{"id":14884,"date":"2021-04-21T16:04:13","date_gmt":"2021-04-21T11:04:13","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14884"},"modified":"2021-04-21T18:00:13","modified_gmt":"2021-04-21T13:00:13","slug":"muhammad-ibn-ismoil-buyuk-va-mujtahid-imom","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz","title":{"rendered":"MUHAMMAD IBN ISMOIL \u2013 BUYUK VA MUJTAHID IMOM"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning ilmiy merosi o\u02bbz zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini to\u02bbla-to\u02bbkis qamrab olgani bilan hozirgi zamon ilm-fani uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Zero, uning \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201d, \u201cAl-Adab al-Mufrad\u201d kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo\u02bblib, insonlar qalbiga halollik, adolat, iymon-e\u02bctiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, vatanparvar, muruvvatli, rahm-shafqatli,\u00a0 ota-ona, ayollarga nisbatan hurmat-e\u02bctiborli bo\u02bblish kabi yuksak insoniy fazilatlarni singdiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom olamida \u201cHadis ilmida amirul mo\u02bbminin\u201d degan sharafli nomga sazovor bo\u02bblgan Imom Buxoriy alohida e\u02bctiborga molik buyuk olimdir. Uning hayoti va ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganar ekanmiz, turli yo\u02bbnalishlarda yozgan asarlari g\u02bboyatda ibratli va ko\u02bbp jihatlari bilan har qanday davr uchun ham katta ahamiyat kasb etishiga amin bo\u02bblamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda uning qalamiga mansub asarlarning soni yigirma to\u02bbrtga yetishi qayd etiladi. Muhaddisning asarlari nafaqat hadis, balki tarix, fiqh, tafsir, odob\u2011axloq va aqoid kabi ilmlarni o\u02bbz ichiga oladi. Imom Buxoriy yoshligida hadis ilmini o\u02bbrganish bilan bir qatorda, buxorolik ustozlaridan arab tili, aqida, mantiq, balog\u02bbat, islom tarixi va ayniqsa, fiqh ilmini mukammal o\u02bbzlashtirib borgan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyni nafaqat muhaddis sifatida e\u02bctirof etish mumkin, balki hayoti davomida yozgan asarlaridan adib, faqih, mutakallim ekanligi namoyon bo\u02bbladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Imom Buxoriy buyuk olim va mujtahid bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yaqin yillargacha Muhammad ibn Ismoil Buxoriy faqat muhaddis olim sifatida ma\u02bclum edi. Uning hadis ilmiga doir asarlaridan boshqa asarlari mamlakatimizda ko\u02bbpchilikka ma\u02bclum emas edi. Diyorimizda olib borilayotgan diniy-ma\u02bcrifiy islohotlar va ilmiy tadqiqot natijalarining samarasi o\u02bblaroq, kun sayin muhaddisning hayoti va ilmiy merosiga doir yangiliklar kashf bo\u02bblmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolar asrlar davomida Imom Buxoriy fiqhiy mazhablardan qaysi biriga mansub bo\u02bblganligi borasida turli xil fikrlarni ilgari surganlar<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Jumladan, ba\u02bczilar Imom Buxoriy Shofi\u02bciy mazhabining mashhur olimlari Imom Zargaroniy, Abu Savra, Karobisiyga shogird bo\u02bblgani uchun o\u02bbsha mazhabga amal qilgan, deydilar. Shuningdek, Tojuddin Subkiy \u201cTabaqotush Shofi\u02bciya\u201d nomli kitobida, Siddiq Hasanxon \u201cAbjadul ulum\u201d nomli kitobida va Ibn Hajar \u201cFathul Boriy\u201d nomli kitobida Imom Buxoriyning shofi\u02bciy mazhabiga mansubligini aytishgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqa ulamolar Imom Ahmad ibn Hanbalning darslarini eshitgani uchun Imom Buxoriy hanbaliya mazhabida edi, deb fikr bildiradilar. Jumladan, Ibn Qayyum o\u02bbzining \u201cE\u02bclomul muvaqqa\u02bciyn\u201d kitobida va Ibn Abu Ya\u02bclo Farro \u201cTabaqotul hanobila\u201d kitobida Imom Buxoriyni hanbaliy mazhabiga mansub bo\u02bblgan ulamolardan, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Molikiy mazhabining vakillari esa Imom Buxoriyni o\u02bbz mazhabiga mansub bo\u02bblgan, chunki u Imom Molikning \u201cAl-Muvatto\u201dsini Abdulloh ibn Yusuf Tinnisiy, Sayyid ibn Anbar va Ibn Bukayrdan rivoyat qilgan, deydilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hanafiy mazhabi ulamolarining fikrlariga kelsak, ular Imom Buxoriyga sahih hadislarni alohida bir kitob qilib jamlashni taklif qilgan shaxs hanafiy mazhabida bo\u02bblgan Is\u02bchoq ibn Rohuvayh bo\u02bblgan, Imom Buxoriy undan saboq olgan, binobarin, u ham hanafiy mazhabiga mansubdir, deganlar<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi vaqtlarda ba\u02bczi ulamolar bu fikr va tahlillarni rad etib, alloma u yoki bu ustozidan hadislar rivoyat qilsa, uning mazhab izdoshi bo\u02bblishi shart emas, degan fikrga keldilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Muhammad Zakariyo Kandehlaviy aytadiki, \u201cMening fikrimcha, Buxoriy hech bir mazhabga tobe emas. Agar u shofi\u02bciy mazhabiga tegishli biror masalani keltirgan bo\u02bblsa, boshqa o\u02bbrinlarda o\u02bbziga yarasha hanafiy va molikiy mazhablariga tegishli masalalar haqida ham fikr yuritgan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatan ham bir shaxsdan hadis rivoyat qildi yoki ilm o\u02bbrgandi, degani bu o\u02bbsha shaxsning mazhabida bo\u02bbldi, degani emas. Agar shunday bo\u02bblganida, har qaysi imom o\u02bbzidan oldin o\u02bbtgan imomning mazhabida bo\u02bblar edi. Vaholanki, bunaqa emas. Ma\u02bclumki, Imom Shofi\u02bciy Imom Molikdan saboq olgan va uning \u201cal-Muvatto\u201d asarini yod bilgan. Imom Ahmad Imom Shofi\u02bciydan fiqhni o\u02bbrgangan, Imom Shofi\u02bciyning o\u02bbzi esa Imom Ahmaddan hadisni o\u02bbrgangan. U Imom Ahmadga \u201cSizlar sahih xabarlarni bizlardan ko\u02bbra yaxshiroq bilasizlar. Shuning uchun agar birorta sahih xabar topilib qolsa, bizni ham xabardor qilib qo\u02bbysangiz. Toki men uning oldiga boray. U Kufada bo\u02bbladimi yoki Basrada yoxud Shomdami, baribirdir\u201d, degan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning zamondosh shogirdi Imom Termiziy o\u02bbzining \u201cMazahib al-Aimma\u201d asarida Imom Buxoriy mazhabi haqida ma\u02bclumot keltirmagan. Mashhur to\u02bbrt mazhab asoschilari ham turli ustozlardan saboq olsalar-da, o\u02bbz bilimi, tajribasiga suyanib, alohida mazhab-yo\u02bbllariga asos solganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuni ham ta\u02bckidlab o\u02bbtish kerakki, Imom Buxoriy o\u02bbz kitobida agar biror mazhab asoschisi fikriga qo\u02bbshilmasa, o\u02bbsha mazhab asoschisini nomini aytmasdan, \u201cba\u02bczi kishilarning fikrlariga ixtilof holatida shuni aytamanki\u201d deb, hurmat bilan chetlab o\u02bbtadi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>. Buning sababi esa alloma keltirilgan hadis yuzasidan o\u02bbz fikrini bildirar ekan, boshqa mazhab asoschilari va tarafdorlarini kamsitmaslik edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunga o\u02bbxshash misollarni juda ko\u02bbp keltirish mumkin. Imom Buxoriy ba\u02bczi hadislarda bir mazhab nuqtai nazaridan yondashsa, boshqa hadislarda boshqa mazhabga yondashadi. Hatto ba\u02bczi hadislarda to\u02bbrt mazhabga ham yondashmasdan o\u02bbz fikrini bayon etgan. Bu esa Imom Buxoriyning biror muayyan mazhabning izi\u00addan bormaganligiga yaqqol dalildir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Tohir Jazoiriy, shayx Muhammad Zakariyo Kandehlaviy va boshqalar Imom Buxoriyning o\u02bbzi mujtahid olim bo\u02bblgan, deydilar va bu fikrni ko\u02bbpchilik qo\u02bbllab-quvvatlaydi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Mus\u02bcab Ahmad ibn Abu Bakr Madiniy \u201cMuhammad ibn Ismoil bizning nazdimizda Ibn Hanbaldan ko\u02bbra faqihroq va idrokliroqdir\u201d, deganida uning huzurida o\u02bbtirganlardan ba\u02bczilari \u201cChegaradan oshirib yubordingiz\u201d, deya unga e\u02bctiroz bildiradilar. Shunda Abu Mus\u02bcab: \u201cAgar siz Molikni ko\u02bbrgan va u bilan Muhammad ibn Ismoilning yuziga qaragan bo\u02bblganingizda edi, fiqh va hadis borasida har ikkalasi ham birdir, degan bo\u02bblar edingiz\u201d, deb javob beradi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Hajar Imom Buxoriyning tarjimai holi borasida uni fiqhiy mazhablardan biriga taqlid qilgan deb sifatlagan kishilarga javob tariqasida: \u201cChunki, undan kelib chiqadiki, Buxoriy tarjimai hollarda mazhabga taqlid qilgan. Ammo u haqida keng tarqalgan mashhur gap shuki, u hadislardan fiqhiy ahkomlarni chiqarib olgan, ularning roviylariga tarjimai hollar yozgan, undan boshqalar idrok qilmaydigan narsalar sababli hadis sohasining mohirlaridan bo\u02bblgan bir kishidir\u201d, deydi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday bo\u02bblsa-da, avval o\u02bbtgan imomlardan ayrimlari Buxoriyni o\u02bbzlarining mazhablariga mansub deganlarini ham inkor etib bo\u02bblmaydi. Ammo eng ishonchli yakuniy mulohaza shuki, yuqorida o\u02bbtganidek, Imom Buxoriy o\u02bbzining mustaqil mazhabiga ega mujtahid bo\u02bblgan, fiqhni barcha mazhablardan olgan, ra\u02bcy va hadis maktablaridan xabardor bo\u02bblgan, so\u02bbngra ana shu mazhablarning orasidan o\u02bbzi tanlab olgan turli xil qarashlari bilan mustaqil bo\u02bblib chiqqan. Imom Buxoriyning fiqhini o\u02bbrganish uchun yo\u02bblga qo\u02bbyilgan maxsus tadqiqotlarning barchasi ana shu fikrga ittifoq bo\u02bblgan. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning yakuniy natijalaridan shunday xulosaga kelish mumkin, Imom Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201ddagi fiqhiy qarashlari muayyan bir mazhabga mansub emas, aksincha, mustaqil mujtahid bo\u02bblgani namoyon bo\u02bbladi.\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0\u00a0<em><strong>(davomi bor)<\/strong><\/em><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>\u00a0Shayx Abdussalom Muborakfuriy. Sirat al-Imom Buxoriy. Makka. Dar alamil favoid. 2002. J.1. B. 261.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftnref2\" name=\"_ftn2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>\u00a0Abdusattor. Imom Buxoriy. Damashq. Darul qolam.2007. B.255-258. \/\/Shayx Abdussalom Muborakfuriy. Sirat al-Imom Buxoriy. Makka. Dar alamil favoid. 2002. J.2. B.607.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftnref3\" name=\"_ftn3\"><sup>[3]<\/sup><\/a>\u00a0Imom Buxoriy ta\u02bcrifi. \u2013Toshkent. G\u02bbafur G\u02bbulom, 2020. \u2013B.162. https:\/\/savollar.islom.uz.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftnref4\" name=\"_ftn4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>\u00a0Shayx Abdussalom Muborakfuriy. Sirat al-Imom Buxoriy. \u2013 Makka. Dar alamil favoid. 2002. J.2. B. 667.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftnref5\" name=\"_ftn5\"><sup>[5]<\/sup><\/a>\u00a0Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Odoblar xazinasi. \u2013T.: 1-juzi. 2008. \u2013B.38. https:\/\/islom.uz.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftnref6\" name=\"_ftn6\"><sup>[6]<\/sup><\/a>\u00a0Shamsuddin Zahabiy. Siyaru a\u02bclamin nubala. J. 2. \u2013 Bayrut. Muassasatu-r-risola, 1985. \u2013 B. 19.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14876#_ftnref7\" name=\"_ftn7\"><sup>[7]<\/sup><\/a>\u00a0Ibn Hajar Asqaloniy. Fathul Boriy. \u2013 Bayrut. Doru-l-ma\u02bcrifa, 1959. \u2013 B. 82.\u00a0<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Barot AMONOV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning ilmiy merosi o\u02bbz zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini to\u02bbla-to\u02bbkis qamrab olgani bilan hozirgi zamon ilm-fani uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Zero, uning \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201d, \u201cAl-Adab al-Mufrad\u201d kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo\u02bblib, insonlar qalbiga halollik, adolat, iymon-e\u02bctiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, vatanparvar, muruvvatli, rahm-shafqatli,\u00a0 ota-ona, ayollarga nisbatan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14877,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MUHAMMAD IBN ISMOIL \u2013 BUYUK VA MUJTAHID IMOM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MUHAMMAD IBN ISMOIL \u2013 BUYUK VA MUJTAHID IMOM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning ilmiy merosi o\u02bbz zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini to\u02bbla-to\u02bbkis qamrab olgani bilan hozirgi zamon ilm-fani uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Zero, uning \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201d, \u201cAl-Adab al-Mufrad\u201d kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo\u02bblib, insonlar qalbiga halollik, adolat, iymon-e\u02bctiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, vatanparvar, muruvvatli, rahm-shafqatli,\u00a0 ota-ona, ayollarga nisbatan &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-04-21T11:04:13+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-04-21T13:00:13+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/MuhammadibnIsmoil1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"468\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz\",\"name\":\"MUHAMMAD IBN ISMOIL \u2013 BUYUK VA MUJTAHID IMOM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/MuhammadibnIsmoil1.jpg\",\"datePublished\":\"2021-04-21T11:04:13+00:00\",\"dateModified\":\"2021-04-21T13:00:13+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/MuhammadibnIsmoil1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/MuhammadibnIsmoil1.jpg\",\"width\":660,\"height\":468},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MUHAMMAD IBN ISMOIL \u2013 BUYUK VA MUJTAHID IMOM\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MUHAMMAD IBN ISMOIL \u2013 BUYUK VA MUJTAHID IMOM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MUHAMMAD IBN ISMOIL \u2013 BUYUK VA MUJTAHID IMOM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning ilmiy merosi o\u02bbz zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini to\u02bbla-to\u02bbkis qamrab olgani bilan hozirgi zamon ilm-fani uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Zero, uning \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201d, \u201cAl-Adab al-Mufrad\u201d kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo\u02bblib, insonlar qalbiga halollik, adolat, iymon-e\u02bctiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, vatanparvar, muruvvatli, rahm-shafqatli,\u00a0 ota-ona, ayollarga nisbatan &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-04-21T11:04:13+00:00","article_modified_time":"2021-04-21T13:00:13+00:00","og_image":[{"width":660,"height":468,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/MuhammadibnIsmoil1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz","name":"MUHAMMAD IBN ISMOIL \u2013 BUYUK VA MUJTAHID IMOM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/MuhammadibnIsmoil1.jpg","datePublished":"2021-04-21T11:04:13+00:00","dateModified":"2021-04-21T13:00:13+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/MuhammadibnIsmoil1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/MuhammadibnIsmoil1.jpg","width":660,"height":468},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14884&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MUHAMMAD IBN ISMOIL \u2013 BUYUK VA MUJTAHID IMOM"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14884"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14884"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14884\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14894,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14884\/revisions\/14894"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14877"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14884"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14884"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14884"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}