Home / YANGILIKLAR / Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

Xalqning bunyodkorlik qudrati joʻsh urgan hozirgi zamonda Uchinchi Renessansning ilmiy-maʼnaviy poydevorini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatning islom sivilizatsiyasini rivojlantirish borasidagi rolini yanada oshirish hamda buyuk allomalarning jahon tamadduniga qoʻshgan hissasini milliy va xalqaro miqyosda ommalashtirish maqsadida:

1.Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Madaniyat vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini (keyingi oʻrinlarda – Markaz):

“Uchinchi Renessans – Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasini keng targʻib qiluvchi;

mamlakat tarixining yangi yuksalish davridagi yutuqlarini ilmiy asosda oʻrganuvchi, uni keng jamoatchilikka yetkazib beruvchi;

moddiy madaniy meros namunalarini, islom dini bilan bogʻliq qadimiy va boy anʼanalarni targʻib qiluvchi ilmiy-maʼrifiy maskanga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

2. Quyidagilar Markazning yangilangan asosiy vazifalari etib belgilansin:

muqaddas islom dini bilan bogʻliq boy merosni ilmiy tadqiq etish, uning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojidagi oʻrnini innovatsion usullar orqali targʻib qilish;

Oʻzbekistonda yuz bergan umummilliy yuksalishlartarixiy renessanslarning ildizlari va mazmun-mohiyatini mamlakat aholisi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish boʻyicha zarur choralarni koʻrish;

buyuk ajdodlarning jahon tamaddunidiniy va dunyoviy ilmlar rivojiga qoʻshgan hissasini eng zamonaviy usullar va vositalar orqali yoritib borish;

yoshlarni ilm-maʼrifatga daʼvat etadiganmilliylik va diniylik oʻrtasidagi uygʻunlik mohiyatini keng targʻib qilishga qaratilgan media mahsulotlar, ilmiy ishlanma va tavsiyalarni tayyorlash;

ziyorat turizmining ilmiy asoslari boʻyicha yetarli nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega gid-tarjimonlarni tayyorlash hamda ularning malakasini tizimli oshirib borishni taʼminlash;

ilm-fanning jadal taraqqiyotini koʻrsatib beruvchi sermazmun eksponatlar fondiqoʻlyozma va zamonaviy nashrlardan iborat boy kutubxonalar tizimini shakllantirish hamda ularning jahon muzeylari va kutubxonalari tarmogʻiga ulanishini taʼminlash;

Oʻzbekiston xalqining islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi boʻyicha fundamental tadqiqotlar dasturlari va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash;

islom sivilizatsiyasini tadqiq etish sohasining dolzarb ilmiy-nazariy va uslubiy masalalariga bagʻishlangan konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazmalar va ilmiy maʼruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni doimiy tashkil etib borish;

islom sivilizatsiyasi yoʻnalishida amalga oshirilgan yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni xabardor qilib borish, respublika muzeylari va kutubxonalarida ishlayotgan xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy va uslubiy treninglarni yoʻlga qoʻyish;

islom tarixi va madaniyati yoʻnalishiga oid bilimlarni oshirishqadimiy qoʻlyozma va toshbosma asarlarni taʼmirlash, qogʻoz, kitobat, muqovasozlik, xattotlik sanʼatini tiklash, islom manbalarini oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish;

“Uchinchi Renessans – Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasining mazmun-mohiyatini, jumladan, uning ilm-fan rivojidinlararo va millatlararo bagʻrikenglikni taʼminlashdagi roli va ahamiyatini jamoatchilik orasida keng targʻib qilish.

3. Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qoʻshgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq etish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targʻib qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda – “Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

“Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashda tegishli vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari shaxsan masʼul etib belgilansin.

4. Markaz huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) tashkil etilsin.

Belgilansinki, Markaz direktori Jamgʻarma mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi.

5. Quyidagilar:

a) Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:

Davlat byudjeti mablagʻlari;

xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;

homiylik xayriyalari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;

b) Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan yoʻnalishlar etib belgilansin:

ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar va hujjatlarni xarid qilish orqali Markaz kitob fondini kengaytirish;

ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;

ijtimoiyilmiymaʼnaviy va maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish;

kadrlarni tayyorlashqayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, konferensiyalarseminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda tashkil qilish;

Markaz faoliyati uchun zarur boʻlgan multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilish, Markaz faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.

Markaz ikki oy muddatda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. Markaz huzurida Samarqand qogʻozi, muqovasozlik va xattotlikning qadimiy anʼanalarini tiklash boʻyicha ustaxona-laboratoriya (keyingi oʻrinlarda – Laboratoriya) tashkil etilsin va Laboratoriya tomonidan oʻtkaziladigan tadqiqot sinovlarining asosiy yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qoʻyilsinki:

Laboratoriyani tashkil etish, ayrim asbob-uskunalar, hisoblash texnika vositalari, butlovchi materiallar bilan taʼminlash va ularni oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining texnik koʻmak mablagʻlari (grantlari) hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

Laboratoriya faoliyatiga sohada yetarli darajadagi bilim va ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislar Markaz tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb qilinadi va ularning gonorari (ish haqi) Jamgʻarma hisobidan toʻlanadi;

Laboratoriya tomonidan oʻtkaziladigan tadqiqot sinovlari natijalarini, jumladan, Samarqand qogʻozi, muqovasozlik va xattotlik sanʼati ijodiy mahsulini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar Markaz va Laboratoriya faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi.

7. Markaz muzeyi ekspozitsiyalari va kutubxonasi fondini shakllantirish, aholidan xarid qilinadigan qoʻlyozma, toshbosma, bosma asarlar, tarixiy hujjatlar, eksponatlarni tahlil qilish, saralash, ularning noyobligini aniqlash va baholash boʻyicha ekspertlik komissiya (keyingi oʻrinlarda – Komissiya) tuzilsin hamda uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Markaz Fanlar akademiyasi, Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Komissiya faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Markaz va Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tarixiy yozma manbalarni markazlashgan holda saqlash, tadqiq etish, ularning holatini doimiy monitoring qilish boʻyicha masʼul davlat muassasalari etib belgilansin.

Markaz bir oy muddatda davlat tasarrufidagi barcha muzey, kutubxona, arxiv fondlari va boshqa davlat muassasalaridagi qadimiy qoʻlyozma va toshbosma manbalar roʻyxatini shakllantirsin.

9. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda:

Markaz tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida tarixiy yozma manbalarning bosqichma-bosqich Markaz tasarrufiga oʻtkazilishi boʻyicha choralarni koʻrsin;

islom sivilizatsiyasi va ziyorat turizmining ilmiy asoslari boʻyicha yetarli nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega gid-tarjimonlarni tayyorlash hamda ularning malakasini doimiy oshirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Islom sivilizatsiyasi va ziyorat turizmi yoʻnalishida gid-ekskursovodlarni yetishtirish boʻyicha Markaz huzurida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etsin;

Markazni yuqori malakali, chuqur bilim va amaliy ish tajribasiga ega kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.

10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaz bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvarga qadar:

Markaz tarkibidagi kutubxona, arxiv hamda muzeyda saqlanayotgan qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalarni raqamlashtirish choralarini koʻrsin;

raqamlashtirilgan barcha maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi mobil ilovani ishga tushirsin va aholi orasida uning keng targʻibotini amalga oshirsin;

Markaz rasmiy veb-sayti, maʼlumotlar bazasi va mobil ilova oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvi integratsiyasini taʼminlasin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.

12. Markaz va uning tarkibiy boʻlinmalari Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 11-uy manzilidagi Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.

13. Moliya vazirligi mazkur qarorga asosan joriy yilda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish ishlari uchun 2021 yilgi Davlat byudjeti parametrlari doirasida mablagʻlar ajratilishini, 2022 yildan boshlab esa kelgusi yillarda amalga oshirishi belgilangan vazifalar uchun Davlat byudjeti parametrlarida zarur mablagʻlarning nazarda tutilishini taʼminlasin.

14. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish, tegishli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishga masʼul hamda shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari B.A.Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.Sh.Minovarov belgilansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha axborot kiritib borilsin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri,

2021 yil 16 iyul

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …