Bugungi kunda inson ruhiy-maʼnaviy kamolotining ilmiy manbai boʻlgan hadisshunoslik faniga qiziqish tobora ortmoqda. Bunda keyingi yillarda islom ilmlarining oltin davrida yashab ijod qilgan allomalar merosini oʻrganishga keng yoʻl ochilgani muhim omil boʻlmoqda. Shu bois boʻlsa kerak, xalqimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida oʻsha davr allomalarining asarlarida nozik nuqtalar bilan ifodalangan durdonalarni oʻrganish …
BatafsilOʻRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOGʻIDAN CHIQQAN ROVIYLAR
IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan yuksak darajada rivojlangani bois ilm-fan rivojining oltin davri deb eʼtirof etilgan. Aynan shu davrda Xorazm, Buxoro, Samarqand, Nasaf, Termiz, Shosh, Fargʻona va Margʻinon kabi uzoq tarixga ega koʻhna va navqiron shaharlar hamda ular atrofida joylashgan Dabusiya, Afshona, Zamaxshar, Kushoniya, Ishtixon, Sogʻarj, Xushufagʻon, Razmoz kabi shahar, …
BatafsilQOZI HASAN MOTURIDIY (V/XI ASR)
Qozi Hasan Moturidiy hijriy beshinchi asrda Samarqandda yashagan buyuk hanafiy olimlardan biridir. Imom Moturidiy oilasiga mansub bu olim toʻgʻrisida juda kam maʼlumotga egamiz. Uning vafot etgan sanasi aniq emas. Allomaga zamondosh ulamolar tarixiga tayanib, uning V/XI asr ikkinchi yarmida vafot etganini taxmin qilish mumkin. Ayrim manbalarda uning 450/1059-yilda vafot etgani …
BatafsilSAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI
Har bir mamlakatning oʻz tarixi, diniy va milliy qadriyatlari borligi barchamizga maʼlum. Ona yurtimiz – Oʻzbekiston zamini ham azaldan oʻzining bebaho qadriyatlari boʻlgan maʼnaviy va moddiy boyliklari bilan dunyo xalqlari turmush tarziga va madaniyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Dunyo olimlari hamon ajdodlarimizga, boy madaniy merosimizga alohida hurmat va ehtirom bilan qaraydi. …
BatafsilXORAZMNING ILK ROVIYLARI
Uygʻonish davri tarixini oʻrganish jarayonida shu narsaga amin boʻlamizki, Xorazm oʻlkasi VIII asrdan musulmon dunyosiga juda koʻplab olimlarni yetishtirib bera boshlaydi. Birgina “Xorazmiy” taxallusi bilan ijod qilgan olimlarning oʻzi juda koʻpchilikni tashkil qilgan [8]. Xorazm olimlarga boy, ilm markazlarining buyugi va eng yuksagi edi. Ushbu arab boʻlmagan diyor islomiy taʼlim …
BatafsilABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN OʻRNI
Abu Bakr Jassos (vaf. 370/981) qoldirgan ilmiy meros hanafiy mazhabida oʻziga xos ahamiyatga ega. Alloma shaxsiy xislati, shogirdlar tarbiyasi va fiqhga oid qimmatli asarlari bilan hanafiy mazhabi rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan. Abu Bakr Jassos shaxsiyati, ilmiy safarlari va asarlari chuqur tadqiq etilishi lozim. Abu Bakr Jassos hanafiy mazhabi boʻyicha fiqh …
BatafsilSAHL IBN ABDULLOH TUSTARIY – BUYUK MUTASAVVIF OLIM
Islomda tasavvuf ilmi Muhammad (a.s.) dan qabul qilib olingani, tariqatda u kishining “ravishlari hujjat” [5:29] ekani aytilgan. Bunga bugungi kunda ham mavjud tariqat silsilalari asos bo‘la oladi. Jumladan, Naqshbandiya tariqati silsilasi Abu Bakr Siddiq va Ali ibn Abu Tolib(r.a.)ga bog‘lanishini misol keltirish mumkin. Biroq Payg‘ambar (a.s.) zamonlarida “tasavvuf”, “so‘fiy”, “tariqat” …
Batafsil“SAHIHUL BUXORIY” ROVIYSI ABU ISʼHOQ IBROHIM IBN MAʼQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI
Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” asari Qurʼoni karimdan keyingi manba hisoblanadi. Koʻpchilik bu toʻplam va unga oid maʼlumotlardan xabardor boʻlishga intiladi. “Sahihul Buxoriy” roviylari, ularning hayoti va ilmiy faoliyati xorijlik olimlar tomonidan mukammal oʻrganilgan va bu haqda kitob, risola va bahslar yozilgan. Afsuski, yurtimizda bu mavzu hanuz toʻliq oʻrganilmagan. Ushbu roviylar …
BatafsilSOʻGʻDLIK MUHADDISLAR TARIXI
Hijriy ilk asrlar (milodiy VII asr)dan boshlab Movarounnahr, ayniqsa koʻhna Samarqand hududidan koʻplab olimlar yetishib chiqib, oʻlkada islom dinining keng yoyilishi bilan bir qatorda hadis, fiqh, tafsir va aqida kabi islomiy ilmlar rivojiga hissa qoʻshgan. Quyida hudud tarixi, islom dinining kirib kelishi va uning Bunjikat, Maymurgʻ, Varagʻsar, Vazor, Yorkas, Burnamaz, …
BatafsilBUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR
Oʻzbekiston qadimdan buyuk mutafakkirlari bilan jahonga mashhurdir. Yurtimizdan yetishib chiqqan olimlar dunyo tamadduniga benazir hissa qoʻshgan. Buning natijasida oʻrta asrlarda uygʻonish davri, yaʼni Sharq Renessansi vujudga kelgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, …
Batafsil