{"id":11950,"date":"2020-09-11T12:09:17","date_gmt":"2020-09-11T07:09:17","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=11950"},"modified":"2020-09-11T12:09:17","modified_gmt":"2020-09-11T07:09:17","slug":"jahon-oro-begim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950","title":{"rendered":"JAHON ORO BEGIM"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, ulkan shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Movarounnahr tarixida o\u2019chmas iz qoldirgan, Afg\u2019oniston va Hindistonda esa bir necha asrga tatigulik burilish yasagan. U Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos soldi va tarqoq mamlakatning siyosiy birligini ta\u2018minladi, uning gullab-yashnashi uchun asrlar osha ijobiy ta\u2018sir ko\u2019rsatdi. Bu davlatning nisbatan uzoq hukmronlik qilishi va katta qudratga erishuvida, faqat hukmdorlarning qattiqqo\u2019l boshqaruvi bilangina emas, balki dono va oqila malikalarning o\u2019rni ham beqiyos bo\u2019lgan. Mazkur malikalar qatorida Boburiy hukmdor qizlar, shuningdek, xonadonga qalliq sifatida kelganlar nomlarini ham birdek tilga olish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jahon Oro Begim Shoh Jahonning Mumtoz Mahaldan tug\u2019ilgan farzandlarining ikkinchisi bo\u2019lib, uning birinchi to\u2019ng\u2019ich farzandi Chamaniy ismli qizi bo\u2019lgan. Jahon Oro begim 1614-yilda Ajmor viloyatiga qilingan navbatdagi safarlardan birida tug\u2019ilgan. Chaqaloqligidanoq uning tarbiyasi bilan onasi Arjumandbonuning o\u2019zi shug\u2019ullangan va qizining har tomonlama chuqur bilim olishi uchun barcha sharoit yaratib berilgan. U to\u2019qqiz yoshga to\u2019lgandayoq atrofida bo\u2019layotgan voqea-hodisalarni mustaqil tahlil qilib, ulardan mantiqiy xulosalar chiqara olar edi. Shuning uchun bo\u2019lsa kerak, otasi shahzoda Xurram va bobosi Jahongirshoh o\u2019rtasida bo\u2019lib o\u2019tgan mojaro va nizolarga yetuk inson nazari bilan qarar va bu ishlarda kimning qo\u2019li borligini, kim nohaq ekanini faxmlashga uringan. Otasiga cheksiz e\u2018tiqod nazari bilan qarar, uning barcha muvafaqqiyatlaridan quvonar, omadsizlikdan esa iztirob chekar edi. Balog\u2019at yoshigacha otasi unga o\u2019g\u2019illari qatorida muomala qilar edi. Ularga ov sarguzashtlaridan, yovvoyi hayvonlarning fe\u2018l-atvoridan, harbiy yurishlarda ro\u2019y bergan qiziq voqealardan hikoyalar so\u2019zlab berar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Onasi Arjumandbonu unga ilohiyot ilmidan, enagasi Sattiniso esa musiqa ilmidan saboq bergan. Shuningdek, Jahon Oro kamonbozlik va chavandozlikni yaxshi o\u2019zlashtirishga harakat qilardi. U tabiatan serg\u2019ayrat va jasur qiz bo\u2019lib, bo\u2019shang yigitlarni yoqtirmas edi. Yumshoq tabiat kichik amakisi shahzoda Parvez haqida so\u2019z ketguday bo\u2019lsa, \u201cAnavu bo\u2019sh-bayo\u2019v amaki\u201d, deb so\u2019zlagan ekan. Shijoatli va shaddodligiga qaraganda, katta ammasi Nur Jahonga xos farmonbardorlik xislatlari ko\u2019zga tashlanib turadi. U o\u2019n ikki yoshga yetganda saroyda bo\u2019layotgan voqealarni, arkoni davlat va shahzodalar o\u2019rtasidagi ko\u2019zga ko\u2019rinmas nizolar va raqobatni faxmlab olish qobiliyatiga ega bo\u2019lib qolgan. Bu mojarolardan otasining to\u2019g\u2019ri yo\u2019l tutayotganiga va albatta haq bo\u2019lib chiqishiga ishonch ko\u2019zi bilan qarar, bunga hech shubha qilmas edi. Shuning uchun ham otasiga juda sadoqatli va mehri baland bo\u2019lgan. Otasi shahzoda Xurram podshoh bobosi Jahongirshohning adolatsizligiga qarshi isyon ko\u2019targan. O\u2019shanda ikkinchi bobosi (onasining otasi) bosh vazir Asafxon Kashmir sayohatiga olib borish bahonasi bilan shahzoda Xurramning bolalarini garovga olib ketish maqsadida kelgan. Jahon Oro bobosining yomon niyatda kelganini darrov fahmlab otasisiz hech qayoqqa bormasligini aytgan va bobosining sovg\u2019alariga qayrilib ham qaramagan. Jahon Oro yoshligidanoq onasining sodiq yordamchisi bo\u2019lgan. Ukalari Doro Shukuh, Shoh Shujo, Avrangzeb va Murodbaxshlarga ko\u2019p g\u2019amxo\u2019rlik qilar, ayniqsa, Avrangzebga nisbatan alohida mehr ko\u2019zi bilan qarar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Otasi Shoh Jahon taxtga chiqqanda Jahon Oro o\u2019n to\u2019rt yoshda edi. Otasining farmoniga binoan onasi Mumtoz Mahalga yiliga bir million, Jahon Oroga esa olti yuz ming rupiy miqdorda maosh tayinlangan bo\u2019lib, otasi sevimli qizini dur-u javohirlarga ko\u2019mib tashlagan. Onasining vafotidan keyin esa otasining barcha boyliklari Jahon Oroning ixtiyoriga berilgan. Podshoh otasi harbiy yurishlarga ketganda u onasi Mumtoz Mahal Begim bilan birgalikda saltanatdagi ishlarning borishini nazorat qilar, saroyga kelgan mehmonlar va rasmiy vakillarning ayollarini kutib olar, ularning ko\u2019ngil ochishlari uchun turli tadbirlar belgilar edi. Ularni risoladagidek sovg\u2019a-salomlar bilan siylab kuzatib qo\u2019yish vazifasi ham uning zimmasida bo\u2019lgan. Bu ishlarni hal etishda u o\u2019zining nihoyatda tadbirkor va uddaburonligini namoyish qilar edi. Onasi vafot etganda Jahon Oro o\u2019n yetti yoshda bo\u2019lib, o\u2019shanda qattiq iztirobga tushgan podshoh otasi sakkiz kungacha tuz totmay, huzuriga hech kimni yo\u2019latmay aza tutgan vaqtda boshiga og\u2019ir musibat tushgan otasining huzuriga Jahon Oro birinchi bo\u2019lib kiradi va uni yupatib, ko\u2019ngliga taskin bergan va biron narsa tamaddi qilishga ko\u2019ndiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bundan buyon Jahon Oro saltanat ishlarini boshqarishda otasining yaqin hamrohi va ishonchli maslahatgo\u2019yiga aylanib qolgan edi. Uning ma\u2019muriy ishlarni hal etishdagi adolatli tadbirlari tufayli saroy ayonlari orasida obro\u2019-e\u2018tibori va mavqei juda ko\u2019tarilib ketgan. Jahon Oro begim mamlakatning gullab-yashnashi uchun katta hissa qo\u2019shgan malikalardan biridir. Mamlakatda obodonchilik, me\u2018morchilik va hayriya ishlari uchun mablag\u2019larni ayamay sarflar, shu bilan birga o\u2019zi ham ijodiy ish bilan mashg\u2019ul bo\u2019lgani va \u201cRisolayi Sohibiya\u201d (\u201cDo\u2019stlik haqida risola\u201d) nomli asar yozib qoldirgani ma\u2018lum . Binobarin, Agrada qurilgan jome masjidining tarxi (loyiha) Jahon Oro begimning qalamiga mansubdir. Lohurda esa orombaxsh katta bog\u2019 bunyod ettirdi. Jahon Oro begim mamlakatdagi g\u2019arib-g\u2019urabo va faqirlarga moddiy yordam uyushtirib, kambag\u2019allar uchun uy-joy qurdirdi. Shuningdek, Kashmirda \u201cPari Mahal\u201d (\u201cParilar saroyi\u201d) nomli ajoyib bog\u2019 barpo qildi, Shahdxonobodda Alimarlonxon arig\u2019ini qazdirib, naqshkor hovuz qurdirdi. U Dehli, Surat, Ambola, Behal va Panipat shaharlarida karvonsaroylar qurdirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">1658-yili taxt talashgan Avrangzeb Olamgir o\u2019z akasi Doro Shukuhni mag\u2019lubiyatga uchratib, ukasi Murod Baxshni zindonga tashlaydi. Bemor, xasta otasi Shoh Jahonni hibsga olib, Agradagi \u201cQizil qal\u2018a\u201d nomli saroyda nazoratda saqlaydi. Ukasi Avrangzebning xatti-harakatlaridan norozi bo\u2019lgan Jahon Oro begim mamlakatni aka-ukalar o\u2019rtasida taqsimlashni, jumladan, Doro Shukuhga-Panjobni, Murod Baxshga-Gujarotni, Shoh Shujoga-Bangolni, Avrangzebning (katta o\u2019g\u2019li zindonda edi) Muhammad Sultonga-Dekanni bo\u2019lib berishni maslahat beradi. Ammo, Avrangzeb bu taklifni qabul qimaydi. Ota-bola, aka-ukalar va do\u2019stlar orasiga tushgan nizo va ularning fojiali qismati Jahon Oro begimni qattiq iztirobga soladi. Dilxasta malika dunyo ishlaridan qo\u2019l yuvib, mahbuslikda kun kechirayotgan xasta otasiga xizmat qilish bilan o\u2019ziga taskin beradi.\u00a0 U 1658-yildan to 1666-yilgacha \u201cQizil qal\u2018a qasrida mahbuslikda yotgan otasi Shoh Jahonning xizmatida bo\u2019ladi. 1666-yilda Shoh Jahon mahbuslikda, g\u2019aribona, ayanchli ahvolda, o\u2019z sevikli yori Mumtoz Mahal uchun qurdirgan Toj Mahal maqbarasidan ko\u2019z uzolmay, qizi Jahon Oro begim qo\u2019lida hayotdan ko\u2019z yumadi. Jahon Oro begim garchi shoh qizi bo\u2019lsa-da, tabiatan kamtar va oliy himmatliligi tufayli boylik hamda shon-shuhratga qiziqmagan. U 1681-yilda oltmish yetti yoshida vafot etdi. Uni Dehlidagi Zarzari Baxsh qabristoniga dafn etadilar. Har holda, o\u2019zining vasiyatiga muvofiq bo\u2019lsa kerak, qabriga qo\u2019yilgan oddiy qabr toshiga shunday bayt yozilgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ba g\u2019ayri sabza napo\u2019shad kase mazori maro,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ki qabrpo\u2019shi g\u2019aribon-hamin giyoh bas ast.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mazmuni: \u201cyashil maysadan o\u2019zga hech kim qabrimni yopmasin, toki g\u2019ariblar qabrini yopmoq uchun shu giyohning o\u2019zi kifoyadir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ayollarning davlat boshqaruvida ishtirok etishi, eng yuqori mansablarning ishonib topshirilishi, ularning haqiqatda kuchli fazilatlarga ega bo\u2019lganliklaridan dalolat beradi. Eng kuchli davlat hisoblangan Chingiziylar davrida ham ayol hukmdorlar bo\u2019lganini ko\u2019rmaymiz. Boburiylar hukmronligi davrida\u00a0 ayollarga o\u2019ziga xos izzat ikrom ko\u2019rsatilgan, davlat boshqaruvi darajasidagi lavozimlarni ishonib topshirilgan. Jahon Oro begim o\u2019zining aql-zakovati va chuqur mulohazakorligi bilan boshqa malikalardan ajralib turgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. &#8211; T.: Yangi asr avlodi, 2015.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u0423\u0440\u043e\u043b\u043e\u0432 \u0410., \u0421\u0430\u0444\u0430\u0440\u043e\u0432 \u041d. \u0411\u043e\u0431\u0443\u0440\u0438\u0439\u043b\u0430\u0440 \u0432\u0430 \u0431\u0443\u043d\u0451\u0434\u043a\u043e\u0440\u043b\u0438\u043a. &#8211; \u0421\u0430\u043c\u0430\u0440\u043a\u0430\u043d\u0434, 1995.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u041d\u0443\u0440\u0438\u0434\u0434\u0438\u043d\u043e\u0432 \u041c. \u0411\u043e\u0431\u0443\u0440\u0438\u0439\u043b\u0430\u0440 \u0441\u0443\u043b\u043e\u043b\u0430\u0441\u0438. &#8211; \u0422.: \u0424\u0430\u043d, 1994. \/ \u041a\u0443\u0434\u0440\u0430\u0442\u0443\u043b\u043b\u0435\u0432 \u0425. \u0411\u043e\u0431\u0443\u0440 \u0430\u0440\u043c\u043e\u043d\u0438. &#8211; \u0422.: \u0428\u0430\u0440\u049b, 2005.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u0425\u0430\u0439\u0440\u0438\u0434\u0434\u0438\u043d \u0421\u0443\u043b\u0442\u043e\u043d. \u0411\u043e\u0431\u0443\u0440\u0438\u0439\u043d\u043e\u043c\u0430. &#8211; \u0422.: \u0428\u0430\u0440\u049b, 1997.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u041a\u0443\u0434\u0440\u0430\u0442\u0443\u043b\u043b\u0435\u0432 \u0425. \u0411\u043e\u0431\u0443\u0440 \u0410\u0440\u043c\u043e\u043d\u0438. &#8211; \u0422.: \u0428\u0430\u0440\u049b, 2005.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u0421\u0430\u0442\u0438\u043c\u043e\u0432 \u0413. \u0411\u043e\u0431\u0443\u0440\u0438\u0439\u0437\u043e\u0434\u0430\u043b\u0430\u0440. &#8211; \u0422.: \u0428\u0430\u0440\u049b, 2016.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Google.uz.\/ ziyouz.\u0441om. Fayziyev \u0422. Temuriy malikalar.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Aziza SAMAROVA<\/strong><strong>,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">SamDU talabasi<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, ulkan shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Movarounnahr tarixida o\u2019chmas iz qoldirgan, Afg\u2019oniston va Hindistonda esa bir necha asrga tatigulik burilish yasagan. U Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos soldi va tarqoq mamlakatning siyosiy birligini ta\u2018minladi, uning gullab-yashnashi uchun asrlar osha ijobiy ta\u2018sir ko\u2019rsatdi. Bu davlatning nisbatan uzoq hukmronlik qilishi va katta qudratga erishuvida, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11951,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>JAHON ORO BEGIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"JAHON ORO BEGIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, ulkan shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Movarounnahr tarixida o\u2019chmas iz qoldirgan, Afg\u2019oniston va Hindistonda esa bir necha asrga tatigulik burilish yasagan. U Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos soldi va tarqoq mamlakatning siyosiy birligini ta\u2018minladi, uning gullab-yashnashi uchun asrlar osha ijobiy ta\u2018sir ko\u2019rsatdi. Bu davlatning nisbatan uzoq hukmronlik qilishi va katta qudratga erishuvida, &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2020-09-11T07:09:17+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/09\/bukhari_buxoriy_4.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950\",\"name\":\"JAHON ORO BEGIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/09\/bukhari_buxoriy_4.jpg\",\"datePublished\":\"2020-09-11T07:09:17+00:00\",\"dateModified\":\"2020-09-11T07:09:17+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/09\/bukhari_buxoriy_4.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/09\/bukhari_buxoriy_4.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"JAHON ORO BEGIM\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"JAHON ORO BEGIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"JAHON ORO BEGIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, ulkan shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Movarounnahr tarixida o\u2019chmas iz qoldirgan, Afg\u2019oniston va Hindistonda esa bir necha asrga tatigulik burilish yasagan. U Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos soldi va tarqoq mamlakatning siyosiy birligini ta\u2018minladi, uning gullab-yashnashi uchun asrlar osha ijobiy ta\u2018sir ko\u2019rsatdi. Bu davlatning nisbatan uzoq hukmronlik qilishi va katta qudratga erishuvida, &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2020-09-11T07:09:17+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/09\/bukhari_buxoriy_4.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950","name":"JAHON ORO BEGIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/09\/bukhari_buxoriy_4.jpg","datePublished":"2020-09-11T07:09:17+00:00","dateModified":"2020-09-11T07:09:17+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/09\/bukhari_buxoriy_4.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/09\/bukhari_buxoriy_4.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=11950#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"JAHON ORO BEGIM"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11950"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=11950"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11950\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11952,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11950\/revisions\/11952"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/11951"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=11950"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=11950"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=11950"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}