{"id":13838,"date":"2021-02-10T09:52:23","date_gmt":"2021-02-10T04:52:23","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=13838"},"modified":"2021-02-10T09:52:23","modified_gmt":"2021-02-10T04:52:23","slug":"alish%d0%b5r-navoiyning-xamsa-asarida-tasvirlangan-antik-davr-olimlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz","title":{"rendered":"ALISH\u0415R NAVOIYNING \u201cXAMSA\u201d ASARIDA TASVIRLANGAN ANTIK DAVR OLIMLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiy o\u02bbz asarlarida antik faylasuflarning nomlarini keltirib, ularning ilmiy jasoratini bayon etadi. Ma\u02bclum bo\u02bbladiki, hazrat antik davrda yashab o\u02bbtgan olim va ulamolarning ilmu hunarlaridan, fan va ixtirolaridan yetarlicha voqif bo\u02bblgan, ular to\u02bbg\u02bbrisidagi kitoblarni shubhasiz ko\u02bbp o\u02bbqigan. Misol uchun,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201c \u2026 Ki aylab to\u02bbrt yuz dono bilan jahd,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alardin har bir Aflotung\u02bba hamahd\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 masnaviysi fikrimizning dalili bo\u02bbla oladi. Arabiy, forsiy va eski turkiy manbalarda uchraydigan Aflotun ismi orqali zamonaviy ilmiy manbalarda antik davr olimi Platonga nisbat berilishini yaxshi bilamiz. Alisher Navoiy hazratlari uni sifatlab, bunday misralarni keltiradi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSipehr ahvolining sohib vuqufi,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jahonning korbandu faylasufi.\u201d[1]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu so\u02bbzlarni hozirgi tilimizda bunday ifoda etsa bo\u02bbladi: yer yuzi ahvolini biladigan kishi, jamiyatshunos va falsafa bilan mashg\u02bbul bo\u02bblgan dunyodagi yetakchi faylasuf.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, Platon miloddan avvalgi 427-347 yillarda Afinada yashab o\u02bbtgan qadimgi yunon faylasufi va olimidir. U o\u02bbzining asosiy substansiyalar haqidagi asarlari hamda siyosat, davlat tuzilishi, davlatni boshqarish masalalari yoritilgan yozma yodgorliklari bilan mashhur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cXamsa\u201dga kirgan \u201cFarhod va Shirin\u201d dostonining turli boblariga taalluqli bo\u02bblgan quyidagi masnaviylarga diqqatingizni tortmoqchimiz. Shoir \u201cYunon mulki\u201d to\u02bbg\u02bbrisidagi o\u02bbz tasvirlarini XX bobning sarlavhasi bo\u02bbladigan darajaga olib chiqadi. Ushbu sarlavhaning parchalaridan quyidagi ko\u02bbrinishlarni hukmingiz uchun keltirishni lozim topdik. Undan so\u02bbngra esa yana she\u02bcriy parchalarga e\u02bctibor qaratishingiz mumkin, masalan, \u201cXX bob\u2026 Farhod bila Yunon mulkiga cherik tortib borurni muqarrar qilg\u02bboni\u2026\u201d [2]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026 Cherik solg\u02bbay Xitou mulki Ching\u02bba,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurub chekkay sipah Yunon zaming\u02bba\u2026[3]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026 Kishi Yunon sori bormoq keraktur,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inon ul toqqa boshqormoq keraktur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026Erur g\u02bbor ichra Suqroti yagona,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dema Suqrot, Buqroti zamona.[4]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026Degaysen ul mahalkim, kilki tahrir<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chekib ul to\u02bbrt qasrim qildi tasvir:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biri Yunong\u02bba markab surganimni,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qilib razm, ajdaho o\u02bblturganimni.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbrib turganingizdek, Yunon mavzusi ushbu dostonlarda tez-tez qalamga olingan. Jumladan, Farhodning Yunonistonga cherik solib borishi mavzusi dostondagi bir syujet hisoblansa, Chin mulki bir syujet, shuningdek, Andalusiya yoinki Rum diyori mavzusi bir syujet bo\u02bblsa, arman go\u02bbzali bir syujet.