Home / VIDЕOLAR / “IMOM BUXORIY – PAYGʻAMBAR ALAYHISSALOMNING CHINAKAM VORISI”

“IMOM BUXORIY – PAYGʻAMBAR ALAYHISSALOMNING CHINAKAM VORISI”

Yernar CHALGIMBAYEV – Islomshunos tadqiqotchi (Qozogʻiston)

Alloh yoʻlida xizmat qilish uchun ustozlarim taklifi bilan Imom Buxoriyning hayoti, ijodi va ilmiy merosiga bagʻishlangan loyihada ishtirok eta boshladim. Loyiha mualliflari dastlab alloma hayoti haqida multfilm yaratmoqchi edi. Keyinchalik kitob yozish toʻxtamiga keldik. Shu yoʻlda ikki yil davomida izlanishlar olib bordim.

Kitobni “Paygʻambar merosxoʻri” deb nomladik, chunki mashhur hadisda aytilganidek, ulamolar paygʻambarlarning merosxoʻrlaridir. Imom Buxoriy esa ulkan sunnat merosini jamlab, barcha musulmonlar uchun qimmatli ilmiy xazina qoldirgan ulamolarning eng ulugʻlaridan boʻlgani uchun bu nomga koʻproq munosib.

Kitob muqovasida islomning pokligi, dinimiz sofligi ramzi – oq rang va Samarqandning qadimiy qogʻozkorlik anʼanasini yodga soluvchi tut daraxti aks ettirilgan. Novda siyohli qalamga aylanib, oʻzida Imom Buxoriyning zahmati bilan yaralgan va butun ummat tomonidan yuksak qadr topgan ilmiy merosni ifodalaydi.

Taqdimotda meni iliq qarshi olishdi. Kitob haqidagi maʼlumotlar qiziqish bilan tinglandi. Tashkilotchilar bilan istiqboldagi hamkorlik rejalari haqida suhbatlar boʻldi. Bu boradagi takliflarni mamnuniyat bilan qabul qildim.

Tashkilotchi va ishtirokchilarning hammasidan gʻoyat minnatdorman!

Tas-ix:

Check Also

ILMIY-TADQIQOTLAR: “TA’VILOT AL-QUR’ON” ASARINING ZAMONAVIY-TANQIDIY NASHRLARI

Usmonxon MUHAMMADIYEV – Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Tas-ix: