Home / MAQOLALAR / MILLIY KONTENT nima uchun kerak? YOXUD MAQSAD — HUDUDLAPNI EMAS, ONGNI EGALLASH

MILLIY KONTENT nima uchun kerak? YOXUD MAQSAD — HUDUDLAPNI EMAS, ONGNI EGALLASH

Yaqinda oʻtgan asrning 40-yillari oxirida suratga olingan filmdan lavha koʻrib qoldim. Unda bir dasturxon atrofida millatimiz vakillari, asosiy qismi qizlar boʻlgan davrada hamma pivo ichib oʻtiribdi. Hattoki qiz bitta pivoni qoʻliga olib, ikkinchisini otasiga uzatyapti. Bu lavha diyorimizdagi xuddi odatdagi hayotiy voqealar singari aks ettirilgan.

Aslida, bu holni oʻsha davrning majburiy singdirilgan mafkurasi, deb qabul qilish mumkin. Ammo ijtimoiy tarmoqlar orqali bugun oʻzbek auditoriyasiga berilayotgan manzarani nima deb atash mumkinligini ham bilmaysan kishi. Birgina “Tik-tok” bugun deyarli aksariyat foydalanuvchilarning sevimli tarmogʻiga aylanib ulgurdi. Unda berilayotgan lavhalar (eng qizigʻi, oʻzbeklar tomonidan oʻzbek tilida ijro etiladigan) tarmoq isteʼmolchilarining hammasini oʻziga rom etib boʻldi. Afsuski, bizga yot mafkuralar turli usullarda yopirilib kirib kelmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Biz tez surʼatlar bilan oʻzgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan shiddatli va ayni paytda oʻta murakkab zamonda yashamoqdamiz. Bu davrda xalqni birlashtirishi va jarayonlarni tartibga solishi mumkin boʻlgan gʻoya, mafkura hamda maʼnaviyat sohalarida alohida tizimli ishlarni tashkil qilish globallashuv davri taqozosi emas, yagona himoya vositachi ekanini hayotning oʻzi koʻrsatib turibdi. Binobarin, jamiyatda maʼnaviy va mafkuraviy jarayonlar yangicha tarzda tashkil etilib, kishilar opasida toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmas ekan, butun jamiyat mafkuraviy tahdidlar qurboniga aylanib qolishi hech gap emas.

Jahondagi mavjud murakkab vaziyat tufayli davrning mafkuraviy tahdidlari yanada kengayib ulgurdi. Zamonaviy mafkuraviy tahdid omili hozirgi vaqtda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, maʼnaviy sohalarni, yaʼni insoniyat jamiyati hamda hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. Bu esa global tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, inson maʼnaviyatiga taʼsip koʻrsatishni asosiy qurol qilib olgan mafkuraviy tahdidlar, avvalo, inson ongi, tafakkuri va xulq atvoriga xavf-xatar solishdan tashqari ruhiyatida ham yetarlicha muammolarni yuzaga keltirib chiqaryapti.

Mafkuraviy tahdid muayyan jamiyat aʼzolarini yagona maqsad va muddaolardan adashtirib, milliy mentalitetga mos kelmaydigan yot gʻoyalar, fikrlar, qarashlar va gʻarazli maqsadlarni chetdan turib eksport qilish jarayonida yanada yaqqolroq namoyon boʻlmoqda. Uning oʻta xavfli jihati shundan iboratki, birinchi navbatda, jamiyatning maʼnaviy sohaқini barbod etishga qaratilgan. Chunki aynan maʼnaviy soha hap qanday jamiyatning oʻtmishini, mavjudligini, yashovchanligini taʼminlaydigan asosiy ildiz hisoblanadi. Bugungi tahdidlar esa oʻsha ildizga urilgan boltadir.

Tasavvur qiling, bugun biz maʼnaviyat deb ataydigan insoniy fazilatlar oʻz qonuniyatlarini oʻzgartirmoqda. Uning oʻzgarishiga oʻzimiz ham xayrixoh boʻlayotganga oʻxshab qolyapmiz.

Keyingi paytlarda mafkuraviy tahdidlarning turli usul va vositalari ishlab chiqilmoqda. Kishi xayoliga kelmaydigan oddiy bolalar oʻyinchogʻidan tortib, ustimizdagi kiyimlar, oziq-ovqat mahsulotlari, qoʻshiqlar, kliplar, multfilm, kinofilm va ijtimoiy tarmoqdagi “trend”, “mem”, “challenge” lavhalarning hap birida katta yoki kichik boʻlsa-da, millat oʻzligi va maʼnaviyatiga taʼsir etuvchi muayyan gʻoya hamda mafkura bor. Buning xavfli jihati shundaki, mafkuraviy tahdid targʻibotchilari oʻz maqsadlari yoʻlida sarflaydigan katta miqdordagi mablagʻ rivojlanish bosqichiga kirgan davlat jamiyati aʼzolariga qaratiladi va ularni yoʻldan adashtirishga xizmat qiladi.

Hozirgi kunda gʻarazli maqsadlar yoʻlida zimdan kechayotgan mafkuraviy kurashlar baʼzi millatlarning tarixiy ildizi va milliy oʻzligini yoʻqotishga qaratilganini sezish qiyin emas. Bunda eʼtibor hududlarni emas, inson ongini egallashga yoʻnaltirilgan. Bu davrda shaxsning “oʻziga xoslik inqirozi” kabi ijtimoiy-psixologik masala dolzarb muammolardan biriga aylanadi.

Bular shaxsning jamiyat aʼzolaridan ajralib turishiga qaratilgan xatti harakatlari boʻlib, masalan, inson oʻzining Alloh tomonidan unga ato etilgan tanasi va hatto jinsiga ham oʻzgartirish kiritish orqali qalb xotirjamligiga erishishi mumkinligi singari gʻoyalar ishlab chiqilmoqda. Eng xavflisi, ular turli mexanizmlar orqali uzluksiz ravishda Yer yuzi aholisi ongiga singdirilmoqda. Bir qaraganda, uncha xavf tugʻdirmaydiganga oʻxshaydigan bu illatlar fojiasini asrlar davomida shakllanib kelgan oilaga nisbatan qarashlarning keskin oʻzgarishida ham koʻrish mumkin.

Masalan, statistik maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning 10 oyi davomida mamlakatimizda ajralishlar soni 41 ming 583 tani tashkil etib, soʻnggi 5-yilda sezilarli koʻpaygan. Jumladan, 2018-yilda 32,3 mingta oilaviy ajralish qayd etilgan. Yaʼni keyingi 5-yilda ajralishlar soni 10 mingtaga ortgan. Bularning bari aynan tashqaridan kirib kelayotgan mafkuraviy taʼsirning alomatlari ekanini anglash qiyin emas.

Bugun hayotimizda boshqalardan ajralib turish uchun harakat qilayotgan yoshlar ijtimoiy tarmoqlar belgilab bergan rollarni bajaruvchi qoʻgʻirchoqqa aylanib boryapti. Kundalik hayotimizda bola uyda oʻsmir, oʻgʻil, aka, maktabda esa berilgan vazifalarni sidqidildan bajarishi kepak boʻlgan oʻquvchi. Aynan shu vaqtda oʻsmir haqiqatan “men kimman?” degan savolga ishonchli javob topishni xohlaydi. Oʻsmirlik inson oʻzini namoyon qilishi uchun juda muhim yosh. Hozirgi sharoitda aksariyat hollarda bu imkoniyat ijtimoiy tarmoqlar tomonidan “oʻziga xos” tarzda taqdim etilmoqda. Bunga qoʻshimcha ravishda bu yerda inson oʻzi uchun “ideal” — qanday boʻlishni xohlayotgani haqidagi tasavvurni yaratish nisbatan oson. Bu tasavvurni atrofdagilarga virtual muhitda taqdim etish real hayotdan koʻpa ancha qulayroq.

Ijtimoiy tarmoqlardagi profillarni yoshlar “ideal oʻzlik” sifatida qabul qilishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Eng yomoni, ular insonni faqat isteʼmolchiga aylantirib qoʻyishi, hap qanday davlat va jamiyatning voyaga yetib kelayotgan avlodlarini virtual jihatdan qaram qilib tarbiyalayotganini koʻpchilik tushunib yetmaydi. Chunki bugunning aksariyat yoshlaridan tortib, keksalarigacha ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatilgan axborotlarni toʻgʻridan toʻgʻri isteʼmol qiluvchiga aylangan, uning rost yoki yolgʻon ekani toʻgʻrisida fikr ham yuritmay qoʻygan. Isteʼmolchi miyasiga asta sekinlik bilan yillar davomida taʼsip etish orqali ong va tafakkur qaramlikka yuz tutadi.

Jamiyat aʼzolari orasidagi baxt va saodat kabi tushunchalar oʻrnini shaxsiy manfaatlar jamoanikidan ustunligi va moddiy farovonlik maʼnaviy farovonlikdan yuqori turishi toʻgʻrisidagi qarashlar ildiz otayotganini anglash uchun atrofga yaxshilab nazar solish kifoya. Yashashdan maqsad esa hayotdan eng yuqori darajada lazzatlanishdan iborat boʻlib qoldi. Ruhiy-maʼnaviy qadriyatlar, insoniylik, mehr-muruvvat, ezgulik, savob, begʻaraz yordam koʻrsatish kabi oliy tushunchalar asta-sekinlik bilan hayotga bir bora kelish va lazzat olish hissiga oʻrnini boʻshatib beryapti. Insonlar oʻrtasidagi munosabatlar faqat foyda va zarar qonuni asosiga qurilmoqda. Koʻngilxushliklarning koʻz koʻpib, quloq eshitmagan turlari mavjud boʻlib, ijtimoiy tarmoqlar orqali lahza sayin maʼlumotlar joylanadi. Bu esa nafaqat qaysidir millat, balki insoniyatni yoʻldan ozdirishi mumkin boʻlgan mafkuraviy va maʼnaviy tahdidga aylandi. Bu tahdidning koʻlami shunchalik kattaki, u oʻz domiga millatlarni, hattoki davlatlarni tortib ketishi hech gap emas. Bundan ogoh boʻlish, unga qarshi kurashish lozim.

Bugun mafkuraviy tahdidlarga eʼtiborsizlik millat, yurtning kelajagiga eʼtiborsizlikdir. Jamiyatimizda mafkuraviy boʻshliq paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik lozim. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek: “Mafkura sohasida boʻshliq degan narsaning oʻzi hech qachon boʻlmaydi. Chunki insonning qalbi, miyasi, ongu tafakkuri hech qachon axborot olishdan, fikrlashdan, taʼsirlanishdan toʻxtamaydi.

Demak, unga doimo maʼnaviy oziq kerak. Agar shu oziqni oʻzi yashayotgan muhitdan olmasa yoki bu muhit uni qoniqtirmasa, nima boʻladi, aytinglar? Bunday oziqni u asta sekin boshqa yoqdan izlaydi. Shunga yoʻl bermasligimiz kerak. Mana, gap nima haqida ketyapti!

Buning uchun oʻzini jamiyatimiz, yoshlarimiz maʼnaviyati, gʻoyaviy-mafkuraviy tarbiyasi uchun masʼul deb bilgan insonlar — bu mahalla yoki diniy tashkilotlar boʻladimi,huquq-tartibot idoralari xodimlari yoki katta taʼsir kuchiga ega ijodkor ziyolilar boʻladimi — ularning barchasi, ayniqsa, faol boʻlishlari lozim”.

Oʻzbekiston ham zamon bilan hamnafas holda taraqqiyotning yuksak choʻqqilari sari oldinga intilmoqda. Ana shunday murakkab tahlikali davrda ham yurtimizda maʼnaviy rivojlanishning oʻziga xos paradigmalari shakllandi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni siyosiy, huquqiy, maʼnaviy-ruhiy, diniy, axloqiy jihatdan yetuk, barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan tashqari yoshlarda tahlil etish va voqea-hodisalarga toʻgʻri munosabat bildira oladigan, ularni turli tahdidlardan himoya qiladigan oʻziga xos strategik dasturlar yaratildi va ular bugun amaliyotda oʻz natijalarini bermoqda.

Ayni paytdagi keng koʻlamli islohotlardan koʻzlangan asosiy maqsad inson hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini oʻzgartirishga qaratilgan. Bu oʻzgarishlar zamirida “inson qadri uchun” gʻoyasi yotadi. Ushbu tamoyilning hayotiy haqiqatga aylanayotgani bugun Oʻzbekistonda yashayotgan xalqimizning ertangi kunga ishonchi, hayotdan rozi boʻlib yashashi uchun qilinayotgan harakatida ham oʻz ifodasini topayotir.

Demokratik, huquqiy, adolatli jamiyat barpo qilayotgan davlatda yoshlarning jamiyatda tutgan pozitsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Eng asosiysi, jamiyat aʼzolari manfaatini birinchi oʻringa chiqarishga shaxsiy manfaatlarni jamiyat manfaatlaridan ustun qoʻymaslik orqali erishish mumkin. Bugun biz shu yoʻldamiz.

Shavkat TOʻRAYEV,
falsafa fanlari doktori
Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi 2024 yil 25 aprel, №79(1140)

Check Also

OʻZINGIZNI QATʼIYATLI BOʻLISHGA TAYYORLANG!

(Bir hadis sharhi) Dinimiz inson shaxsiyatini shakllantirishda aqlga tayanish, odamlarga koʻr-koʻrona taqlid qilmaslik, har bir …