Buning tarixi IX asrda Xorazmda boshlangan. Yaʼni, bizning Oʻzbekiston zaminida.
Hammasi “algebra”, “algoritm” kabi atamalar muallifi Muhammad Xorazmiyga borib taqaladi. Buyuk alloma tenglamalar yechimiga oid fan – algebraga (al-jabr – tenglamada chap tomondagini oʻng tomonga oʻtkazish va bunda musbatni manfiyga yo manfiyni musbatga, koʻpaytirishni boʻlishga yo boʻlishni koʻpaytirishga oʻzgartirishni anglatadi) asos solgan chogʻlari hali formula ishlatish rasm boʻlmagan edi. Shuning olim tenglamalarni soʻzlar bilan ifodalagan va nomaʼlum sonni “shay” (arabchadan oʻgirganda “narsa” maʼnosini beradi) deb atagan. Masalan, uchta narsa 15ga teng (3x=15) – demak, narsa 5ga teng (x=5) boʻladi.
Bevosita bugungi “X”ga kelsak, Xorazmiydan ancha keyin, XII asrda allomaning asari Ispaniyaga borib qoladi va eski ispanchada “sh” deyish uchun “x” harfi ishlatilgani bois, u yerda nomaʼlum sonni “xei” deb yozishadi. Oradan vaqt oʻtib, formulalar ishlatila boshlagach, “xei” – “shay” qisqarib, undan faqat “x” qoladi. Shu tariqa butun dunyo nomaʼlum sonni “x” bilan belgilaydigan boʻladi.