{"id":14854,"date":"2021-04-20T15:16:43","date_gmt":"2021-04-20T10:16:43","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14854"},"modified":"2021-04-20T15:16:43","modified_gmt":"2021-04-20T10:16:43","slug":"savob-ishda-hamkorlik-iymon-talabi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz","title":{"rendered":"Savob ishda hamkorlik \u2013 iymon talabi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odamlari kambag\u02bbalga yordam, ilmsizga ta\u02bclim, bemorga shifo, yetimga kafillik beradigan, zulmga qarshi kurashadigan va fisq-fasod tarqalishining oldini oladigan jamiyat saodatga erishadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson tabiatan ijtimoiy mavjudot bo\u02bblgani uchun bu olamda yolg\u02bbiz hayot kechirishga qodir emas. Shu bois hayoti bardavom bo\u02bblishi uchun ayrim masalalarda o\u02bbzgalar bilan hamkorlik qilishga majbur. Olloh taolo odamlar bir-birlari bilan hamkorlik qilishi uchun ularni turli millat va elatlar qilib yaratgan. Chunki o\u02bbzaro hamkorlik Odam bolalari orasidagi hayot tarzining eng yaxshisi hisoblanadi. Zero, u saodat, yutuq va faol ijodkorlik uchun asosdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzaro hamkorlikda ish yuritish yuksak ijtimoiy qadriyat bo\u02bblib, muvaffaqiyat siridir. Shu orqali insonlar o\u02bbz maqsadlariga erishadi, jamiyat farovonlik va saodatda hayot kechiradi. Bunday jamiyatda mehr-oqibat, do\u02bbstlik va ahllik hukmron bo\u02bbladi. Uning a\u02bczolari farovon hayot, baxtli kelajak uchun o\u02bbzaro hamkorlikda va yelkama-yelka turib kurashadi. Yomonlik va zulmning tizginini tiyib qo\u02bbyadi. O\u02bbzaro hamkorlik tufayli har bir fuqaro o\u02bbzi yashab turgan xalq va jamiyatda qadr-qiymati va o\u02bbrni borligini his qilib yashaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmon kishi o\u02bbz birodari bilan hamkorlik qilar ekan, ikkisining harakatiga faollik qo\u02bbshiladi. Shu bois ko\u02bbzlangan maqsadga tez va ishonch bilan erishadi. Chunki hamkorlik vaqt va mehnatni tejaydi. Xalqimizda \u201cYolg\u02bbiz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong\u02bbi chiqmas\u201d degan ajoyib maqol bor. Ko\u02bbpgina hadisi shariflarda ham yaxshilik va taqvo ishlarida hamkorlikka targ\u02bbib qilinganini ko\u02bbramiz. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:\u00a0<em>\u201cMo\u02bbminlar o\u02bbzaro rahmu shafqatda, mehru muhabbatda bir jasad kabidirlar, agar uning bir a\u02bczosi og\u02bbrib qolsa, qolgan butun jasad bedorlik va isitma bilan og\u02bbriqqa javob beradi\u201d<\/em>; yana:\u00a0<em>\u201cOllohning qo\u02bbli jamoat bilandir\u201d<\/em>; yana:\u00a0<em>\u201c<\/em><em>Mo\u02bbmin mo\u02bbmin uchun<\/em><em>\u00a0bir-birini tutib turadigan\u00a0<\/em><em>bino<\/em><em>\u00a0kabidir\u201d<\/em>, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmonlar o\u02bbzaro hamkorlikda yashashi uchun Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning o\u02bbzlari barchamizga amaliy ibrat va namuna\u00a0 bo\u02bblib berganlar. U zot barcha ishlarda, shodlikda ham, qayg\u02bbuli vaziyatlarda ham safdoshlari bilan birga bo\u02bblganlar. Makka mushriklarining barcha tazyiqlari chog\u02bbida haqiqiy iymon egalariga qo\u02bbshilib ozor-aziyat chekkanlar. Ilk masjid qurilishida ularga qo\u02bbshilib yelkalarida g\u02bbisht, tuproq va tosh tashiganlar. Handaq jangi kuni el qatori yer qaziganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom musulmonlarni yaxshilik va taqvoda o\u02bbzaro hamkorlikka targ\u02bbib etadi. Bular bandani Olloh taologa yaqin qiladigan amallar jumlasidan deb belgilangan. Ayni paytda Islom bizni yomonlik va adovatda hamkorlikdan qaytargan. Olloh taolo:\u00a0<strong><em>\u201cYaxshilik va taqvo yo\u02bblida hamkorlik qiling. Gunoh\u00a0<\/em><em>va<\/em><em>\u00a0dushmanlik yo\u02bblida hamkorlik qilmang\u201d<\/em><\/strong>, (Moida surasi, 2-oyat) degan. Mazkur oyatdagi yaxshilikdan murod uning har qanday ko\u02bbrinishidir. U bandalarning dunyo va oxiratdagi barcha manfaatini qamrab olgan. Unda bandalarning o\u02bbzlari va Robbi bilan bog\u02bbliq holatlari haqida so\u02bbz ketyapti. Chunki banda mana shu ikki holat va ikki majburiyatdan ayro emas. Biri o\u02bbzi bilan Olloh o\u02bbrtasidagi majburiyat bo\u02bblsa, keyingisi o\u02bbzi bilan odamlar o\u02bbrtasidagi majburiyatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hamkorlik yaxshilik va taqvo ishlarida bo\u02bbladi. Ya\u02bcni har bir inson ilmi va amali bilan boshqalarga yordamchi bo\u02bbladi. Chunki odam yolg\u02bbiz o\u02bbzi hamma ishga ham qodir emas. Zero, Olloh taolo insoniyatni bir-biriga bog\u02bbliq va ko\u02bbmakchi qilib yaratgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Borliqni yaratgan Olloh taolo insonlarning kuch-qudrati va imkoniyatlarini, iqtidori va ehtiyojlarini ham bir-biridan farqli qilib yaratdi. Shu bois kimdir kuchli, kimdir ojiz, birovi boy, boshqasi kambag\u02bbal. Hamma vaqt va hamma zamonlarda, har bir jamiyatda badavlat va qashshoq, olim va johil, kuchli va kuchsizlar tabaqasi mavjud bo\u02bblgan. Shu bois insonlar o\u02bbzi yashab turgan jamiyatni saodatli qilishni istasa, bir-biri bilan hamkorlikda yashashi lozim. Rahbariyat ta\u02bclim-tarbiya, ish o\u02bbrni va yashash joyi, bemorlar uchun shifoxonalar hamda go\u02bbzal hayot uchun kerak bo\u02bbladigan barcha vositalarni tayyorlab berishi lozim. Ilm ahli esa bilimsizlarga ta\u02bclim berishi, adashganlarni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga solishi kerak. Boylar o\u02bbz imkoniyatlaridan kelib chiqib, kambag\u02bballarga moliyaviy ko\u02bbmak berishi, kuchlilar zaiflarga yordam ko\u02bbrsatishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzaro hamkorlikning samarasi jamiyat hayotida namoyon bo\u02bbladi. A\u02bczolari iqtisod, farzand tarbiyasi va ota-onaga mehribonlik borasida bir-biriga hamkor bo\u02bblgan jamoa baxtli bo\u02bbladi. Odamlari kambag\u02bbalga yordam, ilmsizga ta\u02bclim, bemorga shifo, yetimga kafillik beradigan, zulmga qarshi kurashadigan va fisq-fasod tarqalishining oldini oladigan jamiyat saodatga erishadi. Unda farovonlik, xotirjamlik barqaror bo\u02bbladi. Fuqarolar o\u02bbrtasida mehr-oqibat keng tarqaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzaro hamkorlik fazilatli va ezgu amal, ulug\u02bb va muborak mehnatdir. Poydevori mustahkam, devorlari pishiq bo\u02bblishini xohlagan jamiyat uchun hamkorlik juda muhim. Har yerda yashashiga qaramay, o\u02bbzaro hamkorlik sababli insonlar bir-biri bilan inoq bo\u02bblib hayot kechiradi. Payg\u02bbambar sallollohu alayhi vasallam:\u00a0<em>\u201cMusulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi, uni tashlab ham qo\u02bbymaydi. Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Olloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishini aritsa, Olloh uning qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Olloh qiyomat kunida uning aybini berkitadi\u201d<\/em>, deganlar. Binobarin, biz, musulmonlar namoz, zakot, ro\u02bbza kabi ibodatlarni farz deb bilganimizdek, miskinlar, beva-bechoralar, qarovchisi yo\u02bbqlar, qo\u02bbyingki, o\u02bbzgalarning e\u02bctiboriga muhtoj hamma-hammaga yaxshilik qilishni, bu yo\u02bblda o\u02bbzaro hamkorlikda ish olib borishni, bir-birimizga yelkadosh bo\u02bblishni o\u02bbzimizga lozim deb bilishimiz kerak.\u00a0<em>\u201cMehribonlarga Olloh mehribon bo\u02bbladi, boshqalarga mehribon bo\u02bblinglar, sizlarga Osmondagi<\/em><em>\u00a0zot<\/em><em>\u00a0mehribon bo\u02bblur\u201d<\/em>, deganlar Payg\u02bbambar alayhissalom.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, Olloh taologa eng mahbub amal \u2013 bu musulmonning qalbiga quvonch ulashish, uning g\u02bbamini aritish, qarzi bo\u02bblsa, uni ado etishga yordam berish, och bo\u02bblsa, to\u02bbydirishdir. Bir insonning muammosini hal qilish, uning ehtiyojini ta\u02bcminlash uchun yelib-yugurish ham bir ibodat kabidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan, butun insoniyat boshiga imtihon bo\u02bblib kelgan hozirgi murakkab sharoitda har birimiz uchun chin insoniy fazilatlarni namoyon qilish imon talabidir. Ayniqsa, muborak Ramazon oyida qo\u02bbldan kelganicha saxovat qilish ham iymon, ham ibodat, ham katta savob, ham ibrat bo\u02bbladi. Zero, buyuk bobomiz Alisher Navoiy aytganidek, \u201cKimki bir ko\u02bbngli buzuqning xotirin\u00a0<em>shod aylagay<\/em>, Oncha borkim, Ka\u02bcba vayron bo\u02bblsa obod\u00a0<em>aylagay\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Alouddin NE\u02bcMATOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba:\u00a0<a href=\"https:\/\/yuz.uz\/news\/savob-ishda-hamkorlik--iymon-talabi\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">yuz.uz<\/a><\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Odamlari kambag\u02bbalga yordam, ilmsizga ta\u02bclim, bemorga shifo, yetimga kafillik beradigan, zulmga qarshi kurashadigan va fisq-fasod tarqalishining oldini oladigan jamiyat saodatga erishadi. Inson tabiatan ijtimoiy mavjudot bo\u02bblgani uchun bu olamda yolg\u02bbiz hayot kechirishga qodir emas. Shu bois hayoti bardavom bo\u02bblishi uchun ayrim masalalarda o\u02bbzgalar bilan hamkorlik qilishga majbur. Olloh taolo odamlar bir-birlari bilan hamkorlik qilishi uchun &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14852,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Savob ishda hamkorlik \u2013 iymon talabi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Savob ishda hamkorlik \u2013 iymon talabi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Odamlari kambag\u02bbalga yordam, ilmsizga ta\u02bclim, bemorga shifo, yetimga kafillik beradigan, zulmga qarshi kurashadigan va fisq-fasod tarqalishining oldini oladigan jamiyat saodatga erishadi. Inson tabiatan ijtimoiy mavjudot bo\u02bblgani uchun bu olamda yolg\u02bbiz hayot kechirishga qodir emas. Shu bois hayoti bardavom bo\u02bblishi uchun ayrim masalalarda o\u02bbzgalar bilan hamkorlik qilishga majbur. Olloh taolo odamlar bir-birlari bilan hamkorlik qilishi uchun &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-04-20T10:16:43+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/savobishda1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"663\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz\",\"name\":\"Savob ishda hamkorlik \u2013 iymon talabi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/savobishda1.jpg\",\"datePublished\":\"2021-04-20T10:16:43+00:00\",\"dateModified\":\"2021-04-20T10:16:43+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/savobishda1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/savobishda1.jpg\",\"width\":660,\"height\":663},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Savob ishda hamkorlik \u2013 iymon talabi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Savob ishda hamkorlik \u2013 iymon talabi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Savob ishda hamkorlik \u2013 iymon talabi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Odamlari kambag\u02bbalga yordam, ilmsizga ta\u02bclim, bemorga shifo, yetimga kafillik beradigan, zulmga qarshi kurashadigan va fisq-fasod tarqalishining oldini oladigan jamiyat saodatga erishadi. Inson tabiatan ijtimoiy mavjudot bo\u02bblgani uchun bu olamda yolg\u02bbiz hayot kechirishga qodir emas. Shu bois hayoti bardavom bo\u02bblishi uchun ayrim masalalarda o\u02bbzgalar bilan hamkorlik qilishga majbur. Olloh taolo odamlar bir-birlari bilan hamkorlik qilishi uchun &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-04-20T10:16:43+00:00","og_image":[{"width":660,"height":663,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/savobishda1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz","name":"Savob ishda hamkorlik \u2013 iymon talabi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/savobishda1.jpg","datePublished":"2021-04-20T10:16:43+00:00","dateModified":"2021-04-20T10:16:43+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/savobishda1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/savobishda1.jpg","width":660,"height":663},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14854&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Savob ishda hamkorlik \u2013 iymon talabi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14854"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14854"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14854\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14855,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14854\/revisions\/14855"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14852"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14854"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14854"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14854"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}