Home / FOTO LAVHALAR / Qirgʻizistonlik olimlar tashrifi

Qirgʻizistonlik olimlar tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qirgʻiziston islom universitetining bir guruh olimlari tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib oldi va muzey faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Qoʻshni davlat universitetining ustoz va murabbiylariga Markazda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, erishilgan muvaffaqiyatlar xususida maʼlumot berildi.

Tashrif chogʻida muassasalararo hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga oid fikr almashildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Xalqaro ilmiy tadbirlar turkumiga start berildi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Islom – tinchlik …