Home / MAQOLALAR / Zamonaviy OʻQUVCHI-TALABANING 77 ta zamonaviy ODOBI

Zamonaviy OʻQUVCHI-TALABANING 77 ta zamonaviy ODOBI

Zamonaviy OʻQUVCHI-TALABANING 77 ta zamonaviy ODOBIni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar: 

 KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:

 «Alloh Odam (alayhis salom)ga barcha yaratilgan va yaratilajak narsalarga tegishli nomlarni oʻrgatdi» (Baqara surasi 2/31 oyat);

 “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻlurmi?! Darhaqiqat, faqat aql egalarigina eslatma olurlar” (Zumar surasi 39/9 oyat).

  

JANOBI PAYGʻAMBARIMIZ RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM MEHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:
 ¯  «Haq boʻla turib, janjalni tark etgan kishiga — Jannat yonidagi bir uyga kafilman!
Hazildan boʻlsa ham, yolgʻonni tark etgan kishiga — Jannat oʻrtasidagi bir uyga kafilman!
Goʻzal xulqli kishiga — Jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman!» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);
 ¯  “Moʻminlarning imoni eng mukammali — xulqi goʻzal boʻlganlaridir” (Imom Termiziy rivoyatlari);
 ¯  “OTA-ONAga duo qilishni tark etish rizqni kesadi”;
 ¯  “Albatta, odamlarga goʻzal xulqdan afzalroq narsa berilmagan” (Imom Tabaroniy rivoyatlari);
 ¯  «Uch toifa kishining qoʻlga kiritgan narsasida baraka boʻlmaydi va qayerda boʻlsa ham xorlanadi:
–     Mening nomimni eshitganda salavoti sharif aytmagan;
–     Ramazon oyiga hurmat koʻrsatmagan;
–     OTA-ONASI tirik boʻla turib, ULARNI xursand qilmagan». 

 

ULAMOI KIROMLAR AYTADILARki…:

     Agar inson bilim yoʻlida ketayotgan ekan, Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning nurlari tomon borayotgan ekan, ushbu asosiy qoidalarga rioya qilishi lozim.

    Baʼzida odob, hurmat qoidalariga boʻysinmay, ustozidan bilim olayotganlar ham bor.

    Toʻgʻri, inson ota-onasini, ustozini oldida kitob oʻqishi, biror-bir hunar oʻrganishi yoki fan bilimlarini olishi mumkin. Lekin OTA-ONASIGA, USTOZIGA ehtirom-hurmat boʻlmasa, bu kabi bilimlar oddiy maʼlumotga aylanadi. Bunday bilimda baraka boʻlmaydi!!!

    Azozilni eslaylik. Hozir uning ismi Shayton. Bilimga ega, hattoki boshqa farishtalarga ham saboq bergan. Hoʻsh, shunday bilimlar toʻgʻri yoʻldan adashishidan Azozilni qutqarib qola oldimi? Yoʻq! Chunki Allohni hurmat qilmadi, eʼtiroz bildirdi. Beodoblik qildi! Yaratganning buyrugʻiga boʻysinmadi. Betgachoparlik qilib, magʻrurligini namoyon etgani uchun laʼnatlangan va haydalgan.

    Hozirgi kunda odamlarni nojoʻya yoʻllarga yetaklayotgan, jamoatda qarama-qarshi qarashlar paydo qilayotgan, oʻzlari ham adashgan “aqlli”lar qanday paydo boʻlganini anglab olishimiz mumkin. Bular ota-onasiga, ustoziga va boshqa olimlarga nisbatan odobni qoʻllamagan, hurmatni bilmagan, oʻz bilimlarini toʻgʻri yoʻlga sola olmaganlardir.

    Odobning asli – oʻzini nuqsonli, boshqani – komil koʻrmoqlikdir.

Odobi kam boʻlgan – oʻzini komil, boshqalarni – nuqsonli koʻradi.

    Banda shu toʻrt narsa bilan yuksaladi:
– ilm;
– odob;
– omonat;
– iffat.
Odobi yoʻqning – ilmi, sabri yoʻqning – dinga bogʻliqligi, taqvosi yoʻqning – Allohga yaqinligi yoʻqdir.

7 xil insonlar oʻrtasida hech qachon tenglik boʻlmaydi.

Bu tengsizlikni ALLOH TAOLONING OʻZI (!) oʻrnatgan!

Aqlsiz odamgina bularni tenglashtiradi:

1) erkak – ayol;
2) er – xotin;
3) ota-ona – farzand;
4) katta – kichik;
5) ilmli – ilmsiz;
6) ustoz – shogird;
7) rahbar – xodim.

ALLOH TAOLONING OʻZI (!) oʻrnatgan tengsizlikni buzishga harakat qilganni oxir-oqibat ALLOH TAOLONING OʻZI holini voy qiladi.

    Imom Aʼzam Abu Hanifa rahmatullohi alayhidan rivoyat qilinadi: “Ustozim Hammodning hurmatlari uchun u zotning uylari tomonga oyogʻimni uzatmaganman. Holbuki, u zotning uylari bilan mening uyim orasida yettita koʻcha bor edi. Ustoz Hammodning vafotlaridan soʻng qachon namoz oʻqisam, har safar albatta ota-onamga qoʻshib, u zotga ham Allohdan magʻfirat soʻrayman. Nafaqat u zot, balki kimdan nimadir oʻrgangan boʻlsam yoki kimdir menga nimadir oʻrgatgan boʻlsa, albatta oʻsha kishilar uchun ham doim Allohdan magʻfirat soʻrayman”.

    Dedilar: “Dunyoda asli kim aziz?”
Aytdilar: “Ustozdir! Ustoz, begumon!”
Tagʻin aytdilarki: «Aziz, shubhasiz, Ustozlar qadriga yetolgan inson!»
    Johillar davrasida ham, olimlar davrasida ham ularni tinglashni oʻrganing! Johilni tinglaganda – sabringiz, olimni tinglaganda – ilmingiz ortadi.
    Ilm egallash asnosidagi eng keraksiz narsa – dimogʻdorlik, eng zarur narsa – vaqtdir.
    Insoniyatning ENG Birinchi Ustozi – bu ALLOH TAOLONING OʻZI boʻlsa (Qurʼoni karim Baqara surasi 2/31 oyat),
musulmonlarning insonlar ichida ENG Buyuk Ustozi – Janobi PAYGʻAMBARIMIZ MUHAMMAD ALAYHISSALOMDIRLAR!
Har bir inson zoti uchun esa ENG Birinchi Ustozi – uning OTA-ONASIDIR! Zero uni tarbiyalashni hali bu dunyoga kelmasidan oldinroq boshlaydi. Tugʻilishi bilanoq, to ota-onaning oʻzi bu dunyodan oʻtmaguncha, oʻz farzandiga mehribonlik qilib oʻtadi…
    Sharaf sizga, olqish sizga, aziz ustozlar!
Agar shogird shayxulislom, agar qozidur,
Agar ustoz rozi – Tangri rozidur! (Alisher Navoiy).
    Janobi Paygʻambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nozil qilingan Qurʼoni karimdagi eng birinchi xabar: “Oʻqing!” daʼvati bilan boshlanishi bejiz emas!

 

DONO XALQIMIZ MAQOLLARI:
  “Ota-ona rozi – Xudo rozi!”;
  «Usta borida qoʻlingni tiy,
Ustoz borida – tilingni»;
  “Usta boʻlsang, ustozingni unutma!”;
  “Sabr tagi – sariq oltin”;
  «Yaxshi bilan yursang – yetarsan murodga,
Yomon bilan yursang – qolarsan uyatga»;
  «Gul tikansiz boʻlmas,
Dur – sadafsiz»;
  «Ustozingga tik qarasang – toʻzasan,
Hurmat qilsang – asta-asta oʻzasan».

  

Qurʼoni karim oyati karimalari va muborak hadisi shariflarga asosan ulamolarimiz belgilab bergan “USTOZGA nisbatan muomalayu madaniyat”dagi ilm oʻrganuvchining 77 ta odobi:

 1)    har bir ishida OTA-ONANING duolarini olishlik;
2)    hargiz-hargiz va aslo OTA-ONA, USTOZLAR yuzlariga tik qaramaslik;
3)    hargiz-hargiz va aslo OTA-ONANI, USTOZLARNI ranjitmaslik;
4)    hargiz-hargiz va aslo OTA-ONANI, USTOZLARNI soʻzlarini ikki qilmaslik;
5)    hargiz-hargiz va aslo OTA-ONAGA, USTOZLARGA gap qaytarmaslik;
6)    hargiz-hargiz va aslo OTA-ONA, USTOZLAR aytganlarini yerda qoldirmaslik;
7)    OTA-ONAGA, USTOZLARGA hurmat va itoatda boʻlish shart;
8)    OTA-ONAGA, USTOZLARGA barcha ishlarda boʻysunishi lozim;
9)    OTA-ONAGA, USTOZLARGA nisbatan tavozeʼli boʻlmoq darkor;
10)    OTA-ONANI, USTOZLARNI ULAR yoʻq paytlarda ham hurmatlashi lozim;
11)    OTA-ONAGA, USTOZLARGA birinchi boʻlib salom berishlik;
12)    OTA-ONA, USTOZ oʻrnilaridan turdimi, siz ham turing!;
13)    OTA-ONA, USTOZ oldingizda ekan, hech ham baland ohangda gapirmang!;
14)    OTA-ONA, USTOZLAR bilan gaplashganda oʻrnidan turib gaplashishlik, hatto telefon orqali boʻlganda ham;
15)    OTA-ONA, USTOZLAR oldilarida mavzuga oid boʻlmagan ortiqcha gap-soʻzlar gapirmaslik;
16)    OTA-ONAGA, USTOZLARGA savol berishdan oldin ruxsat soʻrashlik;
17)    iloji boʻlsa taʼlim berayotgan insonga ism-sharifi bilan emas, balki “MUALLIM!” yoki “USTOZ!” deb murojaat qilish;
18)    USTOZ soʻramagan narsalardan tilni tiyishlik;
19)    OTA-ONANING, USTOZNING gaplariga yoki javoblariga eʼtiroz bildirmaslik;
20)    OTA-ONA, USTOZ xatosini aytib, bilimdon ekanligini koʻrsatmaslik;
21)    OTA-ONA, USTOZ oldilarida yon sherigi bilan suhbatlashish juda xunuk ishdir;
22)    OTA-ONANI, USTOZINI hurmat qilgan inson har tarafga qarab oʻtirishdan oʻzini tiyadi va diqqatini OTA-ONAGA, USTOZGA qaratadi;
23)    OTA-ONA, USTOZLAR bilan telefonda soʻzlashganda ULARNING hurmatlarini bilib, beizn ULARNING vaqtlarini ortiqcha koʻp olmaslik;
24)    OTA-ONA, USTOZ bizga telefon qilsalar, tezkor yonimizdagilarni ogohlantirib, uzr soʻrab, darhol OTA-ONAGA, USTOZGA javob beriladi;
25)    OTA-ONA, USTOZLAR bilan suhbatlashganda “Alo?”, “Hello?”, “Ha?”, “Alyo?”, “Da?” soʻzlarni oʻrniga “Assalomu alaykum!”, “Labbay?”, “DADAJON?!”, “ONAJON?!”, “USTOZ?!”, “USTOZJON?!”, “Eshitaman?”, “Xizmatingizdaman!..”, “Qulogʻim sizda…”, “Xizmatingizga tayyorman!..”, “Doim xizmatingizdaman!..”, “Xizmatingizga doim tayyorman!..”, “Amringizga muntazirman!..” kabi iboralarni ishlatish;
26)    OTA-ONA, USTOZLAR bilan telefon orqali suhbat tugaganda, telefonni darhol oʻchirmasdan, balki ULAR bilan xayrlashib, OTA-ONAGA, USTOZGA yaxshi tilaklar tilab, OTA-ONA, USTOZ telefonlarini oʻchirganlaridan soʻnggina telefonni oʻchirish mumkin; ULARDAN oldin telefonni oʻchirmaslik;
27)    OTA-ONAGA, USTOZLARGA telefonda gudok tashlanmaydi;
28)    agar ULAR shunday qilgan boʻlishsa, darhol ULARGA qayta telefon qilinadi;
29)    OTA-ONA, USTOZLAR bilan telefon orqali gaplashganda ULARNING ruxsatlarisiz boshqalarga eshitiladigan darajada telefonni ovozini baland qilmaslik;
30)    OTA-ONA, USTOZLAR bilan telefonda gaplashib turgan paytda mabodo aloqa uzilib qolsa, ULARGA birinchi boʻlib oʻzimiz qaytadan telefon qilishimiz lozim;
31)    telefonda gaplashib turgan paytda mabodo OTA-ONA, USTOZ telefon qilib qolsalar, soʻzlashib turgan odamni ogohlantirib, darhol OTA-ONAGA, USTOZGA javob beriladi;
32)    OTA-ONANING, USTOZLARNING shaxsiy maʼlumotlari va OTA-ONADAN, USTOZLARDAN telefon orqali kelgan barcha maʼlumot-xabar (rasm, video, telefon raqam, ovozli gap-soʻzlari, sms va hokazo)larini OʻZLARINING ruxsatlarisiz boshqalarga koʻrsatilmaydi, berilmaydi va yuborilmaydi;
33)    OTA-ONANING, USTOZLARNING OʻZLARIGA ham ULARNING ruxsatlarisiz turli xil maʼlumot-xabar (rasm, video, telefon raqam, ovozli gap-soʻzlar, sms va hokazo)lar yuborilmaydi; oʻzimiz yubormoqchi boʻlgan shaxsiy tabriknomalar – mustasno;
34)    OTA-ONAGA, USTOZLARGA ayniqsa tarbiyaviy ahamiyatga ega, ilm-fanlarga doir, taʼlimga taalluqli boʻlgan har qanday narsalar yuborilmaydi OTA-ONANING, USTOZLARNING ruxsatlarisiz;
35)    OTA-ONA, USTOZLAR bilan telefon orqali muloqotni telefonda yozib olish uchun OʻZLARINING roziliklari olinadi; agar ruxsat bermasalar, yozib olmaslik; chunki OʻZLARINING ruxsatlarisiz OTA-ONANING, USTOZLARNING gaplarini yozib olib, boshqalarga tarqatish — juda katta xiyonat va ulkan gunoh hisoblanadi;
36)    OTA-ONA, USTOZLAR bilan birga surat yo videoga tushmoqchi boʻlganda, oldin OʻZLARIDAN izn soʻrab, ruxsatlari olinadi; agar ruxsat bermasalar, surat yo videoga tushmaslik;
37)    OTA-ONANI, USTOZLARNI surat yo videoga olmoqchi boʻlganda ham, oldin OʻZLARIDAN izn soʻrab, ruxsatlari olinadi; agar ruxsat bermasalar, surat yo videoga olmaslik;
38)    telefon orqali koʻrishib gaplashish uchun OTA-ONANING, USTOZLARNING roziliklarini olishda ULARGA gaplashmoqchi boʻlgan odamning huzurida kimlar mavjud ekanligini ham ogohlantirib qoʻyish;
39)    agar OTA-ONA, USTOZLAR tomonlaridan telefon orqali koʻrishib gaplashishga istak bildirilmasa, bundan aslo xafa boʻlmaslik;
40)    agar OTA-ONA, USTOZLAR bilan telefon orqali koʻrib gaplashish zaruriyati boʻlsagina, shunda ham faqat ULARNING ijozatlari bilangina koʻrishib gaplashish uchun telefon qilish mumkin;
41)    agar OTA-ONA, USTOZLAR tomonlaridan telefon orqali koʻrishib gaplashishga xohish bildirilmasa, OTA-ONADAN, USTOZLARDAN uzr soʻraladi;
42)    OTA-ONA, USTOZLAR bilan telefonsiz soʻzlashganda, telefonni ovozini oʻchirib qoʻyiladi;
43)    OTA-ONA, USTOZLAR bilan soʻzlashib turganda, biror kishi telefon qilib qolsa, avvalo OTA-ONADAN, USTOZLARDAN ruxsat soʻrash; agar ULAR ruxsat bersalargina telefonga javob qaytariladi;
44)    OTA-ONAGA, USTOZLARGA begona raqamdan telefon qilganda, vaqtni olmasdan darrov ochiq-oydin va aniq oʻzini tanishtirish lozim;
45)    boshqa odam OTA-ONAMIZNI, USTOZLARNI raqamlarini soʻrasa, OTA-ONANING, USTOZLARNING ruxsatlarisiz berilmaydi;
46)    OTA-ONAGA, USTOZLARGA telefon qilganda, ikkinchi liniyadan tushib qolgan odam bitta chaqiriqdan keyin aloqani darhol uzish lozim. ULARGA kim qidirayotganini anglash uchun shu kifoya. Uzluksiz chaqiriqlar bilan suhbatlarini buzmaslik;
47)    OTA-ONAGA, USTOZLARGA qayta-qayta qoʻngʻiroq qilavermaslik lozim. Chunki qoʻngʻiroqga javob berish — u tomonning huquqi, zinhor majburiyati emas;
48)    OTA-ONA, USTOZLAR birorta maʼlumot-xabar (surat, yozuv, video)ni koʻrsatish uchun telefonlarini bersalar, faqat oʻsha maʼlumot-xabar (surat, yozuv, video)ni koʻrish bilangina cheklanish lozim. Boshqa joylariga oʻtib ketishga haqqimiz yoʻq!;
49)    agar OTA-ONA, USTOZLAR telefonlarida nimadir koʻrayotgan yoki izlayotgan boʻlsalar, tikilib turmaslik kerak. OTA-ONANING, USTOZLARNING telefonlariga ruxsatsiz qarash mumkin emas!;
50)    gaplashishga nomunosib paytlar (masalan, azon aytilgandan keyin, kechaning yarmida yoki kunduzi dam olinadigan)da OTA-ONAGA, USTOZLARGA qoʻngʻiroq qilinmaydi;
51)    OTA-ONA, USTOZLAR qoʻngʻiroq qilgan vaqtda esa, qaysi payt va qanday holatda boʻlishimizdan qatʼiy nazar, ULARGA xushmuomalalik bilan darhol va tezkor javob berish zarur;
52)    OTA-ONA, USTOZLAR bilan telefon orqali suhbatlashayotganda, demak, OTA-ONA, USTOZLAR maʼlum bir vaqtlarini maxsus biz uchun alohida ajratayotganliklarini, biz ULARNING vaqtlarini olayotganimizni, OTA-ONA, USTOZLAR OʻZ ishlarini qoʻyib, xayollari biz bilan band boʻlib turganlarini his etib, behuda gaplar bilan ULARNING vaqtlarini behuda oʻtkazmaslik lozim;
53)    OTA-ONA, USTOZ bilan agar biror uzun mavzu xususida gaplashmoqchi boʻlganda, avval OʻZLARIDAN ruxsat soʻraladi. Agar ruxsat bersalar, gaplashish mumkin. Aks holda, gapni qisqa qilish zarur. Chunki ULAR bemalol gaplashadigan holatda boʻlmasliklari ham mumkin;
54)    har bir bayramlarda, OTA-ONANING, USTOZLARNING xursandchilik kunlarida ULARNING koʻngillarini koʻtaradigan tilak, rasm, video, xabar, ovozli gap-soʻzlar, sms va hokazolarni muntazam yuborish lozim;
55)    har kuni ertalab-kechqurun oʻqishga ketishdan oldin hamda oʻqishdan kelgandan keyin, biror sabablar bilan OTA-ONADAN yiroqda boʻlib turgan inson ham OTA-ONASIGA telefon qilib, “Xayrli kun!”, ”Xayrli tun!” tilab, haqlariga chiroyli, yaxshi duolar qilib, ULARNING hol-ahvollarini soʻrab, “Menga nima xizmatlar buyurasiz?” deb, aytgan xizmatlarini ado etib, ULARNING betakror, bebaho va beqiyos duolarini olish lozim;
56)    OTA-ONANING, USTOZLARNING oldilarida telefon oʻynamaslik. Chunki bunday qilish – OTA-ONAGA, USTOZLARGA nisbatan hurmatsizlik, mensimaslik, beodoblik hisoblanadi. Agar jiddiy zarurat tugʻilib qolsa, ULARGA uzrini aytib, ruxsat soʻraladi. Agar OTA-ONA, USTOZLAR ijozat bersalargina, telefon bilan mashgʻul boʻlinadi;
57)    USTOZLARGA yurayotgan holatda savol berish hurmatsizlik hisoblanadi;
58)    ilm qalbga oʻrnashadi. Qalb toza va pok boʻlsa, unga ilm mustahkam oʻrnashadi va barakali boʻladi;
59)    shu sabab avvalo – qalbini poklash. U har xil qalb kasalliklaridan sof va pok boʻlishi lozim. Qalbni kibr, riyo, manmanlik, mensimaslik, gʻiybat, yolgʻonchilik, birovni koʻraolmaslik va boshqa zararli illatlardan xalos etish kerak;
60)    toʻgʻri va chiroyli niyat qilish. Kishi olayotgan ilmi orqali ilmiga xolis amal qilishni, insonlarning qalbiga maʼrifat ziyosini ulashishni, xalqning manfaati uchun xizmat qilishni qasd qilishi lozim;
61)    oʻzini butunlay ilmga bagʻishlash. Tolibi ilm tunu kun umrining har bir lahzasini ilm olishga sarflashi lozim. Zero ulamolarimiz: “Sen ilmga boringni bermaguncha, u senga hech narsa bermaydi”, deganlar;
62)    boʻsh vaqtlarida Allohning zikri bilan, Paygʻambarimiz alayhis salomga salavot aytish bilan, oʻzining qalbidagi orzu-tilaklarini Xudodan soʻrab, duo qilish bilan band boʻlishi darkor. Zero ilm – Allohning nuridir! Alloh taolo nurini Oʻzi istagan bandasigagina beradi;
63)    uyga berilgan vazifani imkon qadar Qibla tomon yuzlanib bajarishlik;
64)    koʻp va tartibsiz ovqat yemaslik;
65)    badantarbiya bilan shugʻullanishlik;
66)    uyquni meʼyoridan oshirmaslik;
67)    doim baholi imkon batahorat boʻlib yurishlik;
68)    kiyadigan liboslarini pokiza tutishlik;
69)    ustoz tanlashda shoshmaslik. Bunda ham OTA-ONA bilan maslahat qilish. Ulugʻlarimiz: “Ilm – bu dindir, shuning uchun uni kimdan olayotganingizga eʼtibor beringlar!” – deganlar;
70)    ilm oʻrganishdagi sheriklarini ham hurmatlarini joyiga qoʻyish. Ular ilm yoʻlida orttirgan doʻstlari hisoblanadi;
71)    ilm oʻrganishda doʻstlariga ham koʻmak berish;
72)    oʻz tajribasi orqali oʻrganganlarini boshqa ilm oʻrganuvchilar bilan baham koʻrishi va imkoni boricha yordam berishi ham goʻzal odobdir;
73)    ilm olishiga sabab boʻlayotgan kitob, daftar, qalam va boshqa oʻquv qurollarini ehtiyot qilish, oyoq ostiga qoʻymaslik va, albatta, har joyda eʼtiborsiz qoldirmaslik lozim;
74)    chiroyli yozish;
75)    olayotgan bilimlarini yozib borish kerak. Chunki yozish oqibatida ilm meros sifatida keyingilarga qoladi;
76)    ilmni yashirmaslik. Alloh taolo qaysi bir bandasiga ilmdan biror nasiba bergan boʻlsa, oʻsha kishining zimmasida olgan ilmini oʻzgalarga yetkazish vazifasi turadi;
77)    oʻrgangan ilmini yashirmay, imkon qadar oʻzgalarga yetkazishda, ikki foyda bor:
– ilmni yetkazgani uchun savob;
– ilmni oʻzgalarga oʻrgatgan sari koʻnikma va tajriba hosil boʻlishi.

ILOHO MEHRIBON PARVARDIGORIMIZ OʻZI buyurgan, Janobi PAYGʻAMBARIMIZ SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM tavsiya etgan, oʻtmishda oʻtganlarimizning ruhlari shod boʻladigan, xalqimiz xursand boʻladigan, OTA-ONALARIMIZ rozi boʻladigan yoʻllardan yurishimizni nasib etsin!

Ibrohimjon domla Inomov
Manba: muslim.uz

Check Also

OʻZINGIZNI QATʼIYATLI BOʻLISHGA TAYYORLANG!

(Bir hadis sharhi) Dinimiz inson shaxsiyatini shakllantirishda aqlga tayanish, odamlarga koʻr-koʻrona taqlid qilmaslik, har bir …