{"id":14129,"date":"2021-03-02T12:24:34","date_gmt":"2021-03-02T07:24:34","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14129"},"modified":"2021-03-02T16:02:18","modified_gmt":"2021-03-02T11:02:18","slug":"butun-dunyoni-o%ca%bbz-ilm-nuri-bilan-nurafshon-etgan-zamin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz","title":{"rendered":"BUTUN DUNYONI O\u02bbZ ILM NURI BILAN NURAFSHON ETGAN ZAMIN"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taologa shukrki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida Islom dini ma\u02bcrifatini keng yoyish, ulug\u02bb allomalarimizning boy merosini o\u02bbrganish, xalqimizga xos bo\u02bblgan odamiylik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlarni targ\u02bbib etish yo\u02bblida tahsinga sazovor ishlar amalga oshirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda yurtimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda ilmiy maktablarda bu yo\u02bbnalishda aniq, manzilli ishlar amalga oshirilayotir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, diyorimiz hududlari bo\u02bbylab yangidan ochilayotgan masjid va madrasalar, qayta chiroy ochayotgan muborak qadamjolar mo\u02bbmin-musulmonlarimizni cheksiz mamnun etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlash joizki, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Abu Muin Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg\u02bboniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy singari tabarruk zotlarning bemisl xizmatlari nafaqat mintaqamizning ma\u02bcnaviy rivojida, balki butun jahon ilm-fani ravnaqida muhim o\u02bbrin tutadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan Islom dini ilmlarini tadqiq qilish bo\u02bbyicha keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, diniy-ma\u02bcrifiy sohada olib borilayotgan islohotlardan aholi mamnun, xorijlik mutaxassislar esa yuqori baholamoqda. Bunday ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy sohadagi keng ko\u02bblamli ishlar kelgusida o\u02bblkamizdan yana buxoriylar, termiziylar, nasafiylar, naqshbandiylar yetishib chiqishiga zamin bo\u02bbladi, inshaAlloh.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmon Renessansi, ya\u02bcni Uyg\u02bbonish davriga asos bo\u02bblgan ajdodlarimizning dunyoni hayratga solgan beqiyos meroslarini o\u02bbrganish, ular insoniyatga taqdim qilgan ta\u02bclimotlarni rivojlantirish, ilmiy xulosalarini boyitish, shubhasiz, navbatdagi Renessansga poydevor bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatan, o\u02bbrta asrlardayoq Buxoro o\u02bbzining madrasalari va ulamolari bilan shuhrat qozonib, haqli ravishda \u201cIslom olamining quvvati\u201d unvoniga sazovor bo\u02bblgan. Samarqand va Buxorodagi madrasalar o\u02bbrta asrlarning dorulfununlari vazifasini bajargan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Din ilmlarini tadqiq etish, ilmu ma\u02bcrifatni puxta o\u02bbrganish muhim ekanini Hazrat Navoiy quyidagicha ta\u02bcriflaganlar:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Bu din ilmiki xomam qildi tahrir,<\/em><\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Erur fiqhu hadisu so\u02bbngra tafsir.<\/em><\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Chu takmil o\u02bbldi bu uch ilm, sen, bil,<\/em><\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Yana har ilm maylin qilma, yo qil.<\/em><\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Azal-azaldan ilmu ma\u02bcrifat markazi bo\u02bblib kelgan zaminimizda ilm dargohlari qaytadan tashkil etilib, ularga yuksak maqom berilishi bemisl tarixiy voqea bo\u02bblmoqda. Ayniqsa, Buxoroyi Sharifdagi Mir Arab madrasasiga oliy maqom berilishida katta ma\u02bcno, tarixiy haqiqat mujassam. Zero, ushbu ta\u02bclim dargohi besh yuz yil avval ana shunday yuksak maqomda tashkil etilgan ekan. Yillar davomida bu yerda yuzlab olimu ulamolar kamolga yetgan. Davlatimiz rahbari tomonidan madrasaga oliy maqom berilishi yana bu yerdan allomalar, mutafakkirlar yetishib chiqishiga umid uyg\u02bbotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, Islom dini inson manfaatlari va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi har qanday ilmiy tadqiqot va yangilikni qo\u02bbllab-quvvatlaydi. Buni oyati karimalar va hadisi shariflar ham tasdiqlaydi. Qur\u02bconi karimda \u201cilm\u201d so\u02bbzi 811 o\u02bbrinda turli ma\u02bcnolarda keladi. Jumladan, ilm egalarini shunday madh etiladi: \u201cAlloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko\u02bbtarur\u201d (Mujodala surasi, 11-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam ko\u02bbp hadisi shariflarida ilm olishga da\u02bcvat etganlar. U zoti sharif bir hadisda: \u201cKim dunyoni xohlasa, tijorat qilsin. Kimki oxiratni xohlasa, zohid bo\u02bblsin. Kimki ikkisini ham xohlasa, ilm olsin\u201d, \u2014 deb marhamat qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Otashqalb shoir Muhammadrizo Ogahiyning ilmni ulug\u02bblab yozgan quyidagi bayti yuqoridagi hadisi sharifning nazmiy ifodasidir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Ilm andoq ganji nofe\u02bcdur bani odamg\u02bbakim,<\/em><\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Kimda ul bo\u02bblsa, ikki olam bo\u02bblur obod ango.<\/em><\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mana shunday quvvatli manbalarga tayangan o\u02bblkamizda ilm-ma\u02bcrifatga bo\u02bblgan e\u02bctibor eng yuqori bosqichga ko\u02bbtarilmoqda. Barcha islohotlarning asosiy maqsadi \u2014 yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni asrash, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizga mos tarzda tarbiyalash, xalqimiz hayotini yanada farovon etishdan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli islohotlar O\u02bbzbekistonning yangi qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, bugun ijobiy o\u02bbzgarishlarni yurtimizdagi har bir inson o\u02bbzining bugungi turmush tarzida, dunyoga bo\u02bby cho\u02bbzayotgan bolalari misolida his qilyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlash joizki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan nufuzli mehmonlar ham olib borayotgan ishlarimizni ko\u02bbrib, o\u02bbz mamnunliklarini bildiryapti. Jumladan, Misr bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari, shayx Ahmad Muhammad Toyyib hazratlari Toshkent shahridagi \u201cHazrati Imom\u201d jome masjidiga tashrif qilgan chog\u02bblarida o\u02bbz fikr va taassurotlarini shunday izhor qilgan edi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Biz O\u02bbzbekistonni ziyorat qilar ekanmiz, butun dunyoni o\u02bbz ilm nuri bilan nurafshon etgan, Allohning kalomini bizlarga yetkazib kelgan ulug\u02bb allomalar yurtini ziyorat qilayotganimizdan behad mamnunmiz. Biz ayni damda hozir bo\u02bblib turgan ushbu muborak masjid, Abu Bakr Qaffol Shoshiy nomlari bilan atalar ekan, bu zot o\u02bbzining fiqh ilmiga qo\u02bbshgan ulug\u02bb hissalari bilan islom olamida nom qozongan bo\u02bblib, butun dunyodagi madrasa va islomiy ta\u02bclim dargohlarida asarlari o\u02bbqitib kelinadi. Biz Al-Azhar universitetida Imom Moturidiy, Imom Nasafiy, Imom Samarqandiy asarlaridan ta\u02bclim beramiz. Shuningdek, Beruniy, Ibn Sino kabi allomalarning kitoblarini ham tadqiq etamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demakki, diniy-ma\u02bcrifiy jabhada amalga oshirilayotgan ahamiyati beqiyos ishlar, yangidan barpo etilayotgan ilmiy markazlar, masjid-madrasalar, ulug\u02bb ajdodlarimiz nomidagi majmualar, xalqaro hamkorlik rivojlanib, chet ellik taniqli ulamolarning diyorimizga tashriflari, nufuzli tashkilotlar bilan aloqalar o\u02bbrnatilayotgani yurtdoshlarimizga cheksiz quvonch, g\u02bburur-iftixor bag\u02bbishlamoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qiladigan bo\u02bblsak, shunday yuqori e\u02bctiroflarga sazovor bo\u02bblgan ishlarni jadallashtirishdan maqsad dunyo tamadduni beshiklaridan biri bo\u02bblgan O\u02bbzbekistonning tarixiy yuksak maqomini qayta tiklash, Vatanimizni ilm-fan markazlaridan biriga aylantirish, shu orqali diyorimizda Uchinchi Renessansni \u2014 Uyg\u02bbonish davrini yuzaga keltirishdir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Usmonxon ALIMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi<\/strong><\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2021 yil 2 mart, \u211643 (299)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alloh taologa shukrki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida Islom dini ma\u02bcrifatini keng yoyish, ulug\u02bb allomalarimizning boy merosini o\u02bbrganish, xalqimizga xos bo\u02bblgan odamiylik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlarni targ\u02bbib etish yo\u02bblida tahsinga sazovor ishlar amalga oshirildi. So\u02bbnggi yillarda yurtimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14128,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BUTUN DUNYONI O\u02bbZ ILM NURI BILAN NURAFSHON ETGAN ZAMIN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BUTUN DUNYONI O\u02bbZ ILM NURI BILAN NURAFSHON ETGAN ZAMIN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Alloh taologa shukrki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida Islom dini ma\u02bcrifatini keng yoyish, ulug\u02bb allomalarimizning boy merosini o\u02bbrganish, xalqimizga xos bo\u02bblgan odamiylik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlarni targ\u02bbib etish yo\u02bblida tahsinga sazovor ishlar amalga oshirildi. So\u02bbnggi yillarda yurtimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-03-02T07:24:34+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-03-02T11:02:18+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/yuzz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"579\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz\",\"name\":\"BUTUN DUNYONI O\u02bbZ ILM NURI BILAN NURAFSHON ETGAN ZAMIN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/yuzz.jpg\",\"datePublished\":\"2021-03-02T07:24:34+00:00\",\"dateModified\":\"2021-03-02T11:02:18+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/yuzz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/yuzz.jpg\",\"width\":660,\"height\":579},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BUTUN DUNYONI O\u02bbZ ILM NURI BILAN NURAFSHON ETGAN ZAMIN\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BUTUN DUNYONI O\u02bbZ ILM NURI BILAN NURAFSHON ETGAN ZAMIN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BUTUN DUNYONI O\u02bbZ ILM NURI BILAN NURAFSHON ETGAN ZAMIN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Alloh taologa shukrki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida Islom dini ma\u02bcrifatini keng yoyish, ulug\u02bb allomalarimizning boy merosini o\u02bbrganish, xalqimizga xos bo\u02bblgan odamiylik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlarni targ\u02bbib etish yo\u02bblida tahsinga sazovor ishlar amalga oshirildi. So\u02bbnggi yillarda yurtimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-03-02T07:24:34+00:00","article_modified_time":"2021-03-02T11:02:18+00:00","og_image":[{"width":660,"height":579,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/yuzz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz","name":"BUTUN DUNYONI O\u02bbZ ILM NURI BILAN NURAFSHON ETGAN ZAMIN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/yuzz.jpg","datePublished":"2021-03-02T07:24:34+00:00","dateModified":"2021-03-02T11:02:18+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/yuzz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/yuzz.jpg","width":660,"height":579},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14129&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BUTUN DUNYONI O\u02bbZ ILM NURI BILAN NURAFSHON ETGAN ZAMIN"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14129"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14129"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14129\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14131,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14129\/revisions\/14131"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14128"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14129"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14129"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14129"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}