{"id":14911,"date":"2021-04-22T15:19:16","date_gmt":"2021-04-22T10:19:16","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14911"},"modified":"2021-04-22T15:19:16","modified_gmt":"2021-04-22T10:19:16","slug":"yangi-majmua-imom-buxoriy-bobomizning-islom-olamidagi-maqomiga-munosib-bo%ca%bbladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz","title":{"rendered":"YANGI MAJMUA IMOM BUXORIY BOBOMIZNING ISLOM OLAMIDAGI MAQOMIGA MUNOSIB BO\u02bbLADI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bismillahir Rohmanir Rohiym.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini chuqur o\u02bbrganish, qadamjolarni yanada obod etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli ishlar xalqimiz ma\u02bcnaviyatini yanada yuksaltirish, ilm-ma\u02bcrifatini boyitish, milliy g\u02bbururini o\u02bbstirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandda buyuk muhaddis Imom Buxoriy bobomiz majmuasining mutlaqo zamonaviy, ko\u02bbrkam loyihada bunyod etilayotgani bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berdi, desak, mubolag\u02bba emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz 15 aprel kuni Samarqand viloyatida bo\u02bblganida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida amalga oshirilayotgan ishlarni ham ko\u02bbzdan kechirgani tashrifning tarixiylik ahamiyatini yanada oshirgani, shubhasiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Binobarin, Imom Buxoriy rahmatullohi alayhni butun Islom olami \u201cAmirul mo\u02bbminin fil hadis\u201d \u2014 \u201chadis ilmida mo\u02bbminlarning amiri\u201d, \u201cShayxul-islom\u201d \u2014 \u201cmusulmonlar ustozi\u201d deya sharaflab keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu zotning xotirasiga yuksak ehtirom ko\u02bbrsatilishi, hayoti va merosini o\u02bbrganishga keng sharoitlar yaratilishi yurtdoshlarimizni g\u02bboyat mamnun etibgina qolmay, mamlakatimizning jahondagi obro\u02bb-e\u02bctibori va imijiga ham ijobiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy \u2014 har bir insonning intilishi uchun yuksak ma\u02bcnaviy cho\u02bbqqi, ibrat olishiga arzigulik buyuk siymo. Ajdodimizning bu darajaga yetishishiga sabab u zotning hadis ilmiga qo\u02bbshgan ulkan va beqiyos hissasi, taqvolari, parhezkorliklari hamda omonatdorliklari kabi ko\u02bbplab fazilatlari, desak, yanglishmagan bo\u02bblamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo o\u02bbzining kalomida shunday marhamat qiladi:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (ba\u00adland) daraja (martaba)larga ko\u02bbtarur<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0<em>(Mujodala surasi 11-oyat).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo ilm, zuhd va taqvoda zamonasining peshqadami bo\u02bblgan Imom Buxoriyning bu dunyoda nomini ulug\u02bb qildi. U zot to\u02bbplagan hadislar insonda oqni qoradan farqlash, ota-onani hurmat qilish, halol, oqibatli, bag\u02bbrikeng bo\u02bblish, Allohning buyruqlariga bo\u02bbysunish kabi xislatlarni tarbiyalaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning zamondoshlaridan biri Yahyo ibn Ja\u02bcfar: \u201cAgar qudratim yetsa, Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning umrini ziyoda qilar edim. Mening o\u02bblimim bir kishining o\u02bblimi bo\u02bbladi. Muhammad ibn Ismoilning o\u02bblimi ilmning ketishidir\u201d, degan edi. Muso ibn Horun Hammol esa \u201cMenimcha, islom ahli barchasi jamlanib, Muhammad ibn Ismoilga o\u02bbxshash yana bir kishini yetishtirmoqchi bo\u02bblishsa, eplay olishmaydi\u201d, deya e\u02bctirof etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtboshimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda buyuk muhaddis bobomiz ilmiy merosini o\u02bbrganish bo\u02bbyicha ko\u02bbplab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Hadis ilmi maktabi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandda yangidan bunyod etilayotgan majmua esa Imom Buxoriyning bashariyat oldidagi xizmatlari va shuhratiga monand muazzam qiyofa hamda siyrat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz ushbu majmuaning barpo etilishi va bundan ko\u02bbzlangan maqsad haqida gapirarkan,\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Bu joy Imom Buxoriy bobomizning ilmiga, islom olamidagi maqomiga munosib bo\u02bblishi kerak. Mamlakatimizda ziyorat turizmining asosi aslida shu yer. Bu maskanga qancha ziyoratchilar kelsa ham, qulay sharoit bo\u02bblishi zarur<\/strong><strong>\u201d,<\/strong>\u00a0deya ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbarining ko\u02bbrsatma va topshiriqlariga muvofiq, yangi yodgorlik majmuasida soni tobora oshib borayotgan milliy hamda xorijiy ziyoratchilar uchun barcha sharoit yaratiladi. Majmua tarkibiga kiruvchi masjid ichki sahnining o\u02bbzi ikki ming kvadrat metrdan oshadi. Atrofidagi sahnlar bilan masjidda bir necha o\u02bbn ming musulmon bir vaqtning o\u02bbzida namoz o\u02bbqishi mumkin bo\u02bbladi. Bu yerda simmetrik to\u02bbrtta minora, baland ayvonlar, yo\u02bbldan kirib kelishda xiyobon bunyod etiladi. Qator mehmonxonalar, avtoturargohlar va avtobekat, supermarket, bozorcha barpo qilinadi. Oshxonalar, hunarmandchilik buyumlari rastasi, hammom, tahoratxona, kushxona qurilishi ham belgilangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi majmuaning ko\u02bbrkamligi, beqiyos salobati va muhtashamligi boshqalarga ko\u02bbz-ko\u02bbzlash uchun emas, avvalo, xalqimiz ma\u02bcrifatini, ma\u02bcnaviyatini yanada yuksaltirishga qaratilgandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tan olishimiz kerak: butun islom olamiga mashhur Imom Buxoriy bobomizni va uning bebaho merosini yurtimiz aholisining ko\u02bbpi yaxshi bilmaydi. \u201cMilliy tiklanishdan \u2014 milliy yuksalish sari\u201d g\u02bboyasi asosida yuksak taraqqiyotni ko\u02bbzlab dadil odimlayotgan mamlakatimizda bu muborak zotning ta\u02bclimotlarini yoshlarimizga yetkazish bugun dolzarb masalalardan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz ajdodlarimizning ilmiy meroslarini o\u02bbrganish, o\u02bbgit va ta\u02bclimotlariga amal qilish bilan ularning hurmatlarini joyiga qo\u02bbyar ekanmiz, ko\u02bbzlagan katta-katta marralarga yetishishimizga Alloh taoloning o\u02bbzi kuch-quvvat beradi, o\u02bbzi marhamat ko\u02bbrsatadi, yo\u02bbllarimizni ochadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy bobomizning ta\u02bclimotlarini, ayniqsa, yoshlarimizning ta\u02bclim-tarbiyasida qo\u02bbllashimiz juda zarur. Bugun bu to\u02bbg\u02bbri ta\u02bclimotni yoshlar o\u02bbrgansa, adashganlar bo\u02bblmaydi, ular noto\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga kirib ketmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaziy Osiyo davlatlari \u2014 O\u02bbzbekiston, Tojikiston hamda Afg\u02bboniston o\u02bbrtasida diniy-ma\u02bcrifiy hamkorlikni yo\u02bblga qo\u02bbyish va mustahkamlash maqsadida 2021 yil 15 martda Samarqand shahrida Imom Buxoriy merosining o\u02bbziga xos xususiyatlari mavzuida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Ushbu xalqaro anjumanda so\u02bbzga chiqqan Afg\u02bboniston Islom Respublikasi irshod, haj va vaqf ishlari vaziri Muhammad Qosim Halimiy shunday degan edi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 O\u02bbzbekiston shunday diyorki, Yer yuzidagi har bir musulmon bu tabarruk yurtning ziyoratiga oshiqadi. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning maqbarasini ziyorat qildik. Bu tabarruk joyda juda katta obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani, qadamjolar yanada obod etilayotgani bizni g\u02bboyat xushnud etdi. Bularning barchasi Prezident janob Shavkat Mirziyoyevning mamlakatni yanada obod, xalqni yanada farovon qilish, yuksak bilim va salohiyatli, vatanparvar, milliy qadriyat hamda an\u02bcanalarga, ajdodlarning bebaho merosiga sadoqatli avlodni kamolga yetkazishdek ezgu orzu-umidlari ro\u02bbyobiga xizmat qilayotir. O\u02bbzbekiston yana ilm-fan markaziga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulug\u02bb ajdodimiz xotirasiga xalqimizning va jahon hamjamiyatining ehtiromi belgisi sifatida Allohning izni hamda xalqimizning xohish-irodasi bilan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga muborak Ramazon oyi kunlarida tamal toshi qo\u02bbyilganida ham katta ma\u02bcno bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari bu haqda to\u02bbxtalarkan,\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Ramazon oyi \u2014 ezgu niyatlar ijobat bo\u02bbladigan muqaddas oy. Bu qurilishni shu oyda boshlayotganimiz ham xayrli, xosiyatli bo\u02bbladi, qalbimizga taskin beradi. Bu sohada qilayotgan ishlarimizdan maqsad \u2014 islomga e\u02bctiqodimizni, alloma bobolarimizga hurmatimizni ilm bilan bildirish. Ajdodlarimizga munosib bo\u02bblish biz uchun juda katta burch<\/strong><strong>\u201d,\u00a0<\/strong>dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shukrki muborak Ramazon oyi xayrli amallar bilan tinchlik-osoyishtalikda, shukronalikda o\u02bbtmoqda. 2020 yilda pandemiya tufayli Ramazon oyida diniy amallarni uyda bajarishimizga to\u02bbg\u02bbri kelgan edi. Bu yil esa masjidlar ochiq, mo\u02bbmin-musulmonlar karantin qoidalariga qat\u02bciy amal qilib, ibodatlarini ado etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yordamga muhtoj insonlar, keksalar, boquvchisini yo\u02bbqotganlar, kam ta\u02bcminlagan oilalarga beg\u02bbaraz ko\u02bbmak ko\u02bbrsatilmoqda. Xalqimizga xos hamjihatlik, muruvvat, o\u02bbzaro mehr-oqibat fazilatlarining ushbu qutlug\u02bb oyda yana bir bor namoyon bo\u02bblayotgani butun dunyo og\u02bbir inqirozni boshidan kechirayotgan hozirgi murakkab vaziyatda juda muhim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon oyining olijanob g\u02bboyalari, muqaddas amallari xalqimizni yanada jipslashtiradi, ezgu maqsadlarini ro\u02bbyobga chiqarishda mustahkam zamin bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining yangi beqiyos loyiha asosida qurilishi boshlangani koronavirus pandemiyasi qalblarni larzaga solib turgan ayni kunlarda nafaqat xalqimiz, balki dunyo musulmonlari bag\u02bbrini nurga to\u02bbldirgani, ularning ruhiga yanada ko\u02bbtarinkilik baxsh etganiga ishonchimiz komil. Zotan, savobli amallarning, yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Zayniddin ESHONQULOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Samarqand viloyati bosh imom-xatibi.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cXalq so\u02bbzi\u201d gazetasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2021 yil\u00a022 aprel, \u211682 (7862)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohiym. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini chuqur o\u02bbrganish, qadamjolarni yanada obod etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli ishlar xalqimiz ma\u02bcnaviyatini yanada yuksaltirish, ilm-ma\u02bcrifatini boyitish, milliy g\u02bbururini o\u02bbstirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Samarqandda buyuk muhaddis Imom Buxoriy bobomiz majmuasining mutlaqo zamonaviy, ko\u02bbrkam loyihada bunyod etilayotgani bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berdi, desak, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14908,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>YANGI MAJMUA IMOM BUXORIY BOBOMIZNING ISLOM OLAMIDAGI MAQOMIGA MUNOSIB BO\u02bbLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"YANGI MAJMUA IMOM BUXORIY BOBOMIZNING ISLOM OLAMIDAGI MAQOMIGA MUNOSIB BO\u02bbLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Bismillahir Rohmanir Rohiym. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini chuqur o\u02bbrganish, qadamjolarni yanada obod etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli ishlar xalqimiz ma\u02bcnaviyatini yanada yuksaltirish, ilm-ma\u02bcrifatini boyitish, milliy g\u02bbururini o\u02bbstirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Samarqandda buyuk muhaddis Imom Buxoriy bobomiz majmuasining mutlaqo zamonaviy, ko\u02bbrkam loyihada bunyod etilayotgani bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berdi, desak, &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-04-22T10:19:16+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz220421_2.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz\",\"name\":\"YANGI MAJMUA IMOM BUXORIY BOBOMIZNING ISLOM OLAMIDAGI MAQOMIGA MUNOSIB BO\u02bbLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz220421_2.jpg\",\"datePublished\":\"2021-04-22T10:19:16+00:00\",\"dateModified\":\"2021-04-22T10:19:16+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz220421_2.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz220421_2.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"YANGI MAJMUA IMOM BUXORIY BOBOMIZNING ISLOM OLAMIDAGI MAQOMIGA MUNOSIB BO\u02bbLADI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"YANGI MAJMUA IMOM BUXORIY BOBOMIZNING ISLOM OLAMIDAGI MAQOMIGA MUNOSIB BO\u02bbLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"YANGI MAJMUA IMOM BUXORIY BOBOMIZNING ISLOM OLAMIDAGI MAQOMIGA MUNOSIB BO\u02bbLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Bismillahir Rohmanir Rohiym. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini chuqur o\u02bbrganish, qadamjolarni yanada obod etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli ishlar xalqimiz ma\u02bcnaviyatini yanada yuksaltirish, ilm-ma\u02bcrifatini boyitish, milliy g\u02bbururini o\u02bbstirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Samarqandda buyuk muhaddis Imom Buxoriy bobomiz majmuasining mutlaqo zamonaviy, ko\u02bbrkam loyihada bunyod etilayotgani bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berdi, desak, &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-04-22T10:19:16+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz220421_2.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz","name":"YANGI MAJMUA IMOM BUXORIY BOBOMIZNING ISLOM OLAMIDAGI MAQOMIGA MUNOSIB BO\u02bbLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz220421_2.jpg","datePublished":"2021-04-22T10:19:16+00:00","dateModified":"2021-04-22T10:19:16+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz220421_2.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz220421_2.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14911&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"YANGI MAJMUA IMOM BUXORIY BOBOMIZNING ISLOM OLAMIDAGI MAQOMIGA MUNOSIB BO\u02bbLADI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14911"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14911"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14911\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14912,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14911\/revisions\/14912"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14908"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14911"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14911"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14911"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}