Home / ALLOMALAR / ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL BUXORIY (810-870) 5-qism

ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL BUXORIY (810-870) 5-qism

Koʻpgina manbalar va tarix kitoblarida Imom Buxoriyning aql-zakovati va quvvai-hofizasini sinash maqsadida qilingan imtihon (sinov) xususida aniq maʼlumotlar zikr qilingan. Darhaqiqat, bunday jiddiy bir imtihon Bagʻdodda Dorul-xilofat (Xalifalik uyi)da Bagʻdod ulamolari tomonidan uyushtirilgan. Bagʻdodlik olim Abu Bakr Kaluzoniy (vaf. 863 y.): “Muhammad ibn Ismoil Buxoriyga oʻxshash hech bir olimni koʻrmadim. Biror ilmga oid har qanday kitobni olib sinchiklab mutolaa qilardida, unda keltirilgan barcha hadislarni bir martaning oʻzidayoq yodlab olardi”, – deb hayratlanib yozgan.

 Imom Buxoriy shogirdlarining soni gʻoyat darajada koʻp boʻlgan. Bu xususda olim Firabriy, yaʼni Muhammad ibn Yusuf Poykandiy (738-825): “Bevosita Imom Buxoriyning oʻzidan toʻqson ming odam hadis eshitgan”, – deb yozadi.

Imom Buxoriy ustozlarining koʻpchiligi uning huzuriga kelib shogird sifatida uning saboqlariga qatnashardilar, oʻzlariga foydali bilib, bilimlarini ziyoda qiladigan maʼlumotlarni undan yozib olardilar. Muarrixlaru muhaddislarning yozishlaricha, hatto Imom Buxoriydan saboq olib, undan istifoda qilganlar orasida uning mashhur ustozlari ham boʻlgan. Ular doimo Imom Buxoriyning yonida boʻlib, ilmiy majlislarida hozir boʻlardilar. Ulardan Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy, Abdulloh ibn Munir, Isʼhoq ibn Ahmad Sarmoriy, Muhammad ibn Xalaf, Ibn Qutayba va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Bularning hammalari ham oʻz davrining fazilatli, ilmi komil olimlari hisoblangan. Shunday ulugʻ martabaga ega boʻlishlariga qaramasdan, ular Imom Buxoriydan hadis saboqlarini olganlar.

Imom Buxoriyga tengqur boʻlib, unga tayanadigan va uning fazlu kamolining yuksakligini tan olib, uning ilmiy majlislarida qatnashgan buyuk olimlardan Imom Abu Zurʼa Roziy, Abu Hotam Roziy, Ibrohim Harbiy, Abdulloh ibn Mutiyn, Isʼhoq ibn Ahmad ibn Ziyrak Forsiy, Abu Bakr Muhammad ibn Isʼhoq ibn Xaziyma, Qosim ibn Zakariyo, Muhammad ibn Abdulloh Xadramiy, “Al-maʼorif” asari muallifi Muhammad ibn Qutayba, Abu Bakr Aʼyin va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Mazkur olimlar rijol (roviylar), tarix, hadis, jarh va taʼdiyl (illatli hadislarni aniqlash va toʻgʻrilash) ilmlari boʻyicha oʻz davrining buyuk allomalari boʻlishgan.

Imom Buxoriyning shogirdlari orasida shon-shuhratda yuksaklikka yetishib, buyuk sharafga muyassar boʻlgan, islomiy ilmlar – ilmu-l-hadis va fiqhning asosiy jihatlarini mukammal bilganlardan “As-sahih kitobining muallifi Imom Muslim ibn Hajjoj (822-875), “Sunan” sohibi Imom Abdurrahmon Nasoiy (829-915), “Al-jomiʼ” asarining muallifi Imom Abu Iso Termiziy (824-892), islomiy ilmlar boʻyicha qator asarlar muallifi Imom Muhammad ibn Nasr Marvaziy (818-907), Imom Dorimiy (789-869), mashhur faqih, “As-sahih nomli asarning muallifi Imom Ibn Xuzayma (838-923) va boshqalar ham bor edi. Imom Buxoriyning shogirdlari boʻlgan ushbu allomalar oʻz davrining yirik muhaddis va fiqh olimlari hisoblanardi[1].

1974 yili Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tashabbusi bilan yurtimizda islom dunyosi vakillari ishtirokida Imom Buxoriyning 1200 yilligi nishonlangan.

Oʻzbekicton Pecpublikasi Vazirlar Mahkamacining “Imom al-Byxopiy tavalludining hijpiy-qamapiy taqvim boʻyicha 1225 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori asosida 1997 yil 29 aprelda Imom Buxoriyning ilmiy mepocini oʻrganish va targʻib qilish borasida katta ishlar qilindi. 1998 yil 23 oktyabrda Camapqandda yubiley toʻy-tantanalari boʻlib oʻtdi. Alloma qoʻnim topgan Payariq tumanidagi “Xartang” qishlogʻida ulkan yodgorlik majmuasi barpo etildi.

Imom Buxoriyning boy maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1998 yil 4 noyabrda Imom Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi tuzildi. 2008 yilning 23 may kuni Imom Buxoriy xalqaro markazini ochish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Imom Buxoriy va Imom Termiziy singari muhaddislar hayoti va ilmiy merosini oʻrganish borasida keng tadqiqotlar olib borilishiga katta yoʻl ochildi. 2000 yildan boshlab Imom Buxoriy xalqaro jamgʻarma oʻzining maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy “Imom Buxoriy saboqlari” jurnalini nashr eta boshladi. Toshkent islom institutiga Buxoriy nomi berilgan.

Alloma asarlarining koʻpi tadqiq qilinib, hozirgi zamon bosmaxonalarida chop etilgan.

“Sahihi Buxoriy” va “Al-adabu-l-mufrad” asari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.Shu va boshqa asarlarining boshqa turli tillardagi tarjimalari ham mavjud.

 SAMARQAND ALLOMALARI kitobidan

Check Also

ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN OʻRNI

Abu Bakr Jassos (vaf. 370/981) qoldirgan ilmiy meros hanafiy mazhabida oʻziga xos ahamiyatga ega. Alloma …