{"id":14869,"date":"2021-04-21T10:51:08","date_gmt":"2021-04-21T05:51:08","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14869"},"modified":"2021-04-21T10:51:08","modified_gmt":"2021-04-21T05:51:08","slug":"ajdodlarimizga-munosib-bo%ca%bblish-muqaddas-burchimiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz","title":{"rendered":"AJDODLARIMIZGA MUNOSIB BO\u02bbLISH \u2014 MUQADDAS BURCHIMIZ"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bismillahir rohmanir rohiym.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimiz buyuk allomalari, mutafakkirlari hamda aziz-avliyolari bilan shuhrat qozongan. Ularning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi, betakror kashfiyotlari dunyo ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo\u02bbshgan. Prezidentimiz tashabbusi bilan ajdodlarimiz merosini chuqur o\u02bbrganish, qadamjolarni yanada obod etish borasida keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi chog\u02bbida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida ulamolar, nuroniylar bilan bo\u02bblib o\u02bbtgan uchra\u00adshuvda mo\u02bbmin-musulmonlarni va butun O\u02bbzbekiston xalqini ulug\u02bb Ramazon oyi bilan muborakbod etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz buyuk bobokalonimizga mos qadamjoning yangi loyihasi bilan tanishish, majmuada amalga oshirilayotgan ishlarni ko\u02bbzdan kechirish jarayonida:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Ramazon oyi \u2014 ezgu niyatlar ijobat bo\u02bbladigan muqaddas oy. Bu qurilishni shu oyda boshlayotganimiz ham xayrli, xosiyatli bo\u02bbladi, qalbimizga taskin beradi. Bu sohada qilayotgan ishlarimizdan maqsad \u2014 islomga e\u02bctiqodimizni, alloma bobolarimizga hurmatimizni ilm bilan bildirish. Ajdodlarimizga munosib bo\u02bblish biz uchun juda katta burch<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong>,<\/strong>\u00a0deya ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Loyihaga ko\u02bbra, majmua tarkibiga kiruvchi masjid ichki sahnining o\u02bbzi ikki ming kvadrat metrdan oshadi. Atrofidagi sahnlar bilan masjidda bir necha o\u02bbn ming musulmon bir vaqtning o\u02bbzida ibodat qilishi mumkin. Bu yerda simmetrik to\u02bbrtta mino\u00adra, baland ayvonlar, yo\u02bbldan kirib kelishda xiyobon bunyod etiladi. Ko\u02bbp sonli ziyoratchilarga zamonaviy qulayliklar yaratish uchun 7 ta mehmonxona, 3 ta avtoturargoh va avtobekat, supermarket, bozorcha barpo etiladi. Oshxonalar, hunarmandchilik buyumlari rastasi, hammom, tahoratxona, kushxona qurilishi ham belgilangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019 yilda bu yerda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabi tashkil etilgan edi. Qurilajak yangi majmua ular bilan mutanosiblikda ulkan mahobat kasb etadi. Endi bu yerda ziyoratchilar uchun hamma sharoitlar yaratiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy majmuasidagi qurilish-obodonlashtirish ishlari jarayonida bobomiz maqbarasining hozirgi ko\u02bbrinishini saqlab qolishga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda. Shu paytgacha maqbara ostidagi qabrni ziyorat qilish imkoniyati yo\u02bbq edi. Yangi loyihada qabr atrofi kengaytirilib, ziyoratchilar uchun har tomonlama qulaylik yaratish ko\u02bbzda tutilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qayd etilishicha, majmuada qurilish ishlari jarayonida bu yerdagi tarixiy hovuz va bir necha yuz yillik chinorlarga ziyon yetkazilmaydi. Ularni asrab-avaylash, o\u02bbz holida saqlash uchun barcha zarur choralar ko\u02bbriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy hazratlari muqaddas dinimiz ravnaqiga ulkan hissa qo\u02bbshgan buyuk muhaddis. Hayoti davomida payg\u02bbambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning hadislarini to\u02bbplab, ularning sahihlarini ajratib, Qur\u02bconi karimdan keyingi ikkinchi ishonchli manba \u2014 \u201cSahihi Buxoriy\u201d nomi bilan mashhur hadislar to\u02bbplamini tuzgan. Bugungi kunda ham mazkur asar butun dunyo musulmon ummati uchun nihoyatda qadrli va qimmatlidir. Shu bois, ulug\u02bb ajdodimizning bemisl xizmatlari alohida qadrlanadi va yuksak hurmat-ehtirom ko\u02bbrsatiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Mening gapimni eshitib, yodlab, so\u02bbngra qanday eshitgan bo\u02bblsa, ana shunday yetkazgan odamni Alloh ne\u02bcmatlantirsin<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong>,<\/strong>\u00a0deganlar (Imom Termiziy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda yozilishicha, Imom Buxoriy hazratlari juda oz uxlar, uyqudan tashqari paytlarida esa atrofdagilar u kishini yo ustozlardan hadis eshitayotgan yoxud yozib olayotgan, o\u02bbzlari shogirdlarga hadis aytayotgan yoki