{"id":14721,"date":"2021-04-11T12:32:47","date_gmt":"2021-04-11T07:32:47","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14721"},"modified":"2021-04-11T12:32:47","modified_gmt":"2021-04-11T07:32:47","slug":"kabaga-muhabbat-mojizasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz","title":{"rendered":"Ka\u2019baga muhabbat  mo\u2018\u2019jizasi"},"content":{"rendered":"<p class=\"mt0\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon o\u2018ylari<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yaratganning marhamati keng. Uning iltifotiga sazovor bo\u2018lmoqlik barchamizga nasib etsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1994 yil bahori edi. O\u2018zbekistonning Birinchi Prezidenti Buxoro safariga borganida Bahouddin Naqshband ziyoratgohi etagida \u201cFarg\u2018ona bog\u2018i\u201d yaratilsa, degan\u00a0 taklif aytdi. Oradan bir necha kun o\u2018tar-o\u2018tmas Quva, Vodildagi ko\u2018chat yetishtiruvchilardan ikkita mashinada turli mevali ko\u2018chatlar va bir \u201cIkarus\u201d avtobusda bog\u2018bonlar viloyat hokimi Mirzajon Islomov boshchiligida Buxoroga yo\u2018l oldik. Men tasvirchimiz bilan hamroh edik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Erta tongda bizni viloyat hokimi Damir Yodgorov Buxoro viloyati chegarasida kutib oldi. Ziyoratgohga kelganimizda bog\u2018 uchun yer tayyorlab qo\u2018yilgan edi. Darhol ip tortib saf chizildi va ko\u2018chatlarni eka boshladilar. Kechgacha bog\u2018 anchagina ko\u2018zga ko\u2018rinib qoldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Bugunga yetar, \u2013 dedi Yodgorov. \u2013 Endi dam olamiz. Bog\u2018bon va mutaxassislarni mehmonxonaga olib ketdilar. Islomov va \u201cAxborot\u201d muxbiri men viloyat hokimligi oromgohi (dachasi)ga borishimiz kerak edi. Shu payt men oyoq tirab turib oldim. Bu kechani Bahouddin Naqshband masjidida o\u2018tkazishimni aytdim. Noiloj meni qoldirishdi. Hokimlikdan bir kishi osh-ovqat olib keldi. Keyin tahorat olgach, ustunlari sirli naqshinkor, ammo salobati ruhiy quvvat beruvchi masjidga kirdim. O\u2018zim ham hayronman. Aslida o\u2018shanda diniy ilmim yo\u2018q, enam (dadamning onalari) bolaligimda yodlatgan 5-6 ta sura va namoz o\u2018qishni bilardim xolos. Lekin qandaydir kuch meni to\u2018kin dasturxonli ziyofat kechasiga emas, shu yerda olib qolgandi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masjidga kirgan zahotim beixtiyor ko\u2018zim yoshlandi. Bilganlarimni to\u2018xtovsiz o\u2018qir edim. Takror va takror o\u2018qirdim. Shu alpozda yupqagina ko\u2018rpachada g\u2018ujanak bo\u2018lib uxlab qolibman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018sha 1994 yil bahorida hali hozirgidek parobal teleantennalar yo\u2018q edi. Makka, Madina haqida, Ka\u2019ba siymosi haqida o\u2018qib, eshitgandim xolos. Lekin tushimda&#8230;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oppoq marmar toshli sahnda, ustiga qora zarrin mato qoplangan chorburchak binoning oltindek nur taratuvchi eshiklari qarshisida tiz cho\u2018kkancha Ollohga iltijo qilardim. Hali men tanib ulgirmay, ko\u2018krak sutiga to\u2018ymay bevaqt olamdan o\u2018tgan onam, oxirgi yo\u2018lga kuzata olmaganim \u2013 otam, menga mehr berib boqqan marhum enam, bobomga jannatdan joy, gunohlarimga kechirim so\u2018radim. Ichimdan otilib chiqqan dard ko\u2018z yoshim bo\u2018lib oqardi&#8230;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u2018satdan uyg\u2018onib ketdim. Yostig\u2018im ho\u2018l bo\u2018lib ketgandi. Shu payt masjid mutavalisining sharpasini sezdim. Ohista azon yangradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ruhim majruh edi. Tushimda ko\u2018rganim qayer? Nega yig\u2018lay-yig\u2018lay iltijo qilyapman? \u00a0O\u2018zi, umuman menga nima bo\u2018ldi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Soat to\u2018qqizlarda yana ish boshlandi. Bog\u2018bonlar ko\u2018chat ekishda davom etishdi. Men ish bilan ovunib, tushimni bir oz unutdim. Jarayon haqida tasvirlar yetarli edi. Ketma-ket intervyular oldim. O\u2018zim kadrda turib \u201cFarg\u2018ona bog\u2018i\u201dning muhim jihatlari haqida gapirdim. Soat o\u2018n yarimlar edi, chamasi. Bir \u201cVolga\u201d mashinasi shitob bilan kelib to\u2018xtadiyu, undan yoshi 40-45larda bo\u2018lgan ko\u2018zoynakli kishi tushib, hoy, ichlaringda \u201cAxborot\u201d muxbiri Obidov bormi, deb so\u2018rab qoldi. Men darhol uning yoniga keldim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Men hokimlikdanman. Zudlik bilan Toshkentga borar ekansiz. Samolyot bir soatdan keyin uchadi. Bilet bron qildik. Qani, yuring, \u2013 u shosha-pisha \u00a0gapirardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Men gap nimada ekanini tushunmasamda tasvirchidan kasetalarni olib aeroportga ketdim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toshkentda, televideniyeda rahbarimiz \u00a0gapni \u00a0qisqa \u00a0qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Ertaga, oxirgi samolyot Jiddaga uchar ekan. Siz unda hajga borasiz. Topshiriq shunday bo\u2018ldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Men turgan joyimda qotib qoldim. Chunki o\u2018zbekistonlik ziyoratchilar uzoq tayyorgarlikdan so\u2018ng barchasi uchib ketishgandi. Faqat ishchi guruhning ayrim a\u2019zolari, shifokor va bojxonachilar qolgan ekan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu kuni uyga, Marg\u2018ilonga birrov kelib-ketdim va so\u2018nggi samolyotda Jiddaga uchdik. Samolyot me\u2019qot chegarasiga kelganida tahorat olib, ehromga kirdik. Ikki rakat namoz o\u2018qib, Yaratgandan hajimizni qabul qilishini so\u2018rab duoi-fotiha qildik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Saudiya havo darvozasida bizni kutib oldilar. Yangi qurilgan \u201cDorussalom\u201d mehmonxonasi O\u2018zbekistondan kelgan ziyoratchilarga ajratilgan ekan, undagi xonalardan biriga joylashdim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tilimizdan labbaykani qo\u2018ymay piyoda Harami sharifga tomon yo\u2018l oldik. Diniy idoradan bo\u2018lgan Boburjon ismli yigit yo\u2018lboshchi edi. As-salom darvozasidan kirdigu&#8230; ne til bilan bayon qilay, qarshimda o\u2018sha, ikki kun avval tushimda ko\u2018rganim \u2013 sathi oq marmarli, ustiga Qur\u2019on oyatlari oltin iplarda yozib tashlangan, musulmon olamining qiblagohi \u2013 Ka\u2019ba turardi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Men bu gal tush ko\u2018rmasdim. Tumonat ziyoratchilar qatoriga qo\u2018shilib yetti bor tavof qildik. So\u2018ng&#8230; so\u2018ng o\u2018sha men tushimda ko\u2018rgan Oltin darvoza qarshisida ikki rakat namoz o\u2018qigach tiz cho\u2018kib Ollohga iltijo qildim!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Vo darig\u2018! Menga shunchalar mehribonlik sababi nima? Bunday mukofotga munosibmanmi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shukr, shukrona aytib adog\u2018 qila olmasdim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Hoji aka&#8230; \u2013 dedi mayin bir ovoz egasi yelkamga qo\u2018lini qo\u2018yib. \u2013 Hali Umraning bajariladigan amallari bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu kuni ehromdan chiqqach, darhol yana Haramga qaytdik. Ka\u2019baning devorlariga bag\u2018rimni berib qancha vaqt qolib ketdim bilmasdim. Men hayot yo\u2018limdagi xato va kamchiliklarim uchun Yaratgandan shafoat tilardim.\u00a0<\/span><\/p>\n<figure class=\"image\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/cdn.uza.uz\/2021\/04\/09\/04\/28\/7wbQ0cnpOCbxEQAjFCVdPDnsndX5lQ1s_front.jpg\" alt=\"\" \/><\/figure>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Salkam bir oy Makka, Madina ziyoratgoharida bo\u2018ldik, vaqti-soatiga qarab\u00a0 Haj amallarini\u00a0 bajardik. O\u2018nlab vatandoshlar suhbatidan, ularning gohida ayanchli, ba\u2019zida baxtli hayotiy taqdirlariga bag\u2018ishlangan suhbatlaridan bahramand bo\u2018ldik. Ollohga shukrki, men Haj ibodatlarini bajarish bilan birga O\u2018zbekiston televideniyesida birinchi marta yurtdoshlarning buyuk ziyoratlariga bag\u2018ishlangan \u201cMuborak haj safari\u201d videofilmini baholi qudrat tayyorladim. Tasvirchi ham, muallif ham o\u2018zim edim. Ba\u2019zida stendap (muxbirning o\u2018zi tasvirda gapirishi) kerak bo\u2018lganida kamera oyoqlarini chiqarib, o\u2018zim turadigan joyga moslab tasvirga olishni yoqib qo\u2018yar va kadrda paydo bo\u2018lar edim. Ham tasvirga tushirish, ham ibodatni ado etish ikki hissa qiyin bo\u2018lgan. Lekin aynan shu tasvirlarni men tarixga muhrlayotganim ruhiy kuch berar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toshkentga qaytgach, tasvirlarni matnga moslab montaj qildim. Videofilm juda katta muvaffaqiyat qozondi. Teletomoshabinlar talabiga ko\u2018ra takror-takror namoyish qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xudoga beadad shukrki, bugungacha uch bor haj ibodatini ado etish (shundan ikki bor hojiakbarlik yilida), to\u2018rt marta qadr kechasini Makkada, Harami sharifda kutish nasib etdi. Bunday marhamatga yetkazgan Ollohimga hamdu sanolarim bo\u2018lsin. Lekin har gal Yaratganning bir mo\u2018\u2019jizasiga ro\u2018baro\u2018 bo\u2018lar edim.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1999 yilda Andijon viloyati hokimi Qobiljon Obidov taklifi bilan andijonlik hojilar safida bordim. O\u2018shanda Makkaga kelganimizda viloyat qozisi (bosh imom hatibi) Nurilloqori Bahromov bilan menga Qudaydagi mehmonxonadan bir xona ajratib berdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nurilloqori aka yoshlari yetmishlarda bo\u2018lsada tetik, oq-sariqdan kelgan, doim kulib turadigan yuzidan nur taraluvchi, diniy sohaning katta bilimdonlaridan edi. Xonaga kirgach qizil, o\u2018rtacha kattalikdagi jomadonlarini ko\u2018rdim. Biz umra vazifalarini ado etib kelgach, ehromdan chiqdik. Shunda ko\u2018rdim, jomadonda bir-ikki kiyim, qolgani qadimiy kitoblar edi. Nurilloqori aka haramda ibodat qilar, mehmonxonaga qaytgach qizil jomadondagi kitoblardan birini olib mutolaa qilardi. Soatlab payg\u2018ambarlar, aziz-avliyolar, din ahkomlari haqida gapirib berardi. Biz bir-birimizga juda o\u2018rganib qolgandik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nihoyat haj amallarini ado etish vaqti-soati keldi. Dastlab Mino maydoniga chiqdik. Ertasi kuni Arofatdagi chodirlarning biri bizga ajratildi. To\u2018xtovsiz ibodatda bo\u2018lgan Nurilloqori aka peshindan o\u2018tganda to\u2018satdan menga shunday dedilar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Hojim, andijonlik imomlarga ayting, chodirlarini ko\u2018tarib bir davraga birlashsinlar. Men Jalaquduq tumani imom-hatibi Ikromxon qoriga bu gapni yetkazdim. Darhol o\u2018nlab chodirlarning yon pardalari ko\u2018tarilib katta maydon hosil bo\u2018ldi. Chamasi besh yuz nafar andijonlik hojilar saf tortib o\u2018tirdilar. Nurilloqori aka payg\u2018ambarimizning go\u2018zal axloqlari, oxirat haqidagi so\u2018zlari, mo\u2018minning Ollohdan va bandasidan qarzining farqlari haqida muqaddas kitoblardan dalillar keltirib ma\u2019ruza qildilar. Shundan so\u2018ng biz chodirimizga qaytdik. Ammo to\u2018satdan qori akaning toblari qochdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Hojim, men suv bo\u2018lib oqib ketyapman, \u2013 dedilar arang. Men u-buni taxlab yostiq qilib to\u2018shadim va yoting dedim. O\u2018zim doktorga chopdim. Biz bilan O\u2018zbekistondan kelgan shifokorlarning biri Arofatga birga chiqqandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Hech gap yo\u2018q, biroz toliqqanlar, qolaversa, quyosh tafti&#8230; degandek.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Doktor bitta dori berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin Nurillo qori aka tobora quvvatsizlanib \u00a0borardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Men mufti Abdurashid qori oldiga chopdim. Ahvol og\u2018irlashayotganini aytdim. Mufti:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Unday bo\u2018lsa, qori akani mehmonxonaga yuboring, \u2013 dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nurillo qori aka Arofatdan qaytishni istamas edilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 O\u2018zingiz menga aytgandingizku, al-hajju al-arofat, Arofatda turmoqlik haj ibodatini bajarmoqlik, deb. Mehmonxonaga qaytasiz. Vrach nazoratida bo\u2018lasiz u yerda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday deb arang ko\u2018ndirdim. Bir taksi tutib, navbatchi shifokor bilan ularni Qudayga jo\u2018natdim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shom arafasida Arofatda to\u2018p otildi. Ziyoratchilar bu muqaddas maydondagi uzluksiz ibodatlarini yakunlab, Muzdalifa vodiysiga yo\u2018l oldilar. U yerda ham tonggacha Ollohga iltijo qildik. Qo\u2018llarimizga tosh terib oldik va quyosh bir terak ko\u2018tarilganida shayton qarshisiga yetib keldik. Uch shaytonga bismillahu ollohu akbar deya tosh otdik. Shu bilan bugungi amalning biri bajarilgan edi. Men darhol taksi tutib Makkaga, mehmonxonaga keldim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nurillohoji aka dahlizdagi parda bilan o\u2018rab qo\u2018yilgan vaqtinchalik \u201cshifoxonada\u201d yolg\u2018iz yotgan edilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Keldingizmi, hojim, \u2013 dedilar qori aka intizor ko\u2018zlarini tikib. \u2013 Meni bir tahorat oldiring.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avval o\u2018zim tahorat oldim. So\u2018ng yonlaridagi joyga ohorli choyshab yoydim. Hech tortinmay lozimlarini yechdim. Suv ilitib, mustahab qildirdim. Qori akaning yuz-qo\u2018llarini yuvdirdim. Ular endi tura olmasdilar. Arang og\u2018iz-burun chayqay oldilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Titroq qo\u2018llari bilan yotgan joylarida boshiga bazur mahsi tortdilar. Xonadan yangi oq ko\u2018ylak va lozim olib tushdimda qori akani dast ko\u2018tarib yangi choyshabli karavotga olib, kiyintirdim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nurillo qori aka yig\u2018lab-yig\u2018lab uzoq duo qildilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Siz yotib dam olib turing, men haramga borib tavof qilib tez qaytaman, \u2013 dedim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haramga odam sig\u2018mas edi. Sahndagi ziyoratchilar dengiz to\u2018lqinidek goh u, goh bu tomonga surilib ketardilar. Olloh kuch berdi. Tildan duolarni qo\u2018ymay tavof qilib oldim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mehmonxonaga \u201cuchib\u201d keldim. Qori akani yotqizgan karavot bo\u2018sh turardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Og\u2018irlashib qoldilar. Mahalliy kasalxonaga murojaat qilgandim, kelib olib ketishdi, \u2013 dedi navbatchi. \u2013 Mana, shifoxona manzili.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Men qo\u2018limda bir parcha qog\u2018oz, til bilmayman, bir taksi tutib o\u2018sha hukumat kasalxonasiga yetib bordim. Qabulxonada:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013O\u2018zbekiston, Nurilloqori Bahromov, \u2013 derdim takror va takror.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U yerdagi oq xalat kiygan o\u2018rta yosh bir kishi daftarini varaqlab ko\u2018rdi-yu meni hovliga boshladi. Biz hovli chetidagi bir binoga kirdik. Negadir eshiklari ikki qavat temirdan edi. Ichkarida sovuqdan badanlarim seskanib ketdi. U ikki yonda to\u2018rt qator balandlikda tortqichli eshiklari bo\u2018lgan devor bo\u2018ylab yurib bir joyda to\u2018xtadi. Qo\u2018lidagi qog\u2018ozga yozilgan raqamni tortqichli eshikdagi raqamga solishtirdi va uni tortdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ne ko\u2018z bilan ko\u2018rayki, Nurillo qori aka uzun temir qutida yuzidan nur taratib o\u2018lmagandek yotardilar. Bu yer o\u2018likxona ekanini, qori aka omonatlarini topshirganlarini shundagina bildim. Nahot, nahotki! Qori dada-ya! Men quti ustiga engashib, uvvos solib yig\u2018ladim. Qori dada yuz-ko\u2018zlarini siladim. Nega yoningizdan ketib qoldim-a, deya o\u2018zimni koyir edim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kuzatuvchi bir oz sabr qilgach, alhamdulilloh, alhamdulilloh, deya meni quti ustidan turtib chetlatdi va yana uni ichkari itarib joyiga kiritdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ey voh! Senga shunchalar oshiq bandang jonini olishga buncha shoshmasang?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Men arang o\u2018zimga keldim. Lekin nima qilishni bilmasdim. Voqea sodir bo\u2018lgandi. Ollohning izmiga bo\u2018ysunmaslikning iloji yo\u2018q. Nurillo qori aka vafot etganlarini tan olmoq lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mino maydoniga yetib kelganimda ziyoratchilar birin-ketin shaytonga tosh otib qaytayotgan edilar. To\u2018g\u2018ri Shamsudiddinxon aka oldilariga kirdim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shamsuddinxon Boboxonov o\u2018sha paytda O\u2018zbekistonning Saudiya podshohligidagi elchisi edilar. Haj mavsumi arafasida poytaxt Riyoddan Makkaga, biz turgan mehmonxonaga kelib o\u2018zlariga ajratilgan xosxonaga joylashgandilar. Arofat tog\u2018i, Mino maydonida ham Saudiya podshohligi ularga \u201csofed\u201d \u2013 elchi deya alohida chodir tikkan edi. Qimmatbaho gilamlar to\u2018shalgan, zarlangan divan va kreslolar qo\u2018yilgan bo\u2018lsada, lo\u2018la bolishga yonboshlab qo\u2018llaridagi tasbehni salovatga mos chiqillatib yotardi elchi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 E kelsinlar, hoji, bormisiz, \u2013 deya samimiyat bilan qarshiladi meni Shamsiddinxon aka.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018sha voqeadan 25 yillar chamasi avval biz elchi bilan Moskvada tanishgan edik. Shamsuddinxon aka sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida ishlardi. Shu-shu ustoz bilan goh Moskva, goh O\u2018zbekistonga kelganlarida, keyinchalik mamlakat muftisi bo\u2018lganlarida ham uchrashib, suhbatlaridan bahramand bo\u2018lib turar edim. Shuning uchun ham eski qadrdonlardek, rasmiyatchilik va iltifotsiz qarshilagandilar \u00a0meni.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Men dastlab Nurillo qori akaning dinga xizmatlari, ularning sobit e\u2019tiqodlari haqida bilganimni aytdim. So\u2018ng qazo voqeasini so\u2018zladim. Va xulosaga iltimos qildim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Shunday odam janozasi Harami sharif \u2013 Ka\u2019bada o\u2018qilishi va \u201c\u201cJannat al-muallaq\u201d \u00a0qabristoniga dafn etilishga munosib, emasmi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Nimalar deyapsiz, xayolingiz o\u2018zingizdami, hojim, \u2013 dedi Shamsiddinxon aka kapalagi uchib. \u2013 Ka\u2019bada janoza o\u2018qishga ruxsat mutloq podshohlik ruxsati bilan bo\u2018ladi. Siz orzulagan qabristonga ham podshohlik qarori bilan dinimizga ulkan hissa qo\u2018shgan buyuk ulamolar dafn etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Men bilgan Nurillo qori aka siz aytayotgan ulamolardan, o\u2018zbek ulamolaridan biri. Iltimos, ustoz, Makka amiri sizni qanchalar hurmat qilishini bilaman. Axir u qirol oilasidan, uning ishongan tayanchi. Iltimos, amirdan bir so\u2018rab ko\u2018ring.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Men qanchalar qaysar ekanimni elchi bilardi. Harchand e\u2019tiroz bildirmasin, aytganimdan qaytmasdim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Bir qo\u2018ng\u2018iroq, bir og\u2018iz so\u2018z, ustoz!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nihoyat Shamsiddinxon aka telefon go\u2018shagini oldi. U tomondan arab tilida kimdir nimadir dedi. Elchi amirni so\u2018radi, shekilli, biroz sukutdan so\u2018ng kim bilandir uch-to\u2018rt daqiqa gaplashdi. Men garchi biron so\u2018zni tushunmasamda, ohang va elchining yuz-ko\u2018z ifodasidan his qildimki, u iltijo qilardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nihoyat go\u2018shakni qo\u2018yar ekan,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Amir band ekan, yordamchisiga vaziyatni tushuntirdim, \u2013 dedi menga tikilib. So\u2018ng qo\u2018shib qo\u2018ydi: \u2013 Iltimos ham qildim. Hozir javobini aytishadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz telefonga termulgancha o\u2018tirardik. Orada arab xizmatchi qahva tayyorlab olib kirdi. Oldimizga shirinliklar ham qo\u2018ydi. Shu lahza uning iltifoti ko\u2018ngilga sig\u2018masdi. Qancha vaqt kutdik, aniq bilmayman. To\u2018satdan telefon jiringladi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shamsuddinxon aka shoshib go\u2018shakni ko\u2018tardi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Mashalloh, mashalloh, \u2013 dedi. Birdan chehralari ochilib ketdi. Nimalardir dedilar yana. Mening javobga intiq yuzimga qarab boshlarini sarak-sarak qilib qo\u2018yardilar. Nahotki, bu rizo alomati bo\u2018lsa!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustoz suhbat yakunlangach, yosh boladek quvonch va hayrat bilan dedilar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013\u00a0 Amir rozi bo\u2018libdi va bu haqda ko\u2018rsatma ham beribdi. Ollohga shukr, Ollohga shukr! Bu O\u2018zbekistonimizga bo\u2018lgan iltifot, ulug\u2018 ajdodlarimiz, olimu ulamolarimiz hurmat va haqqidan berilgan qaror! Bu Harami sharif \u2013 Ka\u2019baga muhabbat mo\u2018\u2019jizasi!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shamsiddinxon aka meni quchib shu so\u2018zlarni takrorlardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Men shoshganimcha andijonlik ziyoratchilar yoniga yugurdim. Jalaquduq imomi\u00a0 Ikromxon qoriga voqeani\u00a0 aytdim. U uvvos solib \u201cvoy otam-a\u201dlab yig\u2018i qildi. Darhol qolgan imomlar yetib keldilar. Nurillo qori aka vafotini chuqur qayg\u2018u bilan qabul qildilar. Qozi domla Andijon ahli qalbidan chuqur joy olgan ekan. Shogirdlar, hoji akalar birdek yig\u2018lardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikromxon qoriga tasalli bergan bo\u2018ldim. Endi marhumni yuvish, janoza uchun Ka\u2019baga olib borish va qabriston tadorigini ko\u2018rish lozimligini aytdim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz ikkimiz marhumni maxsus mashinada (uni kasalxona berdi) yuvish markaziga olib bordik. Ko\u2018z o\u2018ngimizda g\u2018assol yuvib-tarab, ko\u2018k matoga o\u2018radi. Mushki anbarlar sepdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Men kasalxonaga ketishda imomlarga barcha andijonliklarni Harami sharifning As-salom darvozasi qarshisiga asr namozi arafasida yig\u2018ilib borishni, kimdaki do\u2018ppisi bo\u2018lsa, kiyib olishini tayinlagan edim. Hoji akalar Makkaga kelib tavof qilganlar va ehromdan chiqib, aytganimdek, do\u2018ppi kiyib to\u2018planib turgan ekanlar. Biz mashinani shu yerga to\u2018xtatdik. Imomlar \u201cvoy otam\u201dlab oldda yig\u2018i solib bordilar. Chamasi 400-500 nafar o\u2018zbekistonlik (asosan andijonlik) hojilar boshda do\u2018ppi, yelkadagi mayitni qo\u2018lma-qo\u2018l qilib Haramga olib kirdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sudaysning qalblarni eritib yuboruvchi qutlug\u2018 nafasi bilan namoz ado etildi. Kichik bir sukutdan so\u2018ng janoza namoziga quloq qoqib qo\u2018llarni belga bog\u2018ladik. Janozadan so\u2018ng mayit dunyo hojilari o\u2018rtasida qo\u2018lma-qo\u2018l bo\u2018lib ketdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qabriston Haramdan 2-3 chaqirim narida edi. Tashqariga chiqdik. Ko\u2018chalar tirband. Odamdan mashina ko\u2018pdek, go\u2018yo. Ammo politsiyachilar harakatni cheklab bizga yo\u2018l ochib berardi. Takrorlanmas manzara: mayitga hamma, u qaysi millat, qaysi tilli, qaysi mamlakatdan bo\u2018lmasin, qo\u2018lim tegib qolsin deya intilar edi. Chunki Haj mavsumida o\u2018nlab, balki yuzlab hojilar vafot etar, ammo Haramda janozasi o\u2018qilishi kamyob hodisa. Demak, bu odam Ollohning eng yaqin do\u2018stlaridan, deya intilar ekanlar&#8230; Mayit ortida boshida do\u2018ppi \u2013 yuzlab musibatdoshlar zikr aytib borardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Katta yo\u2018lda hamma bizga yo\u2018l ochdi. Mashinalar chetga chiqib to\u2018xtab turardi. Nihoyat bir paytlar payg\u2018ambarimiz Muhammad mustafo sollollohu alayhu vassalam jinlarga qur\u2019on o\u2018qib bergan, keyinchalik shu yerda qurilgan jin masjidga tutash \u201cJannat al-muallaq\u201d qabristoniga yetib keldik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cJannat al-muallaq\u201d Saudiyaning eng qadimiy qabristonlaridan biridir. Bu yerga payg\u2018ambarimiz Muhammad mustafo (s.a.v)ning xotinlari Xadicha onamiz, ota-bobolari hamda tog\u2018alari Abu Tolib ibn Abdulmutalib dafn etilgan. O\u2018n besh asrdan buyon bu qabriston Saudiya qirollari tomonidan saqlab kelinmoqda. Aytishlaricha, bu yerga minglab sahobalar ham qo\u2018yilgan. Yaratganning inoyati bilan ulug\u2018 maqomga ega qabristonga, ulug\u2018lar qatoridan ustoz Nurillo qoriga ham shu joy nasib etdi. Ota-onalarining asli nasabi qo\u2018qonlik bo\u2018lgan Abu Salmon al Xo\u2018qandiy degan birodarimiz janoza va dafn marosimida ishtirok etdi. Lahadga tushib olib o\u2018zbekistonliklarga iltijo qildi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013Ey, birodarlar! Marhum hoji akani joylariga qo\u2018yishdek savobni menga hadya etinglar!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u2018p tortishuvlardan so\u2018ng izn berildi va Abu Salmon bu ishni bajardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz hali Makkada ekanmiz, har kuni \u201cJannat ul-muallaq\u201dqa kelib duoi fotiha o\u2018qib turdik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nihoyat haj amallarining farz va sunnatini to\u2018liq ado etdik. Saudiya qiroli televideniye orqali ziyoratchilarni hajji akbarlik maqomi bilan muborakbod etdi. Gap shunda ediki, Arofat tog\u2018ida juma kuni ibodatda bo\u2018lgandik. Islomiy hukmga ko\u2018ra, qachonki Arofatda turmoqlik juma kuniga to\u2018g\u2018ri kelsa, haj hajji akbar bo\u2018lg\u2018usidir. Ya\u2019ni shu yilgi haj yetti bor haj qilganlikka teng maqom beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekistonga qaytgach, samolyotdan tushib xayrlashayotgan chog\u2018i andijonlik imom va hojilar meni o\u2018rtaga oldilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Biz yoshligimizdan ustoz yonlarida yurib farzandlari qatori saboq oldik. Oxirgi daqiqalarida ustozga xizmat qilish bizning haqqimiz edi. Lekin bunday sharaf sizga buyurgan ekan, \u2013 dedi Ikromxon qori yig\u2018idan o\u2018zini to\u2018xtatolmay. \u2013 Siz farzandlik vazifasini ado etdingiz. Olloh rozi bo\u2018lsin, sizdan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu voqealar 1999 yilda, Makkada sodir bo\u2018ldi va u hamon minglab hoji akalar yodida qolgan deb umid qilaman. Tilagim: ko\u2018plar qatori din, ilm fidoyisi \u2013 qozi domla Nurilloqori Bahromovni\u00a0 ham eslab duo qilaylik. Zero, ruhlari shod bo\u2018lsin, omin!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Muhammadjon \u00a0Obidov, <\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: <a href=\"http:\/\/uza.uz\/posts\/256120\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><span style=\"color: #0000ff;\">UzA<\/span><\/a><\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ramazon o\u2018ylari Yaratganning marhamati keng. Uning iltifotiga sazovor bo\u2018lmoqlik barchamizga nasib etsin. 1994 yil bahori edi. O\u2018zbekistonning Birinchi Prezidenti Buxoro safariga borganida Bahouddin Naqshband ziyoratgohi etagida \u201cFarg\u2018ona bog\u2018i\u201d yaratilsa, degan\u00a0 taklif aytdi. Oradan bir necha kun o\u2018tar-o\u2018tmas Quva, Vodildagi ko\u2018chat yetishtiruvchilardan ikkita mashinada turli mevali ko\u2018chatlar va bir \u201cIkarus\u201d avtobusda bog\u2018bonlar viloyat hokimi Mirzajon Islomov &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14719,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Ka\u2019baga muhabbat mo\u2018\u2019jizasi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Ka\u2019baga muhabbat mo\u2018\u2019jizasi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ramazon o\u2018ylari Yaratganning marhamati keng. Uning iltifotiga sazovor bo\u2018lmoqlik barchamizga nasib etsin. 1994 yil bahori edi. O\u2018zbekistonning Birinchi Prezidenti Buxoro safariga borganida Bahouddin Naqshband ziyoratgohi etagida \u201cFarg\u2018ona bog\u2018i\u201d yaratilsa, degan\u00a0 taklif aytdi. Oradan bir necha kun o\u2018tar-o\u2018tmas Quva, Vodildagi ko\u2018chat yetishtiruvchilardan ikkita mashinada turli mevali ko\u2018chatlar va bir \u201cIkarus\u201d avtobusda bog\u2018bonlar viloyat hokimi Mirzajon Islomov &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-04-11T07:32:47+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/kabaga.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1024\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"682\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"14 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz\",\"name\":\"Ka\u2019baga muhabbat mo\u2018\u2019jizasi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/kabaga.jpg\",\"datePublished\":\"2021-04-11T07:32:47+00:00\",\"dateModified\":\"2021-04-11T07:32:47+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/kabaga.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/kabaga.jpg\",\"width\":1024,\"height\":682},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Ka\u2019baga muhabbat mo\u2018\u2019jizasi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Ka\u2019baga muhabbat mo\u2018\u2019jizasi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Ka\u2019baga muhabbat mo\u2018\u2019jizasi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Ramazon o\u2018ylari Yaratganning marhamati keng. Uning iltifotiga sazovor bo\u2018lmoqlik barchamizga nasib etsin. 1994 yil bahori edi. O\u2018zbekistonning Birinchi Prezidenti Buxoro safariga borganida Bahouddin Naqshband ziyoratgohi etagida \u201cFarg\u2018ona bog\u2018i\u201d yaratilsa, degan\u00a0 taklif aytdi. Oradan bir necha kun o\u2018tar-o\u2018tmas Quva, Vodildagi ko\u2018chat yetishtiruvchilardan ikkita mashinada turli mevali ko\u2018chatlar va bir \u201cIkarus\u201d avtobusda bog\u2018bonlar viloyat hokimi Mirzajon Islomov &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-04-11T07:32:47+00:00","og_image":[{"width":1024,"height":682,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/kabaga.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"14 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz","name":"Ka\u2019baga muhabbat mo\u2018\u2019jizasi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/kabaga.jpg","datePublished":"2021-04-11T07:32:47+00:00","dateModified":"2021-04-11T07:32:47+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/kabaga.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/kabaga.jpg","width":1024,"height":682},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14721&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Ka\u2019baga muhabbat mo\u2018\u2019jizasi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14721"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14721"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14721\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14722,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14721\/revisions\/14722"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14719"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14721"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14721"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14721"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}