Home / YANGILIKLAR / XAYRU SAXOVAT VA EZGULIK AYYOMI

XAYRU SAXOVAT VA EZGULIK AYYOMI

Xalqimizning bayramlari ko‘p. Ular orasida ikki diniy bayram – Iyd al-fitr va Iyd al-adho ham alohida surur bilan nishonlanadi. Ramazon hayitini bir oylik ro‘za ibodatining shukronasi sifatida eʼzozlaymiz. Bu muqaddas oyda kishi ruhi va tanasini poklaydi, irodasini chiniqtirish orqali imon-eʼtiqodini yanada mustahkamlaydi. Shu tariqa Parvardigorning rahmatiga yo‘llar ochadi. Qurbon hayiti zulhijja oyining dastlabki o‘n kunligi yakuniga to‘gʻri keladi. Islom mehr-muruvvat, saxovat, insonparvarlik, bagʻrikenglik, maʼrifat va tinchlikparvarlik dini sifatida silai rahm, kattaga hurmat, kichikka izzat, yetimlarga gʻamxo‘rlik va muhtojlarga yordamni ham ulugʻ ibodatlar qatoriga qo‘shgan.

Zulhijja oyining birinchi ŭn kunida bu fazilatlar yanada yorqin namoyon bŭladi. Odamlar ushbu gʻanimat kunlarda zikr, namoz, rŭza va ehsonga, harom amallardan saqlanishga, qalb pokligi va husni xulqqa yana ham kŭproq eʼtibor beradi. Gina-kuduratlar bŭlsa, uzr-maʼzur qiladi. Imkon qadar ŭzgalarning ogʻirini yengil qilishga shoshiladi. Haj ibodati ham aĭni shu kunlarda ado etiladi. Shu bois, bu oĭ “zulhijja”, yaʼni “haj sohibi” deb ataladi.

Qurbon haĭitining yana bir ulugʻ jihati bor. Bu kunlarda butun dunë bŭĭlab millionlab ĭŭqsillarning bahri dili ochiladi — ular anchadan buyën kŭrmaĭ-totmaĭ kelayëtgan neʼmatlardan bahra oladi. Sir emaski, jahonda hayëtida “kŭrmoq” va “yemoq” sŭzlari uĭgʻunlashmaĭ kelayëtgan millionlab odamlar bor. Xususan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xŭjaligi bŭĭicha tashkiloti — FAO maʼlumotlariga kŭra, bugun dunëda 828 milliondan ziyëd inson ochlikdan aziyat chekmoqda. Shuni inobatga oladigan bŭlsak, Iĭd al-adhoning naqadar muazzam aĭyëm ekani yanada yaqqol namoyën bŭladi.

Bugun mamlakatimizda ana shu ulugʻ baĭram shukuhi kezib yuribdi. Yurtdoshlarimiz bu kunlarda muttasil ravishda saxovat amallarini ado etmoqda. Kŭpchilik bularni bajarish barobarida, dinimizdagi insonparvarlik gʻoyalarini tarannum etuvchi buyuk ibodat — qurbonlik amalini ham bajarmoqda.

Alloh taolo Qurʼoni karimda bundaĭ marhamat qiladi: “Ular ŭz (diniĭ va dunëviĭ) manfaatlariga shohid bŭlish uchun va maʼlum kunlarda (Alloh) ularga rizq qilib bergan chorva haĭvonlariga (ularni qurbonlik uchun sŭĭishda) Alloh nomini zikr qilish uchun kelurlar. Bas, undan ŭzingiz ham yeyaveringiz, bechora-kambagʻallarga ham yediringiz!” (Haj surasi, 27-28-oyatlar).

Mashhur tafsir ulamolari “maʼlum kunlar” jumlasini zulhijja oĭining birinchi ŭn kunligi deb eʼtirof etgan. Oyat va hadislarda kelgan dalillarga binoan, zulhijja oĭining dastlabki ŭn kuni dinimizda hayëti dunëdagi eng afzal kunlar deb taʼriflanadi.

Imom Buxoriĭ rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam: “Bu kunlarda qilingan yaxshi amallar Alloh taologa boshqa kunlardagidan kŭra suyukliroqdir”, deganlar.

Shu bois, zulhijjaning birinchi ŭn kunligida yurtimiz musulmonlari hamjihatlik bilan joĭlarda nogironlar, yëlgʻiz keksalar, boquvchisiz qolganlar, kam taʼminlangan oilalar, mehnat faxriĭlarini ĭŭqlab, holidan xabar olib, kŭtarinki kaĭfiyat ulashadi. “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Saxovat” uĭlariga ziyëratlar uyushtiriladi, xaĭriya tadbirlari ŭtkaziladi.

Yana bir jihatni taʼkidlab ŭtish lozimki, biz bilan bir zaminda yelkadosh bŭlib yashab kelayëtgan boshqa din vakillarining shu kunlarda yurtimiz musulmonlarini xaĭr-saxovat va ezgulik baĭrami bŭlmish Qurbon haĭiti bilan muborakbod etishi asriĭ anʼana hisoblanadi. Bu gŭzal anʼana aziz Vatanimizda turli konfessiyalar vakillari bugun ham tinch-totuv, dŭst-birodar bŭlib istiqomat qilib kelayëtgani, jamiyatimizda amalda diniĭ bagʻrikenglik ruhi hukm surayëtganining yana bir yërqin dalilidir.

Darhaqiqat, tinchlik, osoĭishtalik va halovatdan azizroq neʼmat ĭŭq bu dunëda. Notinch yurtda tŭĭ-tomosha, xursandchilik, ŭĭin-kulgi bŭlmaĭdi, bŭlganda ham tatimaĭdi. Urushning eng yaxshi kuni ham tinchlikning eng yëmon kuniga teng kela olmaĭdi, deĭdilar. Urush halovatni olib ketadi, insonlar orasidan mehr-oqibatni aritadi, ulugʻ, ezgu maqsadlar, xaĭrli rejalar, istiqbolli gʻoya va bunëdkorlik ishlarini butunlaĭ xayëldan faromush qiladi, yurtdan xaĭr-barakani ketkazadi. Aĭtish mumkinki, turli millat va elat vakillaridan iborat yurtdoshlarimizning barchasi muborak aĭyëm nafasi barq urib turgan mana shu kunlarda buni qalban, dildan his qilishi, hushërlik va ogohlikni qŭldan bermaĭ, osuda va farovon hayëtimizning har lahzasiga shukrona keltirishi zarurdir.

Biz xalqimizga xos bŭlgan fazilatlar bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Bular orasida eng qiĭin vaziyatlarda ham kuch-qudratimiz, nimalarga qodirligimizni namoyën etadigani, shak-shubhasiz, birdamlik, ahillik, bagʻrikenglikdir. Shu sababli ham “Kuch — birlikda!” degan naql azaldan qon-qonimizga singib ketgan. Hech bir xavf yë tahdidni aslo yëlgʻiz holda daf etib bŭlmaĭdi, uni faqat birgalikda, hamjihatlik bilan, jipslashib yengish mumkin. Buyuk tarixga ega, dunë tamaddunining har bir jabhasi rivojiga beqiyës hissa qŭshgan allomalarga avlod bŭlgan xalqimizning hikmat va donolik bilan tinchlikni mudom qadrlab, muqaddas baĭramlarni viqor va shukuh bilan tantana qilib kelayëtgani tahsinga sazovordir.

Ming shukrki, haj amali farz bŭlgan musulmonlar uchun Makka yana ŭz bagʻrini ochdi. Butun bashariyat boshiga tushgan ogʻir sinov — COVID-19 pandemiyasi sababli ushbu ibodat vaqtincha tŭxtatib qŭĭilgan edi. Tŭgʻrida, inson salomat bŭlsagina, sogʻligʻiga xavf tahdid solmasagina ibodatni mukammal ado eta oladi. Tana sogʻlom bŭlmasa, hech narsa kŭngilga sigʻmaĭdi, hech narsaga qŭl bormaĭdi.

Shu kunlarda butun dunë musulmonlari qatori minglab yurtdoshlarimiz ham haj ziyëratini ado etmoqda. Mamlakatimizda diniĭ-maʼrifiĭ sohada olib borilayëtgan keng kŭlamli islohotlar samarasi ŭlaroq, joriĭ ĭilda Ŭzbekistondan muborak haj safari uchun ajratilgan kvotalar soni sezilarli darajada oshirilgani ham baĭram ustiga baĭram bŭlib, barchamizning quvonchimizga quvonch qŭshdi.

Yana bir tomoni borki, buni alohida qaĭd etmasa bŭlmas — bu ĭil ziyëratchilar Hajji akbar sohibi maqomini olish sharafiga muyassar bŭlmoqda. Hajji akbar — eng ulugʻ haj.

Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam bundaĭ marhamat qilganlar: “Kunlarning eng afzali arafa kunidir. Agar u juma kuniga tŭgʻri kelsa, jumadan boshqa kunga tŭgʻri kelgan yetmishta hajdan afzaldir!” Ha, aĭni paĭtda hojilarimiz ajri va fazilati eng ulugʻ bŭlgan hajni ado etmoqda. Bu ham muqaddas aĭyëm — Qurbon haĭiti baĭramiga ŭzgacha shukuh bagʻishlaĭdi, albatta.

Fursatdan foĭdalanib, baĭram kunlarida yurtdoshlarimiz uchun yana bir xushxabarni mamnuniyat bilan yetkazishni joiz topdik.

Maʼlumki, Imom Buxoriĭ xalqaro ilmiĭ-tadqiqot markazi tadqiqotchilari buyuk vatandoshimiz Imom Abu Mansur Moturidiĭ qalamiga mansub “Taʼvilotul Qurʼon” asarining 30-juzini ŭzbek tiliga ŭgirgan edi. Ulugʻ aĭyëm arafasida bu tarjima “Hilol-Nashr” nashriyët-matbaa uĭida bosmadan chiqarilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim etildi.

Aĭtish kerakki, Markaz jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish, dinimizni sof holatda saqlab, kelgusi avlodlarga buyuk ajdodlarimizning durdona asarlari orqali bus-butun yetkazishga xizmat qiluvchi muassasa sifatida xalqimiz tarixida birinchi bŭlib shundaĭ ĭirik ilmiĭ ishga qŭl urdi. Endilikda hamyurtlarimiz tarixning barcha bŭhronli bosqichlarida aqidaviĭ zarbalarga munosib qarshi tura olgan va muqaddas dinimizning mohiyati va maʼnaviĭ-maʼrifiĭ ahamiyatini yaqqol namoyën qilishga qodir bŭlgan bu nodir asardan bahramand bŭlmoqda.

Qŭshaloq xursandlik, chuqur masrurlik ruhi ufurib turgan shundaĭ faĭzli kunlarda Imom Buxoriĭ xalqaro ilmiĭ- tadqiqot markazi jamoasi ochiqkŭngil xalqimizni Qurbon haĭiti bilan qizgʻin muborakbod etib, Yaratgandan yurtimizda tinchlik va farovonlik barqaror bŭlishini, oilalarimizdan qut-baraka arimasligini tilab qoladi.

Alloh taolo barcha ibodatlarimizni qabul aĭlab, duolarimizni ijobat etib, xaĭrli ishlarimizda madadkor bŭlsin!

Qurbon haĭitining qut-barakasi va barcha fazilati dillarimiz va gŭshalarimizni charogʻon qilsin!

Shovosil ZIYODOV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …