{"id":13708,"date":"2021-01-27T17:35:06","date_gmt":"2021-01-27T12:35:06","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?page_id=13708"},"modified":"2021-01-27T17:38:17","modified_gmt":"2021-01-27T12:38:17","slug":"markaz-haqida","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz","title":{"rendered":"MARKAZ HAQIDA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">QARORI<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO\u2018G\u02bbRISIDA<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u00abO\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u00bb 2017 yil 27 martdagi PQ-2855-son qarori ijrosini ta\u2019minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">1. Quyidagilar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi to\u2018g\u2018risida nizom 1-ilovaga muvofiq;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi o\u2018rinlarda Markaz deb ataladi) direktoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida o\u2018zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2. O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mita, O\u2018zbekiston musulmonlari idorasi, O\u2018zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti bir oy muddatda Markazga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini ko\u2018rsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">3. Jismoniy va yuridik shaxslardan ularda saqlanayotgan islom diniga oid qadimiy, noyob qo\u2018lyozma asarlarni xarid qilish maqsadida Markazda yuridik shaxs maqomiga ega bo\u2018lmagan maxsus jamg\u2018arma tashkil etilsin hamda xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek homiylik xayriyalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar uni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">4. Belgilab qo\u2018yilsinki:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz xodimlariga O\u2018zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to\u2018lash va moddiy rag\u2018batlantirish shartlari qo\u2018llaniladi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">jismoniy va yuridik shaxslardan ularda saqlanayotgan islom diniga oid qadimiy, noyob qo\u2018lyozma asarlarni xarid qilish, shuningdek ularni baholash maqsadida Markazda sohaga oid malakali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhi tuziladi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">jismoniy va yuridik shaxslarda saqlanayotgan islom diniga oid qadimiy, noyob qo\u2018lyozma asarlar O\u2018zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mita tomonidan Markaz bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan nizomga asosan xarid qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">5. O\u2018zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo\u2018yicha davlat qo\u2018mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mita jismoniy va yuridik shaxslarda saqlanayotgan islom diniga oid qadimiy, noyob qo\u2018lyozma asarlar xarid qilinishini ta\u2019minlash uchun Markazning maxsus jamg\u2018armasiga xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag\u2018larining doimiy ravishda jalb qilinishini ta\u2019minlasin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">6. O\u2018zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">har yili O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirishda Markazni saqlab turishga zarur mablag\u2018larni nazarda tutsin;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markazga biriktirilgan 1 ta avtotransport vositasiga limit ajratsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta\u2019lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Toshkent sh.,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2017 yil 10 iyul,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">483-son<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 iyuldagi 483-son qaroriga<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">1-ILOVA<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi to\u2018g\u2018risidagi<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">NIZOM<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">1-bob. Umumiy qoidalar<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">1. Ushbu Nizom O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining (keyingi o\u2018rinlarda Markaz deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2. Markaz musulmon dunyosi buyuk mutafakkirlarining boy merosi, ularning jahon sivilizasiyasi rivojiga qo\u2018shgan bebaho hissasi va ilm-fan taraqqiyotida tutgan o\u2018rnini chuqur tadqiq etish va keng targ\u2018ib qilish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo munosabatlarda bag\u2018rikenglik, o\u2018zaro hurmat, tinch-totuv hayotga intilish kabi islom dinining asl qadriyatlari va madaniyatini to\u2018g\u2018ri anglash va ularga sadoqat ruhida tarbiyalash, xalqaro miqyosdagi hamkorlik va o\u2018zaro muloqotni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">3. Markaz o\u2018z faoliyatida O\u2018zbekiston Respublikasi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/20596\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Konstitusiyasi<\/a> va qonunlariga, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">4. Markaz o\u2018z faoliyatini Islom hamkorlik tashkiloti, Ta&#8217;lim, fan va madaniyat masalalari bo\u2018yicha Islom tashkiloti (ISESCO), O\u2018zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O\u2018zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta&#8217;lim vazirligi, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mita, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti, O\u2018zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi, Imom Buxoriy xalqaro markazi, xorijiy mamlakatlardagi islom tadqiqotlari ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o\u2018zaro hamkorlikda amalga oshiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">5. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O\u2018zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G\u2018aznachiligida shaxsiy g\u2018aznachilik hisobvaraqlariga, O\u2018zbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan xorijiy valyutadagi depozit hisob raqamlariga, shuningdek O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o\u2018z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">6. Markazning to\u2018liq nomi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">davlat (o\u2018zbek) tilida \u2014 O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">rus tilida \u2014 Mejdunarodniy nauchno-issledovatel&#8217;skiy sentr Imama Buxari pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">ingliz tilida \u2014 Imam Bukhari International Scientific Research Center under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">arab tilida \u2014 \u0645\u0631\u0643\u0632 \u0627\u0644\u0627\u0645\u0627\u0645 \u0627\u0644\u0628\u062e\u0627\u0631\u064a \u0627\u0644\u062f\u0648\u0644\u064a \u0644\u0644\u0628\u062d\u0648\u062b \u0627\u0644\u0639\u0644\u0645\u064a\u0629 \u0644\u062f\u0649 \u0645\u062c\u0644\u0633 \u0648\u0632\u0631\u0627\u0621 \u062c\u0645\u0647\u0648\u0631\u064a\u0629 \u0623\u0648\u0632\u0628\u0643\u0633\u062a\u0627 \u0646 .<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">7. Markazning joylashgan joyi (pochta manzili): Samarqand viloyati, Payariq tumani, Xoja Ismoil qishlog\u2018i, 141306.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">hadis ilmining rivojiga beqiyos hissa qo\u2018shgan vatandoshimiz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlarning ulkan ilmiy va diniy merosini o\u2018rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish orqali xalqimiz va jahon jamoatchiligi o\u2018rtasida keng targ\u2018ib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">islom sivilizasiyasining umuminsoniy qadriyatlarini, jumladan xalqimiz ma&#8217;naviyati va madaniyati rivojida tutgan o\u2018rni va ahamiyatini o\u2018rganish, ularning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonida dunyoda, mintaqa va mamlakatimiz hayotida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning ma&#8217;rifiy-madaniy rolini va rivojlanish yo\u2018nalishlarini ilmiy asosda o\u2018rganish va keng jamoatchilikka yetkazish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarimizning ijodiy merosiga oid hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo\u2018lgan qo\u2018lyozma, toshbosma asarlarning elektron nusxalarini to\u2018plash va ularni kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlarini belgilash va amalga oshirish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">islom madaniyati va sivilizasiyasini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag\u2018ishlangan konferensiyalar, simpoziumlar, ko\u2018rgazmalar va ilmiy ma&#8217;ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma&#8217;rifiy tadbirlar tashkil etish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">islom diniga oid ilmiy, tarixiy-madaniy va ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy meros salohiyatini, shu jumladan qo\u2018lyozmalar va arxiv fondlarida saqlanayotgan manbalarni hisobga olgan holda, chuqur o\u2018rganish va tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, al&#8217;bomlar, ilmiy-ommabop hujjatli fil&#8217;mlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida, xususan Internetda e&#8217;lon qilishni tashkil etish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ta&#8217;lim, fan va madaniyat masalalari bo\u2018yicha islom tashkiloti (ISESCO) va mazkur sohada xorijiy davlatlarda tashkil etilgan markazlar bilan islom tarixi, falsafasi, huquqi, manbashunosligi va madaniyati yuzasidan ilmiy loyihalar, xalqaro hamkorlikdagi tadqiqotlarni amalga oshirish va uning natijalarini nashr etish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">islom tarixi va madaniyati yo\u2018nalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda ularning kasbiy mahoratini oshirish bo\u2018yicha ilmiy-amaliy va metodik o\u2018qishlar tashkil etish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u00abJaholatga qarshi \u2014 ma&#8217;rifat\u00bb g\u2018oyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan asossiz xurujlarning oldini olish, shuningdek diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, ekstremizm, missionerlik, soxta tariqatlar va jamoalarning maqsadlari, g\u2018oyaviy-aqidaviy negizlari, zamonaviy ko\u2018rinishlari va faoliyat usullarini o\u2018rganish va ularga qarshi kurashning ilmiy-ma&#8217;rifiy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotda qo\u2018llash uchun tavsiya etish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">9. Markaz o\u2018ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">islom dinining mohiyati va ilmlarini tarqatadi, barqaror dinlararo va millatlararo bag\u2018rikenglik, do\u2018stlik, ahillik, o\u2018zaro hurmat va hamfikrlilik qadriyatlarini keng ommaga yetkazishga ko\u2018maklashadi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">islom dunyosining buyuk muhandis va allomasi Imom Buxoriyning ilmiy-ma&#8217;naviy merosini, ijodiy faoliyati va shaxsiyati bilan bog\u2018liq ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy merosini yoshlar orasida keng targ\u2018ib qiladi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom hamkorlik tashkilotiga a&#8217;zo mamlakatlar olimlari ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan xayriya tashkilotlari bilan ilmiy-amaliy aloqalar o\u2018rnatadi va rivojlantiradi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">o\u2018rta asrlarda o\u2018tgan islom ulamolari va mutafakkirlarining hadisshunoslik, kalom (ilohiyot ilmi), fiqh (islom huquqi) va islom tarixi yo\u2018nalishlari bo\u2018yicha diniy-ma&#8217;naviy merosini yanada chuqurroq tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshiradi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">o\u2018rta asr musulmon olimlarining tabiiy va aniq fanlar yo\u2018nalishidagi ilmiy merosini, shuningdek matematika, astronomiya, mineralogiya, geografiya, falsafa, mantiq fanlariga oid asarlarini tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshiradi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">hadis to\u2018plamlarini ishlab chiqish, ko\u2018p jildlik islom qomusini yaratish, islom dunyosining madaniy atlasini, Markaz elektron kutubxonasini tashkil etishga oid loyihalarni amalga oshiradi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">islom dunyosining ma&#8217;naviy tarixi bo\u2018yicha va islom manbalarini tasnif qilish bo\u2018yicha loyihalarni amalga oshiradi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">islom hamkorlik tashkilotiga a&#8217;zo mamlakatlarda saqlanayotgan islomga oid nodir yodgorliklarni ommalashtirishga bag\u2018ishlangan loyihalarni amalga oshiradi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">boy madaniy va ma&#8217;naviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlar uyg\u2018un ravishda tadqiq etilishini tashkil qilish orqali uning natijalarini ta&#8217;lim-tarbiya jarayonida qo\u2018llash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam ko\u2018rsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">10. Markaz o\u2018ziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda va o\u2018z vakolatlari doirasida xorijiy tashkilotlar bilan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri aloqa o\u2018rnatish va o\u2018zaro hamkorlik to\u2018g\u2018risida shartnomalar va boshqa hujjatlarni imzolash;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy ta&#8217;lim muassasalarining ilmiy, diniy-ma&#8217;naviy qadriyatlarni tadqiq etish yo\u2018nalishidagi tajribasini o\u2018rganish hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o\u2018rnatish va ilmiy hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yishda yordam berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish asosida seminar-treninglar o\u2018tkazish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo\u2018yicha ma&#8217;lumotlarni olish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlarning faoliyatini o\u2018rganish bo\u2018yicha ilmiy va ekspert ishlarini amalga oshirish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar, xo\u2018jalik birlashmalari, ta&#8217;lim muassasalari va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan chet ellardan yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markazning byudjetdan tashqari mablag\u2018larini Markaz tomonidan o\u2018tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishga yo\u2018naltirish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">ijtimoiy tashabbuslar bilan chiqish va ushbu masalada tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">o\u2018z faoliyati to\u2018g\u2018risida axborot tarqatish va belgilangan tartibda byudjetdan tashqari mablag\u2018lar hisobidan matbaa va noshirlik faoliyatini amalga oshirish hamda mul&#8217;timediya mahsulotlarini chiqarish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">faoliyatiga aloqador bo\u2018lgan konferensiyalar, simpoziumlar, seminar-treninglar, ko\u2018chma majlislar tashkil qilish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida o\u2018z faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradigan ilmiy kengash tuzish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo\u2018lishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">11. Markaz quyidagilarga majbur:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">o\u2018ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta&#8217;minlash;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">o\u2018z faoliyati to\u2018g\u2018risida axborot bilan tanishish erkinligini ta&#8217;minlash;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga o\u2018z faoliyati to\u2018g\u2018risida hisobotlar taqdim etish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markazga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">12. Markaz faoliyatini qo\u2018llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo\u2018yicha Vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga ko\u2018maklashadi hamda Markaz faoliyatining asosiy yo\u2018nalishlarini belgilaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">boy madaniy va ma&#8217;naviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlarni uyg\u2018un ravishda tadqiq etish orqali uning natijalarini ta&#8217;lim-tarbiya jarayonida qo\u2018llash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam ko\u2018rsatish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy ta&#8217;lim muassasalarining ilmiy, diniy-ma&#8217;naviy qadriyatlarni tadqiq etish yo\u2018nalishidagi tajribasini o\u2018rganish hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o\u2018rnatish va ilmiy hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yishda yordam berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">konseptual tadqiqotlar dasturlari hamda ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qo\u2018llab-quvvatlash hamda homiylar mablag\u2018larini va tadqiqotlar jarayoniga chet ellardan soha mutaxassis olimlarini jalb etishda ko\u2018maklashish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">ilmiy-tadqiqot natijalari asosida ta&#8217;lim muassasalari o\u2018quv dasturlarini takomillashtirish, soha uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan kadrlarning mahalliy va xorijiy mamlakatlardagi nufuzli ilmiy tadqiqot muassasalarida tajriba orttirishini va malaka oshirishini tashkil etish, yuqori natijaga erishgan va faol tadqiqotchilarni rag\u2018batlantirish chora-tadbirlarini ko\u2018rish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Vasiylik kengashining majlisi Markazning rahbar organi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Majlis bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Markaz Vasiylik kengashi majlisining chaqirilishi hamda uning kun tartibi haqidagi ma&#8217;lumotlar majlis chaqiriladigan sanadan bir oy oldin e&#8217;lon qilinadi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">13. Vasiylik kengashining majlisi o\u2018z vakolatlari doirasida:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markazning faoliyat dasturi va yillik rejalarini tasdiqlaydi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Vasiylik kengashining majlisi kengashning kamida to\u2018rtdan uch qismi hozir bo\u2018lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Majlis qarori ishtirokchilarning yarmidan ko\u2018pining ovozi bilan qabul qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">14. Markazning kundalik faoliyatiga Markaz direktori rahbarlik qiladi. Markaz direktori O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">15. Markaz direktorining bir nafar o\u2018rinbosari bo\u2018ladi. Markaz direktori bo\u2018lmagan taqdirda uning funksiyasini direktor o\u2018rinbosari bajaradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">16. Direktor o\u2018z vakolatlari doirasida:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz nomidan buyruqlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, taqdim etiladigan tahliliy materiallar va hujjatlarning to\u2018liqligi uchun shaxsan javob beradi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">tarkibiy bo\u2018limlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, bo\u2018limlar xodimlari o\u2018rtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, yuklangan topshiriqlar bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarligi darajasini belgilaydi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">belgilangan tartibda Markaz xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz xodimlarining lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar belgilaydi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz faoliyatini takomillashtirish bo\u2018yicha takliflarni ishlab chiqadi va Vasiylik kengashi majlisi muhokamasiga kiritadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">5-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">17. Markaz o\u2018zining ko\u2018chmas va ko\u2018char mulkiga, pul mablag\u2018lariga, shu jumladan chet el valyutasidagi pul mablag\u2018lari, qimmatli qog\u2018ozlari va boshqa mol-mulkiga ega bo\u2018lishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">18. Markaz faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag\u2018lari;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom hamkorlik tashkilotiga a&#8217;zo davlatlardan tushgan ixtiyoriy badallar;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning jismoniy va yuridik shaxslaridan tushgan homiylik xayriyalari;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">6-bob. Yakunlovchi qoida<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">19. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 iyuldagi 483-son qaroriga<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2-ILOVA<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">TUZILMASI<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/lex.uz\/files\/4081805\" \/><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining xodimlari (texnik va xizmat ko\u2018rsatuvchi xodimlar bundan mustasno) soni \u2014 34 nafar.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlar qo\u2018shimcha ravishda shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Texnik va xizmat ko\u2018rsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan me&#8217;yorlar asosida aniqlanadi\u00bb.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">(Qonun hujjatlari ma&#8217;lumotlari milliy bazasi, 27.11.2018 y., 09\/18\/956\/2227-son)<\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO\u2018G\u02bbRISIDA O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u00abO\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u00bb 2017 yil 27 martdagi PQ-2855-son qarori ijrosini ta\u2019minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MARKAZ HAQIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MARKAZ HAQIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO\u2018G\u02bbRISIDA O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u00abO\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u00bb 2017 yil 27 martdagi PQ-2855-son qarori ijrosini ta\u2019minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-01-27T12:38:17+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"http:\/\/lex.uz\/files\/4081805\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz\",\"name\":\"MARKAZ HAQIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"http:\/\/lex.uz\/files\/4081805\",\"datePublished\":\"2021-01-27T12:35:06+00:00\",\"dateModified\":\"2021-01-27T12:38:17+00:00\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"http:\/\/lex.uz\/files\/4081805\",\"contentUrl\":\"http:\/\/lex.uz\/files\/4081805\"},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MARKAZ HAQIDA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MARKAZ HAQIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MARKAZ HAQIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO\u2018G\u02bbRISIDA O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u00abO\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u00bb 2017 yil 27 martdagi PQ-2855-son qarori ijrosini ta\u2019minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_modified_time":"2021-01-27T12:38:17+00:00","og_image":[{"url":"http:\/\/lex.uz\/files\/4081805"}],"twitter_card":"summary_large_image","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz","name":"MARKAZ HAQIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"http:\/\/lex.uz\/files\/4081805","datePublished":"2021-01-27T12:35:06+00:00","dateModified":"2021-01-27T12:38:17+00:00","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz#primaryimage","url":"http:\/\/lex.uz\/files\/4081805","contentUrl":"http:\/\/lex.uz\/files\/4081805"},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?page_id=13708&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MARKAZ HAQIDA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/13708"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=13708"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/13708\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13718,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/13708\/revisions\/13718"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=13708"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}