Kitobda hadislar, insonlar va tarixiy maʼlumotlardagi illatlar ham zikr qilingan boʻlib, ularni (Imom Buxoriyning) “Tarix” kitoblaridan topib chiqarganman. Koʻpini Muhammad ibn Ismoil (Buxoriy) bilan muhokama qilganmiz. Ayrimlarini esa Abdulloh ibn Abdurahmon (Dorimiy) va Abu Zurʼa bilan muhokamadan oʻtkazganmiz. Ular (illatlar)ning aksariyati Muhammad (Buxoriy)dan, ozrogʻi Abdulloh (Dorimiy) va Abu Zurʼadan olingan. Iroqda ham, Xurosonda ham illatlarning maʼnolarini idrok etishda, tarixiy maʼlumotlarni aniqlashtirish va sanadlarni tasniflashda Muhammad ibn Ismoil (Buxoriy)dan bilimliroq biror kishini koʻrmaganman!
Tas-ix: