Home / FOTO LAVHALAR / Mavzular qamrovi kengaydi

Mavzular qamrovi kengaydi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyaning “Diyanet” jamgʻarmasi huzuridagi Islom tadqiqotlari markazi (ISAM) bilan hamkorlikda tashkil qilingan Hanafiy mazhabi boʻyicha IV yillik xalqaro konferensiya 5-iyun kuni oʻz ishini davom ettirdi.

Anjumanning ikkinchi kuni mahalliy olimlar maʼruzalari bilan boshlandi. Unda movarounnahrlik allomalar fiqhiy qarashlarining hanafiy huquq tizimidagi oʻrni, bu borada Markaziy Osiyoda shakllangan manbalar toʻplamlari va ularning muftiy va qozilar uchun dasturilamal sifatida koʻrilishi, Xorazmda yozilgan fiqhiy asarlarning tarixiy ahamiyati, Alouddin Usmandiyning fiqhiy asarlari qizgʻin muhokamalar mavzusi boʻldi.

Kunning ikkinchi yarmida anjuman ishtirokchilari tomonidan Usmoniylar hanafiyligining muhim jihatlari, hanafiylik kontekstida shartnomalarning namoyon boʻlish shartlari, XIX asrda hanafiylik ustuvor boʻlishining omillari, shu davrda Misrdagi ilk hanafiylik sudlarida yuzaga kelgan yosh va huquq layoqati ochiqlandi.

Konferensiyada, shuningdek, merosga oid ilk hanafiy asarlarda asosiy matnlar taʼsirchanligi, hanafiy fiqhida umuminsoniylik va tarixiy tasodiflar masalalari, islom huquqidagi tabiiy boʻshliqlarga oid mulohazalar keskin munozaralarga sabab boʻldi.

Konferensiya ishi davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …