“Maslahat” arabcha soʻz boʻlib, biror ishni qanday qilish kerakligi haqida yoʻl-yoʻriq tarzidagi, mulohaza, tavsiya, taklif, fikr olish kabi maʼnolarni bildiradi. Muqaddas dinimizda har bir ishni maslahat bilan amalga oshirishga chaqirilgan va uning alohida fazilatga ega ekanligi taʼkidlangan. Hatto Qurʼoni karim suralaridan biri ham Shoʻro (Maslahat) deb nomlangan. Chunki, bu surada …
BatafsilUSTOZ OTANGDAN ULUGʻ!
Alloh taolo olamlarni bunyod etgandan soʻng unga sarvar qilib Insonni – Hazrati Odam Ato alayhissalomni yaratdi. Odam Ato qovurgʻasidan Momo Havoni yaratib, ulardan farzandlarini koʻpaytirdi. Rivoyat etilishicha, odamzodning koʻngliga 3 narsa urmas, yaʼni inson 3 narsadan aslo bezor boʻlmas, doimo ardoqlar ekan. Birinchisi er uchun ayol, ayol uchun er. Chunki, ayol …
BatafsilBЕMORNI YOʻQLAGAN KISHI JANNAT XURFASIDA BOʻLADI
Har bir inson kasal boʻladi. Bu baʼzida kuchli, baʼzida yengil kechadi. Rivoyatlarga koʻra, faqat Firʼavn kasal boʻlmagan ekan. Bu unda gʻurur va kibr oshishiga olib kelgan. Aslida kasallik ham imtihon, ham rahmat boʻladi. Baʼzan yengil kasallik oʻzidan keyin keladigan ogʻir dardni qaytaradi. Bu vaqtda moʻmin kishi imtihonga sabrli boʻlishi va …
BatafsilIZN SOʻRASH – NAZARNI POKIZA SAQLASH UCHUNDIR
Inson hayoti qavm-qarindosh, qoʻni-qoʻshni, mahalla-koʻy bilan chambarchas bogʻliqdir. Tabiiyki, odamlar orasida bordi-keldi, xabarlashish, maslahat soʻrab borish kabi oʻzaro munosabatlar yuzaga keladi. Inson biror xonadonga borganda, kirishga izn soʻrashi islomdagi goʻzal odob-axloq sanaladi. Alloh taolo aytadi: ﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا لَا تَدْخُلُوا بُيُوتًا غَيْرَ بُيُوتِكُمْ حَتَّى تَسْتَأْنِسُوا وَتُسَلِّمُوا عَلَى أَهْلِهَا ذَلِكُمْ …
Batafsil“JONLI” VA “JONSIZ” TARBIYA
«Agar ogohsan sen – shohsan sen. Agar shohsan sen – ogohsan sen» Albatta, xalqimiz, jumladan yosh avlod gʻarb fan-texnikasi, madaniyati, adabiyoti, sanʼatining ilgʻor jihatlarini inkor etmaydi. Biroq gʻarbda din va odobga zid boʻlgan qarashlarning koʻpchilikka singdirilishi oqibatida yuzaga kelgan “ommaviy madaniyat” tushunchasini gʻarb ziyolilarining oʻzi “gʻarbning muammosi” sifatida baholayotganini hamda …
BatafsilSALOMNI YOYING, SALOMAT BOʻLASIZ!
Salom inson zoti yaratilgandan buyon davom etib kelmoqda. Salomlashish islomning shiori va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari boʻlib, oʻzida tinchlik, mehrmuhabbat, doʻstlik va yaxshiliklarni mujassam etgan. Inson ayniqsa iztirobga tushganda, qorongʻu tunlarda va choʻlu biyobonda yolgʻiz qolganda bu fazilatning qadrini sezadi. Salom bergan kishi birodariga tinchlik va xursandchilik bagʻishlaydi. Undan …
BatafsilUSTOZNING SHOGIRDIGA DЕGANLARI
Oʻn toʻrtinchi dars. Iffatli boʻlish. Ey oʻgʻlim! Iffat yaxshilarning xulqidir. U bilan xulqlanginki, senga mustahkam oʻrnashib olsin. Koʻzi toʻq boʻlish ham iffatdan. Yeydigan ovqatingni muhtojlar va doʻstlaringdan qizgʻanma. Odamlar qoʻlidagi narsani bilishga intilmasliging ham iffatdir. Taoming va oʻtkinchi narsalaringni koʻpaytirishga oshiq boʻlma. Havoyi nafsingga qarshi kurash. U seni buzuq ishlarga …
BatafsilIJTIMOIY YIGʻIN ODOBLARI
Jamiyatdagi muammolarning yechimini topish va turli fikrlarni eshitib, toʻgʻri qaror chiqarish uchun ijtimoiy yigʻinlar oʻtkaziladi. Qayerda inson yo jamoa manfaatlari uchun suhbat boʻlsa, u foydali, botil soʻzlar gapirilsa, gʻiybat, chaqimchilik va boʻhton qilinsa, aksincha, zararli yigʻin boʻladi. Qurʼoni karimda foydali yigʻinlar haqida Alloh taoloning bunday koʻrsatmasi bor: ﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ …
BatafsilUSTOZNING SHOGIRDIGA DЕGANLARI
Oʻn uchinchi dars. Omonatdorlik. Ey oʻgʻlim! Omonatdorlik – insonni bezaydigan eng goʻzal fazilat. Uning ziddi xiyonat boʻladi. Xiyonat insonni sharmanda qiladigan va qadrini pastlatadigan eng yomon razillikdir. Omonatdorlik fazilat ahlining bezagi, ilm ahlining ziynatidir. U va rostgoʻylik paygʻambarlarning sifatlari sanaladi. Ey oʻgʻlim! Omonatdor boʻl. Birovning obroʻsiga ham, moliga ham, boshqa …
BatafsilYAXSHI DAM – MЕHNATGA HAMDAM
Kecha va kunduz ulugʻ neʼmatlardir. Inson kechasi uxlab dam oladi, kunduzi tirikchilik qiladi. Alloh taolo aytadi: ﴿وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا﴾ Uyqungizni (badaningiz va asablaringiz uchun) orom qildik. ﴿وَجَعَلْنَا اللَّيْلَ لِبَاسًا﴾ Kechani libos qildik. ﴿وَجَعَلْنَا النَّهَارَ مَعَاشًا﴾ Kunduzni esa, tirikchilik vaqti qildik[1]. Boshqa oyati karimada esa bunday deydi: ﴿وَهُوَ الَّذِي يَتَوَفَّاكُمْ بِاللَّيْلِ وَيَعْلَمُ مَا …
Batafsil