Imon va islom bittadir. Lekin zohiriylar bunga xilof qilgan. Ular Alloh taoloning ﴿قَالَتِ الْأَعْرَابُ آَمَنَّا قُلْ لَمْ تُؤْمِنُوا وَلَكِنْ قُولُوا أَسْلَمْنَا وَلَمَّا يَدْخُلِ الْإِيمَانُ فِي قُلُوبِكُمْ﴾ “Aʼrobiylar: “Biz iymon keltirdik”, dedi. (Ey Muhammad!) Ayting: “Sizlar iymon keltirmadingiz. Lekin “islom keltirdik (boʻysundik)”, denglar. Iymon sizlarning qalbingizga kirmagan”[1], oyatini dalil qilib keltiradi. …
BatafsilISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI
Islom dini inson hayotining har bir jabhasini oʻzida mujassam etgan, har zamonga mos ezgulikka asoslangan bagʻrikeng, moʻtadil dindir.U faqat ahkomlardan iborat emas, balki inson maʼnaviyati va maʼrifatini shakllantiruvchi, uni kamolga yetkazuvchi, ijtimoiy-siyosiy, ruhiy-maʼnaviy talablarini qondiruvchi dindir. Ammo kishi diniy ilmsizlik sababli koʻplab muammolarga duch kelishi tabiiy hol. Mana shu muammolardan …
BatafsilISLOM DINI ILMNI TARGʻIB QILADI
Ilm olish dinimizda ulugʻ ibodatlardan sanaladi. Ilk nozil boʻlgan vahiyning “Oʻqi!” deb boshlanishi buning yorqin dalilidir. Shuning uchun ham islom dinining moʻtabar manbalarida ilm targʻib qilingan va ilm sohibi uchun baland darajalar vaʼda qilingan. Alloh taolo Qurʼoni karimda: “Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga …
BatafsilTaomlanish sirlari (5-qism)
TAOMLANISH SIRLARI (7 qismdan iborat)ni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar: Qurʼoni karim oyati karimalari, Janobi Paygʻambarimiz alayhissalomning muborak hadisi shariflari, Dinimiz asoslari, Shariatimiz hukmlari, Sharqona odoblarimiz, Mazhabimiz meʼyorlari, Jamiyatshunoslik aloqalari, Odamgarchilik munosabatlari, Insoniy tuygʻular, Ruhshunoslik sir-asrorlari, Yurtimiz urf-odatlari, Oʻzbekchilik qoidalari, Madaniyatimiz axloqlari, Insoniy aql va axloqiy normalar, Dono maqollarimiz, Milliy …
BatafsilARAB BOʻLMAGAN SAHOBALAR
“Barcha insonlar hazrati Odam alayhissalomning farzandlaridirlar. Odam esa tuproqdan yaratilgan”[1] jumlasidan shunday xulosaga kelsak boʻladiki, islom dinining insonlarga munosabati va ularni baholashda irqning va irqchilikning ahamiyati yoʻq. Bu borada Alloh taolo shunday marhamat qilgan: “Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrogʻingiz taqvodorrogʻingizdir”[2]. Yaʼni, ustunlik va yuksaklik boshqa narsada emas, taqvodadir. Kishi …
BatafsilDINIY EKSTREMIZM VA SOF ISLOM
Din – arabcha soʻz boʻlib, “eʼtiqodga ehtiyojli har bir insonning talabini qondirishni oʻzida mujassam etuvchi” degan maʼnoni anglatadi. Islom dinining aqidaviy asosi Alloh taologa, paygʻambarlarga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, oxiratga, barcha yaxshilik va yomonlik Yaratganning irodasi bilan boʻlishiga ishonmoqdir. Mutlaq olganda, din ezgulik manbai hisoblanadi. Ammo sof islomiy eʼtiqod notoʻgʻri talqin …
BatafsilTOʻYLARIMIZ HAQIDA OʻYLARIMIZ
Oʻzbek xalqining uzoq yillik qadriyatlari va anʼanalarini oʻzida aks ettirgan ayrim toʻy, oilaviy tantana, maʼraka va marosimlarni yaqin insonlar, doʻstu birodarlar ishtirokida zoʻr xursandchilik bilan nishonlash anʼanalari mavjud. Albatta bunday jamoaviy tadbirlar insonlar oʻrtasida hamjihatlikning, qarindoshlar orasida silayi rahimning ziyoda boʻlishiga, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Biroq soʻnggi yillarda …
BatafsilIMONDA ISTISNO QILISH (“Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari asosida)
Kim imonning olti ruknini qalbi bilan tasdiqlab, tili bilan iqror boʻlsa, u haqiqiy moʻmindir. Alloh taolo: ﴿أأُولَئِكَ هُمُ الْمُؤْمِنُونَ حَقًّا﴾ “Ana oʻshalar haqiqiy moʻminlardir”[1], degan. Hech bir moʻmin “Inshaalloh, men moʻminman” deyishi joiz emas. Bu xuddi “Inshaalloh (Xudo xohlasa) men tirikman yoki inshaalloh men yosh yigitman”, deyish joiz boʻlmaganiga oʻxshaydi. …
BatafsilSADAQAI JORIYA QILISHGA SHOSHILING!
Sadaqai joriya – inson vafotidan keyin ham uzluksiz ajru savobi yetib turadigan ezgu amaldir. Boshqacha aytganda, kishi bu dunyoni tark etganidan keyin ham nomai aʼmoliga savob yozilib turishiga sabab boʻladigan oʻziga xos investitsiya. Sadaqai joriyaning fazilati va ahamiyati koʻplab hadislarda zikr qilingan. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ …
BatafsilOʻRTA OSIYO HUDUDIGA MOʻGʻULLAR BOSHLIQ URUGʻ-QABILALARNING KOʻCHIB KELISHIGA DOIR ZIDDIYATLAR VA YANGICHA QARASHLAR
Chingizxon boshliq Moʻgʻul imperiyasi tarixi jahon xalqlari tarixida ham muhim oʻrin tutadi. Oʻtgan sakkiz asr mobaynida moʻgʻulshunos, nomadolog (koʻch-manchishunos), sharqshunos va tarixchi olimlar diqqat markazida boʻlgan moʻgʻullar tarixining turli jihatlari haqida xorij va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan izlanishlar amalga oshirilgan. Shunga qaramasdan, bu davrda mintaqadagi etnik holat, moʻgʻullar qoʻshinining etnik tarkibi …
Batafsil