Xalqaro seminarda oʻzbek olimining maʼruzasi tinglandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida 2020 yilning dekabr oyidan 2021 yilning mart oyiga qadar davom etadigan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzuidagi turkum anjumanlar doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan onlayn-seminarlar oʻtkazilmoqda. 2 …

Батафсил

Ubaydulla Uvatov nomi Gʻuzordagi maktab va koʻchalarga berildi

Gʻuzor tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabida taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan “Inson xotira bilan tirik, qadr bilan barhayot” mavzusida xotira kechasi va maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. “Qashqadaryo” nashrining xabar berishicha, viloyat va tuman hokimligi vakillari, ilm-fan, madaniyat va sanʼat namoyandalari, sektor rahbarlari, nuroniylar, ustozning …

Батафсил

Yosh Buxoriyning hadis ilmiga ishtiyoqi

Muhaddislar sultoni Muhammad ibn Ismoilning hayoti hadis ilmining oltin asriga toʻgʻri keldi. Milodiy 810 yilda tugʻilgan Muhammad ibn Ismoil yoshligidan muhaddislar bilan hamnafas boʻlib voyaga yetdi. Oʻz safdoshlaridan farqi, Alloh taoloning u kishiga bergan kuchli yodlash qobiliyati edi. Kamdan-kam odamga beriladigan bunday neʼmat bilan yosh Buxoriy oʻz davridan hozirgi kunga …

Батафсил

OʻSMAT OTA KIM BOʻLGAN?

Movarounnahr tarixi, madaniyati va maʼnaviyatini yuksak darajaga koʻtarishda samarqandlik allomalarning oʻrni beqiyos boʻlgan. Bu sohada nafaqat Samarqand shahri, balki unga tutash qishloqlardan yetishib chiqqan muhaddis, faqih, mutakallimlarni ham tilga olib oʻtish mumkin. Shunday allomalardan biri oʻz davrining mashhur faqihi va mutakallimi Muhammad ibn Abdulhamid Usmandiy Samarqandiydir. U oʻzidan aslo dolzarbligini …

Батафсил

O‘zbekistonlik tadqiqotchining Moturidiylik taʼlimotiga oid asarga bag‘ishlangan risolasi Turkiyada chop etildi

Turkiyada tadqiqot olib borayotgan vatandoshimiz — O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi va Anqara universiti bitiruvchisi, falsafa doktori A.Tuychiboyevning Ali ibn Saʼid ar-Rustufag‘niyga mansub «Muxtasar Favoyid ar-Rustufag‘niy» asarining ilmiy-tanqidiy nashri Istanbuldagi «Haşimî Yayınları» nashriyoti tomonidan chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. Mazkur asar ulug‘ ajdodimiz Imom Moturidiyning eng yaqin shogirdlaridan …

Батафсил

Jaholatga botma, odamzod!

Ilmi yoʻqlar oʻqimasin!  1) Islom dini hikmatlaridan, shariat ilmlaridan, dunyoviy bilimlardan bexabarlar oʻqimasin! Baribir anglamaydi. 2) Besavodlar oʻqimasin! Baribir tushunmaydi. 3) Ilmi yoʻqlar oʻqimasin! Baribir bilmaydi.  Inson – tabiati qiziq… Baʼzan muhim va dolzarb ishlar turganda, arzimas, mayda-chuyda narsalar bilan ovora boʻlib, atrofidagilar bilan oʻzaro bahslashadi, tortishadi. Bordi-yu, munozarada yutqazsa, qarshi tomonni ayblaydi, …

Батафсил

NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING “RIYOZATUL AXLOQ – AXLOQ TARBIYASIDAGI MASHAQQATLAR” ASARI

Nosiruddin Samarqandiyning asarlari orasida “Riyozatul-axloq – Axloq tarbiyasidagi mashaqqatlar” asari zamonlar osha oʻz dolzarbligini yoʻqotmasdan kelmoqda. Uning qoʻlyozma nusxasi 72 varaqdan iborat boʻlib, birinchi varagʻidan to 22 varagʻigacha yeyish, ichish, yotish, turish, yurish, ovqatlanish, oʻzaro muloqot va muomalot hamda ibodatlarga oid odob-axloq qoidalari oyatlar, hadislar va hikmatli soʻzlar bilan asoslanib …

Батафсил

HAR QARICH TUPPOFI MUQADDAS ZAMIN

Koʻhna Movarounnahr ham dunyoviy, ham diniy ilmlarda yuksak choʻqqilarni zabt etgan yuzlab zabardast allomalar yetishib chiqqan zamin. Afsuski, Chor Rossiyasi, undan keyin shoʻrolar saltanatining iskanjasida qolgan xalkimiz bir yarim asr davomida ulugʻ ajdodlar merosidan mosuvo boʻlib qoldi. Istiqlolgacha xalqimiz faqat dunyoviy ilmlarda bemisl gʻayrat-shijoat koʻrsatgan allomalarimizni tanir, ular haqida ozmi-koʻpmi …

Батафсил

BUTUN DUNYONI OʻZ ILM NURI BILAN NURAFSHON ETGAN ZAMIN

Alloh taologa shukrki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida Islom dini maʼrifatini keng yoyish, ulugʻ allomalarimizning boy merosini oʻrganish, xalqimizga xos boʻlgan odamiylik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlarni targʻib etish yoʻlida tahsinga sazovor ishlar amalga oshirildi. Soʻnggi yillarda yurtimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi …

Батафсил

SAMARQANDDA YOZILGAN TASAVVUF MANBALARI (XVII-XVIII asrlarda)

Mustaqillik tariximizni, xalqimizning boy maʼnaviy-madaniy qadriyatlarini manbalar asosida chuqur va mukammal oʻrganish uchun keng imkoniyat yaratdi. Oʻzining uzoq tarixiga ega oʻzbek xalqining oʻtmishi shoʻro davrida bir yoqlama yoritilgan edi. Ayniqsa, muqaddas dinimiz va u bilan bogʻliq ayrim masalalarni oʻrganish butunlay nazardan chetda qoldi. Bugungi kunda Vatan tarixini oʻrganar ekanmiz, xalqimiz …

Батафсил