{"id":14124,"date":"2021-03-02T12:04:09","date_gmt":"2021-03-02T07:04:09","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14124"},"modified":"2021-03-02T12:04:09","modified_gmt":"2021-03-02T07:04:09","slug":"samarqandda-yozilgan-tasavvuf-manbalari-xvii-xviii-asrlarda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz","title":{"rendered":"SAMARQANDDA YOZILGAN TASAVVUF MANBALARI (XVII-XVIII asrlarda)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik tariximizni, xalqimizning boy ma\u02bcnaviy-madaniy qadriyatlarini manbalar asosida chuqur va mukammal o\u02bbrganish uchun keng imkoniyat yaratdi. O\u02bbzining uzoq tarixiga ega o\u02bbzbek xalqining o\u02bbtmishi sho\u02bbro davrida bir yoqlama yoritilgan edi. Ayniqsa, muqaddas dinimiz va u bilan bog\u02bbliq ayrim masalalarni o\u02bbrganish butunlay nazardan chetda qoldi. Bugungi kunda Vatan tarixini o\u02bbrganar ekanmiz, xalqimiz o\u02bbtmishdagi diniy-madaniy, ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy hayotini tadqiq etish dolzarb yo\u02bbnalishlardan biri bo\u02bblib turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVII-XVIII asrlarda Samarqandda dunyoviy fanlar bilan birga diniy bilimlar ham keng rivojlandi, Mavlono Olim shayx Azizon, So\u02bbfi Ollohyor, Mavlono Mir Ne\u02bcmatulloh Oshiq, Musoxonxoja Dahbediy, Muhammad Amin Xoja Dahbediy, Muhammad Husayn kabi allomalar islom ta\u02bclimotining rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshdilar. Umuman, islom ilmlari ravnaqi va targ\u02bbibotining kengayishida Samarqanddan yetishib chiqqan allomalar muhim o\u02bbrin tutadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda tasavvufga oid manbalar bo\u02bbyicha ko\u02bbplab tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, Halim To\u02bbrayev, Komilxon Kattayev, Bobur Aminov, Abdusattor Jumanazarov, Ma\u02bcsudxon Ismoilov kabi olimlar salmoqli ilmiy izlanishlarga qo\u02bbl urganini aytib o\u02bbtishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bblkamiz tarixida ilm-fan turli ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta\u02bcsirida rivojlanib kelgan. Xususan, islom ilmlarining XVII-XVIII asrlardagi taraqqiyoti tasavvuf namoyandalarining faol ilmiy izlanishlari, safarlari bilan bog\u02bbliq bo\u02bblgan. Buning uchun o\u02bbsha paytlar, ulamolardan diniy ilmlar bilan bir qatorda ijtimoiy, mantiqiy, falsafiy ilmlarni bilish talab etilardi. Shunga ko\u02bbra, olimlar bir asarni yozish uchun ko\u02bbplab va turli sohalarga oid ilmlarni o\u02bbrganganlar. Xususan, Olim shayx Azizon \u201cLamahot\u201d, So\u02bbfi Ollohyor \u201cMaslak ul-muttaqin\u201d (\u201cTaqvodorlar maslagi\u201d)ni yozish jarayonida ko\u02bbplab olimlarning asarlarini o\u02bbrganib, unumli foydalangani bugun ko\u02bbpchilikka yaxshi ma\u02bclum. Bundan tashqari, tasavvuf yo\u02bbnalishida Ahmad Sirhindiy, Hojo Habibulloh Buxoriy, mavlono Muhammadi Imlo, Muhammad Islom shayx Karruxiy, Muhammad Sharifxoja ibn Atoullohxoja shayxulislom kabi tariqat arboblari ham faoliyat ko\u02bbrsatgan. Bu zotning hayoti, ilmiy faoliyati va asarlarini o\u02bbrganish ilg\u02bbor g\u02bboyalarini yoritish xalqimiz, xususan, yoshlar orasida diniy bag\u02bbrikenglik, millatlararo totuvlik, odob-axloq, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ijtimoiy masalalarni yechishga mo\u02bbtadil yondashuv kabi tamoyillarni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu jumladan, turkiy va forsiyda ijod qilgan So\u02bbfi Ollohyor ijodining asosiy yo\u02bbnalishi xalq orasida islom ma\u02bcrifatini keng yoyish va tasavvufning insoniy kamolot bilan bog\u02bbliq g\u02bboyalarini targ\u02bbib qilishdan iborat. U \u201cMaslak ul-muttaqin\u201d (\u201cTaqvodorlar maslagi\u201d), \u201cMurod ul-orifin\u201d (\u201cOriflar murodi\u201d), \u201cMaxzan ul-mute\u02bcin\u201d (\u201cItoatkorlar xazinasi\u201d) asarlarini forsiy, \u201cSabot ul-ojizin\u201d (\u201cOjizlar saboti\u201d), \u201cFavzun najot\u201d (\u201cNajot tantanasi\u201d) masnaviylarini turkiyda yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbfi Ollohyorning shoh asari \u201cMaslak ul-muttaqin\u201d bo\u02bblib, 135 ta katta-kichik bob va 12 ming baytdan iborat. Ilohiy ma\u02bcrifatning badiiy talqiniga bag\u02bbishlangan bu asar el orasida shuhrat topganidan so\u02bbng, do\u02bbst-u yaqinlari undan turkiy tilda ham shunday kitob yozishni iltimos qiladilar. Bunga javoban u \u201cMaslak ul-muttaqin\u201dni birmuncha qisqartirib, turkiychada bitgan va \u201cSabot ul-ojizin\u201d, deb nom bergan. O\u02bbzbek falsafiy didaktik adabiyotining yetuk namunasi bo\u02bblmish ushbu asari orqali tasavvuf ta\u02bclimotining ma\u02bcnaviy-axloqiy masalalarini keng yoritgan shu bilan birga turkiy tasavvuf adabiyoti rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMaslak ul-muttaqin\u201d islom qonunshunosligiga oid mulohazalardan tarkib topgan. Muallifi uni tasnif etishda ko\u02bbpgina fiqhiy manbalardan foydalangan. Asarda keltirilgan ma\u02bclumotlar nazm uslubida bayon etilgani, fiqhga oid ko\u02bbplab kitoblar mazmunini o\u02bbzida jamlagani kitobni undan madrasalar darslik sifatida foydalanishiga, ilmiy saviyasi yuqoriligi va tushunarli, ravon bayon etilgani esa ko\u02bbp nusxalarda ko\u02bbchirilishiga sabab bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar boshqa fiqhiy kitoblar kabi iymon bo\u02bblimi bilan boshlangan, oxirida haj bo\u02bblimi yo\u02bbq. Muallif aytganidek, o\u02bbzi haj amalini bajarmaganligi sababidan bunday bo\u02bblimga qo\u02bbl urmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbfi Ollohyor asarlarining qo\u02bblyozma va toshbosma nusxalari ko\u02bbpgina qo\u02bblyozma fondlarida saqlanib kelmoqda. Xususan, Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi manbalar xazinasida ham \u201cMaslak ul-muttaqin\u201d asarining inv. \u2116 MR 12, 43, 61, 66 raqamlari ostida bir necha qo\u02bblyozma nusxalari saqlanmoqda [1: 354].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yo\u02bbnalishda qalam tebratgan yana bir alloma Muhammad Olim Siddiqiy A\u02bclaviy (otasi Muhammad Mo\u02bbmin shayx yassaviya tariqati vakili edi). XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning birinchi yarmida yashagan. Samarqand madrasalarida ta\u02bclim olgan. Tariqat ilmini otasidan o\u02bbrgangan. \u201cLamahot\u201d kitobini 1032\/1623 yilda yozib tugatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cLamahot\u201d asarida mazkur tariqat asoschisi \u2013 oriflar sultoni Xoja Ahmad Yassaviy va undan muallifga qadar davom etgan silsilaning taniqli vakillari hayoti, ularda sodir bo\u02bblgan hol (lamahot) va kashflar (varadot) bayon qilinadi, hikmatli so\u02bbzlaridan ibratli namunalar beriladi. Bu silsilada Hakim ota, Zangi ota, Sadr ota, Yamin (Olamin) bobo, shayx Ali shayx, shayx Mavdud, shayx Xodim, shayx Jamoliddin, shayx Xudoydod Vali, Qosim shayx, Pirim shayx kabi yurt ulug\u02bblari turmush tarziga oid qiziqarli ma\u02bclumotlar yig\u02bbilgan. Ularning barchasi jamiyatda ezgulik, axloq tarbiyasi, qalbni yovuzlikdan himoya qiluvchi tolmas kurashchilar edi. Jamiyat ma\u02bcnaviyatida bugun biz duch kelib turgan bo\u02bbshliqlar paydo bo\u02bblishiga yo\u02bbl qo\u02bbymaslik ular hayotining mazmuga aylangandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cLamahot\u201d o\u02bbsha zamon kishilari orasida mashhur bo\u02bblgan va keng tarqalgan, hozir ham odamlar qo\u02bblida uning nusxalari saqlanadi. Sho\u02bbrolar davrida bu turkumdagi asarlar tadqiqotchilar e\u02bctiboridan chetda qolgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun hayotimizda bunday kitoblarga suv va havo kabi ehtiyoj, zarurat sezilayotir. Ular faqat sayyohlikning ziyorat yo\u02bbnalishini rivojlantirish, mablag\u02bb to\u02bbplash uchun kerak bo\u02bblib qolayotgani yo\u02bbq. Bu asarlar chop qilinsa va odamlarga yetkazilsa, telefon va kompyuter ichidagi \u201cqora o\u02bbra\u201dga qulashimizdan asraydigan asarlar qatoriga qo\u02bbshiladi. Ular chop qilish uchun tarjima va tabdilning uzoq va mashaqqatli yo\u02bblini bosib o\u02bbtish kerak bo\u02bbladi. Shuning o\u02bbzi ko\u02bbp riyozat chekishni taqozo qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillikka erishilganidan so\u02bbng o\u02bbtmishda yashab, ijod etgan olimlar, shoirlar, muhaddislar va shu bilan birga tasavvuf namoyandalarining hayoti va bebaho asarlari keng tadqiq etila boshladi. Muqaddas ziyoratgohlar qayta tamirlandi. Ularga jamoatchilik etibori yanada kuchaydi. Buyuk ulamolarimizning yubileylari milliy va halqaro miqyosda nishonlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom tarixini o\u02bbrganishga e\u02bctibor kuchaydi. Mintaqa xalqlari tarixi va madaniyatni yangicha yondashuvlar asosida o\u02bbrganish bugungi kun tarixshunosligi oldida turgan muhim vazifalardan biriga aylandi. Dastlabki o\u02bbrinda bu vazifalarni amalga oshirish uchun tarixiy yozma manbalarni tadqiq etish maqsadga muvofiqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro markazi Qo\u02bblyozmalar katalogi \/ G\u02bboya muallifi Sh. Ziyodov. \u2013 Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2018. \u2013 B. 688<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbfi Ollohyor. Maslak ul-muttaqin. Nashrga tayyorlovchilar S.Sayfulloh va Akram Dehqon. T.: 2016. \u2013 B. 492<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-jild. Solnoma- To\u02bbytepa. Tahrir hay\u02bcati: A.Azizxo\u02bbjayev, B.Alimov, M.Aminov va b. \u2013T.; \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. \u2013 B. 703.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Necdet Tosun. T\u00fcrkistan dervi\u015flerinden yadigar. Orta Asya T\u00fcrk\u00e7esiyle Yaz\u0131lm\u0131\u015f Tasavvufi Eserlar. \u0130nsan yay\u0131nlar\u0131, Istanbul. 2011.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shoaliyeva, Nargiza (2019) \u201cSompossition \u201cMaslak ul-Muttaqin\u201d Sufi-Allohyor to the Turk (old Uzbek)-Persian literature,\u201d The Light of Islam: Vol. 2019: Iss.2, Article Available at: https:\/\/uzjournals. edu.uz\/iiau\/vol2019\/iss2\/15.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mirzo Me\u02bcrojiddin (Amonov M). So\u02bbfi Ollohyor va Islom shayx tarixi. T.: MASHHUR-PRESS, 2017. 162 b.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Musinova Dildora<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cIslom tarixi va manbashunosligi (IRCICA)\u201d<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>kafedrasi tayanch doktoranti<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mustaqillik tariximizni, xalqimizning boy ma\u02bcnaviy-madaniy qadriyatlarini manbalar asosida chuqur va mukammal o\u02bbrganish uchun keng imkoniyat yaratdi. O\u02bbzining uzoq tarixiga ega o\u02bbzbek xalqining o\u02bbtmishi sho\u02bbro davrida bir yoqlama yoritilgan edi. Ayniqsa, muqaddas dinimiz va u bilan bog\u02bbliq ayrim masalalarni o\u02bbrganish butunlay nazardan chetda qoldi. Bugungi kunda Vatan tarixini o\u02bbrganar ekanmiz, xalqimiz o\u02bbtmishdagi diniy-madaniy, ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy hayotini tadqiq &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14114,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SAMARQANDDA YOZILGAN TASAVVUF MANBALARI (XVII-XVIII asrlarda) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SAMARQANDDA YOZILGAN TASAVVUF MANBALARI (XVII-XVIII asrlarda) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Mustaqillik tariximizni, xalqimizning boy ma\u02bcnaviy-madaniy qadriyatlarini manbalar asosida chuqur va mukammal o\u02bbrganish uchun keng imkoniyat yaratdi. O\u02bbzining uzoq tarixiga ega o\u02bbzbek xalqining o\u02bbtmishi sho\u02bbro davrida bir yoqlama yoritilgan edi. Ayniqsa, muqaddas dinimiz va u bilan bog\u02bbliq ayrim masalalarni o\u02bbrganish butunlay nazardan chetda qoldi. Bugungi kunda Vatan tarixini o\u02bbrganar ekanmiz, xalqimiz o\u02bbtmishdagi diniy-madaniy, ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy hayotini tadqiq &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-03-02T07:04:09+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_12.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz\",\"name\":\"SAMARQANDDA YOZILGAN TASAVVUF MANBALARI (XVII-XVIII asrlarda) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_12.jpg\",\"datePublished\":\"2021-03-02T07:04:09+00:00\",\"dateModified\":\"2021-03-02T07:04:09+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_12.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_12.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SAMARQANDDA YOZILGAN TASAVVUF MANBALARI (XVII-XVIII asrlarda)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SAMARQANDDA YOZILGAN TASAVVUF MANBALARI (XVII-XVIII asrlarda) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SAMARQANDDA YOZILGAN TASAVVUF MANBALARI (XVII-XVIII asrlarda) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Mustaqillik tariximizni, xalqimizning boy ma\u02bcnaviy-madaniy qadriyatlarini manbalar asosida chuqur va mukammal o\u02bbrganish uchun keng imkoniyat yaratdi. O\u02bbzining uzoq tarixiga ega o\u02bbzbek xalqining o\u02bbtmishi sho\u02bbro davrida bir yoqlama yoritilgan edi. Ayniqsa, muqaddas dinimiz va u bilan bog\u02bbliq ayrim masalalarni o\u02bbrganish butunlay nazardan chetda qoldi. Bugungi kunda Vatan tarixini o\u02bbrganar ekanmiz, xalqimiz o\u02bbtmishdagi diniy-madaniy, ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy hayotini tadqiq &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-03-02T07:04:09+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_12.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz","name":"SAMARQANDDA YOZILGAN TASAVVUF MANBALARI (XVII-XVIII asrlarda) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_12.jpg","datePublished":"2021-03-02T07:04:09+00:00","dateModified":"2021-03-02T07:04:09+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_12.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/03\/bukhari_buxoriy2021_12.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14124&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SAMARQANDDA YOZILGAN TASAVVUF MANBALARI (XVII-XVIII asrlarda)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14124"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14124"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14124\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14125,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14124\/revisions\/14125"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14114"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14124"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14124"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14124"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}