Home / VIDЕOLAR / Prezident Farmoni loyihalari keng jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi

Prezident Farmoni loyihalari keng jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi

🧷 O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi (https://uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama).

🔴Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.

🔴Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.

🟠Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.

❗️“Taraqqiyot strategiyasi” markazi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz (https://uzbekistan2030.uz/) onlayn portali orqali bildirishlarini so‘raydi.

Tas-ix:

Check Also

NODIR YOZMA MANBALAR: NIZOMIDDIN MIR ALISHER NAVOIYNING “XAZOYIN UL-MAONIY” ASARI

Suxrob ERGASHEV – Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, PhD Tas-ix: