Home / VIDЕOLAR / “MARKAZINGIZ – QOʻLYOZMALAR TAHQIQI SOHASIDA PESHQADAM”

“MARKAZINGIZ – QOʻLYOZMALAR TAHQIQI SOHASIDA PESHQADAM”

Dr. Mahmud MISRIY – Istanbuldagi “Dorul maxtutot” (Qoʻlyozmalar uyi) markazi Bosh direktori (Turkiya)

Bismillahir rohmanir rohiym

Boqiy va hamisha navqiron Samarqand ziyorati asnosida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga kelish baxtiga ham musharraf boʻldim. Bu yerda ilm yoʻlida olib borilayotgan xayrli amallar bilan tanishib, boshim koʻkka yetdi. Ayniqsa, Imom Buxoriy asarlari ulardan yurtingiz ahli koʻproq manfaat topishi uchun oʻzbek tiliga tarjima qilinayotgani va dunyo kutubxonalaridagi qoʻlyozma nusxalari jamlanayotgani meni juda xursand qildi.

Manbalar xazinasidagi qoʻlyozmalarni raqamlashtirish ishlari bilan tanishdim. Bu – allomalar ilmiy merosini jamlash yoʻlida muhim qadam. Qoʻlyozmalarni toʻplash, tashqi taʼsirlardan himoyalash, raqamlashtirish, saqlash, nashr etish va tahqiq qilishda ayni shunday markazlar peshqadamdir. Ushbu dargoh ham shu ilgʻorlar safida turadi.

Mana shunday, biz uchun juda muhim boʻlgan maʼrifat maskanlari bilan tanishishni taqdir qilgan Tangri taologa hamdu sanolar aytib, Alloh azza va jalladan barchamizga tavfiq va qabuliyatni bardavom etishini soʻrab qolaman.

Tas-ix:

Check Also

“XALQU AFʼOLIL IBOD” ASARINING YOZILISHIDA IMOM BUXORIYNING OʻZIGA XOS USLUBI

Dr. OTABEK MUHAMMADIYEV – Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari ALOUDDIN NEMATOV – Imom …