Abu Mansur Moturidiy haqida ushbu manzumani yozishga jurʼat qilganimizda, avvaliga, bul tabarruk zotga berilgan baholar – zukko zamondoshlari, shogirdlari tomonidan aytilgan taʼriflar bir muddat hayratlantirdi, asir qildi, lol etdi, rosti…
- “Toʻgʻri yoʻlga boshlovchi imom!” –deb aytganlar.
- “Sunna va hidoyat ahliga ibrat zot!” –deyishgan.
- “Paygʻambar alayhissalom yoʻlidagi ulugʻ imomlar bayroqdori!” –deb nom berganlar.
- “Barcha mutakallimlar imomi!” –dedilar.
- “Barcha musulmonlarning aqidalarini tuzuvchisi!” –deb yozganlar.
- “Xurofot va bidʼatlar qoʻporuvchisi!” –deya atadilar.
Maʼlumki, oʻsha zamonlarda, bugun insoniyat “Sharq Islom renessansi” – uygʻonish deb atagan, IX-XII asrlarda dunyoning uch yerida Islom dini asoslaridan taʼlim bera boshlaganlar.
Misrda Jaʼfar Tavoxiy, Bogʻdodda Abul Hasan Ashʼoriy va Samarqandda Abu Mansur Moturidiy nomlari bilan atalgan maktablar dongʻi chiqqan. Muhammad ibn Muhammad Abu Mansur Moturidiy dastlab otasidan, soʻng Samarqandda “Dorul Juzjoniya” nomli ilm dargohida oʻqigan. Keyinroq shu yerda minglab shogirdlarga taʼlim beradi. Bu uch maktab sardorlari nomlarining oʻziyoq, ularning ularning yozgan asarlari kabi uzoq vaqt- asrlar davomida, ahli musulmon aql-xushini band etgan. Sababi, ular bu uch maktabning qaysi biri eng asosli, toʻgʻri yoʻlda ekanidan kechayu-kunduz tashvishda edilar.
Toʻgʻri yoʻl-kalom ilmi-aqoid (qoidalar) qay bir olim-mutakallim-shayx yoki imom tomonidan manzur, ilohiy asoslanishi oʻsha zamonlardayoq oʻta zaruriyatga aylangan edi.
Vaholanki, bu masala, chuqur oʻylab koʻrsak, barcha zamonlarda, bugun ham zarracha oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emas.
Oradan besh yuz yil oʻtib, ikkinchi renessans(uygʻonish)ning ulugʻ vakili hazrat Alisher Navoiyning ham xuddi shu masala fikru hayolini band etgan. Natijada, u barcha asarlarida inson eʼtiqodi, axloqi borasida qaygʻurgan. Umrining oxirida ham “Mahbub ul-qulub” (“Qalbga mahbub hikmatlar va hikoyalar”) asarini bitadi. “Nasoim ul-mahabbat fi shamoim ul-futtuvat” (“Mardlar shamoyilidan esgan muhabbat shabadalari”) asarlarida esa
Abu Mansur Moturidiyni “Sulton u-muazzin” (“Azizlar sultoni”) “Imom ul-xuda” (“Hidoyatiga boshlovchi imom”) deb ataganlar.
Koʻrinib turibdiki, hazrat Navoiy “Sunna val Jamoat” asoschisi Abu Hanifa asarlaridan ham koʻproq Abu Mansur Moturidiyning “Tavilot al-Qurʼon al-Karim”, “Sharx al-Fiqh al-Akbar al-Mansub imom Abu Xanifa” va “Kitob ul-tavhid” asarlarini sevib mutoala qilganlar.
Buning isboti oʻlaroq shoirning 1469 yilgacha, bir necha yil, Samarqandda yashashi, olim Fazlulloh Abulaysdan saboq olishi, Chokardiza qabristonida boʻlgani shayx Abu Mansur Moturidiy mozorini ziyorat qilganini koʻrsatadi.
Zero, hazrat Navoiy butun umri davomida iymon, adolat, insof qaygʻusi bilan yashagan: Adl aylaki, ul xalq hayoti boʻlmish,
Biz buning misolini oʻzimiz tez-tez, kundalik hayotda, takrorlab turadigan hazrat baytlarida ham koʻrishimiz mumkin:
Din – bu eʼtiqod, tushuncha dunyoqarash qaygʻusi. Zero, chin inson nafaqat maxluqot, tabiat va koinot tashvishini qiladi, balki oʻz eʼtiqodi xususida ham qaygʻurmogʻi lozim va shart. Har kun erta tongdan 5 vaqt, namozda oʻqiydurgan “fotiha” surasi oxirgi oyatlar: “Ehdinos sirotal mustaqiym, al-amta aylayhim gʻoyrul magʻzubi alahim valazzolin ” (“Bizni toʻgʻri yoʻlga boshla, adashganlar yoʻlidan oʻzing asra)” – deya Ollohdan soʻrashimizning siri ham shunda, shubhasiz. Shunday qilib hijriy sana 256 (milodiy 869) oxirida Abu Abdulloh, yaʼni imom Islom Buxoriy Samarqandda vafot etadilar. Bul zotdan 9082 adad, muharrirlari tushirilgach, 2602 adad hadis yani “Sahih Buxoriy”dan boshqa, 22 ta kitob qoldirdi.
Falakning gardishi, yaratganning izni bilan oʻsha yili Samarqandda yana bir farzand dunyoga keldi. Keyinroq u Muhammad Ibn Muhammad Abu Mansur Moturidiy nomi bilan olamga tanildi. Uning asarlari ilmi tafsir, ilmi kalom, ilmi hikmat, fiqh va ilmi vahdat yaʼni tavhidda yangi ufqlarni ochdi.
Bu nomni Oʻzbekiston Mustaqillikka erishgan yilda, shoir Xurshid Davron soʻzboshisi bilan 100 ming nusʼha, muqovasida “Meros” yozilgan kitobda oʻqidik, oʻqiganmiz. Bu kitob Abu Toxirxojaning “Samariya”, Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, Bayoniyning “Shajarai Xorazmshoxiy”, Ibratning “Fargʻona tarixi”, asarlari asl matndan olingan jamlanma edi. “Samariya”ni oʻqir ekanmiz, Abu Mansur Moturidiy haqidagi oʻringa kelgunga qadar, “Chordaxum mozori” yodimga muhrlandi. Koʻchirma: “Qutbi Chordaxum mozori”. Bu kishining oti shayx Nuriddin Basirdir. Undan “Sizning zamonangizda qutb kimdir?” deb soʻraganlarida, u: birodarim Abdulloh oʻn uchinchi qutbdir, biz oʻn toʻrtinchimiz” – deb javob beribdur. Shuning uchun “Qutbi Chordaxum” deb dong chiqargan. “Basir” shuning uchun deganlarkim, u kishi onadan soʻqir tugʻilgan boʻlsa ham valiylik nuri bilan barcha koʻrguliklarni koʻrar edi”.
Davomi: Amir Temur Koʻragon hazrati shayx Burxoniddin Sagʻarchidan oʻz ishlari oldinga borishi uchun ruhoniy yordam soʻraganida, shayx unga: Nuriddin (Qutbi Chordaxum) qabrini ziyorat qilishga buyuribdi. Shu shayxning istagi Amir Temurni “Qutbi Chordaxum” mozorini Samarqand arkiga kirgizib, qabri ustiga goʻzal va yuksak bino soldirishga va gumbazning ustiga oltindan bir qubba yasab oʻrnatishiga sabab ekan. Amir Temur kechalari shul mozorning tevaragida aylanib yurar ekan, xayoliga shu bayt kelgan: “Kor na ni gumbazi kardon kunad”,
Harchi kunad ximmati Mardon Kunad”
(Mazmuni: Ishni qiladigan gumbaz (yaʼni falak) emas, balki nima qilsa, eranlar (mardlar)ning himmati qiladi).
Bu ilohiy soʻzlarning isboti oʻsha asar oxirida, izohdan oʻqiganmiz. Izoh: Chor Rossiyasi qoʻshinlari tomonidan hijriy 1297(milodiy 1868) -yilda Samarqand bosib olinadi. 1297(1881) yilda Rus askarlari Amir Temur bunyod ettirgan Qutbi Chordaxum koshinlik goʻzal va yuksak bino- maqbarani miltiq dorisi bilan tubidan uchirib buzadilar va oʻz istehkomlariga qoʻshib yuborganlar.
Izohdan yana maʼlum boʻldiki, guvoh Samarqand qozisi mulla Mir Nizomiddin Qutbi Chordaxum gavdasini viloyat hokimiga iltimos va iltijo qilib (soʻrab olib) mozorning xizmatchilari, supuruvchilari yordami bilan koʻchirib koʻmadilar. Oʻsha 1881 yili Qutbning bosh suyagini oʻz qoʻli bilan olib, oʻz koʻzi bilan koʻrganicha shahodat berib deydiki, “Ushbu qutlugʻ boshning suyagini burun ustigacha bir boʻlak boʻlib koʻz oʻrni koʻrinmas edi” (1904 yilda (Peterburg)da bosilgan “Somariya”dan parcha).
Aytmoqchimizki, donolar hikmati ila bunyod boʻlgan narsalar asrlar davomida goho nodonlar qoʻli bilan oyoq osti qilinadi. Biroq har bir ezgu ish hikmatini hech kimsa yoʻqotishga qodir emas…
“Ulugʻlar ruhoniyat bilan suhbat quradigan, kayxonu falak asroridan mujda keltiradigan, ilohiy axloq sohiblari, ezgulik yoʻlida jonni fido qilguvchilardir, ular borlik va yoʻqlik, zamon va makondan xorij azalu abadni birlashtirgan mukarram zotlardir”. (Najmiddin Komilov. Tasavvuf.Tosh. 2009)
Shunday qilib, “Somariya”da Abu Toxirxoja 18 raqami ostida Moturidiy haqida, taʼlimoti haqida “Hayrat ul-Fuqaxo” kitobida oʻzi oʻqiganlarini shunday hikoya qilgan. “Bir kuni shayx Abu Mansurning xizmatchisi ketmon chopar, shayxning oʻzi tok oʻtqazar, shu choq muazzin azon ayta qoldi. Shayx ishini toʻxtatib, masjidga bormoqchi boʻldi, lekin tok oʻtqazishga oshiqib bora olmadi. Bir yildan keyin podshoh har bir bogʻga bir necha (koʻza) ichimlik bidʼat soliq soldi. Hazrat shayx “Ushbu bidʼat mening tok oʻtqazishimga mashgʻul boʻlib, namoz ishini keyinga qoldirishim shumligidan yuzaga chiqdi” –deb muborak sallasini yerga urib yigʻlardi. (37-bet)
Shu oʻrinda, yodga keldi–ki, 7-8 yil burun “Hidoyat” jurnalining 1 sonida shu kabi zot va voqeani oʻqiganmiz. Axtarib topdik: 2013 yil 1-son ekan. Vasliy Samarqandining “Imomi Aʼzamning ibodatlari…” kitobidan olingan edi. Parchada: “Agar biror masala hal boʻlavermasa imom Abu Hanifa shogirdlariga “Bu mening qilgan gunohlarimdandir” –der ekanlar” soʻngra istigʻfor aytib, yangi tahorat bilan ikki rakat namoz oʻqiganlaridan soʻng oʻsha masala yechimi topilar ekan” –deb yozgan edi.
Bayonga ayon – anglashiladiki, ustoz Abu Hanifa taʼlimoti davomchisi: “Sharh al-Fiqx al-Akbar mansutlil imom “Abu Hanifa” kitobini yozgan Abu Mansur Moturidiy, ilm borasida ustoz maʼrifatidan shu qadar mukammal bahra topganlarki ustoz fazilatlari unda benuqson shakllangan.
Ixlos va sidq borasida jiddu-jahd qilish malomatiya tariqati (yoʻli), demak, ming yil avval Abu Mansur Moturidiydan boshlangani maʼlum boʻladi. Ular surunkali toatu-ibodatni ham riyoga qoʻshganlar. Toat-ibodatni el nazaridan maxfiy tutish lozim, ezgu niyat, ezgu amalingni birov bilmagani yaxshi, odamlarga yaxshilik muruvvat koʻrsatginu qayta gapirma, deb uqtirganlar va oʻzlari amal qilganlar.
Ularning shiori: “Avval oʻzingga boq, soʻng nogʻora qoq!” boʻlganini koʻrsatadi. Maʼlumki, koinot “Osmon” qonuniyatlariga yerdagi qonuniyatlar mos keladi.
Yaʼni, qonuniyatlar sohibi, “Toʻgʻri yoʻl egasi” boshqa, ularga boshlovchi va toʻgʻri yoʻlni koʻrib bilib undan yuradigan banda butunlay boshqa. Bu haqda ushbu ikkinchi naqlda hikoya qilinadi: “Aytadilarkim, shayx bir kuni bogʻda edi. Bogʻdod xalifasi tomonidan bir masala soʻragani Samarqandga yuborgan elchi kelib bogʻ eshigini qoqdi. Shayx yirtiq kiyim kiygan holda chiqdi. Elchi: Mavlono qaydadir?- deb soʻradi
Shayx : Mavlono tangridir-deb javob berdi.
Tagʻing elchi: Xoja qaydadur? –deb soʻradi
Shayx: Xoja Mustafodir! –deb javob qaytardi
Yana elchi: “Abu Mansur qaydadur?” –deb soʻradi
Abu Mansur: “Ushbu tilanchi keksa”, deb oʻzini koʻrsatdi”. (38-bet)
“Samariya”da Abu Tohirxoja keltirgan uchinchi naql : Uning yoronlari dars talim olish uchun(shayxning) bogʻiga kelar edilar. Ittifoqo, hamal oyi edi. Shayx yoronlari uchun bir oʻrik daraxtini shoxini qoqdi.Uning karomati bilan yer oʻrik mevasi bilan toʻldi. Yoronlar yeb toʻydilarʻ(38- bet)
Bu ramziy (majoziy) voqea Abu Mansur Moturidiy kitoblari (taʼlimoti) uzoq asrlar davomida asta-sekin davrlar oʻtishi bilan odamlar ongida qabul boʻla borgani, yoronlari nisbatan erta bahramand boʻlganlariga ishora.
Aslida, koʻpchilikka maʼlum, islom maʼrifati(oliy nuqtasi) u qabilachilik xurofotlariga qarama-qarshi, ilohiy birodarlik jamoasi –tavhid eʼtiqodi asosida “ummat” tushunchasini paydo qiladi. Natijada, jamiyatda ayollarga xotin-qizlarga nisbatan ham insoniy munosabat shakllanishiga yoʻl ochdi. Kitobdagi 4-naql: “Hazrat Abu Mansurning xotini dagʻal va badfeʼl xotin edi. Bir kuni shayx tandirga oʻt qoʻyayotgan edi, xotini jahl qilib, shayxning muborak orqasida besh bor tepdi. Shayx umrining oxirida “Oʻsha besh tepki” bilan besh parda oʻrtadan koʻtarildi va 32 yil roʻza tutib, kechalari tik turishni bajo keltirdim, toki ikki hijob (ham) oʻrtadan koʻtarilsin deb. Qani endi (oʻshanda) ikki tepki ham tepganda, bunchalik mashaqqat chekmagan boʻlur edim” -dedi.
Hozirda ham “ayol-erining chap qovurgʻasidan yaralganʻiborasi va unga amal qilishimiz, musulmonchilik sharti etib joriy qilinganiga sabab shu.
Beshinchi naql shuki: “Hazrat shayxda ajoyib (bir) holat (ham bor edi). U goho yahudiylar mahallasiga borib “ibodat qilinglar, yohud oʻlinglar!” deb xitob qilar edi. Bu soʻzni eshitsalar iymon keltirmasalar oʻsha chogʻdayoq oʻlardilar”. Bugungi kun kishilariga tushunarsiz bu naql “ilmga amal qilish borasida boʻlib, amal qilinmagan ilm – befoyda boʻlib qolmay, konizarar”. Kitobda oltinchi naql: “Fatvoi baraxna” kitobida oʻqidimki, shayx Abu Mansur dunyodan ketar kechasi yetmish marta hojatga chiqib, har bor tahorat qilgan va degan: Bu kecha men dunyodan oʻtaman, Rasul alayhissalom: “Dunyodan tahorat bilan ketgan kishi shahid hisoblanadi”. “U zotning vafotidan keyin bir kishi yetmish buroq uning yonida turganini koʻrgan (shayx unga): Bu oʻsha qilgan yetmish tahoratim” degan.
Tahorat – poklanish bu oʻrinda ozodalikni kengroq pok vijdon, pok koʻngil maʼnosida qabul qilsak ham boʻladi. Unda “Haromdan xazar” iborasi musulmonchilikda allaqachon joriy boʻlgan, koʻpchilik amal qiladigan odatlarimizdan. Qolaversa, Islom – eng pok, tozalikka chorlovchi din.
Soʻnggi yettinchi naql: “U kishining zamonida bir zolim podshoh boʻlib, xalq uning zulmidan shayxga iltijo qilganlar, shayx tubdan bir kamon yasab oʻsha zolim tomonga qaratib otdilar. Oʻsha kuni u zolim podshoh xarob boʻldi. Hazrat shayxning ruhoniyatlaridan maqsadlarining hosil boʻlishi ochiq koʻrinib turardi”.
Bu naql oʻz maʼnosida imondan soʻng “Adolat”ga ishora
Shunday qilib, siz Abu Mansur Moturidiyning “Somariya”dan topsangiz mabodo, juda qiziq holga roʻbaroʻ boʻlasiz. Kitob 1844-1848 yillarda yozilgan boʻlsa ham 1991 yilgacha koʻp bor koʻchirilgan, turli mualliflar tomonidan oʻzgartirishlar kiritilganidan hayratga tushasiz.
Muallif Abu Tohirxoja 1874 yilda Buxoroda Karmanada rais “Muxtasib” lavozimida ishlab, vafot topgan. Otasi Abu Said Abdulhay oʻgʻli (1849 yil vafot etgan) ilmli kishi boʻlib, fiqh, kalom sohasida kitoblar yozgan. Bobosi Mir Abdulhay (1725-1827) 40 yil Samarqand qozisi boʻlgan.
Asarni 1925 yili Abdulmoʻmin Sattoriy tomonidan fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Sharqshunos olim Ivan Vyatkin tomonidan 1898 yil Samarqandda, 1904 yil Peterburgda chop etilgan.
U islom dini bosib oʻtgan yoʻlni yodingizga soladi. Asli islom ham mohiyatan inson hayoti yangliq muazzam, uygʻun hodisa ekanini anglay boshlaysiz. U nur kabi avval Zardusht, soʻng Ibrohim alayhissalom aqlini va qalbini yoritgan. Soʻng hazrat Muso va Iso Masih alayhissalom lafzida insoniyatga tuhfa boʻldi. Milodiy asrlar boshlangach, oʻsha tavhid nuri Muhammad alayhissalomga vahiy tarzida nozil boʻldi. Abu Mansur Moturidiy Samarqandda hidoyatning sunna ahlini toʻgʻri yoʻlga boshlovchi imom boʻlib dunyoga tanildi. Insoniyatga oʻz asarlarini tuhfa etadi.
Bugunga kelib, Oʻzbekistonda Islom akademiyasi qoshida imom Moturidiy Xalqaro tadqiqot markazi joriy qilindi.
Moturidiy haqida soʻngi maʼlumot bergan (Turkistonda) Abu Tohirxoja shayx haqida oʻz bilganlari yakunida shunday deydi: “Nojiya firqasikim, ularni sunna val jamoat ahli derlar, eʼtiqod masalasida ikki boʻlakka boʻlindilar. Shayx Abulhasan Ashʼariyga qaraydiganlarni “Ashora” va hazrati Abu Mansur Moturidiyga qarashlilarni “Moturidiya” deb ataydilar. Rum, Buxoro, Balx, Xorazm, Samarqand, Fargʻona va Hindistondek katta musulmon oʻlkalarining barcha xalqi va Turkiston hamda Qashqar kabi mamlakatlarda yashovchi ellar hammasi Moturidiya masʼhabidadirlar”
Manzumaga soʻngi nuqta qoʻyishdan oldin, Abu Mansur Moturidiyga nisbatan berilgan hikmatli soʻzlar yana yodimizga keldi. Ular oddiy, sodda boʻlsa ham, bugungi XXI asr, uchinchi ming yillik ostonasida jahon xalqlari uchun dasturamal boʻlishga arziydi:
“Xalq bilan bir tan bir jon boʻl”, “Toʻgʻri yoʻl kaliti-ilmdir”, “Nifoq-ilmsizlik belgisi”, “dinni ilm bilan asra!”
Mustaqillikdan keyin Oʻzbek olimlari Abu Mansur Moturidiyga, uning taʼlimotiga eʼtiborni qaratganlar.
- Adabiyotshunos Muhammadjon Imomnazarov “Milliy maʼnaviyatimiz” nomli kitobida “Moturidiya oqimining insonni sohib ixtiyor deb hisoblashi va inson ahli yaxshilik va yomonlik (xayru sharr)ni bir-biridan ajrata oladi deyishi oʻtgan asrda Ismoil Gaspirali, Maxmudxoʻja Bexbudiy kabi islom ulamolariga yoʻl ochgan” deb hisoblaydi.
- “Tasavvuf” kitobi muallifi Najmiddin Komilov: shayx Abu Mansur Moturidiy oʻzidan keyin oʻtgan Najmiddin Kubro, Abulqodir Geloniy, Xoji Axror Valiy kabi duolari mustajob boʻlgan aziz insonlardan. Parvardigorning oʻzi balo-qazoni yuboruvchi va uni qaytaruvchi ham. Biroq suygan bandalari avliyolar tufayli balolarni daf etadi. Taqdirda ne boʻlsa sodir boʻladi, – deb yozadi.
- Saidmuxtor Odilov “Moturidiy” monografiyasida: “Kitob ut-tavxid” kabi kitoblar chuqur oʻrganilsa, kelajakka toʻgʻri yoʻl ochiladi – deb hisoblaydi.
Shu oʻrinda xayolimizga Vasliy Samarqandiy kitobida darj etilgan quyidagi soʻzlar jilva qiladi:
“Bir fiqh va muhaqqiq olim yozishicha, “Dur ul-muxtor” kitobi hoshiyasida “Raddul Muxtor”da yozilishicha Samarqandda, Chokardiza qabristonida, bir mozor bor. Unda turt yuz nafar Muhammad ismli hanafiy mazhabining ulugʻ ulamolari yotibdilar. Ularning har qaysisi fatvo berishga layoqatli, bir qancha shogird yetishtirgan,asarlar bitgan zotlar boʻlishgan. Ularning izdoshlari ham ulugʻ ilm egalari boʻlib, koʻpgina musulmon xalqlariga ilmu irfon oʻrgatishgan.”
Irfon nima, ixlos nima?
Irfon – hikmatdir! “Ilmsiz maʼrifat yoʻq, maʼrifatsiz ilm ziyondir” – deb durlar. Abdurahmon Jiloniy hazratlari “Ixlos – xolos!” –deydi. XXI asr Oʻzbek mutafakkirlaridan biri Najmiddin Komilov. Afsus, bugun kompyuter, ijtimoiy tarmoqlar zamonida, odamizodda ixlos taqchilligi kuzatilmoqda. Ixlos esa Haq asrorlarining sirlaridan biri. Uni hayo desak, hayo – vijdon va iymon belgisi.
Shu kunlarda, ijtimoiy tarmoqlarda, buyuk nemis shoiri Gyotening bir soʻzini bot-bot yodga olishmoqda:
“Men dunyo tarixini oʻqib, shunday xulosaga keldim: Dunyo podshohlarining toʻplagan jami saltanati boylik, qasrlaru, saroylar Muhammad(Alayhissalom)ning yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan… Biz Ovroʻpa millatlari madaniy imkonimiz yuqori boʻlishiga qaramay, hazrati Muhammad(Alayhissalom) erishgan, soʻnggi pogʻonasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubha yoʻqki, biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa oʻta olmaydi”.
Adabiyotda yangi soʻz boʻlmaydi, rost soʻz boʻladi – deb yozadi XXI asr shoiri Asqar Mahkam oʻzining “Vaxdat kuyi” kitobida. Ushbu yozganlarimizni ham shu kitobga kirgan bitta sheʼr bilan yakunlaymiz: