Alloh Taolo olamlarni bunyod etgandan coʻng unga sarvar qilib Insonni – Hazrati Odam Ato alayhissalomni yaratdi. Odam Ato qovurgʻasidan Momo Havoni yaratib, ulardan farzandlarini koʻpaytirdi.
Rivoyat etilishicha, odamzotning koʻngliga 3 narsa urmas, yaʼni inson 3 narsadan aslo bezor boʻlmas, doimo ardoqlar ekan.
Birinchisi er uchun – ayol, ayol uchun – er. Chunki ayol Odam Atoning qovurgʻasidan, yaʼni bir vujuddan yaralgan. Vujudda esa oshiqcha aʼzo yoʻq. Hech kim biron aʼzosidan voz kecholmagani kabi, ayol jinsi erdan, er jinsi ayoldan ayri kecha olmas ekan.
Inson koʻngliga urmaydigan ikkinchi narsa – rizq-roʻzi, yashash omili boʻlgan non ekan. Mana necha ming-ming yillar oʻtsa ham, Odam Ato va Momo Havo ilk bor taʼmini tatib koʻrgan bugʻdoy hamon ularning avlodlari nasibasi boʻlib xizmat kilib kelayotir. Dunyodagi ne bir shirinliklar, taomlar non oʻrnini bosolmasligi barchaga ayon.
Bashariyat farzandi uchun uchinchi ulugʻ narsa bu kitob ekan. Zero Qurʼondagi dastlabki oyat “Iqra!” (“Oʻqing!”) ekanligi, ulugʻ Paygʻambarimiz Muhammad Rasululloh sallallohu alayhi vasallam oʻqishni oʻrganib, Allohning soʻzlaridan xabardor boʻlib, ularni xalqqa yetkazganlari, musulmonlar diliga singdirganlari maʼlumdir.
Kitobning Muqaddasligi yana shundaki, odamlar u orqali fikran boyiydilar, aqlan oʻsadilar, maʼnan sogʻlom boʻladilar, axloqiy kamol topadilar, qanday soʻzlash, qanday yashash zarurligini, imon-eʼtiqodni asrashni biladilar.
Shu boisdan ham Islom dinimiz sahifalaridan asosiy oʻrinni yorugʻ olamning gultoji – Inson, uning rizq-roʻzi – Non va aql-idroki mahsuli – Kitob odobnomasi va ibratnomasining oʻrin olishi bejiz emas.
Buyuk ota-bobolarimizdan meros boʻlib qolib kelayotgan dono xalqimizning yuksak maʼnaviyati boʻlmish milliy va diniy qadriyatlarimiz esa bularning hammasi – axloqiy, aqliy va jismoniy maktab ekanligi oltindan qimmat, bebaho va abadiy qadriyatlarimiz, yengilmas kuchimizdir!
Modomiki Islom dinining eng birinchi buyrugʻi «Oʻqing!» ekan, demak Islom dini – eng avvalo maʼrifat dini ekan. «Maʼrifat» soʻzi arab tilidan tarjima qilinganda “kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlim-tarbiya”; “maorif” degan maʼnolarni anglatadi.
Islom dinining asosiy va Muqaddas Kitobi boʻlmish Qurʼoni Karimning yettidan bir qismi faqat ILM mavzusiga doir masalalardan iboratdir.
Islom dini paydo boʻlishini Yaratganimiz Muhammad alayhissalom orqali Arabiston yarim orolligini iroda etgan boʻlsa, ushbu Muqaddas, pok Islom dinimizni ilmu-fan, maʼrifat ila rivojlanishini Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Imom Burhoniddin Margʻinoniy, Imom Bahouddin Naqshbandiy, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Mirzo Ulugʻbek, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Mahmud Zamaxshariylardek buyuk allomalar orqali bizning jannatmakon yurtimizni (!) Oʻz ilohiy hikmati ila ixtiyor etdi.
Yaxshilik va ezgulik, bagʻrikenglik va tinchlik, yaqinlari va begonalariga birdek marhamatli boʻlish, qon toʻkmaslikka chaqiruvchi, nafs vasvasasiga uchmaslik, ota-onaga ular hayot ekanlarida mehribon va saxiylik ila munosabatda boʻlish, dunyodan oʻtganlarning haqlariga duo qilishga, vatanni sevishga daʼvat qiluvchi muqaddas dinimiz, ayniqsa mustaqillik yillarida oʻz qadrini hamda oʻzining azaliy vazifasi – ezgu maqsadlarga chin maʼnoda xizmat qilish imkoniyatini topdi.
Bizning qadimiy va goʻzal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri boʻlganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va eʼtirof etmoqda… Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, Islom dini bilan bogʻliq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga koʻtarilishida ona yurtimizda tugʻilib kamolga yetgan ulugʻ allomalarning hizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan gʻurur va iftixor bagʻishlaydi.
Alloh taboraka va taolo Oʻzining Kalomi majidi – Qurʼoni Karimda va Janobi Paygʻambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam muborak hadisi shariflarida ulugʻlab eʼzozlagan yetti toifa insonlarni har bir moʻmin-musulmon kishi qadrlab, hurmat qilishi lozim:
Muqaddas Islom dinimiz hukmlari ham, jannatmakon yurtimiz buyuk va maʼrifatparvar, ulugʻvor va donishmand xalqining Qurʼoni Karim va hadisi shariflarga uygʻunlashib ketgan hatto maqollari ham insonlarni ilm-fan taraqqiyotiga, ilmli kishilarni ulugʻlashga undaydi, ustozlarni hurmatlashga targʻib etadi.
Maʼlumki, bu dunyoning rivojlanishida, insoniyatning taraqqiyot etishida ustozning oʻrni beqiyos.
deb bejizga aytmagan.
Chunki, hammaga maʼlumki, insoniyatning ENG Birinchi Ustozi – bu ALLOH TAOLONING OʻZI boʻlsa,
“Alloh Odam (alayhis salom)ga barcha yaratilgan va yaratilajak narsalarga tegishli nomlarni oʻrgatdi” (Qurʼoni Karim Baqara surasi 2/31 oyat),
musulmonlarning insonlar ichida ENG Buyuk Ustozi – PAYGʻAMBARIMIZ MUHAMMAD ALAYHISSALOMDIRLAR !
Har bir inson zoti uchun esa ENG Birinchi Ustozi – uning OTA-ONASIDIR ! Zero uni tarbiyalashni hali bu dunyoga kelmasidan oldinroq boshlaydi. Tugʻilishi bilanoq, to ota-onaning oʻzi bu dunyodan oʻtmaguncha, oʻz farzandiga mehribonlik qilib oʻtadi…
Shuning uchun ham oʻzining qadr-qimmatini bilgan, oʻzining kimligini tushunib yetgan har bir aql-zakovatli, fahm-farosatli odam “Ustozlar va murabbiylar” bayram kunida ham eng birinchi boʻlib oʻzining doimiy peshqadamlari boʻlmish oʻz ota-onasidan boshlab, ustoz va murabbiylarini koʻngillarini shod qilib, bebaho, betakror va beqiyos duolaridan bahramand boʻlishga shoshiladi.
Yangi oʻquv yili ham boshlanib, farzandlarimiz ulugʻ va muqaddas, mashaqqatli va sersavob ish boʻlmish – ilm olishga kirishdilar…
Biz, ota-onalar, farzandlarimizni ulgʻayishida, ilm olib, bilimli boʻlishlarida koʻp jihatlariga serqirrali eʼtiborimizni berishimizda quyidagi purmaʼnoli, sermazmunli tarafini ham eʼtiborga olishimizni muqaddas dinimiz amr-farmon qilib buyuradi.
Kalomulloh Qurʼoni Karimning oyati muboraklariga va Janobi Paygʻambarimizning muborak hadisi shariflariga binoan «ustoz»ning maqomini mutafakkirlarning mutafakkiri Miralisher Navoiy hazratlari quyidagicha tavsiflaganlar:
Shunchalik ulugʻ (!) darajaga ustozning mavqei koʻtarilgan.
“Ustoz” deganda faqat maʼlum bir sohada yoki faqat ilm sohasida emas, balki ilm-fanning barcha turlarida, kasb-hunar sohalarida ham oʻrgatuvchini biz USTOZ deb tushunishimiz lozim!
Shuning uchun ham bizning dono xalqimiz hurmat va ehtirom ila eʼzozlab “Ustoz” deb ulugʻlaydi.
Dono xalqimiz oʻz maqollarida ham “Ustoz otadek ulugʻ!” va “Ustoz otangdan ulugʻ!” deb aytishlarida ham juda koʻp maʼnolar bor. Zero bu ulugʻ hikmatlar elning ellik ming elagidan oʻtkazilib, keyin muomalaga qoʻyilgan.
Iloho oʻzlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Alloh taolo Qurʼoni Karimda buyurgan, Janobi Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam muborak hadisi shariflarida tavsiya etgan, oʻtmishda oʻtganlarimizning ruhlari shod boʻladigan, xalqimiz xursand boʻladigan, ota-onalarimiz rozi boʻladigan yoʻllardan yurishimizni nasib etsin!