{"id":14651,"date":"2021-04-09T12:36:39","date_gmt":"2021-04-09T07:36:39","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14651"},"modified":"2021-04-09T12:36:39","modified_gmt":"2021-04-09T07:36:39","slug":"dinda-terror-yo%ca%bbq-islom-qo%ca%bbporuvchilik-dini-emas","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz","title":{"rendered":"Dinda terror yo\u02bbq \u2013 Islom qo\u02bbporuvchilik dini emas!"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><i><u>O<\/u><\/i><\/strong><strong><i><u>GOHLIK \u2013 DAVR TALABI<\/u><\/i><\/strong>\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bugun biz shunday davrda yashayapmizki \u201cfalon kishi koinotda yashash uchun joy buyurtma qilibdi, falon kompaniya u nomdagi eng yuqori texnologiyalarga ega mahsulotini taqdimot qilibdi, bunisi quyosh nuri bilan harakatlanadigan uchar mashina ishlab chiqibdi\u201d, desa hech kim ajablanmay qo\u02bbydi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin dunyoning falon mamlakatida terrorchilik xuruji kuzatilibdi desa, yer yuzidagi yetti milliarddan ziyod odam yuragini hovuchlaydigan bo\u02bblib qoldi. Eng yomoni, sayyoramiz aholisining aksariyati terrorni hali-hanuz din bilan yonma-yon ishlatmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bbli qonga botgan, na dini, na millati, na vijdoni bor razil kimsalar \u2013 terrorchilar o\u02bbldirsa ham, qaysidir joyni portlatsa ham, qayoqqadir o\u02bbt qo\u02bbysa ham eng ulug\u02bb kalima \u2013 \u201cAllohu akbar\u201dni talaffuz qilayotgani dindan bexabar kishilarning ana shunday xulosaga kelishiga sabab bo\u02bblayotgandir. Xo\u02bbsh, aslida ham shundaymi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>ISLOM \u2013 TINCHLIK DINI<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun ko\u02bbpchilik o\u02bbylaganidek, Islom qo\u02bbporuvchilik dini emas, balki tinchlik dinidir. Dinimiz tinchlik, xotirjamlik, huzur-halovat, sulh va omonlik kabi ma\u02bcnolarni anglatadi. Bu nomni Alloh taoloning O\u02bbzi tanlagan. Zotan, Buyuk Rabbimizning go\u02bbzal ismlaridan biri ham \u201cAs-salom\u201ddir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cIslom\u201d so\u02bbzi \u201citoat va bo\u02bbysunish\u201d, \u201cixlos va turli ofatlardan salomat bo\u02bblish\u201d hamda \u201csulh va omonlik\u201d degan ma\u02bcnolarni bildiradi. Bu dinni Payg\u02bbambarning o\u02bbzlari tanlagan emas, balki uni Alloh taolo ixtiyor qilgan. Islom, bu \u2013 Alloh yagona deb e\u02bctiqod qilib, unga bo\u02bbysunmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik demakdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu din shundayki, hatto boshqa dinlarni ham inkor etuvchi shaxslarga nisbatan shirinsuxanlik bilan chiroyli muomala qilishga undaydi. Muso va Horun alayhimassalomga o\u02bbzini Xudoman, deb da\u02bcvo qilgan Fir\u02bcavnga ham Alloh taolo yumshoq va muloyim so\u02bbz bilan gapirishga buyurdi:\u00a0<strong>\u201c<\/strong>(Ey, Muso!)\u00a0<strong>Sen o\u02bbzing va birodaring<\/strong>\u00a0(Horun)\u00a0<strong>Mening oyatlarimni<\/strong>\u00a0(odamlarga)\u00a0<strong>olib boringiz va Meni zikr qilishda sustlik qilmangiz!\u00a0<\/strong><strong>Ikkingiz Fir\u02bcavnning oldiga boringiz, chunki u<\/strong>(\u201cMen \u2013 xudoman\u201d)<strong>, deb haddidan oshdi. Bas, unga yumshoq so\u02bbz aytingiz! Shoyad, u eslatma olsa yoki<\/strong>\u00a0(halok qilishimdan)\u00a0<strong>qo\u02bbrqsa\u201d\u00a0<\/strong><i>(Toho surasi, 44-oyat)<\/i>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Va holbuki, Xudoyi taolo qodir edi Muso alayhissalomga: \u201cEy, Muso, Fir\u02bcavnni oldiga borganingizda asongizni ushlang, ajdahoga aylanib Fir\u02bcavnni yutib yuborsin\u201d deyishlikka. Lekin Xudoyi taolo O\u02bbzining eng ulug\u02bb payg\u02bbambarlaridan biri bo\u02bblgan, Alloh taolo bilan vositasiz gaplashgan, Qur\u02bconi Karimda u kishining nomlari 136 marta zikr etilgan, alohida bir Muqaddas kitob nozil qilingan, sevimli payg\u02bbambarlaridan bittalari bo\u02bblgan bo\u02bblsalar-da shirin so\u02bbz va muloyimlik ila munosabat qilishni amr-farmon qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom terrorni, fasod va buzg\u02bbunchilikni butunlay qoralaydi, la\u02bcnatlaydi. Alloh taolo Qur\u02bconi karimda Yer yuzida buzg\u02bbunchilik qilmaslikni buyurib:\u00a0<strong>\u201cAlloh esa, fasodni\u00a0<\/strong>(buzg\u02bbunchilikni)\u00a0<strong>yoqtirmaydi\u201d<\/strong>\u00a0<i>(Baqara surasi, 205-oyat)<\/i>, shu suraning 60-oyatida esa:<strong>\u00a0\u201cAllohning rizqidan yeb-ichingiz, Yer yuzida buzg\u02bbunchilik qilmangiz!\u201d<\/strong>deb marhamat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moida surasining 32-oyatida esa:\u00a0<strong>\u201cBiror jonni o\u02bbldirmagan yoki Yerda<\/strong>\u00a0(buzg\u02bbunchilik va qaroqchilik kabi)\u00a0<strong>fasod ishlarini qilmagan insonni o\u02bbldirgan odam xuddi hamma odamlarni o\u02bbldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan<\/strong>\u00a0(o\u02bblimdan qutqarib qolgan)\u00a0<strong>odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir\u201d<\/strong>, deb marhamat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mufassirlarning ta\u02bckidlashlaricha, aslida ushbu oyat hukmi Isroil avlodiga qarata aytilgan bo\u02bblsa-da, biroq u barcha musulmonlar uchun ham tegishlidir. Oyatning taqozo etishiga ko\u02bbra, Yer yuzida fitna-fasod, buzg\u02bbunchilik, qotillik, qo\u02bbporuvchilik, qaroqchilik kabi razil ishlarni qilgan kimsalar qilmishlariga yarasha jazoga tortilishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisi shariflarda:\u00a0<strong><i>\u201cKim bir ahdlashgan jonni o\u02bbldirsa, jannatning hidini ham hidlay olmaydi. Albatta, uning hidi qirq yillik masofadan kelib turadi\u201d<\/i><\/strong>\u00a0<i>(Imom Buxoriy va Imom Termiziy rivoyati);\u00a0<strong>\u201cHaqiqiy musulmon uning qo\u02bblidan va tilidan boshqa musulmonga ozor yetmaydigan kishidir\u201d<\/strong><\/i>\u00a0<i>(Imom Buxoriy rivoyati)<\/i>, deyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>T\u0415RRORIZM DIN BILAN ALOQADOR EMAS<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72-sessiyasida: \u201cBiz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassami ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo\u02bbravonlik va qon to\u02bbkish bilan bir qatorga qo\u02bbyadiganlarni qat\u02bciy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da\u02bcvat etadi\u201d, deya ta\u02bckidlagan edilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mana shu takliflardan kelib chiqib BMT Xavfsizlik Kengashi 2017 yil 21 dekabr kuni \u201cMa\u02bcrifat va diniy bag\u02bbrikenglik\u201d rezolyutsiyasini qabul qildi. Ushbu hujjatga ko\u02bbra, terrorizm, zo\u02bbravon ekstremizm hech bir din, millat va sivilizatsiya bilan aloqador emas va bog\u02bbliq holda talqin qilinmasligi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTerror\u201d atamasi paydo bo\u02bblganiga chorak asrdan oshdi. Terror dastidan ming-minglab begunoh odamlar halok bo\u02bblmoqda, millionlab zamindoshlarimiz o\u02bbz uyidan, vatanidan chiqishga majbur bo\u02bblib, sarson sargardon yuribdi. Minglab bolalar ta\u02bclim olish u yoqda tursin, uysiz boshpanasiz, ba\u02bczilar hatto yaqinlarisiz yolg\u02bbizlikda, nochor hayot kechirmoqda. Bu esa terrorizm, ekstremizmning achchiq mevasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>EKSTR\u0415MIZM \u2013 INSONIYAT DUSHMANI<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cEkstremizm\u201d tushunchasi Qur\u02bconi karim oyatlari va hadisi shariflarda qayta-qayta kelgan \u201cg\u02bbuluv\u201d, \u201ctug\u02bbyon\u201d, \u201chaddan oshish\u201d kabi so\u02bbzlar bilan hamohang bo\u02bblib, dinimiz ta\u02bclimotida ularning barchasi qattiq qoralangan. Masalan, Qur\u02bconi karimda Alloh taolo bandalarini g\u02bbuluvdan qaytarib, bunday marhamat qiladi:\u00a0<strong>\u201cEy ahli kitoblar! (Isoni ilohiylashtirib) diningizda haddan oshib ketmangiz! Alloh (sha\u02bcni)ga esa faqat haq (gap)ni aytingiz!..\u201d<\/strong>\u00a0<i>(Niso surasi, 171-oyat)<\/i>. Boshqa oyati karimada: \u201c<strong>Ayting: \u201cEy ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmangiz va oldindan adashgan va ko\u02bbplarni adashtirgan hamda to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan chalg\u02bbiganlarning havoyi nafslariga ergashmangiz!\u201d\u00a0<\/strong><i>(Moida surasi, 77-oyat)<\/i>, deb zikr qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muqaddas dinimizda yakka-yu yolg\u02bbiz Alloh taologa ibodat qilishga buyurilib, birdamlikka chaqiriladi. Dinda g\u02bbuluvga ketish, haddan oshishdan qaytarilishning sababi, bu omillar ixtilofga, guruhbozlikka olib keladi. Vaholanki, oyatda:: \u201c<strong>Ular (mushriklar) dinlarini bo\u02bblib yuborib, (turli) firqalarga ajralgandirlar. Har bir firqa (odamlari) o\u02bbz nazdilaridagi narsa (aqida) bilan shoddirlar\u201d\u00a0<\/strong><i>(Rum surasi, 32-oyat)<\/i>, deb marhamat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinda g\u02bbuluvga ketishning oqibatlari juda yomon. Avvalo, bu aqidaning buzilishiga olib keladi. Tarixda paydo bo\u02bblgan ravofiz, xavorij, mu\u02bctazila va boshqa toifalarning yuzaga kelishi, asosan, dinda g\u02bbuluvga ketishning oqibatidir. G\u02bbuluv mashaqqat bo\u02bblgani bois odamlar to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan ozib, dindan nafratlanib, bezib qoladilar. Oxir-oqibat shariatda buyurilgan amallarni bajarishdan qoniqish hosil qilmay, o\u02bbz-o\u02bbziga mashaqqat tug\u02bbdiradigan yangi bid\u02bcat amallarni o\u02bbylab topishi va dinni mashaqqatdan iborat qilib ko\u02bbrsatishga sabab bo\u02bbladilar. Bu esa Islom dinining mo\u02bbtadillik va yengillikka chaqiruvchi, mashaqqat va qiyinchiliklarni bartaraf etishga asoslangan ta\u02bclimotlariga ziddir. Zero, yengillik, Islomning asosiy shiorlaridan biridir. Imom Buxoriy rahmatullohi alayh rivoyat qilgan hadisi sharifda:\u00a0<strong><i>\u201cOsonlashtiring, aslo qiyinldashtirmang. Bashorat bering, hech ham nafratlantirmang\u201d<\/i><\/strong>, deyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini fasodga qarshi kurashib, oshkora va botiniy fitnalardan qaytargan. Alloh taolo A\u02bcrof surasining 56-oyatida:\u00a0<strong>\u201cVa isloh qilingandan keyin Yer yuzida fasod qilmang va Undan qo\u02bbrqib tama\u02bc ila duo qiling. Albatta, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir\u201d, deb marhamat qiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mufassirlar ushbu oyat tafsirida \u201carz\u201d, ya\u02bcni \u201cyer\u201d so\u02bbzi, arab qoidalariga ko\u02bbra, alif-lom bilan kelgani uchun muayyan bir joyga \u2013 Madina shahriga dalolat qiladi, deyishadi. Shunda oyatning mazmuni \u201cMadina shahri isloh qilinganidan keyin u yerda fasod ishlarni qilmang\u201d bo\u02bbladi. Madina yer yuzidagi kichkina shahar. Mana shu joyda ham fasod qilmaslikka buyurilyapti. Modomiki, kichik shaharda fasodga chek qo\u02bbyilmas ekan, xuddi uchqun butun boshli o\u02bbrmonning kulini ko\u02bbkka sovurganidek, fasod ishlar \u2013 ekstremizm, terrorizm ham yer yuzini vayron qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda ayrim davlatlarda g\u02bbuluvga ketgan, qo\u02bbli qonga botgan bir qancha ekstremistik guruhlar faoliyat olib borayotgani barchani birdek tashvishga solmoqda. G\u02bbarb mamlakatlarining ba\u02bczi ommaviy axborot vositalari ushbu ekstremistik guruhlarning qo\u02bbporuvchilik harakatlarini Islom dini bilan bog\u02bblashga urinmoqdalar. Vaholanki, Islom dini ekstremizmni, terrorizmni qattiq qoralaydi, la\u02bcnatlaydi. Dinimiz ekstremizmga qarshi kurashni o\u02bbn besh asr oldin boshlab yuborgan. Islom mo\u02bbtadil ekani uning har qanday ekstremizmga, xunrezlikka qarshi ekanligining yaqqol isbotidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turli ekstremistik oqimlar ta\u02bcsiriga tushib qolgan kimsalarning gumrohligi shundaki, ko\u02bbr ko\u02bbrni qorong\u02bbida topibdi deganiday, ular faqat o\u02bbzlariga o\u02bbxshash kishilarning gaplariga ishonishadi. Samimiy nasihat qilib, to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblni ko\u02bbrsatgan olimlar u yoqda tursin, ba\u02bczan ayrimlari ota-onasi, akasini ham tan olishmaydi. Bular haqida Qur\u02bconi karimda:\u00a0<strong>\u201cParvardigorining oyatlari bilan nasihat qilinganidan so\u02bbng, ulardan yuz o\u02bbgirgan kimsadan ko\u02bbra kim ham zolimroqdir?! Albatta, Biz (unday) jinoyatchilardan (dunyo va oxiratda) intiqom oluvchidirmiz\u201d\u00a0<\/strong><i>(Sajda surasi, 22-oyat)<\/i>, deb marhamat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shukrki, bag\u02bbrikeng yurtda yashayapmiz. Mamlakatimizda shonli sanalar, bayramlar munosabati bilan adashib turli ekstremistik oqimlar ta\u02bcsiriga tushib qolib ozodlikdan mahrum etilgan, ayni paytda qilmishiga chin pushaymon bo\u02bblib, butunlay tuzalish yo\u02bbliga o\u02bbtgan fuqarolarni afv etish to\u02bbg\u02bbrisida muhtaram Prezidentimizning farmonlari e\u02bclon qilinyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oilasi bag\u02bbriga qaytayotgan bunday fuqarolar bilan kayvonilar, hoji otalar ishtirokida suhbatlar o\u02bbtkazib, ularga dinimizning asl mohiyatini tushuntirishga harakat qilyapmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Abbos roziyallohu anhumo muazzam Ka\u02bcba devoriga suyanib bunday deganlar: \u201cEy Ka\u02bcba! Allohning nazdida hurmating baland. Lekin agar seni yetti marta buzib vayron qilganimda ham bir musulmonga ozor berganimchalik yomon ish qilmagan bo\u02bblar edim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vidolashuv hajida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:\u00a0<strong><i>\u201cAlbatta, qoningiz, molingiz va obro\u02bbyingiz bir-biringizga xuddi bugungi kunday, shu shaharday va shu oyday haromdir\u201d<\/i><\/strong>\u00a0<i>(Imom Muslim rivoyati)<\/i>, deb marhamat qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Hajar Asqaloniy ushbu hadis sharhida: \u201cPayg\u02bbambar sollallohu alayhi va sallam musulmonlarni ardoqli, ulug\u02bbligi, azizligi, hurmati ayon bo\u02bblgan narsalar: Qurbon hayiti, Makka shahri va muharram oyi kabi o\u02bbzaro mollarini, jonlarini va obro\u02bblarni hurmat qilishga da\u02bcvat qildilar\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbsh, endi do\u02bbppini yechib qo\u02bbyib, o\u02bbylab ko\u02bbraylik. Hatto qushning ham ini buzilishiga qarshi bo\u02bblgan, er-xotinning janjallashishiga olib boradigan barcha yo\u02bbllarga o\u02bbzining qat\u02bciy hukmlari bilan chora ko\u02bbrib qo\u02bbygan Islomni qanday qilib terrorizm, ekstremizm bilan chog\u02bbishtirish mumkin?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>XULOSA<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, so\u02bbnggi 10 yilda terrorizm, ekstremizm oqibatida jahon iqtisodiyotiga 583 trillion AQSH dollari miqdorida zarar yetkazilgan. Keyingi 15 yilda terrorchilik harakatlari natijasida 91 ming begunoh inson halok bo\u02bblgan. Ularning aksariyati yosh bolalar, ayollar va qariyalardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tuzilgan \u201cMa\u02bcrifat va diniy bag\u02bbrikenglik\u201d rezolyutsiyasi dunyo jamoatchiligini bezovta qilayotgan terrorizm, ekstremizm, zo\u02bbravonlik, murosasizlik kabi bugungi kunning o\u02bbtkir muammolariga yechim sifatida ilm-ma\u02bcrifat, o\u02bbzgalarga adolatli va bag\u02bbrikeng yondashuv hamda tinchlikparvar siyosatni targ\u02bbib qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun kuch ishlatish, bosib olishdan ko\u02bbra ko\u02bbproq tinchlikparvar siyosat har jihatdan samarali bo\u02bblmoqda. Ana shu tajriba orqali radikal guruhlar faoliyatining 7 foizi qurolli aralashuv natijasida to\u02bbxtatilgan bo\u02bblsa, ularning 40 foizi tinch yo\u02bbl bilan \u2013 siyosiy muzokaralar o\u02bbtkazish vositasida barham topgan. Zotan, dunyo bo\u02bbylab ekstremistik tashkilotlarning 38 yillik faoliyati tahlillari shuni ko\u02bbrsatmoqda.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ibrohimjon INOMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi o\u02bbrinbosari<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: <a href=\"http:\/\/muslim.uz\/index.php\/maqolalar\/item\/26052\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><span style=\"color: #0000ff;\">muslim.uz<\/span><\/a><\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>OGOHLIK \u2013 DAVR TALABI\u00a0 Bugun biz shunday davrda yashayapmizki \u201cfalon kishi koinotda yashash uchun joy buyurtma qilibdi, falon kompaniya u nomdagi eng yuqori texnologiyalarga ega mahsulotini taqdimot qilibdi, bunisi quyosh nuri bilan harakatlanadigan uchar mashina ishlab chiqibdi\u201d, desa hech kim ajablanmay qo\u02bbydi. Lekin dunyoning falon mamlakatida terrorchilik xuruji kuzatilibdi desa, yer yuzidagi yetti milliarddan ziyod &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14649,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Dinda terror yo\u02bbq \u2013 Islom qo\u02bbporuvchilik dini emas! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Dinda terror yo\u02bbq \u2013 Islom qo\u02bbporuvchilik dini emas! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"OGOHLIK \u2013 DAVR TALABI\u00a0 Bugun biz shunday davrda yashayapmizki \u201cfalon kishi koinotda yashash uchun joy buyurtma qilibdi, falon kompaniya u nomdagi eng yuqori texnologiyalarga ega mahsulotini taqdimot qilibdi, bunisi quyosh nuri bilan harakatlanadigan uchar mashina ishlab chiqibdi\u201d, desa hech kim ajablanmay qo\u02bbydi. Lekin dunyoning falon mamlakatida terrorchilik xuruji kuzatilibdi desa, yer yuzidagi yetti milliarddan ziyod &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-04-09T07:36:39+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/terroe.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"570\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"359\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz\",\"name\":\"Dinda terror yo\u02bbq \u2013 Islom qo\u02bbporuvchilik dini emas! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/terroe.jpg\",\"datePublished\":\"2021-04-09T07:36:39+00:00\",\"dateModified\":\"2021-04-09T07:36:39+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/terroe.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/terroe.jpg\",\"width\":570,\"height\":359},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Dinda terror yo\u02bbq \u2013 Islom qo\u02bbporuvchilik dini emas!\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Dinda terror yo\u02bbq \u2013 Islom qo\u02bbporuvchilik dini emas! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Dinda terror yo\u02bbq \u2013 Islom qo\u02bbporuvchilik dini emas! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"OGOHLIK \u2013 DAVR TALABI\u00a0 Bugun biz shunday davrda yashayapmizki \u201cfalon kishi koinotda yashash uchun joy buyurtma qilibdi, falon kompaniya u nomdagi eng yuqori texnologiyalarga ega mahsulotini taqdimot qilibdi, bunisi quyosh nuri bilan harakatlanadigan uchar mashina ishlab chiqibdi\u201d, desa hech kim ajablanmay qo\u02bbydi. Lekin dunyoning falon mamlakatida terrorchilik xuruji kuzatilibdi desa, yer yuzidagi yetti milliarddan ziyod &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-04-09T07:36:39+00:00","og_image":[{"width":570,"height":359,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/terroe.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz","name":"Dinda terror yo\u02bbq \u2013 Islom qo\u02bbporuvchilik dini emas! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/terroe.jpg","datePublished":"2021-04-09T07:36:39+00:00","dateModified":"2021-04-09T07:36:39+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/terroe.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/terroe.jpg","width":570,"height":359},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14651&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Dinda terror yo\u02bbq \u2013 Islom qo\u02bbporuvchilik dini emas!"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14651"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14651"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14651\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14652,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14651\/revisions\/14652"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14649"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14651"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14651"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14651"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}