Home / FOTO LAVHALAR / Maʼnaviy tahdidlarga qarshi ilmiy asos: Navoiy innovatsiyalar universitetida muloqot

Maʼnaviy tahdidlarga qarshi ilmiy asos: Navoiy innovatsiyalar universitetida muloqot

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Navoiy viloyati boʻylab oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar turkumi Navoiy innovatsiyalar universitetida davom ettirildi.

Navbatdagi uchrashuvda Markaz ilmiy xodimi T.Evadullayev bugungi kunda yoshlar ongi va maʼnaviyatiga qilinayotgan xurujlar va ularga qarshi turishning ilmiy-maʼrifiy asoslari haqida soʻz yuritdi. Asosiy eʼtibor axborot xurujlari avj olgan hozirgi sharoitda talabalarda sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish va har qanday maʼlumotni tahliliy qabul qilish koʻnikmasini rivojlantirishga qaratildi.

Targʻibot tadbiri davomida jaholatga qarshi jaholat bilan emas, balki yuksak tafakkur va ilm-maʼrifat bilan kurashish lozimligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi. T.Evadullayev Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning mazmun-mohiyati, allomalarimizning boy merosi yosh avlod uchun mustahkam najot mayogʻi boʻlib xizmat qilishini alohida taʼkidlab oʻtdi. Darhaqiqat, uning nuriga intilganlar yoʻldan adashmaydi.

Muloqot yakunida yoshlar uchun ajdodlar merosi shunchaki faxrlanish vositasi emas, balki kundalik hayotda dasturulamal boʻlishi lozimligi qayd etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tadbirlar maqsadi – yoshlar hushyorligini yanada oshirish

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Navoiy viloyati boʻylab oʻtkazayotgan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar tizimi kengayib bormoqda. Navbatdagi …