{"id":14488,"date":"2021-03-30T18:45:49","date_gmt":"2021-03-30T13:45:49","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14488"},"modified":"2021-03-30T18:45:49","modified_gmt":"2021-03-30T13:45:49","slug":"roviylarni-tanimoqchi-bo%ca%bblsangiz-tarixul-kabirga-boqing","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz","title":{"rendered":"ROVIYLARNI TANIMOQCHI BO\u02bbLSANGIZ, \u201cTARIXUL KABIR\u201dGA BOQING"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy hazratlari ilmning bir necha yo\u02bbnalishlarida ko\u02bbp kitob yozgan. U kishining mashhur va hajmi juda katta bo\u02bblgan asarlaridan biri \u201cTarixul kabir\u201ddir. Bu islom olamida yozilgan kitoblarning ulug\u02bbrog\u02bbi va roviylar tarixi haqida eng birinchi ta\u02bclif etilgan asarlardan biridir. Imom Buxoriydan keyin kelgan har qanday kishi bu kitobga boqadi. Abu Abbos ibn Said: \u201cAgar bir kishi o\u02bbttiz mingta hadis yozsa ham Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning \u201cTarix\u201d kitobidan behojat bo\u02bblmaydi\u201d, degan. Shuning uchun ham bu kitob \u201cSahihul Buxoriy\u201dning yozilishiga zamin bo\u02bblgan deyiladi. Bu \u201cSahihul Buxoriy\u201dning tushunarsiz joylarini anglatadigan, shifrlarini ochadigan va ishoralarini aniqlab beradigan kalitdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriyning \u201cTarixul kabir\u201d asarini juda ko\u02bbplab ulamolar o\u02bbrgangan va shu haqida risolalar yozgan. Muhammad Havo o\u02bbzining \u201cManhajul Imomil Buxoriy fil jarh vat ta\u02bcdil\u201d nomli risolasida, Doktor Odil Abdushakur Zarqiy o\u02bbzining \u201cTarixul Buxoriy\u201d kitobida, Muhammad Abdulkarim Ubayd o\u02bbzining \u201cTaxrijul ahadisil marfu\u02bcatil musnada fit tarixil kabir\u201d nomli kitobida, Ahmad Abdulloh o\u02bbzining \u201cManhajul Imomil Buxoriy fit ta\u02bclil fit tarixil kabir\u201d nomli risolasida va Fotima Zahro Avotiy o\u02bbzining \u201cImom Buxoriyning \u201cTarixul kabir\u201d va Ibn Abu Hotimning \u201cal-Jarh vat ta\u02bcdil\u201d kitoblarini orasini taqqoslash\u201d haqidagi bahsida o\u02bbrgangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriyning \u201cTarixul kabir\u201d asari sahobalar, tobeinlar va o\u02bbz ustozlarigacha bo\u02bblgan hadis roviylarining tarjimai hollarini jamlagan kitobdir. Imom Buxoriyning o\u02bbzi bu kitobni boshlashi haqida gapirib bergan. U kishi: \u201cMen haj qilib bo\u02bblganimda, akam onamni olib uyga qaytdi. Men hadis o\u02bbrganish uchun qoldim. O\u02bbn sakkiz yoshga to\u02bblganimda, \u201cQazoya as-sahoba vat tobe\u02bciyn va aqoviluhum\u201d kitobini yozdim. O\u02bbsha payt Ubaydulloh ibn Musoning davri edi. Men \u201cTarix\u201d kitobimni oydin kechalarda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida yozgandim. \u201cTarix\u201d kitobimdagi har bir ismning qissasi bordir. Lekin men kitobni uzun qilib yuborishni xohlamaganim uchun qissalarni keltirmadim\u201d, degan. Ma\u02bclumki, Imom Buxoriy o\u02bbzining \u201cTarix\u201d kitobini uch bosqichda yozgan. \u201cTarixus sag\u02bbir\u201d, \u201cTarixul avsat\u201d va \u201cTarixul kabir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriyning eng birinchi yozgan va eng katta kitoblaridan biri \u201cTarixul kabir\u201ddir. Bu kitobni muhaddis Nishopurga kelganida oldiga kelib ta\u02bclim olgan shogirdlaridan biri Abu Ahmad Muhammad ibn Sulaymon ibn Foris Nishopuriy va boshqalar Imom Buxoriyning o\u02bbzidan rivoyat qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhaddis \u201cTarixul kabir\u201dni hijriy 212 yilda yoza boshlagan. Bu kitob Imom Buxoriyning zamonidayoq tarqalgan edi. Buning isboti Xatib Bag\u02bbdodiy Imom Buxoriydan rivoyat qilgani.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy bunday degan: \u201cIs\u02bchoq ibn Rohavayh mening \u201cTarix\u201d kitobimni Xurosonning amiri Abdulloh ibn Tohir (hijriy 182-230 y.)ning oldiga olib kirib: \u201cEy, mo\u02bbminlar amiri! Sizga sehrni ko\u02bbrsatayinmi?