Home / MAQOLALAR / TOBEIN MUHADDISLARNING MASLAKLARI 8-QISM

TOBEIN MUHADDISLARNING MASLAKLARI 8-QISM

Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Abu Laylo roziyallohu anhu

74/693-yilda tugʻilgan[1]. Shaʼbiy, Ato ibn Abu Raboh, Nofyeʼ roziyallohu anhum kabi ulamolardan hadis rivoyat qilgan[2].

Yusuf ibn Umar Saqafiy (r.a.) tomonidan Kufa qoziligiga tayin etilgan va unga oyiga yuz dirham maosh belgilangan[3].

148/765-yili 74 yoshida vafot etgan[4].

 

Ibn Jurayj roziyallohu anhu

80/699-yili tugʻilgan[5]. Otasi Ato ibn Abu Raboh, Maymuna bint Mehron, Nofyeʼ, Zuhriy roziyallohu anhum kabi kishilardan hadis naql qilgan[6]. Rivoyatlari “Kutubi sitta”, Ahmad ibn Hanbalning “Musnadi” va Tabaroniyning “Muʼjam” asarlaridan joy olgan[7].

Rivoyat qilingan hodisaga koʻra, bir kishi Ibn Jurayj (r.a.)dan savol soʻragan va savol soʻragan kishi unga pul bermoqchi boʻlgan, u esa bunga rozi boʻlgan[8]. Jurayj Ziyod ibn Saʼd (r.a.) bilan hamkorlik qilgani rivoyat qilinadi[9]. Shunga koʻra, u tijorat bilan shugʻullangan deb aytish mumkin.

150/767-yili Zulhijja oyida, 70 yoshida vafot etgan[10].

 

Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh

80/699-yili Kufada dunyoga kelgan. Anas ibn Molikni koʻrganiga doir rivoyatlar mavjud boʻlgani uchun tobeinlardan deb aytilgan. Ato, Nofyeʼ, Abdurahmon ibn Hurmuz, Adiy ibn Sobit, Amr ibn Dinar roziyallohu anhum kabi koʻplab kishilardan hadis tinglagan[11].

Abu Hanifa savdogarlik bilan shugʻullangan oilaga mansub boʻlib, oʻzi ham savdo bilan shugʻullangan, ilmiy hayotidan oldin mato savdosi bilan shugʻullangan. Hatto Kufada oʻziga tegishli doʻkoni boʻlgani rivoyat qilinadi. Ilm bilan mashgʻul boʻlgan vaqtida ham savdoni toʻliq tark etmagan, hamkorlari orqali savdoni davom ettirgan, butun hayoti davomida moddiy qiyinchilik koʻrmagan[12], oʻzini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun sarflagan miqdordagi mablagʻni sadaqa ham qilgan[13].

Abu Hanifa (r.a.) 150/767-yili Rajab oyida 80 yoshida vafot etgan[14].

 

Mmar ibn Roshid roziyallohu anhu

95 yoki 96/714-715-yili dunyoga kelgan. Qatoda ibn Diama, Amr ibn Dinor, Hammom ibn Munabbix, Zuhriy roziyallohu anhum kabi koʻplab ulamolardan hadis tinglagan[15].

Yamanda hadislarni tadvin qilgan birinchi shaxsdir[16].

Boshqalar nomidan turli shaharlarga borib savdo bilan shugʻullangan, mato sotib olib sotgan. Ushbu sayohatlari davomida koʻplab ulamolar bilan tanishgan va ulardan hadis naql qilgan[17]. Unga yuborilgan sovgʻalarni, hatto oziq-ovqatni ham qabul qilmagan[18].

153/770-yili Ramazon oyida[19], 57 yoki 58 yoshida vafot etgan.

 

Imom Avzoiy roziyallohu anhu

88/707-yili dunyoga kelgan. Ato ibn Abu Raboh, Rabiʼa ibn Yazid, Zuhriy, Muhammad ibn Ibrohim Taymiy, Yahyo ibn Abu Kasir, Muhammad ibn Siriyn roziyallohu anhum kabi ismlardan hadis naql qilgan[20].

Kichik yoshida yetim qolgani uchun onasining yonida qashshoqlikda yashagan. Dyevonda xizmat qilgan va shu vazifasi davomida Yamomaga yuborilgan va u yerda ilm oʻrgangan[21]. Yazid ibn Valid (r.a.) Avzoyini qozilikka tayinlagan, lekin u bu vazifadan ozod etilishini soʻragan[22]. Chegara himoyachisi boʻlish uchun Bayrutga ketgan[23]. Huzuriga hadis eshitishga kelganlarning bergan sovgʻalarini qabul qilmagan[24].

157/774-yili Bayrutda[25], 69 yoshida vafot etgan.

 

Sufyoni Savriy roziyallohu anhu

97/715-yili dunyoga kelgan[26]. “Kutubi sitta”da rivoyatlari mavjud boʻlgan Sufyon[27] otasi Zayd ibn Horis roziyallohu anhu kabi kishilardan hadis rivoyat qilgan[28].

Dastlab moddiy ahvoli yaxshi boʻlmagan Sufyon (r.a.)ning ilm safariga chiqadigan puli ham boʻlmagan[29]. Hatto Makkaga borish uchun bir karvonga xizmat qilgan va ularga non tayyorlashda yordam bergan. Ehtiyoji boʻlsa-da, unga qilingan yordamlarni va berilgan sovgʻalarni qabul qilmagan[30]. Keyinroq savdo bilan shugʻullangan, savdo maqsadida safarlar qilgan va moddiy jihatdan ahvoli yaxshilangan[31].

161/778-yili Basrada[32], 66 yoshida vafot etgan.

[1] Zirikliy. Aʼlom. J. 6. – B. 189.
[2] Zahabiy. Tarix. J. 3. – B. 967.
[3] Zahabiy. Siyar. J. 6. – B. 312
[4] Buxoriy. Tarix. J. 1. – B. 162.
[5] Zirikliy. Aʼlom. J. 4. – B. 160.
[6] Zahabiy. Tazkira. J. 1. – B. 128.
[7] Zahabiy. Siyar. J. 6. – B. 332.
[8] Zahabiy. Siyar. J. 6. – B. 333.
[9] Ibn Hibbon. Siqot. J. 6. – B. 319.
[10] Zahabiy. Tarix. J. 9. – B. 921.
[11] Zahabiy. Tazkira. J. 1. – B. 126.
[12] Zahabiy. Siyar. J. 6. – B. 394.
[13] Zahabiy. Siyar. J. 6. – B. 400.
[14] Zahabiy. Tazkira. J. 1. – B. 127.
[15] Zahabiy. Siyar. J. 7. – B. 5.
[16] Zirikliy. Aʼlom. J. 7. – B. 272.
[17] Zahabiy. Siyar. J. 7. – B. 6.
[18] Zahabiy. Siyar. J. 7. – B. 11.
[19] Ibn Saʼd. Tabaqot. J. 6. – B. 72.
[20] Zahabiy. Tazkira. J. 1. – B. 134.
[21] Ibn Saʼd. Tabaqot. J. 7. – B. 339.
[22] Zahabiy. Siyar. J. 7. – B. 116.
[23] Zahabiy. Siyar. J. 4. – B. 120.
[24] Zahabiy. Siyar. J. 7. 132.
[25] Ibn Qutayba. Maorif. J. 1. – B. 497.
[26] Zirikliy. Aʼlom. J. 3. – B. 104.
[27] Zahabiy. Siyar. J. 7. – B. 230.
[28] Zahabiy. Tazkira. J. 1. – B. 152.
[29] Zahabiy. Siyar. J. 7. – B. 246.
[30] Ijliy. Maʼrifatus siqot. J. 1. – B. 191.
[31] Ibn Saʼd. Tabaqot. J. 6. – B. 351.
[32] Zirikliy. Aʼlom. J. 3. – B. 104.
Otabek MUHAMMADIYEV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi

Check Also

FARGʻONA VODIYSINING ISLOMGACHA BOʻLGAN DAVRIDA OʻLKADAGI DINIY-IJTIMOIY HAYOTNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Fargʻona vodiysi – shimol tarafdan Tyanshan, janubdan Hisor-Oltoy togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Uzunligi sharq – …