{"id":14412,"date":"2021-03-25T18:01:01","date_gmt":"2021-03-25T13:01:01","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14412"},"modified":"2021-03-25T18:01:01","modified_gmt":"2021-03-25T13:01:01","slug":"abdurahmon-avzo%ca%bciy-hayoti-va-faoliyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz","title":{"rendered":"ABDURAHMON AVZO\u02bcIY HAYOTI VA FAOLIYATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Amr Abdurrahmon ibn Amr ibn Yuhmad Avzo\u02bciy 88\/707 yilda tug\u02bbilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tarixchilar uning tarjimai holida tug\u02bbilgan joyi borasida ixtilof qilganlar. Manbalarda, uning tug\u02bbilgan joyi Baolbek, kelib chiqishi Qubo\u02bcning Karak qishlog\u02bbidan bo\u02bblgan, keyin onasi uni Bayrutga olib ketgan, deyiladi. Boshqa bir manbada Damashqda Bob al-Farodis atrofidagi Avzo\u02bc degan joyda tug\u02bbilgan, degan rivoyat ham bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Avzo\u02bciy \u201cImom\u201d, \u201cHofiz\u201d, \u201cBayrut, Shom atrofidagi yerlar, Mag\u02bbrib va Andalusning imomi\u201d kabi nisbalar bilan sharaflangan. Unga berilgan \u201cAvzo\u02bciy\u201d nisbasi \u201cAvzo\u02bc\u201d qabilasi nomidan olingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Avzo\u02bciy\u00a0<em>faqih<\/em>,\u00a0<em>muhaddis, taba\u02bca tobe\u02bcin<\/em>lardan biri va o\u02bbz davrida Shom ahlining imomidir. Uning laqablariga \u201cLivandagi mushtarak hayotning imomi\u201d nomi ham qo\u02bbshiladi. Chunki u o\u02bbz davrida Shomlik yahudiy va nasroniylar bilan yaxshi munosabatda bo\u02bblgan.\u00a0<em>Abbosiylar<\/em>\u00a0xalifasi Abu Ja\u02bcfar Mansurga qarshi qat\u02bciy turganligi uchun \u201cNasroniylarning himoyachisi\u201d deb ham atalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Ja\u02bcfar Mansur nasroniylarning bir qismi\u00a0<em>abbosiylar<\/em>\u00a0xalifaligiga qarshi bosh ko\u02bbtarganida, ularni hammasini ko\u02bbchirib yuborishga qaror qiladi. Shunda Avzo\u02bciy: \u201cUlarning bir qismi qo\u02bbzg\u02bbalon ko\u02bbtargani uchun barchalarini ko\u02bbchirib yuborish xatodir\u201d, deb xalifaga qarshi chiqqan va bir guruhning aybi uchun hammani jazolash noo\u02bbrin ekanligini ta\u02bckidlagan. Shundan so\u02bbng xalifaning qarori bekor qilinib, nasroniylar jazodan qutilib qoladi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Otasi yoshlik chog\u02bbida vafot etgan Avzo\u02bciy, yoshligidan yetimlik va faqirlikda o\u02bbsdi. Bir qancha vaqt Damashqda yashab, keyinchalik Halab, Hama, Qinnasrin va boshqa joylarga ko\u02bbchib yurdi. Keyin onasi bilan Bayrutga borib o\u02bbrnashdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Manbalarda shunday deyilgan: \u201cU otasini erta yo\u02bbqotdi. Uni onasi shunday xulq sohibi qilib tarbiyaladiki, sulton ham bunday qila olmagan bo\u02bblardi\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tarixchilar,\u00a0<em>faqih<\/em>lar va olimlar Imom Avzo\u02bciyning otasi haqida uning o\u02bbzi aytgan narsalardan tashqari hech narsa aytishmagan va onasi yoki tog\u02bbalari haqida ma\u02bclumotlar keltirmagan. Faqat uning bitta amakisi borligini zikr qilganlar, xolos.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ma\u02bclum bo\u02bblishicha, Avzo\u02bciy uylanib, farzand ko\u02bbrgan. Ammo uning oila va farzandlari haqida ma\u02bclumot kam. Aniq narsa shuki, u bir necha bor uylangan. Uchta qiz va bitta o\u02bbg\u02bbil ko\u02bbrgan. Qizlaridan ikkita nabirasi bo\u02bblgan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ibn Asokir uning xotini haqida ma\u02bclumot berar ekan, uning ismi \u201cJuvayriya\u201d ekanidan boshqa narsani aytmagan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>. Avzo\u02bciy unga beva holida uylangan. U Abu Sa\u02bcid Yahyo ibn Abdulloh Bobullitiyning onasi bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Avzo\u02bciy ulg\u02bbaygach, Yamomaga safarga chiqdi. Bir kuni u masjidda\u00a0<em>namoz<\/em>\u00a0o\u02bbqiyotganida Yahyo ibn Abu Kasir uni ko\u02bbrib qoladi. Yahyo uning\u00a0<em>namoz<\/em>\u00a0o\u02bbqishini ma\u02bcqullab, uning ahvoli haqida so\u02bbradi. Ahvoli haqida unga gapirib beradi. Suhbatlashish jarayonida Avzo\u02bciy Yahyo ibn Abu Kasirning ilmidan hayratda qoldi va undan ilm olishni lozim tutadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Avzo\u02bciy Yahyo ibn Abu Kasirdan hadislar eshitib, undan ko\u02bbplab hadis rivoyat qildi. Odamlar Avzo\u02bciyni Yahyo ibn Abu Kasir va undan rivoyat qilganlar ichida eng ko\u02bbp rivoyat qiluvchirog\u02bbi, deb hisoblaganlar<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bir qancha vaqt o\u02bbtgandan so\u02bbng Yahyo ibn Abu Kasir unga Basra tomon borishni maslahat berdi. U 110\/728 y. Hasan Basriy va Muhammad ibn Siriyndan hadis eshitish uchun Basraga bordi. U yerga borganida Hasan Basriy vafot etgan va Ibn Siriyn umrining oxirgi kunlarini yashayotgan bo\u02bblib, bir necha kun o\u02bbtib vafot etadi. Shu sababli Avzo\u02bciy undan ham hech narsa eshita olmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Biroq, u Qatoda ibn Di\u02bcoma va Basraning boshqa olimlaridan hadis tingladi. So\u02bbngra ilm izlab mamlakatni aylanib chiqdi va Makkada Ato ibn Abu Rabohdan, Madinai Munavvarada Muhammad Boqirdan va Shomda Makhul Huzaliy, Ibn Shihob az-Zuhriy va b.lardan hadis eshitdi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Avzo\u02bciy \u201cIlm talabida safar qilish\u201d qoidasiga qattiq amal qilgan. Shuning uchun u Shom shaharlari, Yamoma, Basra, Madina va Quddusda bir joydan boshqa joyga o\u02bbtib yurgan. Ko\u02bbp marotaba hajga borgan. Shunday ilm safarlari sabab u diniy va shar\u02bciy ilmlarga chuqur kirib borgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Avzo\u02bciy o\u02bbz davrida ko\u02bbpchilik olimlardan\u00a0<em>fiqh<\/em>\u00a0va b. ilmlarda shijoat jihatidan ustunroq bo\u02bblgan. U 13 yoshida\u00a0<em>fiqh<\/em>iy masalalarda va 17 yoshida aqidaviy masalalar bo\u02bbyicha\u00a0<em>fatvo<\/em>\u00a0bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Avzo\u02bciy Basra, Kufa, Makka, Madinai Munavvara, Damashq va Yamomada Ato ibn Abu Raboh, Abu Ja\u02bcfar Muhammad Boqir, Amr ibn Shuayb, Makhul, Qatoda, Qosim ibn Muxaymara, Robiy\u02bca ibn Yazid Qosir, Bilol ibn Sa\u02bcd, Zuhriy va boshqa ko\u02bbplab\u00a0<em>tobe\u02bcin<\/em>lardan hadis eshitib, ilm o\u02bbrgandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ibn Shihob Zuhriy va Yahyo ibn Abu Kasir (ikkalasi uning ustozi), Shu\u02bcba, Savriy, Yunus ibn Yazid, Abdulloh ibn Alo ibn Zabr, Molik ibn Anas, Sa\u02bcid ibn Abdulaziz Tanuxiy, Ibn Muborak, Abu Is\u02bchoq Fazoriy, Ismoil ibn Ayyosh, Yahyo ibn Hamza Qoziy, Baqiyya ibn Valid, Valid ibn Muslim, Muofa ibn Imron va boshqalar Imom Avzo\u02bciyning shogirdlari hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Avzo\u02bciyning mavqei uning zamondoshlari orasida, ayniqsa, Shomda yuqori edi. Ular uchun uning buyrug\u02bbi sultonning buyrug\u02bbidan ko\u02bbra azizroq bo\u02bblgan. Shuning uchun ko\u02bbplab ulamolar va\u00a0<em>faqih<\/em>lar Avzo\u02bciy shaxsiga tasannolar aytishgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ibn Sa\u02bcd aytadi: \u201cU ishonchli, yaxshi, fazilatli, ilm, hadis va\u00a0<em>fiqh<\/em>da ko\u02bbp ishonsa bo\u02bbladigan, hujjatli kishi edi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdurrahmon ibn Mahdiy aytadi: \u201cAlbatta, ularning zamonidagi odamlar to\u02bbrttadir: Basrada Hammod ibn Zayd, Kufada as-Savriy, Hijozda Molik va Shomda Avzo\u02bciydir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Zamra ibn Rabi\u02bca aytadi: \u201cBiz hijriy 150-yilda Avzo\u02bciy bilan birga\u00a0<em>haj<\/em>\u00a0qildik. Men hech qachon uning cho\u02bbzilib yotganini ko\u02bbrmadim. U kechasi ham, kunduzi ham\u00a0<em>namoz<\/em>\u00a0o\u02bbqirdi. Agar qovoqlari yumilib ketsa, egarga suyanardi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Avzo\u02bciy ikki muhim siyosiy hukmronlik davrida yashagan. U\u00a0<em>umaviylar<\/em>\u00a0sulolasining oxiri va\u00a0<em>abbosiylar<\/em>\u00a0davlati tashkil etilishining guvohi bo\u02bblgan. Xalifalardan Valid ibn Abdulmalik, Sulaymon ibn Abdulmalik, Umar ibn Abdulaziz, Yazid ibn Abdulmalik, Hishom ibn Abdulmalik, Valid ibn Yazid, Yazid ibn Valid, Ibrohim ibn Valid, Marvon ibn Muhammad, Abul Abbos as-Saffoh va Abu Ja\u02bcfar Mansurlar bilan bir davrda yashagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">U xalifalar bilan yaxshi munosabatda edi. Ammo qozilik masalasida u\u00a0<em>umaviy<\/em>\u00a0va\u00a0<em>abbosiylar<\/em>\u00a0davrida bu mansabidan bosh tortgan. Qachonki, Yazid ibn Valid voliy bo\u02bblganida, bittagina majlisda o\u02bbtirib, so\u02bbng iste\u02bcfo berib, vazifasidan bo\u02bbshagan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Avzo\u02bciy 157\/774 y.i safar oyining 28 kuni yakshanba kuni yetmish yoshga yaqinlashganda Bayrutda vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Avzo\u02bciy Bayrut janubidagi \u201cHantus\u201d qishlog\u02bbiga dafn etiladi. Uning qabri ustiga maqbara va \u201cAvzo\u02bciy masjidi\u201d nomli masjid barpo qilingan. Yillar o\u02bbtishi bilan qishloqning nomi ham Avzo\u02bciy nomiga o\u02bbzgargan. Madinada islomshunoslik fakulteti tashkil etilgan bo\u02bblib, u \u201cImom Avzo\u02bciy islomshunoslik fakulteti\u201d deb nomlanadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Ravshan ELMURODOV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Ahmad ibn Yahyo ibn Jobir ibn Dovud Balazuriy. Futuhul buldon. 2-juz. \u2012 Bayrut-Livan: \u201cDor va maktabatul hilol\u201d, 1988 yil. \u2012 B. 167.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0<a href=\"https:\/\/savollar.muslimaat.uz\/maqola\/34303\">https:\/\/savollar.muslimaat.uz\/maqola\/34303<\/a>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Hasson Aliy Halloq. Mavsuatul oilatil Bayrutiyya. 1-juz. \u2012 Bayrut-Livan: \u201cDorun nahzotil arabiyya\u201d, 2010 yil. \u2012 B.51-52.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Ibn Asokir. Tarixi Dimashq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Abu Naim Asbahoniy. Hilyatul avliyo va tabaqotul asfiyo.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Shamsiddin Zahabiy. Siyari a\u02bclomu-n-nubalo. 6-nashr. Avzo\u02bciy Abdurrahmon ibn Amr ibn Yuhmad. \u2012 Bayrut: \u201cMuassatu-r-risala\u201d, 1985-yil.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14409#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Abu Zur\u02bca Dimashqiy. Tarixi Abu Zur\u02bca Dimashqiy. Xalil Mansur tadqiqi. \u2012 Bayrut-Livan: \u201cDorul kutubil ilmiyya\u201d, 1996 yil.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abu Amr Abdurrahmon ibn Amr ibn Yuhmad Avzo\u02bciy 88\/707 yilda tug\u02bbilgan. Tarixchilar uning tarjimai holida tug\u02bbilgan joyi borasida ixtilof qilganlar. Manbalarda, uning tug\u02bbilgan joyi Baolbek, kelib chiqishi Qubo\u02bcning Karak qishlog\u02bbidan bo\u02bblgan, keyin onasi uni Bayrutga olib ketgan, deyiladi. Boshqa bir manbada Damashqda Bob al-Farodis atrofidagi Avzo\u02bc degan joyda tug\u02bbilgan, degan rivoyat ham bor. Imom Avzo\u02bciy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14410,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ABDURAHMON AVZO\u02bcIY HAYOTI VA FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ABDURAHMON AVZO\u02bcIY HAYOTI VA FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Abu Amr Abdurrahmon ibn Amr ibn Yuhmad Avzo\u02bciy 88\/707 yilda tug\u02bbilgan. Tarixchilar uning tarjimai holida tug\u02bbilgan joyi borasida ixtilof qilganlar. Manbalarda, uning tug\u02bbilgan joyi Baolbek, kelib chiqishi Qubo\u02bcning Karak qishlog\u02bbidan bo\u02bblgan, keyin onasi uni Bayrutga olib ketgan, deyiladi. Boshqa bir manbada Damashqda Bob al-Farodis atrofidagi Avzo\u02bc degan joyda tug\u02bbilgan, degan rivoyat ham bor. Imom Avzo\u02bciy &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-03-25T13:01:01+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_20.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz\",\"name\":\"ABDURAHMON AVZO\u02bcIY HAYOTI VA FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_20.jpg\",\"datePublished\":\"2021-03-25T13:01:01+00:00\",\"dateModified\":\"2021-03-25T13:01:01+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_20.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_20.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ABDURAHMON AVZO\u02bcIY HAYOTI VA FAOLIYATI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ABDURAHMON AVZO\u02bcIY HAYOTI VA FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ABDURAHMON AVZO\u02bcIY HAYOTI VA FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Abu Amr Abdurrahmon ibn Amr ibn Yuhmad Avzo\u02bciy 88\/707 yilda tug\u02bbilgan. Tarixchilar uning tarjimai holida tug\u02bbilgan joyi borasida ixtilof qilganlar. Manbalarda, uning tug\u02bbilgan joyi Baolbek, kelib chiqishi Qubo\u02bcning Karak qishlog\u02bbidan bo\u02bblgan, keyin onasi uni Bayrutga olib ketgan, deyiladi. Boshqa bir manbada Damashqda Bob al-Farodis atrofidagi Avzo\u02bc degan joyda tug\u02bbilgan, degan rivoyat ham bor. Imom Avzo\u02bciy &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-03-25T13:01:01+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_20.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz","name":"ABDURAHMON AVZO\u02bcIY HAYOTI VA FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_20.jpg","datePublished":"2021-03-25T13:01:01+00:00","dateModified":"2021-03-25T13:01:01+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_20.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_20.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14412&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ABDURAHMON AVZO\u02bcIY HAYOTI VA FAOLIYATI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14412"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14412"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14412\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14413,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14412\/revisions\/14413"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14410"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14412"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14412"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14412"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}