Zarafshon vohasi tarixiy davrlar davomida shakllangan. Uning taraqqiy etishi Zarafshon daryosi va uning irmoqlari bilan uzviy bogʻliqdir. XV-XIX asrlarda Zarafshon vohasida faoliyat koʻrsatgan ishqiya, kubroviya, naqshbandiya, yassaviya – suhravardiya, qodiriya-neʼmatullohiya, chishtiya kabi tariqatlarga nisbatan keng hudud boʻylab yoyilgan. Tariqat silsilasi xulafoi roshidun yoki choriyorlardan biri orqali Muhammad sollallohu alayhi vasallamga …
БатафсилDIQQAT, EʼLON!
Joriy yilning 25 mart kuni Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yildagi faoliyat yakunlari va 2023 yildagi istiqbolli rejalari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkaziladi. Markaz rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumani UzReport TV telekanali va telekanalning Youtube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI translyatsiya qilinadi. Matbuot anjumani soat 15.00 da boshlanadi. Anjumanga ommaviy axborot vositalari xodimlari, …
БатафсилALI IBN HAJAR
Ali ibn Hajar xurosonlik uch buyuk muhaddis imomlardan biri boʻlib, 771 yil Xurosonda tavallud topgan. Uning toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Hajar ibn Iyas Saʼdiy Marvaziy. Dastlabki taʼlimni otasi Hajar ibn Iyas va marvlik allomalardan oladi. Soʻng Hijoz, Iroq, Damashq, Kufa, Bagʻdod kabi oʻlka, mamlakat, va shaharlarga borib, tahsilini davom …
БатафсилGermaniyalik talabalar Markazda boʻldi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Germaniyadagi 14 nufuzli universitetning bir guruh talabalari tashrif buyurdi. Mazkur tashrif Germaniya Akademik almashuv xizmati (DAAD) va Berlindagi Humboldt universiteti hamkorligida Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan xorijlik talabalar uchun joriy qilingan maxsus kurs doirasida tashkil etildi. Ushbu kurs davomida germaniyalik talabalarga soʻnggi ikki hafta …
БатафсилABU NAJIB SHIHOBIDDIN AMIQ BUXORIY
(vaf.543/1149) Buxoriy nisbasi bilan tarixda qolgan shaxslardan biri shoir Amiq Buxoriydir. Allomaning toʻliq ismi Abu Najib Shihobiddin Amiq Buxoriy. U dastlabki ilmni Buxorodagi ulamolardan tahsil olgan. Falsafa, matematika, astronomiya va adabiyotning yetuk bilimdoni boʻlgan. Amiq Buxoriy 1068 yil Samarqandga boradi. Nuktadon shoir bu yerda Qoraxoniy xonlaridan Hizrxon (1080-1081 y) saroyida …
БатафсилYangi Konstitutsiya — mening kelajagim
Tas-ix:
БатафсилHashar uyushqoqlik bilan oʻtmoqda
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ham umumxalq xayriya hashari tadbirlari uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. Hashar davomida xodimlar Markaz binosi atrofidagi maydonlarni obodonlashtirish, yovvoyi oʻt-oʻlanlardan tozalash, manzarali daraxtlarga shakl berish va oqlash, ariq va …
БатафсилOʻzbekiston vakillarining Misrga amaliy safari samarali boʻldi
Mamlakatimizning Misrdagi elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi J.Najmiddinov boshchiligidagi delegatsiyaning Misrga xizmat safari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. Ushbu safar davomida mamlakatimiz delegatsiyasi Misrdagi qator tashkilotlarda uchrashuvlar oʻtkazishdi. Boʻlib oʻtgan muloqotlar chogʻida Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va …
БатафсилVOQЕLIKKA TЕRAN NAZAR TASHLASH – DAVR TALABI
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda Markaz tomonidan chop etilgan “Sahihi Buxoriy sharhi” va Abd ibn Humayd Keshiyning “Musnadi Keshiy” asarlari taqdimoti boʻlib oʻtdi. …
БатафсилShayx Nahayon: “Oʻzbekiston bilan hamkorlikka tayyormiz”
Birlashgan Arab Amirliklarining Bagʻrikenglik vazirligida Shayx Nahayon Muborak Ol Nahayon bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirok etdi. Suhbat davomida ikki davlat rahbarlari orasida shakllangan iliq va samimiy munosabatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirgan rasmiy tashrifi, ikki yetakchining doimiy …
Батафсил