Home / МАҚОЛАЛАР / TURIZM – DO’STLIK VA HAMKORLIK GAROVI

TURIZM – DO’STLIK VA HAMKORLIK GAROVI

Adiblarimiz xalqaro huquq normalari va qonunchilikka asoslangan har bir jamiyat kelajagi buyukdur deb bejiz aytishmagan. Vatanimizning tinchliksevar tashqi siyosati dunyo davlatlarining 120 tasi bilan diplomatik, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatishiga asos bo’ldi. Mehmondo’st va bag’rikeng xalqimiz tarixi, qadriyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlarni eshitgan butun dunyo xalqlari hozirda yurtimiz mehmoni bo’lib bunga o’zlari amin bo’lmoqdalar. Bu turizm sohasda yangicha mazmun kasb etib, do’stlik va hamkorlik garovi bo’lib xizmat qilmoqda.

Turizm sohasini alohida mavzu sifatida XX asrda qator olimlarimizning[1] ilmiy tadqiqot mavzulari sifatida o’rganishgan. Adabiyotlarda turizmning iqtisodiy, statistik, xavfsizlik, geografik xususiyatlari ochib berilgan. Biz esa bu maqolada O’zbekistonda turizm sohasining do’stlik va hamkorlik aloqalar uchun xizmat etishini ko‘rsatmoqchimiz.

Hozirgi pandemiya paytida dunyoning Gretsiya, Misr, Turkiya, Rossiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya kabi qator davlatlarida turizm iqtisodiy imkoniyat manbai bo’lib xizmat etgani ma’lum bo‘ldi. Bu davlatlardan farqli ularoq, O’zbekistonda turizmni nafaqat  iqtisodiy imkoniyat balkim, do’stlik va hamkorlik tayanchi  sifatida qadrlashishi barchani hayratga solmoqda. Turizm mamlakatimiz uchun endi taraqqiy etayotgan yo’nalish bo’lsa-da, soha rivoji uchun barcha zamonaviy imkoniyatlar bosqichma-bosqich yaratilmoqda. Manbalarda qayd etilishicha, O’zbekistonda arxeologik-tarixiy, qadimiy arxitektura obyektlari soni 7000 dan ortiq bo’lib, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlari YUNESKO ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilganligi barchani quvontiradi. Madaniy qadriyatlarimizning ildizlarini o’zida mujassam etgan ushbu shaharlar endilikda ochiq osmon ostidagi muzeylar sifatida tilga olinmoqda.

O’zbekistonga o‘tmish tarixdan sayyohlik, elchilik, savdo-sotiq kabi holatlarda kuzatilgan mehmondorchilik qadriyatlari endi yangi mazmun olmoqda. Mamlakatimiz hududidan o’tgan Buyuk Ipak Yo’li turli madaniyat va sivilizatsiyalarni birlashtirib, do’stlik va hamjihatlikni shakllanishiga tayanch vazifani o’tagani manbalarda o’z aksini topgan. Buyuk Ipak Yo’li bo‘ylab xalqaro savdo aloqalar davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy ravnaqiga ta’sir etish bilan birga xalqlarning madaniyati va qadriyatlariga o’zaro hurmat odobini ham shakllanishiga xizmat etgan. XVI asrgacha asosiy savdo yo’li sifatida mavjud bo’lgan Buyuk Ipak Yo’lidan (1-rasm) ko‘plab sayohatchilar[2], elchilar  xalqlar madaniyati, geografiyasini o’rganish va do’stona munosabatlarni o’rnatish maqsadida foydalanishgan. Ammo savdo aloqalarining suv yo’li orqali rivojana boshlashi hamda Turkistonda siyosiy hokimiyat uchun o’zaro urushlar soha taraqqiyotiga salbiy ta’sir  qildi.

Xonliklar davrida ham qo’shni xalqlar va davlatlar bilan o’zaro do’stona munosabatlar mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib olib borilgan. Misol, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Eron, Afg’oniston va Angliya bilan savdo va diplomatik aloqalar amalga oshirilganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bu davlatlardan kelgan mehmonlar, savdo xodimlari xalqimiz qadriyatlari bilan tanishish imkoniga ega bo’lganlar.

1-rasm

Arxiv hujjatlarini o’rganish natijasida Sobiq ittifoq davrida mamlakatimiz tarixi, qadriyatlariga qiziqish so‘nmaganini aniqlash mumkin. XX asr 50-60 yillarda  tashrif buyurgan sayyohlar[3] asosiy tarkibini ilmiy tadqiqotchilar, jurnalistlar, parlament deputatlari va elchilar tashkil etgan. Misol, Samarqand shahrida mehmonxona vazifasini o‘tagan 1955 yil 22 dekabrda tashkil etilgan  “Inturist” Butunittifoq Aksioner jamiyati asosan chet el davlatlaridan tashrif buyurgan sayyohlar uchun xizmat qilgan. Maskur mehmonxonada birgina 1963 yil Samarqand hududini ziyorat qilish maqsadida kelgan sayyohlar tashrifi[4] misolida ko‘rsak.

 

Davlatlar

Oylar

Jami

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

AQSH

6

11

2

41

19

22

109

110

39

12

31

2

404

Shvetsariya

 

 

 

 

 

 

1

11

 

 

 

 

12

Fransiya

 

2

 

9

 

14

5

88

4

 

 

 

122

GFR

 

 

1

 

 

 

 

22

3

3

 

 

29

Angliya

2

 

6

30

9

5

7

18

12

6

1

 

96

Izrail

 

 

 

 

 

 

 

1

12

 

 

 

13

Shvetsiya

 

 

2

1

1

 

 

21

26

2

 

 

53

Italiya

 

 

 

 

2

 

 

18

2

 

 

 

22

Ruminiya

 

 

 

 

 

 

 

22

 

24

 

 

46

Finlandiya

 

 

 

 

 

 

 

15

 

 

 

 

15

Birma

 

 

 

 

 

 

 

1

 

 

 

 

1

Kanada

 

 

 

2

 

4

1

1

 

6

1

 

15

Yangi Zelandiya

 

 

 

 

 

 

 

2

 

 

 

 

2

YuAR

 

 

 

 

 

 

1

 

 

 

 

 

1

Avstraliya

 

 

 

 

 

 

3

4

 

1

 

 

8

Belgiya

 

 

 

 

 

 

7

 

1

2

 

 

10

Daniya

 

 

 

 

 

 

2

 

 

 

 

 

2

Yaponiya

 

 

1

 

 

2

 

 

 

1

1

 

5

Vengriya

 

 

 

 

 

22

 

 

 

 

 

 

22

Eron

 

 

 

 

 

1

 

 

 

 

 

 

1

GDR

 

 

 

 

71

23

 

 

69

135

90

 

388

Gollandiya

 

 

 

 

 

 

 

 

28

25

 

 

53

Chexoslavakiya

 

 

 

18

40

 

 

 

 

59

 

 

117

Avstriya

 

 

 

 

 

 

 

 

 

15

 

 

15

Iroq

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1

 

 

1

Pokiston

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1

1

Polsha

 

 

 

 

40

 

 

 

 

 

 

 

40

Xitoy

 

 

 

 

13

 

 

 

 

 

 

 

13

Meksika

 

 

 

 

1

 

 

 

 

 

 

 

1

Seylon

 

 

 

 

5

 

 

 

 

 

 

 

5

Daniya

 

 

 

1

 

 

 

 

 

 

 

 

1

 

Birgina 1963 yilda jami 1484 kishidan iborat xorij mehmonlari Samarqand viloyati me’moriy obidalari va qadriyatlari bilan tanishib ketganlar. Bir yil davomida bu juda oz sonli mehmon hisoblansada, tarkibda asosan siyosiy hukumat doira vakillari va ilmiy soha xodimlari bo’lganligi naqadar yurtimizga hurmat balandligini anglash mumkin. 