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jug\u02bbrofiy tomondan Alisher Navoiy juda keng, katta muhitlar va iqlimlarni tasvirlashga intiladi. Bu jihatdan hazrat chinakam tarzda Sohibqiron va temuriylar saltanatining bir tarixnavisi va yokim bir ijodkor tasvirchisi sifatida ko\u02bbzga tashlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Endi yana antik davr Yunoniston mavzusiga qaytsak. Buning uchun dostondagi<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026 Kishi Yunon sori bormoq keraktur,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inon ul toqqa boshqormoq keraktur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026 Erur g\u02bbor ichra Suqroti yagona,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dema Suqrot, Buqroti zamona\u2026[5]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">kabi misralarga diqqatingizni qarating. Bu yerda misol tarzida Qadimgi Yunonistonda yashab o\u02bbtgan mashhur faylasuf Suqrotni olaylik. Haqiqatan ham Suqrot o\u02bbz zamonasining eng buyuk donishmandi edi. Tarix sahifalarida Suqrot, ya\u02bcni Sokrat to\u02bbg\u02bbrisida quyidagi ma\u02bclumotlarni uchratish mumkin. Sokrat \u2013 eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashab o\u02bbtgan qadimgi yunon faylasufi. U sofistlarning g\u02bboyalarini tanqid qilgan va yoshlar tarbiyasi masalasini targ\u02bbib etgan. Sokratning hayoti va ta\u02bclimoti haqidagi muhim ma\u02bclumotlar Ksenofont va Platon asarlari orqali bizgacha yetib kelgan va hokazo.[6]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclum bo\u02bbladiki, Alisher Navoiy nafaqat Suqrot to\u02bbg\u02bbrisida ayon bo\u02bblgan ma\u02bclumotlardan xabardor, balki uning falsafiy g\u02bboyalaridan ham yetarlicha tasavvurga ega bo\u02bblgan chinakam ziyoli va o\u02bbz davridagi ulug\u02bb bir shaxs. Albatta, bunday bilim va zakovat har qanday odamga ham muyassar bo\u02bblavermaydi. Buning uchun nafaqat iqtidor va g\u02bbayrat-kuch va yana qancha piru ustozlar va azaliy taqdir marhamati ham darkor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diqqatingizni dostonning ushbu misralariga qarating:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026 Ikkinchi Ahramang\u02bba aylabon kin,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jahonni qilg\u02bbonim qon birla rangin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu masnaviydan shu ayon bo\u02bbladiki, hatto birgina \u201cAhraman\u201d so\u02bbzidan hisob olganimizda ham, qadimgi forsiy va turkiy xalqlarning ulug\u02bb merosi sanalmish \u201cAvesto\u201d kitobi, undagi voqealar va qahramonlardan, asosiy g\u02bboya va syujet tizimlaridan Alisher Navoiy juda yaxshi xabardor bo\u02bblganini bilish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, hazratning \u201cAvesto\u201d va \u201cShohnoma\u201d singari kitoblarni, O\u02bbrta Osiyo, Eron va Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti, dini, tili, urf-odatlari, dunyoqarashi va turli ma\u02bcrifiy, ma\u02bcnaviy tajribasi-yu hayotiy tasavvurlarini juda yaqindan bilishining guvohi bo\u02bblamiz. Bunday sifat va holatlarni biz \u201cXamsa\u201dga kirgan dostonlar mutolaasi davomida qayta va qayta ko\u02bbrib, yana amin bo\u02bblamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cJahonni qon birla rangin qilgan Ahraman\u201d so\u02bbzlarini o\u02bbqib, biz albatta \u201cAvesto\u201ddagi ayrim narsalarni yana yodga olgimiz keladi. Ma\u02bclumki, \u201cAvesto\u201dda olam ikki asos \u2013 ibtidoning, ya\u02bcni yorug\u02bblik va qorong\u02bbulikning, yaxshilik va yomonlikning to\u02bbxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik tarqatuvchi va uni o\u02bbzida ifodalovchi \u2013 Axuramazda ezgulik ramzi bo\u02bblib, u osmonda; yomonlik va buzg\u02bbunchilikni ifodalovchi \u2013 Ahraman esa yovuzlik ramzi bo\u02bblib, yer ostida, zulmat va qorong\u02bbulikda. Yer sathi \u2013 kurash maydoni. Hayotdagi turli o\u02bbzgarishlar qaysi kuchlarning g\u02bbalaba qilishiga bog\u02bbliq. Mantiqan shu sababdan inson, tana va ruhning qarama-qarshiligidan, inson axloqi esa yaxshi va yomon xulq \u2013 odatlarning olishuvidan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi o\u02bbrinlarda, yuqorida biz ta\u02bckidlayotgan antik davr mavzusi yuzasidan yana boshqa tarixiy shaxslar va ularga taalluqli bo\u02bblgan tarixiy ishlar tasvirlariga duch kelamiz. To\u02bbg\u02bbri, Alisher Navoiy tarixiy voqeliklarga badiiy libos kiygizadi va ularni o\u02bbz tasavvuri va ilhom yog\u02bbdusi bilan birgalikda olib, ijod qudrati yordamida barcha namoyon bo\u02bblgan ranglari bilan tasvirlab, bizga taqdim etadi. Lekin, albatta, ular qatida ma\u02bclum darajada hikoya uchun asos bo\u02bblgan tarixiy real voqelik va haqiqat surati ham mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana Alisher Navoiy hazratlari tomonidan bitilgan she\u02bcriy satrlarga murojaat qilamiz:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinch Iskandari Rumiy tilismin<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ki ochtim teng qilib yer birla jismin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bo\u02bblub to\u02bbrtunch Arastug\u02bba raqamkash,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ki g\u02bbori ichra kirdim ajdahovash.[7]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uzoq zamonlardan buyon bizga meros bo\u02bblib qolgani yo toshdan bunyod bo\u02bblgan binolar, yo tuproq \u2013 zamin va yo tog\u02bb-toshlar ichidagi g\u02bborlar. Shuningdek, olis o\u02bbtmishdan bizga bo\u02bby cho\u02bbzgan buyuk siymolar. Ulardan biri esa Sharqda Arastu deb nom olgan o\u02bbsha barchaga ma\u02bclum \u2013 Aristotel. Alisher Navoiy bunday buyuk shaxslarni tilga olmasdan o\u02bbta olmas edi. Hazrat o\u02bbz tasvirlarining ishonchli va haqiqatmonand bo\u02bblishi uchun ham Arastuni tilga oladi va bu yorqin siymoni ataylab boshqa tarixiy siymolardan ajratib, eng keyingi navbatda tilga oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, Alisher Navoiyga Arastu to\u02bbg\u02bbrisidagi tarixiy dalillar yetarlicha ma\u02bclum bo\u02bblgan. Albatta, o\u02bbzidan oldin o\u02bbtgan yuzlab podsholar va buyuk zotlar, aziz avliyolar tarixini bilgan va tarix sahifalariga raqam qilgan Alisher Navoiydek buyuk bir shaxs qadimgi antik davrni bilmaydi, desak, qattiq yanglishgan bo\u02bblamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arastu \u2013 miloddan avvalgi 384-322 yillarda yashab o\u02bbtgan, u qadimgi yunon falsafasi va fani taraqqiyotida yangi bir davr yaratgan buyuk mutafakkir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cXamsa\u201ddagi \u201cSaddi Iskandariy\u201d dostonining 81-bobi sarlavhasida ma\u02bclum kundalik maishiy hayot voqealarining tartibi, ma\u02bclum udum va an\u02bcanalar bayoni o\u02bbz aylanish davomiyligi va ketma-ketligida tasvir qilinadi. Alisher Navoiy qalamga olgan aza rasm-rusumlari ushbu tarzda beriladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cYetti hakimning Ckandar onasig\u02bba azo yetkurgali kelmaklari\u2026 \u201d<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026Alar chunki bir lahza topib sukun,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Filotun dedi borchasidin burun\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026Tugatgach Filotun dono payom,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayon qildi Suqrot mundoq kalom\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026Tugandi chu Suqrotning hikmati,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yetishti Balinosning navbati\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026 Balinos chun so\u02bbzni qildi ado,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana etti Buqrot so\u02bbz ibtido.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026Chu Buqrot harfig\u02bba itmom edi,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Duo birla donanda Xurmus dedi\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026Chu Xurmus dedi so\u02bbz, bo\u02bblub xokbo\u02bbs,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ravon boshladi nukta Farfunyus.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026Chu Farfunyus etti irshodini<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arastu qilib nukta bunyodini\u2026[8]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbrib turganingizdek, bunday og\u02bbir damlardagi Sharqona sukut, Sharqqa xos odob va amal tushunchasi, azadorlar oldiga qadam ba qadam, bir necha mo\u02bbysafidning tashrifi\u2026 Yupanch uchun ohista aytilayotgan so\u02bbzlar, kalomlar\u2026 Aslida bu syujet antik davr voqeligining ijodkor tasavvurida qayta jilolanishi bo\u02bblib, bunday tasavvurlar balki rost, balki ro\u02bbyodir. Lekin shu narsa ayonki, bu syujet \u2013 Alisher Navoiydek buyuk shoirning ijod to\u02bbqimasi, xayolidagi reallik, tarixiy haqiqat lahzalarining badiiy nazm qilinishi\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday olib qaraganda, hazrat Navoiydek atrofdagi voqeliklarga o\u02bbzini mas\u02bcul sanagan shaxsning chinakam ijodiy faollik manbasi, uning dunyoviy-ijtimoiy va ilohiy-diniy ehtiyojlaridan, Sohibqiron va temuriylar saltanatining yorug\u02bb olamdagi ahamiyatini chuqur tushunganidan, zalvorli mulohazalaridan kelib chiqqan emasmi?! Ul zoti sharifning tarix, abadiyat oldidagi chekkan aziyati, munojoti emasmi?!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[1] Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent-1986. \u201cFarhod va Shirin\u201d. XIX- bob. 92-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[2]Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent-1986. \u201cFarhod va Shirin\u201d. XIX bob. 93-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[3] O\u02bbsha asar. 94-bet<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[4] O\u02bbsha asar. 92-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[5] Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent-1986. \u201cFarhod va Shirin\u201d. XIX bob . 92-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[6] O\u02bbzbek sovet ensiklopediyasi. 10-jild. 218-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[7] Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent-1986. \u201cFarhod va Shirin\u201d. XIX bob. 147-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[8]Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent-1986. \u201cSaddi Iskandariy\u201d. LXXXI bob. 396-398 \u2013 betlar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nuriddin YUSUPOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alisher Navoiy o\u02bbz asarlarida antik faylasuflarning nomlarini keltirib, ularning ilmiy jasoratini bayon etadi. Ma\u02bclum bo\u02bbladiki, hazrat antik davrda yashab o\u02bbtgan olim va ulamolarning ilmu hunarlaridan, fan va ixtirolaridan yetarlicha voqif bo\u02bblgan, ular to\u02bbg\u02bbrisidagi kitoblarni shubhasiz ko\u02bbp o\u02bbqigan. Misol uchun, \u201c \u2026 Ki aylab to\u02bbrt yuz dono bilan jahd, Alardin har bir Aflotung\u02bba hamahd\u201d. \u2013 masnaviysi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13835,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ALISH\u0415R NAVOIYNING \u201cXAMSA\u201d ASARIDA TASVIRLANGAN ANTIK DAVR OLIMLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ALISH\u0415R NAVOIYNING \u201cXAMSA\u201d ASARIDA TASVIRLANGAN ANTIK DAVR OLIMLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Alisher Navoiy o\u02bbz asarlarida antik faylasuflarning nomlarini keltirib, ularning ilmiy jasoratini bayon etadi. Ma\u02bclum bo\u02bbladiki, hazrat antik davrda yashab o\u02bbtgan olim va ulamolarning ilmu hunarlaridan, fan va ixtirolaridan yetarlicha voqif bo\u02bblgan, ular to\u02bbg\u02bbrisidagi kitoblarni shubhasiz ko\u02bbp o\u02bbqigan. Misol uchun, \u201c \u2026 Ki aylab to\u02bbrt yuz dono bilan jahd, Alardin har bir Aflotung\u02bba hamahd\u201d. \u2013 masnaviysi &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-02-10T04:52:23+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/antik.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"463\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"347\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz\",\"name\":\"ALISH\u0415R NAVOIYNING \u201cXAMSA\u201d ASARIDA TASVIRLANGAN ANTIK DAVR OLIMLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/antik.jpg\",\"datePublished\":\"2021-02-10T04:52:23+00:00\",\"dateModified\":\"2021-02-10T04:52:23+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/antik.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/antik.jpg\",\"width\":463,\"height\":347},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ALISH\u0415R NAVOIYNING \u201cXAMSA\u201d ASARIDA TASVIRLANGAN ANTIK DAVR OLIMLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ALISH\u0415R NAVOIYNING \u201cXAMSA\u201d ASARIDA TASVIRLANGAN ANTIK DAVR OLIMLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ALISH\u0415R NAVOIYNING \u201cXAMSA\u201d ASARIDA TASVIRLANGAN ANTIK DAVR OLIMLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Alisher Navoiy o\u02bbz asarlarida antik faylasuflarning nomlarini keltirib, ularning ilmiy jasoratini bayon etadi. Ma\u02bclum bo\u02bbladiki, hazrat antik davrda yashab o\u02bbtgan olim va ulamolarning ilmu hunarlaridan, fan va ixtirolaridan yetarlicha voqif bo\u02bblgan, ular to\u02bbg\u02bbrisidagi kitoblarni shubhasiz ko\u02bbp o\u02bbqigan. Misol uchun, \u201c \u2026 Ki aylab to\u02bbrt yuz dono bilan jahd, Alardin har bir Aflotung\u02bba hamahd\u201d. \u2013 masnaviysi &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-02-10T04:52:23+00:00","og_image":[{"width":463,"height":347,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/antik.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz","name":"ALISH\u0415R NAVOIYNING \u201cXAMSA\u201d ASARIDA TASVIRLANGAN ANTIK DAVR OLIMLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/antik.jpg","datePublished":"2021-02-10T04:52:23+00:00","dateModified":"2021-02-10T04:52:23+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/antik.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/antik.jpg","width":463,"height":347},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=13838&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ALISH\u0415R NAVOIYNING \u201cXAMSA\u201d ASARIDA TASVIRLANGAN ANTIK DAVR OLIMLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/13838"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=13838"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/13838\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13840,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/13838\/revisions\/13840"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/13835"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=13838"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=13838"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=13838"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}