Home / VIDЕOLAR / “ILM YOʻLIDA KAMARBASTA BOʻLAMIZ!”

“ILM YOʻLIDA KAMARBASTA BOʻLAMIZ!”

Husayn QUTLU – Istanbuldagi Islom sivilizatsiyasi bogʻi rahbari, mashhur xattot va islomshunos (Turkiya)

Turkiyadan ota yurtimga yurib emas, qanot yozib keldim.

Imom Buxoriy hazratlarining nomi bilan ataladigan bu muhtasham binoni tashqarisidan koʻrib, asliyatimizga, tariximizga tushib qolgandek boʻldim. Ichkarida esa bu muborak maskanning mutasaddilari, xodimlari meni iliq kutib olib, bagʻriga oldi. Dildan suhbatlashdik.

Biz yuz yil, balki ikki, uch yuz yildan buyon bir-birimizni juda sogʻinib kelgandik. Shukrki, endi sogʻinch hasratlari arimoqda.

Bu yerda keng koʻlamli tadqiqotlar olib borilayotganini koʻrib, juda mamnun boʻldim. Qalbim yangi umidlarga toʻldi. Bu saʼy-harakatlarga xizmatim singsa, yanada baxtiyor boʻlardim. Markazning va doʻst otayurtim manfaati uchun har qanday xizmatga tayyorman. Inshoalloh, bundan keyin munosabatlarimiz faqat rivojlanish sari odimlaydi. Bir-birimizdan xabardor boʻlib, oʻzaro yordamlashib turamiz, ilm yoʻlida ildamlashda birgalikda davom etamiz.

Koʻrsatilgan samimiy izzat-ikrom va yuksak ehtirom uchun tashakkur. Quriilishi davom etayotgan Imom Buxoriy majmuasining xayrli, barakali va oʻta goʻzal nihoyalanishini tilayman.

Alloh taolodan Markaz faoliyatiga ulkan zafarlarni yor qilishini soʻrab qolaman.

Tas-ix:

Check Also

ULAMOLAR EʼTIROFI

Dr. Avvod Mahmud Avvod Solim – Al-Azhar universiteti “Usulud din” kafedrasi mudiri Tas-ix: