{"id":14067,"date":"2021-02-24T11:49:07","date_gmt":"2021-02-24T06:49:07","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=14067"},"modified":"2021-02-24T11:58:51","modified_gmt":"2021-02-24T06:58:51","slug":"islom-olamining-durdonasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOM OLAMINING DURDONASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatdagi barcha insonlarning birdamligi, hamjihatligi, ilmga intilishi umumtaraqqiyotni belgilaydi. Mustahkam ilmlarga asoslanmasdan rivojlanish mumkin emas. Buning uchun esa yurtimiz kabi mamlakatlarda asrlar davomida shakllangan va mustahkamlangan qadriyatlar, buyuk ajdodlar merosi alohida o\u02bbrin tutadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizning har bir go\u02bbshasi \u2014 shaharlar, qishloqlar, ovullar ulug\u02bb siymolar, allomalar uchun beshik bo\u02bblgan. Ular yozma manbalarda keltirilganidek, Samarqandiy, Buxoriy, Nasafiy, Shoshiy, Termiziy, Farg\u02bboniy, Andijoniy, Ustrushoniy, Keshiy, Marg\u02bbinoniy, Zamaxshariy kabi ko\u02bbpdan-ko\u02bbp nisbalar bilan ijod qilgan, olamshumul kashfiyotlarini tarixga muhrlagan. Ularni ilmiy asosda o\u02bbrganish, xalqchil shaklda yoshlarga taqdim etish, keng targ\u02bbib qilishni bugun davrning o\u02bbzi talab qilmoqda. Bu borada, ayniqsa, so\u02bbnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan diniy-ma\u02bcrifiy yo\u02bbnalishda ham keng ko\u02bblamli islohotlar amalga oshirilayotgani diqqatga sazovor. Hayotga tatbiq qilinayotgan barcha islohotlarning bosh maqsadi yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni asrash, uni yanada mustahkamlash, kelajagimiz bo\u02bblgan farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizga mos tarzda tarbiyalash, xalqimiz hayotini yanada farovon etish, baxtli yashashini ta\u02bcminlashdan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari 2017 yil 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so\u02bbzlagan tarixiy nutqida: \u201cIslom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da\u02bcvat etadi\u201d, degan ulug\u02bbvor so\u02bbzlarni ta\u02bckidladi. Haqiqatan, tinchlik bor joyda ilm rivojlanadi, xotirjamlik hukm surib, taraqqiyot yuksaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">BMT anjumanida O\u02bbzbekiston rahbari jahon hamjamiyatiga mamlakatimizda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish tashabbusini butun dunyoga e\u02bclon qildi. Islom sivilizatsiyasi markazi \u2014 g\u02bboyasi va ahamiyatiga ko\u02bbra betakror, benazir loyiha. Uni tashkil etishdan maqsad xalqimizning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi, azaliy qadriyatlari, betakror san\u02bcati, osoru atiqalari, obidalarini xalqaro miqyosda targ\u02bbib qilishdan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, alloma-ajdodlarimiz ilm-fanning barcha sohalari bo\u02bbyicha asarlari vositasida mukammal xulosalarni taqdim qilgan. Jumladan, Qur\u02bconi karim tafsiri yo\u02bbnalishida Mahmud Zamaxshariy va Abu Mansur Moturidiy amalga oshirgan ishlar alohida ahamiyatga ega. Yozma manbalarda \u201cJorulloh\u201d, ya\u02bcni \u201cAplohning qo\u02bbshnisi\u201d, deya e\u02bctirof etiluvchi Zamaxshariy o\u02bbzining \u201cKashshof\u201d asarini Makka amiri iltimosiga ko\u02bbra yozgan. Bu nodir manba asrlar davomida madrasalarda darslik sifatida o\u02bbqitilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Mansur Moturidiyning \u201cTa\u02bcvilotul Qur\u02bcon\u201d nomli asari Qur\u02bconi karim tafsiri aqida-kalom yo\u02bbnalishidagi noyob gavhardir. Hanafiy olimlar uning vositasida yot g\u02bboyali destruktiv kuchlarga qarshi kurashgan<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu asarning tili murakkab, ifodasi aniq. Shu bois, allomaning vafotidan 200 yil o\u02bbtibgina, nasaflik olim Abul Muin Nasafiy ushbu asarga sharh sifatida \u201cTabsiratul adilla\u201d asarini yozishga jur\u02bcat qildi. Ahamiyatlisi, mazkur asar Imom Moturidiyning vafotidan 1100 yil o\u02bbtib \u2014 yangi O\u02bbzbekistonda, Prezidentimiz tashabbusi bilan Samarqandda tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan o\u02bbzbek tiliga tarjima qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qayd etish kerakki, ushbu markaz qisqa vaqt ichida amalga oshirgan 30 ga yaqin tarjimalar, tashkil etilgan konferensiyalar xorijning yetakchi ekspertlari, islomshunos olimlari e\u02bctirofiga sazovor bo\u02bblmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda mutakallim allomalar to\u02bbg\u02bbrisida to\u02bbxtalish o\u02bbrinli. Chunki Imom Moturidiy ahli sunna e\u02bctirof etgan moturidiylik mazhabi asoschisi ham hisoblanadi. Shu sababdan u islom olamida \u201cbarcha musulmonlar e\u02bctiqodini tuzatuvchi\u201d, \u201chidoyatga boshlovchi imom\u201d nomlari bilan shuhrat qozongan. Moturidiylik ta\u02bclimoti bugungi kunda 20 ga yaqin mamlakatda tarqalgan bo\u02bblib, bag\u02bbrikeng g\u02bboyalari sababidan uning amal qiluvchilari geografiyasi tobora kengayib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimizda Imom Moturidiy ilmiy merosini zamon talablari darajasida tadqiq qilish, uning ta\u02bclimoti doirasida yaratilgan asarlarni o\u02bbzbek tiliga o\u02bbgirish orqali ulardan keng xalq ommasi, xususan, yoshlarni xabardor etish maqsadida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiylik ta\u02bclimoti islohotchisi Abul Muin Nasafiy esa \u201chaqiqat qilichi\u201d deya sharaflangan. Bu nom u keltirgan dalillarning kuchliligi, betakrorligi tufayli berilgan. Uning shoh asari \u201cTabsiratul adilla\u201d (\u201cDalillar bilan sharhlash\u201d) hamda merosining gultoji \u201cBahrul kalom\u201d (\u201cKalom ilmida so\u02bbzlar dengizi\u201d) Prezidentimiz tashabbusi bilan o\u02bbzbek tiliga tarjima qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan ming yil oldin jaholatga qarshi ma\u02bcrifat bilan kurashgan, Movarounnahr mintaqasida diniy e\u02bctiqod sog\u02bblomligini ta\u02bcminlashda jiddu jahd ko\u02bbrsatgan, adashganlarni asl hidoyat yo\u02bbliga boshlagan Abul Muin Nasafiy bobomizning Qarshi shahri yaqinidagi Qovchin qishlog\u02bbida joylashgan ziyoratgohi tubdan ta\u02bcmirlanib, har tomonlama obod qilindi. U majmuaga aylantirilib, kutubxona, muzey tashkil etilganini Qashqadaryo aholisi ko\u02bbtarinki ruh, alohida g\u02bburur bilan qabul qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasafiyning ilm borasidagi qarashlari ham e\u02bctiborga molik. Alloma fikricha, ilm jondir. Har bir narsaning javhari, asosi \u2014 ilm. Zero, ilmsiz kishi johil, jonsiz tana kabi bo\u02bblib, ayni ilm yuksak insoniylik alomatidir. Mazkur qarash bir muddat avval boshqa bir vatandoshimiz Hakim Termiziy tomonidan \u201cilm nurdir\u201d tarzida ifoda etilgan bo\u02bblib, bu orqali olimlar nur taratuvchi mayoqqa qiyos qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimizda Imom Buxoriy singari hadis ilmi darg\u02bbalari bo\u02bblmish Imom Termiziy, Imom Dorimiy, uchta buyuk muhaddisning, hatto Imom Buxoriyning ustozi Abdulhamid Keshiy kabi ulug\u02bb ajdodlarimizning ibratlarga to\u02bbla hayoti hamda boy ilmiy merosini tadqiq qilish maqsadida Samarqandda Hadis ilmi maktabi, Termizda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Ularda faoliyat ko\u02bbrsatayotgan mutaxassislar hozirda keng ko\u02bblamli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, ulug\u02bb muhaddis alloma Imom Termiziy qo\u02bbnim topgan maskan obod qilindi hamda tabarruk qadamjoga aylantirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dunyo globallashgan, tahlikali davrni boshdan kechirmoqda. Bu har bir insondan ogohlikni, tashqi ta\u02bcsirlarga qarshi tura oladigan ilmlarni egallashni talab etadi. Shu maqsadda 2018 yilda O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi ta\u02bcsis etildi. Islom akademiyasi bugungi kunda talabalarga ta\u02bclim berish \u2014 ziyo ulashish bilan bir qatorda yurtimizdagi diniy ta\u02bclim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirmoqda ham.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurt allomalari asarlarining dunyoning turli kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo\u02bblyozma nusxalarini o\u02bbrganish, o\u02bbzbek tiliga tarjima qilish uchun arab tilini bilish barobarida muqaddas islom dini asoslarining nozik jihatlarini anglash ham muhim hisoblanadi. Shu maqsadda Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasi faoliyat boshladi. Uning yuksak maqomi qaytarildi. Bu davlatimiz rahbarining Buxoro xalqiga, umuman, xalqimizga ulug\u02bb tuhfasi bo\u02bbldi. Shuningdek, Termiz shahrida Imom Termiziy madrasasi 2020-2021 o\u02bbquv yili uchun talabalarni qabul qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimizga xos muhim fazilatlardan biri tasavvuf vakillariga ehtirom ko\u02bbrsatishdir. Shu sababdan Buxoroda Abdulxoliq G\u02bbijduvoniy boshlab bergan hamda Bahouddin Naqshband takomiliga yetkazgan xojagon tariqati vakillari \u2014 yetti pir allomalari, Termizda Hakim Termiziy asos solgan hakimiylik, Qashqadaryoda rivojlangan Shahobiddin Suhravardiy nomi bilan bog\u02bbliq suhravardiylik, Toshkent shahridagi millat suyuklisi Suzuk ota, Shayx Zayniddin hamda Shayx Xovandi Tohur qarashlari, Xorazm faxri va mo\u02bbg\u02bbul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashi orqali vatanparvarlik timsoliga aylangan Najmiddin Kubro va Pahlavon Mahmud, Namangan ahli qadr qiladigan Sulton Uvays Qaraniyning odob-axloqqa doir fikrlari alohida e\u02bctiborga molik. Bu allomalar qo\u02bbnim topgan go\u02bbshalar, ayniqsa, yetti pir ziyoratgohlari, Suzuk ota, Uvays Karaniy majmualari Prezidentimiz sa\u02bcy-harakatlari hamda rahbarligida batamom qayta qurildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ularning har biri \u2014 bir olam. Merosi \u2014 hikmat. Jumladan, Suzuk ota \u2014 Xo\u02bbja Ahmad Yassaviyning nabirasi, Toshkent shahrining faxri. Umrining oxiriga qadar yuzlab shogirdlarga ilm berib, ularni hunarga, halol mehnatga boshlagan. Karomatlar sohibi, aholining dono maslahatgo\u02bbyi, hunarmandlar ustozi, toliblarning pir-murshidi bo\u02bblgan Suzuk ota Toshkentning usta-hunarmandlariga yuksak ehtirom ko\u02bbrsatgani uchun tabarruk zot yashagan hudud vafotidan so\u02bbng Suzuk ota nomi bilan tarix sahifalariga muhrlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Suzuk ota to\u02bbquvchilik kasbi bilan shug\u02bbullangan. Aslida, halol mehnati bilan hayot kechirish \u2014 payg\u02bbambarlar merosi. Ammo Suzuk ota shu fazilati bilan suzuk \u2014 suyukli bo\u02bbldi. Shu orqali Toshkent ahliga ma\u02bcnaviy muallim sifatida o\u02bbrnak bo\u02bbldi. Mutasavvuf olim vafotidan 800 yil o\u02bbtib, u qo\u02bbnim topgan obida \u2014 Toshkentning gavhari shahar ahliga, aziz yurtdoshlarimizga hadya etilib, qaytarib berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida zikri keltirilgan obidalarning barchasi o\u02bbzlari joylashgan hudud arxitekturasiga xos ravishda qad rostlagani tufayli ham g\u02bboyat go\u02bbzal va ulug\u02bbvor qiyofa kasb etdi. Bu joziba unga tashrif buyuruvchi har bir inson qalbida shu vatanda yashayotganidan rozilik, muazzam tarixida g\u02bburur paydo qilayotgani tabiiy.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tariqat peshvolari \u2014 mutasavvuflar ruhiy qarash, hissiy olam vakillaridir. Ulardan meros bo\u02bblib qolgan hikmatlar toabad tarbiya vositasi bo\u02bblib qolaveradi. Jumladan, Uvays Qaraniy payg\u02bbambarimiz Muhammad alayhissalom bilan zamondosh bo\u02bblsa ham, sahoba hisoblanmaydi. Chunki u zoti sharif bilan uchrashmagan. Shunday ulug\u02bb maqomdan munis onasining duosini, xizmatini afzal bilgan. Bu amali bilan har zamonu har makonda turli yot g\u02bboyalar ta\u02bcsirida vatanni, ota va onasini tark etayotgan johillar uchun ibrat namunasidir. Vaholanki, Uvays Qaraniy payg\u02bbambar alayhissalom muxlislarining sultoni hisoblanadi. Manbalar shunga dalolat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk mutasavvuflardan Bahouddin Naqshbandning qalb va amal birligi, So\u02bbfi Ollohyorning e\u02bctiqod sofligi, Suhravariyning xalq ichida bo\u02bblish, ularning dardi bilan yashash borasidagi g\u02bboyalarini ta\u02bclim-tarbiya jarayonlariga, ijtimoiy-ilmiy hayotga tatbiq qilish Uchinchi Renessans uchun eshik ochishi, shubhasiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma-ajdodlarimiz orasida huquqshunos olimlar ham bisyor. Ayniqsa, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy va uning \u201cHidoya\u201d asari alohida qadrlanadi. Ammo Ustrushona(hozirgi Jizzax)dan chiqqan mashhur faqih Majduddin Ustrushoniy hazratlari jahonda ilk bor \u2014 bundan salkam 800 yil muqaddam bola huquqlariga bag\u02bbishlangan \u201cJomiul ahkomis sig\u02bbar\u201d, ya\u02bcni \u201cBolalar huquqlari to\u02bbplami\u201d asarini yozdi. Vaholanki, Yevropada ushbu yo\u02bbnalishdagi tadqiqotlar XIX asrga kelib Fransiyada paydo bo\u02bbldi. Amerikada esa 1908 yildagina yuvenal huquqqa asos solindi. Bolajon xalqimizning asl farzandi Majduddin Ustrushoniyning mazkur asari ilmiy tadqiq asosida omma e\u02bctiboriga havola qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oxirgi yillarda ijtimoiy-diniy sohada amalga oshirilgan keng ko\u02bblamli ishlardan ko\u02bbzlangan maqsad \u2014 Uchinchi Renessansga munosib bo\u02bblgan xalqqa asli kim bo\u02bblganini namoyon qilish, bildirish, anglatish, shunday buyuk xalqni dunyoga yana bir bor tanitish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimiz bejiz \u201cAslida bori naslida ko\u02bbrinadi\u201d, \u201cOqqan ariq oqmay qolmas\u201d, demagan. Bizning buyuk ajdodlarimiz \u2014 to\u02bblib oqqan daryolarimiz bor. Ularning mahobati qoldirgan benazir ilmiy merosida namoyon. Bugun yangicha \u2014 zamonga mos o\u02bbrganish ishlari boshlangan. Eng murakkab asarlarni-da, tadqiq qilishga qodir avlod shakllangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari asos solgan al-Xorazmiy kabi aniq fanlar sohasida shuhrat qozongan allomalar nomi berilgan Prezident maktablari yurtimizni yangicha, davrga mos sohalarda xalqaro maydonga olib chiqadi. Shu yurtning ilmda benazir farzandlari sababidan Buxoro sharif \u2014 \u201csharaflangan\u201d, \u201cquvvatul islom\u201d \u2014 \u201cislom dinining kuch-qudrati\u201d, Samarqand \u201csayqali ro\u02bbyi zamin\u201d \u2014 \u201cyer yuzining bezagi\u201d, Kesh (hozirgi Shahrisabz) \u201cqubbatul islom\u201d \u2014 \u201cislom dinining gumbazi\u201d, Termiz \u201cmadinatur rijol\u201d \u2014 \u201cmardlar shahri\u201d deya ulug\u02bblandi. Bugun esa yurtimiz amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli islohotlar natijasi o\u02bblaroq, islom madaniyatining poytaxtiga aylandi. Bularning hech biri shunchaki sodir bo\u02bblmadi. Buning mustahkam asosi, teran ildizi bor. U esa Uchinchi Renessans uchun chin ma\u02bcnodagi poydevordir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom olamining durdonasi, gavhari bo\u02bblgan yurtimizning o\u02bbtmishi shonli, buguni muazzam va shubhasiz, kelajagi ham buyukdir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Irgash DAMINOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi<\/strong><\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2021 yil 24 fevral, \u211639 (295)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamiyatdagi barcha insonlarning birdamligi, hamjihatligi, ilmga intilishi umumtaraqqiyotni belgilaydi. Mustahkam ilmlarga asoslanmasdan rivojlanish mumkin emas. Buning uchun esa yurtimiz kabi mamlakatlarda asrlar davomida shakllangan va mustahkamlangan qadriyatlar, buyuk ajdodlar merosi alohida o\u02bbrin tutadi. Mamlakatimizning har bir go\u02bbshasi \u2014 shaharlar, qishloqlar, ovullar ulug\u02bb siymolar, allomalar uchun beshik bo\u02bblgan. Ular yozma manbalarda keltirilganidek, Samarqandiy, Buxoriy, Nasafiy, Shoshiy, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14061,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ISLOM OLAMINING DURDONASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ISLOM OLAMINING DURDONASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Jamiyatdagi barcha insonlarning birdamligi, hamjihatligi, ilmga intilishi umumtaraqqiyotni belgilaydi. Mustahkam ilmlarga asoslanmasdan rivojlanish mumkin emas. Buning uchun esa yurtimiz kabi mamlakatlarda asrlar davomida shakllangan va mustahkamlangan qadriyatlar, buyuk ajdodlar merosi alohida o\u02bbrin tutadi. Mamlakatimizning har bir go\u02bbshasi \u2014 shaharlar, qishloqlar, ovullar ulug\u02bb siymolar, allomalar uchun beshik bo\u02bblgan. Ular yozma manbalarda keltirilganidek, Samarqandiy, Buxoriy, Nasafiy, Shoshiy, &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-02-24T06:49:07+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-02-24T06:58:51+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/gazeta_uz240221.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz\",\"name\":\"ISLOM OLAMINING DURDONASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/gazeta_uz240221.jpg\",\"datePublished\":\"2021-02-24T06:49:07+00:00\",\"dateModified\":\"2021-02-24T06:58:51+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/gazeta_uz240221.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/gazeta_uz240221.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ISLOM OLAMINING DURDONASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ISLOM OLAMINING DURDONASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ISLOM OLAMINING DURDONASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Jamiyatdagi barcha insonlarning birdamligi, hamjihatligi, ilmga intilishi umumtaraqqiyotni belgilaydi. Mustahkam ilmlarga asoslanmasdan rivojlanish mumkin emas. Buning uchun esa yurtimiz kabi mamlakatlarda asrlar davomida shakllangan va mustahkamlangan qadriyatlar, buyuk ajdodlar merosi alohida o\u02bbrin tutadi. Mamlakatimizning har bir go\u02bbshasi \u2014 shaharlar, qishloqlar, ovullar ulug\u02bb siymolar, allomalar uchun beshik bo\u02bblgan. Ular yozma manbalarda keltirilganidek, Samarqandiy, Buxoriy, Nasafiy, Shoshiy, &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-02-24T06:49:07+00:00","article_modified_time":"2021-02-24T06:58:51+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/gazeta_uz240221.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz","name":"ISLOM OLAMINING DURDONASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/gazeta_uz240221.jpg","datePublished":"2021-02-24T06:49:07+00:00","dateModified":"2021-02-24T06:58:51+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/gazeta_uz240221.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/gazeta_uz240221.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=14067&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ISLOM OLAMINING DURDONASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14067"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14067"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14067\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14071,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14067\/revisions\/14071"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14061"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14067"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14067"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14067"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}