Home / HADIS / XAYRIXOHLIK

XAYRIXOHLIK

(Bir hadis sharhi)

  1. Jarir ibn Abdulloh: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga namozni toʻkis ado etish, zakot berish va har bir musulmonga xayrixoh boʻlishga bayʼat qildim”, dedi.

* * *

Bu rivoyatda Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhuning gaplari keltirilgan. Unda islom arkonlarini bajarish bilan birga insonlarga xayrixoh boʻlish lozimligi aytib oʻtilgan.

“Xayrixohlik” deb tarjima qilingan soʻz asli arab tilida «النصيحة» [an-nasiyhatu] deyiladi. Shuningdek, bu soʻzning hamdardlik maʼnosi ham bor.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Din – Allohga, uning rasuliga va musulmonlarning imomlari va ommasiga xayrixohlikdir”, deganlar. Yaʼni u zotning oʻzlari xayrixohlikni tafsir qilib, u Alloh uchun, Rasuli uchun, musulmonlarning imom-rahbarlari va ommasi uchun boʻlishini aytganlar.

Allohga xayrixohlik – Allohning bir-u borligiga imon keltirish, Unga hech kimni sherik qilmaslik, buyruqlariga itoat etishdir. Ana shu ishlarning barchasi Allohga xayrixohlik boʻladi.

Rasuliga xayrixohlik – u zotga imon keltirish, sunnatlariga ergashishdir.

Musulmonlarning imomlariga xayrixohlik – musulmon rahbarlar joiz ishlarga buyurganda ularga itoat etmoqdir.

Omma musulmonlarga xayrixohlik esa – ularga yaxshi muomalada boʻlish, aziyat bermaslik, qoʻlidan kelgancha ularga yaxshilik qilish, ularning haqqini ado etish kabilardir.

“Sahihi Buxoriy” sharhi (2-jild) kitobi asosida tayyorlandi.

Ravshan ELMURODOV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Check Also

SADAQA (ehson) ning eng noyob 80 ta TURI

«Kimki bir hasana (savobli ish) qilsa, unga oʻn barobar koʻpaytirib yozilur. Kimki bir yomon (gunoh ish) qilsa, faqat …