Home / 2023 / Fevral (page 4)

Monthly Archives: Fevral 2023

UBAYDULLOH IBN MASʼUD BUXORIYNING FIQH ILMIGA QOʻSHGAN HISSASI

IX-XII asrlarga kelib, Movarounnahr shaharlari barcha sohalarda oʻz rivojining yuksak pogʻonalariga koʻtarildi. Manbalarda uni “Uygʻonish davri” deb ham eʼtirof etildi. Islom dinining yuksak taʼlimot ekanini koʻrsatuvchi nodir manbalarning aksari ham ana shu asrlarda yaratildi. Biroq XIII asr boshida moʻgʻullar butun Movarounnahrni egalladilar. Shaharga oʻt qoʻyilishi, daryo havzalari ochib, aholi mavzelariga …

Batafsil

MAZHABNI INKOR QILISH

Mazhab egalari – ular Abu Hanifa boʻladimi, Shofiʼiy boʻladimi, Molik yoki Ahmadmi, mazhablarini tuzishda va masalalarni ishlab chiqishda shariatga xilof qilgan emaslar. Har birlari toʻrtta asosiy manbaga – Qurʼon, hadis, ijmoʼ va qiyosga suyanganlar. Ularning oralaridagi ixtiloflar oyat va hadislarning maʼnolarini tushunishda yuz bergan, xolos. Ularning birortasi bu borada taassubga …

Batafsil

BIZ BILGAN BOBURNING BIZ BILMAGAN JIHATLARI

Davlatimiz rahbari 2017 yil Andijonga qilgan tashrifida tarixiy-madaniy boyliklarimizni asrab-avaylab saqlash, uni ilmiy tadqiq etish borasida, xususan, ulugʻ shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur merosini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratdi. Prezident 2017 yilni Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur yili deb eʼlon qildi[1]. Respublikamizda Bobur Mirzo hayoti va boburshunoslikka oid turli xil …

Batafsil

BOBUR MЕROSINING GULTOJI

Oʻrta asrlarda Movarounnahrda tugʻilib, jahon ilm-fani, madaniyati, bashar sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qoʻshgan allomalar minglab noyob durdona asarlar yaratgan. Ularni mutolaa qilgan kishi, albatta, ilm-fan va madaniyat beshigi boʻlgan bu zaminda ijod qilgan olimlar naqadar buyuk zotlar boʻlganini qalban his etadi. XV asr oxiri-XVI asr boshlarida Sharq madaniyati, adabiyoti va …

Batafsil

EKSTRЕMIZM – JAMIYAT UCHUN ZARAR

Ekstremizm – jamiyat uchun anʼanaviy boʻlgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid boʻlgan gʻoyalarni aldov va zoʻrlik bilan targʻib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi. Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir. Ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr va qarashlarning …

Batafsil

BOBUR ILMIY-MAʼNAVIY MЕROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Zahiriddin Muhammad Bobur Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga, yirik davlat va siyosat arbobi, mohir sarkarda ham sanaladi. U keng dunyoqarashi va komil aql-zakovati bilan Hindistonda maʼrifatparvar davlat arbobi sifatida nom qozongan boʻlsa, “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavislari …

Batafsil

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR – SHARIATPANOH HUKMDOR

XV asrning oxiri va XVI asr oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili – buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda Fargʻona viloyati hokimi Umarshayx oilasida dunyoga keldi. Umarshayx Movarounnahr hokimi Abusaid Mirzoning oʻgʻli boʻlib, 1455 yilda …

Batafsil

NAVOIY DAHOSIGA EHTIROM

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Markaz rahbariyati va ilmiy jamoasi hamda Samarqand davlat universiteti olimlari ishtirok etdi. Tadbirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mumtoz adabiyoti kafedrasi dotsenti Sobirjon Tohirovning …

Batafsil

ALISHER NAVOIY NAZNIDA ODIL PODSHOH TIMSOLI

Butun umrini el yurt farovonligi yoʻlida ezgu ishlarga baxsh etgan, ulugʻ shoir, mutafakkir hamda yirik davlat arbobi Alisher Navoiyning odil hukmronligi toʻgʻrisidagi qarashlari hayotiyligi bilan hamon qadrlidir. Navoiy “Hayrat-ul abror” va “Sadiy Iskandariy” dostonlarida oʻz orzusidagi odil podshoh timsolini yaratadi va shunday podshohning siyosati tufayli vujudga kelgan kuchli davlatchilik gʻoyalarini …

Batafsil

MARKAZ OLIMINING TADQIQOTI QOZOGʻISTON ILMIY NASHRIDA EʼLON QILINDI

Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligining Arxiv ishlari va hujjatlar qoʻmitasi huzuridagi “Qoʻlyozmalar va nodir kitoblar milliy markazi” nashri hisoblangan “ULY DALA MURASI” (“Buyuk dasht merosi”) ilmiy-ommabop jurnalining yangi sonida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Otabek Muhammadiyevning Alouddin Usmandiy qalamiga mansub “Tariqatul xilof …

Batafsil