Keyingi yillarda ham jamiyat siyosiy holatidan kelib chiqib O’zbekistonga ko’plab mehmonlar tashrif buyurganlar. Tashrif buyurganlar asosan ilmiy izlanish olib borish, statistik ma’lumot yig’ish, kelishuv va aloqalar o’rnatish kabi maqsadlar yuzasidan kelganlar. Dam olib xordiq chiqarish uchun imkoniyatlarning chegaralanganligi turistlar oqimiga salbiy ta’sir etgan.

Yurtimizning istiqloli natijasida turizm sohsining rivojiga alohida ahamiyat qaratila boshlandi. Hukumatimiz soha rivojiga maxsus qonun va qarorlari tasdiqlanib, xalqaro tajribalar asosida imkoniyatlarni yarata boshlashdi. Yangi mehmonxona va dam olish oromgohlarini bunyod etishga davlat mablag’larini ham jalb eta boshlandi. Misol, 2019 yil 13 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”[5] gi qabul qilgan farmoni ham mamlakatimizga sayyohlar oqimini tubdan oshirish bilan birga hamkorlik va do’stona munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, ajdodlarimiz qoldirgan boy meros va hozirda yaratilayotgan keng imkoniyatlar o’zaro zanjir bo’lib, chet el sayyohlarining e’tiborini O’rta Osiyoga qaratadi. Shu bilan birga qabul qilingan qaror va farmonlar sayyohlik aloqalarini mustahkamlab xalqaro do’stlik va hamkorlik yo’lida mayoq bo‘lib xizmat qiladi.

Suxrob ERGASHEV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi
 
[1] Основы туризма: учебник / коллектив авторов; под ред. Е.Л. Писаревского. – М.: Федеральное агентство по туризму, 2014;  “Безопасность туризма” А.Г. Бобкова, С.А. Кудреватых, Е.Л. Писаревский ; под общ. ред. д-ра юрид. наук Е.Л. Писаревского. – М.: Федеральное агентство по туризму, 2014; География туризма: учебник / В.И. Кружалин, Н.С. Мироненко, Н.В. Зигерн-Корн, Н.В. Шабалина. – М.: Федеральное агентство по туризму, 2014.; Государственное и муниципальное управление в сфере туризма: учебник / коллектив авторов; под общ. ред. Е.Л. Писаревского. – М.: Федеральное агентство по туризму, 2014.; Экономика туризма: учебник / М.А. Морозов, Н.С. Морозова, Г.А. Карпова, Л.В. Хорева. – М.: Федеральное агентство по туризму, 2014.
[2] Misol uchun sayyohlardan: Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ahmad Ibn Abu Bakr al-Muqaddasiy o’zining sayohati davomida to’plagan ma’lumotlar asosida “Ahsan at taqosim fi ma`rifat al-aqolim” (“Iqlimlarni o`rganish uchun eng yaxshi qo`llanma”) asarini; arab geograf olimi va sayyohi Istaxriy (Abu Is’hoq Ibrohim ibn Muhammad al-Forsiy) Eron, Movarounnahr, Suriya, Misr va Mag’rib bo’ylab sayohati asosida “Kitob masolik ul-mamolik” (“Mamlakatlarga boriladigan yo’llar haqida kitob”) nomli asarini; Ibn Havqal (Abulqosim ibn Havqal an-Nisibiy) o’zining “Kitob ul-masolik va-l-mamolik” (“Yo’llar va mamlakatlar haqida kitob”) asarini; Ibn Battuta (Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdullox al-Lavatiy Attanjiy) “Tuhfat an-nuzzor fi g‘aroyib al-amsor va ajoyib al-afsar” (“Turli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shohidi bo‘lganlar uchun tuhfa”) asarini yozgan.
[3] Samarqand viloyat 1375 arxiv fondi, 161-delo.
[4] Samarqand viloyat 1644 arxiv fondi, 33-delo.
[5] https://lex.uz/docs/-4474527

Check Also

ЎЗИНГИЗНИ ҚАТЪИЯТЛИ БЎЛИШГА ТАЙЁРЛАНГ!

(Бир ҳадис шарҳи) Динимиз инсон шахсиятини шакллантиришда ақлга таяниш, одамларга кўр-кўрона тақлид қилмаслик, ҳар бир …