EʼTIROF

▪️ MUHAMMAD MUSTAQIM MALЕK – Malayziya Islomni anglash instituti (IKIM) ilmiy xodimi:

– “Sahihul Buxoriy”ning moʻtabarligi shundaki, ushbu asar uzoq oʻtmishda yozilgan manba boʻlishiga qaramasdan, undan insoniyat bugungi kunda duch kelayotgan koʻplab muammolarga ham yechim topish mumkin, xususan, COVID-19 pandemiyasi tarqalishi­ning oldini olishda zamonaviy tibbiyot qoʻllayotgan – “Epidemiya oʻchoqlariga borishdan saqlanish, ijtimoiy masofani saqlash, kasallanganlarni alohidalash” kabi choralar Paygʻambarimiz (s.a.v.) tomonidan tavsiya etilganini koʻrish mumkin. Imom Buxoriy buni oʻz asariga kiritish chogʻida kelajak avlodlarni oʻylagan boʻlishi ehtimoldan xoli emas.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Mintaqaviy xavfsizlikning asosiy fronti – axborot makonida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida yoʻlga qoʻyilgan “Islom …