Ilk davr olimlari Qurʼon va hadisda kelgan aqidaviy masalalarni chuqur oʻrganib, odamlarga qulay boʻlishi uchun kichik hajmdagi risolalar yozgan. Odatda bunday risolalarda Ahli sunna val jamoa aqidasi umumiy tarzda aniq-ravshan ifoda qilingan boʻlib, qarshi fikrlarga eʼtiroz va bahs-munozaralarga oʻrin qoldirilmagan [1]. Har bir sohada boʻlganidek, aqoid fanida ham dastlab Qurʼon …
BatafsilMonthly Archives: Yanvar 2025
BANDALARNING FEʼLLARI (Abul Barakot Nasafiyning “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari asosida)
Ahli sunna ulamolari aytadi: “Bandalarning feʼllari (ish-harakatlari) haqiqatan Alloh taolo yaratgan narsalardir. Sahoba va tobeinlar ham shu fikrda boʻlgan”. Bandalarning ish-harakatlari Allohning yaratgani va ularning kasbidir. Yaʼni, bandaning ish-harakatini Alloh taolo yaratadi. Banda ishni qiladi, ammo u ishni yaratish Allohdan boʻladi. Ish-harakat bandaga nisbat berilsa, “qildi” deyiladi. Alloh taologa nisbat …
BatafsilSUNNATNI INKOR ETUVCHI QURʼONIYLARNING SHARʼIY HUKMI
Hali Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak qabrlari sovumay turib, bu dinda turli-tuman firqalar paydo boʻlgani, afsuski, ayni haqiqat. Ular sovunning koʻpigi kabi bir paydo boʻlib, soʻng yoʻqolib ketgan boʻlsa-da, buzuq gʻoyalari qisman yoki toʻligʻicha saqlanib qoldi. Hatto bugungi kunda ham ularning yangidan yangilari oʻrtaga chiqib, oʻzining buzuq gʻoya va botil …
Batafsil“SIYOSATNOMA” ANʼANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI
Tarix, antropologiya, arxeologiya, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyaga oid tadqiqotlardan maʼlumki, insonlar ijtimoiy mavjudotdir. Ular turli sabablarga koʻra jamoa boʻlib yashashga odatlangan. Davlat negizida birlashish tarixning qaysidir davrida amalga oshirilgani tarixchilar tomonidan aniqlangan. Shunday boʻlsa-da, faylasuf olim Jon Lokk fikricha, bir vaqtlar yer yuzida hukumat yoki siyosiy jamoa boʻlmagan. Hamma odamlar …
BatafsilFariza Shom: “Oʻzbekistonlik tadqiqotchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”
21-yanvar kuni Malayziya islom madaniyati institutida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, Malayziya islom madaniyati instituti rahbariyati hamda Malayziya milliy universiteti professor-oʻqituvchilari qatnashdi. Malayziya tomoniga Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, diniy-maʼrifiy sohadagi ijobiy oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. …
BatafsilBADRUDDIN AYNIYNING MAʼNAVIY MEROSI VA HADIS ILMIGA OID ASARLARI TAHLILI
Badruddin Ayniy mamluklar davrining koʻzga koʻringan katta alloma, muhaddis va faqihlaridan biri boʻlgan. U Markaziy Osiyo diyori hanafiy fiqhida maʼlum va mashhur boʻlgan “Hidoya” kitobini sharhlash bilan bir qatorda, Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” asariga ham nihoyatda mukammal sharh yozgan. Alloma faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari va tasnif etgan asarlari ayniqsa, …
BatafsilQURʼONNI TOʻGʻRI ANGLASH UCHUN HADISGA TAYANISHDAN OʻZGA YOʻL YOʻQ
Qurʼoni karimda din ishlaridan ayrimlari ochiq-oydin bayon qilingan boʻlsa, ayrimlari Paygʻambar alayhissalomning hadislari orqali yoritib berilgan. Alloh taolo: “Sizga esa odamlarga nozil qilingan (maʼlumotlar)ni bayon (tafsir) qilib berishingiz uchun va tafakkur qilsinlar, deb bu zikrni (Qurʼonni) nozil qildik” (Nahl surasi, 44-oyat), deb taʼkidlagan. Demak, Qurʼoni karimni Alloh taolo iroda qilganidek tushunish uchun Paygʻambar alayhissalomning hadislariga murojaat qilish …
BatafsilNAVOIYNING ILK DEVONI: MANBALAR VA XULOSALAR
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Turkiya va AQSHdan olimlar ishtirok etdi. Seminarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik …
BatafsilImom Buxoriy saboqlari: “ISLOMDA AYOLLARGA EHTIROM”
Tas-ix:
BatafsilDINDA CHUQUR KЕTISHNING JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGIGA SALBIY TAʼSIRI (4-qism)
AVVALGI DINLARDAGI GʻULUV Dinda chuqur ketish musulmonlar orasida turlicha boʻlganidek, avvalgi dinlarda ham turlicha boʻlgan va Qurʼoni karimda oʻtgan ummatlarni dinda chuqur ketib, amallarni bajarishda mubolagʻa qilishi taʼqiqlangani ochiq-oydin bayon qilingan. ﴿ قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَا تَغْلُوا فِي دِينِكُمْ غَيْرَ الْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعُوا أَهْوَاءَ قَوْمٍ قَدْ ضَلُّوا مِنْ قَبْلُ وَأَضَلُّوا …
Batafsil