Maʼmun akademiyasida Movarounnahrlik olimlar. Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bagʻdodda ilmiy Markaz-Akademiya (“Bayt ul-Xikma”)-tashkil etilib, unga barcha musulmon oʻlkalari, jumladan Oʻrta Osiyodan ham olim va fozillar toʻplangan. Bu markazda Movarounnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bagʻdod akademiyasini jahonga mashhur boʻlishida oʼzlarining katta hissasini qoʻshganlar. Movarounnahrda arab xalifaligini hukmronligini oʻrnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bagʻdoddagi ilmiy akademiyadan oʻrnak olib Xorazmda ham X asrda Maʼmun akademiyasi vujudga keldi va uning aʼzolari boʻlmish oʻz davrining olimu-donishmandlari oʻz ijodlari bilan Movarounnahr nomini dunyoga yoydilar. Shuningdek oʻlkamiz hududidan islom dunyosining eng moʻtabar shaxslari yetishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham uxroviy ilmining yuqori pogʻonalarida turibdi.
Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining oʻrni beqiyosdir. Shuni alohida taʼkidlash joizki, Shax Maʼmun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga boʻlingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Maʼmun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirgan. Maʼmun Gurganchda “Baytul hikma” (Donishmandlar uyini) tashkil qilgan. U Maʼmun akademiyasi deb ham atalgan. Bu maskanda ulugʻ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Fargʻoniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning koʻpgina mamlakatlaridan kelgan ulugʻ allomalar ham bor edi.
Donishmandlar uyida oʻzidan oʻchmas iz qoldirgan Buyuk mutafakkirlar orasida alohida taʼkidlash lozim boʻlgan shaxs bu — Abu Rayhon Beruniydir. Abu Rayhon Beruniy[1] mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jugʻrofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi.
Shuningdek, Sharqda dastlabki Globusni Abu Rayhon Beruniy 1016 yilda yasagan[2].U faqat Shimoliy yarim shardan iborat eng birinchi boʻrtma (relyefli) Globus boʻlib, aholi yashaydigan joylar aniq koʻrsatilgan. Globusning diametri qariyb 5 m boʻlganligi maʼlum (masshtabi 1:2 500 000). Beruniy oʻzi yasagan Globus haqida “Geodeziya” asarida yozib qoldirgan.
Bundan tashqari u arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning quyidagi asarlari oʻzbek va rus tillariga tarjima qilingan:
- Abu Rayhon Beruniy. Hindiston. Per. A. B. Xalidov, Yu. N. Zavadovskiy. // Tanlangan asarlari, Tom II. Toshkent: Fan, 1963. // Qayta nashr: M.: Ladomir, 1995.
- Beruniy Abu Rayhon. Yodgorliklarni toʻplash uchun maʼlumotlarni jamlash (Mineralogiya). Per. A. M. Belenitskiy. L.: Nash. SSSR FA, 1963.
- Beruniy Abu Rayhon. Geodeziya. (Turar-joylar oʻrtasidagi masofani aniqlash uchun joylarning chegaralarini aniqlash). P. G. Bulgakova //Tanlangan asarlar, Tom III. Toshkent: Fan, 1966.
- Beruniy Abu Rayhon. Meditsinada farmakognoziya. U. I. Karimov. // Tanlangan asarlar, Tom III. Toshkent: Fan, 1987.
- Beruniy Abu Rayhon. Xayyom va at-Tusiylarning kataloglar ilovasi bilan Al Beruniyning yulduzlar katalogi. Tarixiy-astronomik tadqiqot. 8, 1962, s. 83-192 nashr.
- Beruniy Abu Rayhon. Egri chiziqning ikki nuqtasini tutashtiruvi toʻgʻri chiziqda egri chiziqni aniqlash haqida risola. Sharq mamlakatlarida fan va texnika tarixi kitobidan. 3, 1963, s. 93-147 nashr.
- Beruniy Abu Rayhon. Hind rashiklari haqida kitob. B. A. Rozenfeld. Sharq mamlakatlarida fan va texnika tarixi kitobidan. 3, 1963, s. 148—170 nashr.
- Beruniy Abu Rayhon. Yozishma. Yu. N. Zavadovskiy. Toshkent: Fan, 1973. Beruniyning “Fazo haqidagi kitobi”ga oil oʻn savol va Ibn Sinoning javoblari.
- Beruniy Abu Rayhon. Metall va qimmatbaho toshlar hajmi oʻrtasidagi munosabat. B. A. Rozenfeld va M. M. Rojanskiy. Sharq mamlakatlarida fan va texnika tarixi kitobidan. Fan.: 1983, s. 141—160.
Buyuk mutafakkir hamda qomusiy olim, Abu Rayxon Beruniyning nomini kelajak avlodga yetkazish maqsadida, bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Jumladan:
- Al-Beruniyning ona shahri 1957 yil uning sharafiga Beruniy nomini olgan.
- 1973 yil akademik I.M.Moʻminov tomonidan Oʻzbekistonda Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan tadbirlar oʻtkazilgan.
- Toshkentdagi Sharqshunoslik ilmiy-tekshirish instituti Abu Rayhon Beruniy nomini olgan.
- Toshkentdagi Beruniy metro stansiyasi.
- Toshkent hamda Xorazmdagi Beruniy haykallari.
- Toshkent texnika universitetiga ham Beruniy nomi berilgan.
Movarounnahr diyoridan yetishib chiqqan buyuk olimlarning ilmiy merosi haqida koʻp jildlik kitoblar yozilganda ham kamlik qilishini hammamiz yaxshi bilamiz.Tasavvur qilish uchun birgina Abu Rayhon Beruniy hazratlarini misol keltirdik xolos.