bblgan bu buyuk muhaddisga haqiqiy ehtirom namunasi bo\u02bblib xizmat qiladi. Albatta, bu majmuaning qurilishi dunyo ahlini hayratga soladi, Amir Temur davridagi muhtasham binolar kabi tarixda qoladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Shukurillo UMAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Termiziy xalqaro ilmiy \u2013 tadqiqot markazi direktori<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2021 yil\u00a020 aprel, \u211678 (334)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buyuk alloma va muhaddislar yurti bo\u02bblgan jannatmakon vatanimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar kabi diniy-ma\u02bcrifiy sohani rivojlantirish borasida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Dunyo ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo\u02bbshgan buyuk ajdodlarimiz hayoti va ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, islom dinining mazmun-mohiyatini teran anglash, ma\u02bcrifiy islom asosida \u201cJaholatga qarshi \u2014 ma\u02bcrifat\u201d shiori bilan harakat qilish muhim ahamiyat kasb &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14964,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Tarix sahifalaridan joy olajak mo\u02bbtabar maskan - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Tarix sahifalaridan joy olajak mo\u02bbtabar maskan - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Buyuk alloma va muhaddislar yurti bo\u02bblgan jannatmakon vatanimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar kabi diniy-ma\u02bcrifiy sohani rivojlantirish borasida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Dunyo ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo\u02bbshgan buyuk ajdodlarimiz hayoti va ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, islom dinining mazmun-mohiyatini teran anglash, ma\u02bcrifiy islom asosida \u201cJaholatga qarshi \u2014 ma\u02bcrifat\u201d shiori bilan harakat qilish muhim ahamiyat kasb &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-04-20T06:14:29+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-04-23T10:47:10+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz200421.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz\",\"name\":\"Tarix sahifalaridan joy olajak mo\u02bbtabar maskan - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz200421.jpg\",\"datePublished\":\"2021-04-20T06:14:29+00:00\",\"dateModified\":\"2021-04-23T10:47:10+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz200421.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz200421.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Tarix sahifalaridan joy olajak mo\u02bbtabar maskan\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Tarix sahifalaridan joy olajak mo\u02bbtabar maskan - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Tarix sahifalaridan joy olajak mo\u02bbtabar maskan - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Buyuk alloma va muhaddislar yurti bo\u02bblgan jannatmakon vatanimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar kabi diniy-ma\u02bcrifiy sohani rivojlantirish borasida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Dunyo ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo\u02bbshgan buyuk ajdodlarimiz hayoti va ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, islom dinining mazmun-mohiyatini teran anglash, ma\u02bcrifiy islom asosida \u201cJaholatga qarshi \u2014 ma\u02bcrifat\u201d shiori bilan harakat qilish muhim ahamiyat kasb &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-04-20T06:14:29+00:00","article_modified_time":"2021-04-23T10:47:10+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz200421.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz","name":"Tarix sahifalaridan joy olajak mo\u02bbtabar maskan - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz200421.jpg","datePublished":"2021-04-20T06:14:29+00:00","dateModified":"2021-04-23T10:47:10+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz200421.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz200421.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14966&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Tarix sahifalaridan joy olajak mo\u02bbtabar maskan"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14966"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14966"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14966\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14967,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14966\/revisions\/14967"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14964"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14966"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14966"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14966"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}