yolg\u02bbiz o\u02bbtirib, qo\u02bblda qalam bilan jamlagan hadislarining nodir joylarini qayd etib o\u02bbtirgan holda ko\u02bbrar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu haqda olimning shogirdi Ibn Abu Hotim bunday deydi:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Buxoriy bilan safarda birga bo\u02bblib, bir uyda tunashga to\u02bbg\u02bbri keldi. O\u02bbshanda shuning guvohi bo\u02bbldimki, u kishi bir kechaning o\u02bbzida o\u02bbn besh martadan yigirma martagacha uyg\u02bbonib, har gal chaqmoq toshni ishlatib chirog\u02bbini yoqar, to\u02bbplagan hadislarining sahihlarini ajratib, belgilab qo\u02bbyar edi. So\u02bbng chiroqni o\u02bbchirib, boshini yostiqqa qo\u02bbyar edi<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy hadis yodlashda o\u02bbtkir qobiliyat hamda zehnga ega bo\u02bblgan. O\u02bbzining shoh asari bo\u02bblgan \u201cJome us-sahih\u201dni ta\u02bclif qilish oldidan jami olti yuz ming, shundan yuz ming sahih va ikki yuz ming sahih bo\u02bblmagan hadisni yod olganini zikr etgan. Olim hadis ilmi ravnaqi yo\u02bblidagi buyuk xizmatlari uchun \u201cImom ud-dunyo\u201d (\u201cDunyo imomi\u201d) maqomiga musharraf bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Qur\u02bconi karimning \u201cMujodala\u201d surasi 11-oyatida bunday marhamat qiladi:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko\u02bbtarur<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, ulug\u02bb ajdodimiz Imom Buxoriy rahmatullohi alayhga butun dunyo islom ummati \u201cAmir ul-mo\u02bbminin fil hadis\u201d \u2014 \u201cHadis ilmida mo\u02bbminlarning amiri\u201d, \u201cShayx ul-islom\u201d \u2014\u201cMusulmonlarning ustozi\u201d, deya ehtirom ko\u02bbrsatadilar. Buyuk mujtahid olim Imom Ahmad ibn Hanbal \u201cXurosondan Muhammad ibn Ismoildek kishi chiqmagan\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muso ibn Horun Hammol \u201cMenimcha, islom ahli barchasi jamlanib, Muhammad ibn Ismoilga o\u02bbxshash yana bir kishini yetishtirmoqchi bo\u02bblishsa, eplay olishmaydi\u201d, deya marhamat qilgan. Salim ibn Mujohid \u201cOltmish yildan beri Muhammad ibn Ismoildan ko\u02bbra faqihroq, parhezkorroq va dunyoda zohidroq odamni ko\u02bbrmadim\u201d, deya e\u02bctirof etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, Imom Buxoriy hazratlarining merosi insoniyatning ma\u02bcnaviy boyligidir. Alloma asarlari ezgulikni, kishilar o\u02bbrtasidagi mehr-oqibat, do\u02bbstlik va hamjihatlikni targ\u02bbib etadi. Shu bois, bugun dunyo miqyosida buyuk muhaddis to\u02bbplagan hadislarni o\u02bbrganishga alohida e\u02bctibor berilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston, Tojikiston hamda Afg\u02bboniston o\u02bbrtasida diniy-ma\u02bcrifiy hamkorlikni yo\u02bblga qo\u02bbyish va mustahkamlash maqsadida joriy yilning 15 martida Samarqand shahrida Imom Buxoriy merosining o\u02bbziga xos xususiyatlari mavzusida xalqaro konferensiya o\u02bbtkazildi. Unda mazkur davlatlardan yetuk ulamolar, diniy soha vakillari ishtirok etdi. Tadbirda mintaqamiz mamlakatlarida azaldan o\u02bbrganib kelinayotgan Imom Buxoriy ilmiy merosining mazmun-mohiyatini batafsil ochib berish, ushbu merosning o\u02bbziga xos xususiyatlarini bayon etish, afzalliklari va tarbiyaviy ahamiyatini keng yoritish hamda xalqlarimiz, ayniqsa, yosh avlodni yot g\u02bboyalardan himoya qilish kabi masalalar muhokama etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqaro anjumanda so\u02bbzga chiqqan Afg\u02bboniston Islom Respublikasi irshod, haj va vaqf ishlari vaziri Muhammad Qosim Halimiy: \u201cO\u02bbzbekiston shunday diyorki, Yer yuzidagi har bir musulmon bu tabarruk yurtning ziyoratiga oshiqadi. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning maqbarasini ziyorat qildik. Bu tabarruk joyda juda katta obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani, qadamjolar yanada obod etilayotgani bizni g\u02bboyat xushnud etdi. Bularning barchasi Prezident janob Shavkat Mirziyoyevning mamlakatni yanada obod, xalqni yanada farovon qilish, yuksak bilim va salohiyatli, vatanparvar, milliy qadriyat hamda an\u02bcanalarga, ajdodlarning bebaho merosiga sadoqatli avlodni kamolga yetkazishdek ezgu orzu-umidlari ro\u02bbyobiga xizmat qilayotir. O\u02bbzbekiston yana ilm-fan markaziga aylanmoqda\u201d, deya ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muxtasar aytganda, Imom Buxoriyning ilmiy merosi islom ma\u02bcrifatini o\u02bbrganish va targ\u02bbib etishda muhim manbadir. Shunday ekan, bobomizga ehtirom sifatida qadamjolarini qaytadan bunyod etish, ul zotning asarlari mazmun-mohiyatini ochib berish, o\u02bbziga xos xususiyatlarini bayon etish, ayniqsa, yoshlarni ulardan bahramand etish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Usmonxon ALIMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>idorasi raisi, muftiy<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2021 yil\u00a021 aprel, \u211679 (335)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir rohmanir rohiym. Yurtimiz buyuk allomalari, mutafakkirlari hamda aziz-avliyolari bilan shuhrat qozongan. Ularning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi, betakror kashfiyotlari dunyo ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo\u02bbshgan. Prezidentimiz tashabbusi bilan ajdodlarimiz merosini chuqur o\u02bbrganish, qadamjolarni yanada obod etish borasida keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi chog\u02bbida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida ulamolar, nuroniylar bilan bo\u02bblib &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14867,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>AJDODLARIMIZGA MUNOSIB BO\u02bbLISH \u2014 MUQADDAS BURCHIMIZ - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"AJDODLARIMIZGA MUNOSIB BO\u02bbLISH \u2014 MUQADDAS BURCHIMIZ - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Bismillahir rohmanir rohiym. Yurtimiz buyuk allomalari, mutafakkirlari hamda aziz-avliyolari bilan shuhrat qozongan. Ularning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi, betakror kashfiyotlari dunyo ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo\u02bbshgan. Prezidentimiz tashabbusi bilan ajdodlarimiz merosini chuqur o\u02bbrganish, qadamjolarni yanada obod etish borasida keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi chog\u02bbida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida ulamolar, nuroniylar bilan bo\u02bblib &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-04-21T05:51:08+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz210421.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"744\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz\",\"name\":\"AJDODLARIMIZGA MUNOSIB BO\u02bbLISH \u2014 MUQADDAS BURCHIMIZ - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz210421.jpg\",\"datePublished\":\"2021-04-21T05:51:08+00:00\",\"dateModified\":\"2021-04-21T05:51:08+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz210421.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz210421.jpg\",\"width\":660,\"height\":744},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"AJDODLARIMIZGA MUNOSIB BO\u02bbLISH \u2014 MUQADDAS BURCHIMIZ\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"AJDODLARIMIZGA MUNOSIB BO\u02bbLISH \u2014 MUQADDAS BURCHIMIZ - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"AJDODLARIMIZGA MUNOSIB BO\u02bbLISH \u2014 MUQADDAS BURCHIMIZ - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Bismillahir rohmanir rohiym. Yurtimiz buyuk allomalari, mutafakkirlari hamda aziz-avliyolari bilan shuhrat qozongan. Ularning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi, betakror kashfiyotlari dunyo ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo\u02bbshgan. Prezidentimiz tashabbusi bilan ajdodlarimiz merosini chuqur o\u02bbrganish, qadamjolarni yanada obod etish borasida keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi chog\u02bbida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida ulamolar, nuroniylar bilan bo\u02bblib &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-04-21T05:51:08+00:00","og_image":[{"width":660,"height":744,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz210421.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz","name":"AJDODLARIMIZGA MUNOSIB BO\u02bbLISH \u2014 MUQADDAS BURCHIMIZ - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz210421.jpg","datePublished":"2021-04-21T05:51:08+00:00","dateModified":"2021-04-21T05:51:08+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz210421.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/gazeta_uz210421.jpg","width":660,"height":744},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14869&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"AJDODLARIMIZGA MUNOSIB BO\u02bbLISH \u2014 MUQADDAS BURCHIMIZ"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14869"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14869"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14869\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14870,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14869\/revisions\/14870"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14867"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14869"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14869"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14869"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}