Home / 2023 / May (page 7)

Monthly Archives: May 2023

ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL BUXORIY (810-870) 3-qism

Imom Buxoriy gʻoyat begʻubor, halol-pokiza, diyonatli inson boʻlib, gʻiybatu nohaqliklardan yiroq kishi edi. U doimo: “Gʻiybat qilish harom ekanini bilganimdan boshlab hech qachon biror kishi haqida gʻiybat gapirmaganman”, deb taʼkidlagan. Imom Buxoriy yashagan davrda Xolid ibn Ahmad Zuhliy Buxoroning amiri edi. Uzoq yillik xorijiy safarlardan qaytib, ona yurti Buxoroda oʻrnashgach, …

Batafsil

ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL BUXORIY (810-870)2-qism

Manbalarda Imom Buxoriy oʻz vatanida va xorijiy yurtlarda mingdan ortiq ustozlardan hadis rivoyat qilgani koʻrsatilgan. Uning dastlabki ustozlari haqida gapiradigan boʻlsak, birinchi navbatda, oʻsha davrda Buxoroda koʻzga koʻringan muhaddislardan Muhammad ibn Salom Poykandiy (777-839), Muhammad ibn Yusuf Poykandiy (738-825), Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy (vaf. 843 y.), Abdulhamid Keshiy (vaf. 863 …

Batafsil

XALQARO TANLOV GʻOLIBLARI MARKAZDA MЕHMON BOʻLDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Imom Moturidiyning ilmiy merosi boʻyicha misrlik tadqiqotchilar oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro tanlov gʻoliblari – Al-Azhar universiteti “Usulud din” kafedrasi mudiri dr. Avvod Mahmud Salim, mazkur kafedra oʻqituvchilari Muhammad Abdulaziz Mishʼol va Amal Usmon tashrif buyurdi. Tanlovda birinchi uch oʻrinni egallagan gʻoliblar uchun mukofot tarzida Oʻzbekistonga tashkil …

Batafsil

Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870)

Muhaddislar imomi, hadis ilmida moʻminlarning amiri, hofiz, faqih, muarrix va mutafakkirning toʻliq ismi sharifi – Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Mugʻiyra ibn Bardazbeh Juʼfiy. Imom Buxoriy 194/810 yil 21 iyulda (shavvol oyining 13-kunida juma namozidan keyin) Buxoroda tavallud topgan. Allomaning ismi Muhammad, kunyasi Abu Abdulloh, nasabi Muhammad ibn …

Batafsil

YTB vakillari – Markazda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiya Xorijdagi turklar va qardosh xalqlar boshqarmasi (YTB) vakillari mehmon boʻldi. Turli mamlakatlardagi turklar va qardosh jamiyatlar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan bu muassasa xorijlik talabalarga Turkiyada tahsil olish uchun davlat grantlari ham ajratadi. Ayni paytda YTB grantlari asosida ushbu davlatda taʼlim olayotgan talabalar …

Batafsil

“SAHIHUL BUXORIY”NING QANCHA QISMI QURʼONI KARIMGA BAGʻISHLANGAN?

Imom Buxoriy rahimahullohning shoh asari boʻlmish “Sahihul Buxoriy” kitobi Qurʼoni karimdan keyingi eng moʻtabar manba hisoblanadi. Imom Buxoriy rahimahulloh uni 16 yil mobaynida yozgan. “Sahihul Buxoriy”ni yozish jarayonida taqvo masalasiga alohida eʼtibor berganlar. Xatib Bagʻdodiy bu borada Imom Buxoriyning tilidan quyidagicha rivoyat qilgan: “Gʻusl qilib, 2 rakat namoz oʻqimay turib, …

Batafsil

IMOM BUXORIY OʻZI BILAN ALLOH OʻRTASIDA HUJJAT QILGAN KITOB

Maqola mavzusiga koʻz tushar ekan, beixtiyor oʻquvchi zehnida Imom Buxoriyning Islom olamida Alloh taoloning kitobidan soʻng asosiy manba sanalgan “Al Jomeʼ as Sahih” kitoblari keladi. Zero islom ummati ming yillar osha bu moʻtabar kitobni Qurʼoni Karimdan keyingi asosiy manba sifatida qabul qilib kelmoqda. Mazkur maqolada “Al Jomeʼ as Sahih” kitobini …

Batafsil

MUSTAQILLIK YILLARIDA IMOM BUXORIY ILMIY MЕROSINING OʻRGANILISHI

Maʼlumki, sovet tuzumi davrida diniy qadriyatlarimiz toptaldi, islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk allomalarimiz ilmiy merosini oʻrganish taʼqiqlandi. Mustaqillik yillarida esa mamlakatimizda diniy qadriyatlarni tiklash boʻyicha koʻplab tadbirlar amalga oshirildi. Bunda yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar ilmiy merosini oʻrganishga katta eʼtibor qaratildi. Xususan, Imom Buxoriy ijod mahsulini oʻrganish va …

Batafsil

Arxeologik tadqiqotlarni davom ettirish muhimdir

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyaning turkiyalik va rossiyalik sovrindorlari, mamlakatimiz va xorijdagi oliy taʼlim va ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Italiya, Xitoy, Pokiston, …

Batafsil

IMOM BUXORIYNING RIHLATI

Muhaddislar ilm yoʻlidagi safarlarga “rihlat” atamasini ishlatgan. Tarixan hadis talabidagi safarlar sahoba va tobeinlar davridayoq boshlangan. Ulardan ayrimlari bitta hadis uchun bir oylik yoʻlni bosib oʻtgani haqida rivoyatlar ham bor. Xususan, “Sahihul Buxoriy”da quyidagi xabarni oʻqish mumkin: “Jobir ibn Abdulloh birgina hadis(ni tinglash) uchun Abdulloh ibn Unays huzuriga bir oylik masofani bosib …

Batafsil