\u201d, dedi. Shunda Abdulloh ibn Tohir kitobga qarab taajjublandi va: \u201cBu kitobning yozilishiga fahmim yetmadi\u201d, dedi\u201d. Bu gap kitobning ahamiyati va ilmiy qiymati qanchalar yuqori ekanligini bildiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Is\u02bchoq ibn Rohavayh Imom Buxoriyning vafotidan o\u02bbn sakkiz yil oldin hijriy 238 yilda vafot etgan. Bu ma\u02bclumot bizga Imom Buxoriy o\u02bbzining \u201cTarixul kabir\u201d kitobini hijriy 238 yildan oldin yozib bo\u02bblganini bildiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ammo bu kitobda o\u02bbsha vaqtdan keyin vafot etgan ba\u02bczi kishilarning tarjimai holi borligi yuqorida zikr qilingan gap bilan qarama-qarshi bo\u02bblib qolmaydi. Ehtimol, Is\u02bchoq ibn Rohavayning qo\u02bblidagi nusxa kitobning oxirgi nusxasi bo\u02bblmagandir. Chunki, \u201cTarixul kabir\u201dning yozilishi o\u02bbzining oxirgi bezagi bilan chiqquncha uch bosqichda davom etgan. Shu bilan birga, kitobning nomini Imom Buxoriyning o\u02bbzi \u201cTarix\u201d deb nomlagan. Imom Buxoriy: \u201cAgar ba\u02bczi ustozlarimga yozgan kitoblarim ko\u02bbrsatilsa, ular mening \u201cTarix\u201dni qanday qilib yozganimni tushunmaydi. Men \u201cTarix\u201d kitobimni uch marta yozdim\u201d, degan. Ya\u02bcni, Imom Buxoriy o\u02bbzining \u201cTarixul kabir\u201d kitobini yozib bo\u02bblib, odamlar uchun kitobat qilgan. So\u02bbngra o\u02bbsha nusxaga qo\u02bbshimchalar qo\u02bbshib, to\u02bbldirib borib, kitobni ikkinchi marta kitobat qilgan. Yana qo\u02bbshimchalar qo\u02bbshib, to\u02bbldirib borgan. Hatto, uni uchinchi marta kitobat qilgan. Demak, \u201cTarixul kabir\u201d kitobi ham mukammal bir kitob holiga kelguncha mana shu uch bosqichni bosib o\u02bbtgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu bilan birga, Imom Buxoriy o\u02bbzining barcha asarlarining yozish uslublarini bayon qilib bergan. Imom Buxoriy barcha kitoblarini bir necha martadan yozgan. Bir marta yozib qo\u02bbyish bilan kifoyalanib qolmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Doktor Ahmad Abdulloh o\u02bbzining doktorlik ishida \u201cImom Buxoriy o\u02bbzining \u201cTarixul kabir\u201d kitobini yozishda o\u02bbzoq vaqt davom etgan\u201d, deb aytadi. Buning isboti Imom Buxoriy bu kitobida hijriy 249 yilda vafot etgan roviylarning tarjimai holini ham keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Doktor Odil Abdushakur Zarqiy \u201cTarixul kabir\u201d kitobining ikkita nusxasi keng tarqalgan deb aytadi. Birinchisi Shayx Abdurahmon Yamaniyning tahqiqi bilan Hindistonning \u201cDairotul ma\u02bcorif\u201d nashriyotida chop etilgani. Ikkinchisi Mustafo Abdulqodir Atoning tahqiqi bilan Saudiya Arabistonining \u201cDaru Toviq an-najah\u201d nashriyotida bosmadan chiqqani.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cTarixul kabir\u201d kitobida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Imom Buxoriygacha bo\u02bblgan davrda yashab o\u02bbtgan o\u02bbn to\u02bbrt mingga yaqin roviyning tarjimai holi keltirilgan. Shundan mingga yaqin roviyning tarjimai holi \u201cTarixul kabir\u201dning so\u02bbngida alohida juz qilib keltirilgan \u201cKunyalar\u201d nomli kitobida bayon etilgan. Imom Buxoriyning \u201cTarixul kabir\u201d kitobi hadis roviylarining ismlarini jamlagan eng birinchi kitobdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriyning nomi \u201cSahihul Buxoriy\u201dga bog\u02bblangani ma\u02bclum. Lekin \u201cTarixul kabir\u201d asari ulamolarning oldida katta ahamiyatga egadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Roviylarning tarjimai holi haqida mana shu tartibda kitob yozganlarning avvalgisi Imom Buxoriydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Abu Ahmad Hokim Kabir (vaf. 378 h.): \u201cMuhammad ibn Ismoilning \u201cTarixul kabir\u201d kitobi biror kitob o\u02bbtib ketolmaydigan kitobdir\u201d, degan. Ibn Rajab Hanbaliy: \u201cImom Buxoriyning ko\u02bbplab kitoblari bor. U kishi \u201cSahihul Buxoriy\u201d va \u201cTarixul kabir\u201d kitoblarini yozish bilan barcha insonlardan o\u02bbzib ketdi\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu kitob hadis ilmining ikkita asosiy ruknini, ya\u02bcni, ilmi rijol (hadis roviylarining tarjimai holi haqidagi ilm) va ilmi ilal (hadis illatlari haqidagi ilm)ni o\u02bbrab olgan. Ibn Rajab bu kitob haqida: \u201cBu biror kitob o\u02bbtib ketolmaydigan katta kitobdir. Bu kitob tarixlar, illatlar va ismlarning barchasini to\u02bbplovchidir\u201d, degan. Kitobning voqeligi ham bu e\u02bctirofni qo\u02bbllab-quvvatlaydi. Bu kitobda 6095 ta hadis matni zikr etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xatib Bag\u02bbdodiy \u201cBag\u02bbdod tarixi\u201dda Abu Abbos ibn Saidning: \u201cAgar bir kishi o\u02bbttiz mingta hadis yozsa ham Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning \u201cTarix\u201d kitobidan behojat bo\u02bblmaydi\u201d, degan so\u02bbzini keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Zahabiy \u201cSiyaru a\u02bclomin nubalo\u201d kitobida Abu Sahl Shofe\u02bciyning ushbu gapini keltiradi: \u201cO\u02bbttizdan ko\u02bbproq misrlik ulamodan eshitgan edim. Ular: \u201cBizlarning bu dunyodagi ehtiyojimiz Muhammad ibn Ismoilning kitobini o\u02bbqishdir\u201d, deganlar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xatib Bag\u02bbdodiy va Imom Zahabiyning gaplari bu kitobning qiymati naqadar ulug\u02bbligini anglatadi. Demak, hadis ilmi bilan shug\u02bbullanadigan barcha toliblar buni o\u02bbqishi va unga murojaat qilishi lozim bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot\u00a0<\/strong><strong>markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Imom Buxoriy hazratlari ilmning bir necha yo\u02bbnalishlarida ko\u02bbp kitob yozgan. U kishining mashhur va hajmi juda katta bo\u02bblgan asarlaridan biri \u201cTarixul kabir\u201ddir. Bu islom olamida yozilgan kitoblarning ulug\u02bbrog\u02bbi va roviylar tarixi haqida eng birinchi ta\u02bclif etilgan asarlardan biridir. Imom Buxoriydan keyin kelgan har qanday kishi bu kitobga boqadi. Abu Abbos ibn Said: \u201cAgar bir kishi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14485,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ROVIYLARNI TANIMOQCHI BO\u02bbLSANGIZ, \u201cTARIXUL KABIR\u201dGA BOQING - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ROVIYLARNI TANIMOQCHI BO\u02bbLSANGIZ, \u201cTARIXUL KABIR\u201dGA BOQING - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Imom Buxoriy hazratlari ilmning bir necha yo\u02bbnalishlarida ko\u02bbp kitob yozgan. U kishining mashhur va hajmi juda katta bo\u02bblgan asarlaridan biri \u201cTarixul kabir\u201ddir. Bu islom olamida yozilgan kitoblarning ulug\u02bbrog\u02bbi va roviylar tarixi haqida eng birinchi ta\u02bclif etilgan asarlardan biridir. Imom Buxoriydan keyin kelgan har qanday kishi bu kitobga boqadi. Abu Abbos ibn Said: \u201cAgar bir kishi &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-03-30T13:45:49+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_24.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz\",\"name\":\"ROVIYLARNI TANIMOQCHI BO\u02bbLSANGIZ, \u201cTARIXUL KABIR\u201dGA BOQING - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_24.jpg\",\"datePublished\":\"2021-03-30T13:45:49+00:00\",\"dateModified\":\"2021-03-30T13:45:49+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_24.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_24.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ROVIYLARNI TANIMOQCHI BO\u02bbLSANGIZ, \u201cTARIXUL KABIR\u201dGA BOQING\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ROVIYLARNI TANIMOQCHI BO\u02bbLSANGIZ, \u201cTARIXUL KABIR\u201dGA BOQING - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ROVIYLARNI TANIMOQCHI BO\u02bbLSANGIZ, \u201cTARIXUL KABIR\u201dGA BOQING - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Imom Buxoriy hazratlari ilmning bir necha yo\u02bbnalishlarida ko\u02bbp kitob yozgan. U kishining mashhur va hajmi juda katta bo\u02bblgan asarlaridan biri \u201cTarixul kabir\u201ddir. Bu islom olamida yozilgan kitoblarning ulug\u02bbrog\u02bbi va roviylar tarixi haqida eng birinchi ta\u02bclif etilgan asarlardan biridir. Imom Buxoriydan keyin kelgan har qanday kishi bu kitobga boqadi. Abu Abbos ibn Said: \u201cAgar bir kishi &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-03-30T13:45:49+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_24.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz","name":"ROVIYLARNI TANIMOQCHI BO\u02bbLSANGIZ, \u201cTARIXUL KABIR\u201dGA BOQING - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_24.jpg","datePublished":"2021-03-30T13:45:49+00:00","dateModified":"2021-03-30T13:45:49+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_24.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_24.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14488&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ROVIYLARNI TANIMOQCHI BO\u02bbLSANGIZ, \u201cTARIXUL KABIR\u201dGA BOQING"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14488"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14488"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14488\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14489,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14488\/revisions\/14489"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14485"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14488"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14488"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14488"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}