Home / 2021 (page 43)

Yearly Archives: 2021

Abu Mansur Moturidiy

“Taʼvilot al-Qurʼon” tafsirining muallifi Abu Mansur Moturidiydir. Alloma 870 yilda Samar­qandning Moturid qishlogʻida tavallud topgan. U Samarqanddagi “Dor al-Iyodiya” va “Dor al-Juzjoniya” nomli maktablarda mahalliy hanafiy ulamolardan taʼlim olgan. Alloma 944 yilda Samarqand shahrida vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. Mashhur shogirdi Abul Qosim Hakim Samarqandiy taʼrifi bilan aytganda …

Batafsil

Islomdagi bagʻrikenglik mohiyati mahalliy va xorijlik olimlar eʼtiborida

Ayni soatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov Navoiy shahrida oʻtkazilayotgan “Bagʻrikenglik va tinchliksevarlik kontekstida islom milliy-maʼnaviy merosi” mavzusidagi xalqaro ilmiy onlayn konferensiyada ishtirok etmoqda. Konferensiyada shuningdek, mahalliy oliy taʼlim muassasalarining ijtimoiy-gumanitar fanlar, siyosatshunoslik hamda tashqi siyosat sohasi olimlari, shu bilan bir qatorda Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya …

Batafsil

OʻZBЕKISTONDA ILK BOR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi olimlari tomonidan buyuk ajdodimiz, moturidiylik taʼlimoti asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning Qurʼoni karim tafsiriga bagʻishlangan mashhur “TAʼVILOT AL-QURʼON” asarining 30-juzi ilk marta oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan amalga oshirilgan va dunyoning yetakchi ulamolari tomonidan eʼtirof etilgan ushbu tarjima …

Batafsil

IBN MUQAFFANING ISLOM SIVILIZATSIYASI TARAQQIYOTIGA QOʻSHGAN HISSASI

Ibn Muqaffa (724-759) VIII asr islom ilm-fanining eng mahsuldor mutafakkirlaridan biri boʻlib, oʻz isteʼdodi va keng tafakkur sohibi ekanligidan guvohlik beruvchi bir qancha asarlari bilan arab-musulmon ilm-fanining, kitobat sanʼatining yuksalishiga katta taʼsir koʻrsatgan. Tarjimalari, falsafiy asarlari uning bepoyon, teran va aniq mantiqqa tayanganini, nozik did sohibi boʻlganini yaqqol namoyon etadi. …

Batafsil

YER ALLOHNING ULUGʻ NEʼMATI, UNDAN OQILONA FOYDALANISH ESA INSONIY BURCHIMIZ

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yer maydonlaridan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish barobarida oʻzboshimchalik bilan egallab olishga chek qoʻyishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2021 yil 8 iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yangi bosqichga …

Batafsil

Imom Moturidiy ilmiy merosining xalqaro miqyosdagi yana bir eʼtirofi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari joriy yil 16 iyunda  onlayn tarzda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy simpozium ishida ishtirok etdi. Tadbirda mahalliy olimlar bilan birga Misr Arab …

Batafsil

ENG SOF VA TINIQ HAQIQATLARNI TILGA KIRITGAN BЕNAZIR OLIM

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy simpozium oʻtkazildi. Anjuman Imom Moturidiy va uning izdoshlari boʻlgan allomalarning hayoti va boy ilmiy merosini hamda moturidiylik taʼlimotini xalqaro jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etildi. Simpoziumda mamlakatimiz vakillaridan tashqari Misr, Iordaniya, Turkiya, …

Batafsil

OʻZBЕKISTON: “ILMU IRFON SABOQLARI” FAZILATI

Xalq manfaatlari, millat taraqqiyoti, insoniyat maʼnaviyatiga xizmat qilgan hamma narsaning  umri uzoq boʻladi. Ulardan insoniyatga yetadigan manfaatlar oʻz-oʻzidan ortib boraveradi, kelgusi avlodlar doimo oʻz hayotlarida mayoqdek foydalanadi va dasturulamal vazifasini bajaradi. Mustaqillik davrida, ayniqsa uning soʻnggi yillarida diniy – maʼrifiy soha rivojiga berilayotgan eʼtibor xalqimiz tomonidan chin dildan qabul qilinmoqda. …

Batafsil

NOSIRIDDIN SAMARQANDIYNING HANAFIYLIK FIQHI RIVOJIDAGI OʻRNI

Movarounnahrning ilmiy markazlaridan biri boʻlgan Samarqandda IX – XII asrlarda hadis, tafsir va aqoid kabi islomiy ilmlar bilan bir qatorda fiqh ilmi ham nihoyat darajada taraqqiy etgan. Bu davrda Abu Muqotil Samarqandiy, Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim Abullays Samarqandiy, Abu Nasr Iyoz Samarqandiy, Isʼhoq Samarqandiy, Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad …

Batafsil