Home / MAQOLALAR (page 39)

MAQOLALAR

ILMIY IJODDA INTUITSIYAGA BOʻLGAN MUNOSABAT

Intuitsiya ratsional va irratsional tafakkur, ijod, xususan, “badiiy va ilmiy ijod”, “aql”, “xotira”, “tasavvur”, “diqqat”, “fahm-farosat”, “onglilik”, “ongsizlik”, “ong osti sohasi” va “instinkt” kabilar bilan dialektik bogʻliqlikdagi muhim tushunchadir. Intuitsiya, intuitiv bilish va tafakkur insonning nafaqat hissiy va aqliy bilish qobiliyati, balki ruhiyati bilan ham bevosita bogʻliq murakkab, serqirra va …

Batafsil

FUTUVVAT TAʼLIMOTI GʻARB VA SHARQ OLIMLARINING TALQINIDA

Haqiqatning muxlislari – uning doʻstlaridir. Maʼnaviy qadriyatlarimizning tiklanishi bilan tarix sahifasidagi bizga nomaʼlum boʻlgan koʻplab muammolarni oʻrganish, tahlil qilish va ilmiy jihatdan asoslab berish bugungi kunda muhim masalaga aylandi. Milliy madaniyatimizning rivojlanishi tabiiy ravishda uning asosiy manbai boʻlmish madaniy merosimizni chuqur va ilmiy asosda izchil oʻrganishimizni taqozo etadi. Arablar Movarounnahrni …

Batafsil

FAZO VA VAQTDA IMKONIYAT HAMDA VIRTUALLIK MUAMMOSI

Insoniyat globallashgan, axborotlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tuzilmalardan iborat postindustrial sivilizatsiya dunyosiga kirib keldi. Bu sivilizatsiya oʻtgan asrda jamlangan barcha kreativ potensiallarni ishga solib, maʼlum jihatdan inqilobiy boʻlgan postnoklassik madaniyatni, fan va texnologiyaga asoslangan innovatsion olamni bunyod etmoqda. Ontologik qarashlar informatsion va ilmiy-texnik inqilob taʼsirida postnoklassik falsafa doirasida yangi …

Batafsil

TOSHKЕNT QOZISI SHARIFXOʻJA PODSHOHXOʻJA OʻGʻLINING KUTUBXONASI

Bugungi kunda Samarqand, Buxoro, Xiva va Qoʻqon shahridagi shaxsiy kutubxonalar va madrasa-masjidlarning vaqf kutubxonalari haqida ayrim tadqiqotlar eʼlon qilingan. Lekin Toshkentdagi bu kabi kutubxonalarga bagʻishlangan tadqiqotlar ancha kam. Hozircha bizga Toshkentdagi Isaxoʻja qozi, Beklarbegi, Eshonquli dodxoh, Boʻrixoʻja madrasalari, Yunusxon maqbarasidagi vaqf kitoblar maʼlum xolos [1:3-7; 10:288-294]. Shaxsiy kutubxonalar haqida esa …

Batafsil

MILLIY MAʼRIFATPARVARLIKNING VUJUDGA KELISH OMILLARI (ijtimoiy-falsafiy tahlil)

Jadidlar harakatida taʼlim-tarbiya masalasining boshlanishi avvalo milliy ozodlik gʻoyalarining ildizi edi. Jamiyatda biror bir gʻoya oʻzining namoyon boʻlishini oʻsha jamiyatda boʻlayotgan ijtimoiy tuzumning mahsuli sifatida oʻzining taʼsirini koʻrsatib boradi. Jadidlar harakati ham mana shunday oʻz davrining reaksion gʻoyasi edi. Bu esa jamiyatdagi ijtimoiy muhitning bir tasodifiy hodisasi boʻlmay, balki ijtimoiy-siyosiy …

Batafsil

IMOM GʻAZZOLIYNING “MAQOSID UL-FALOSIFA” ASARI MUNDARIJASI: MAQSAD VA VAZIFALARI

Imom Gʻazzoliy (1058-1111) shaxsiyati ilm-fan taraqqiyoti va rivojida yuksak ahamiyat kasb etadi. U ilmiy faoliyati va hayoti bilan Sharq va Gʻarb falsafa ilmiga oʻz hissasini qoʻshib, gʻoyaviy-mafkuraviy, siyosiy, madaniy va axloqiy qarashlarning shakllanishiga favqulodda kuchli taʼsir oʻtkazdi. Mustaqillik yillarida mutafakkirning ilmiy merosini oʻrganishga katta eʼtibor qaratila boshlandi. Gʻazzoliyning hayoti, ilmiy-maʼnaviy …

Batafsil

NAQSHBANDIYLIKNING SOʻFI OLLOHYOR TARMOGʻI

Keyingi paytlarda naqshbandiya tariqati namoyandalarining hayoti, faoliyati va silsilasi toʻgʻrisida turli fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Oʻz navbatida har xil savollar yuzaga chiqmoqda. Bundan naqshbandiya va uning turli tarmoqlari hali ham mukammal oʻrganilmagani va tadqiqot uchun koʻplab muammolar borligi ayonlashadi. Avvalo mazkur tariqatning silsila va nasl-nasab zanjiriga eʼtibor qaratsak. Odatda tariqat silsilasi choriyorlardan …

Batafsil

ISLOMSHUNOSLIKDA “MAʼRUZA (MUHODARA) ILMI”NING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

Koʻpgina islomshunos va tarixchi olimlar islom tamadduniga hissa qoʻshgan asarlarning yaratilishini ikkinchi hijriy asrga, yaʼni Qurʼoni karim, Hadisi sharif va ular bilan bogʻliq ilmlarga bagʻishlangan asarlarni yaratish, shuningdek, chet tilida yozilgan ilmiy asarlarni tarjima qilish bilan bogʻlaydi. Haqiqat shuki, (ilmiy asarlarni) yozish va yaratish arab yoki forslarning ustunligi bilan emas, …

Batafsil

ISLOMDA PAYGʻAMBARLAR MAVQЕI

Yakkaxudolikka asoslangan dinlarda paygʻambarlar Parvardigor va insonlar orasidagi vositachi, yaʼni ilohiy irodaning xabarchisi hisoblanadi. Paygʻambarlikka oid savollar islom aqidasi va ilohiyotidagi markaziy masalaga aylandi. Sababi, paygʻambar (nabiy) va elchilar (rosul)ga boʻlgan ishonch (eʼtiqod) imon ruknlarining biri sanaladi. Bunga dalil sifatida Qurʼondan: “Paygʻambar (Muhammad) (S.A.V.) oʻziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (oyatlarga) imon keltirdi …

Batafsil

Ustoz otangdan ulugʻ!

Alloh Taolo olamlarni bunyod etgandan soʻng unga sarvar qilib Insonni – Hazrati Odam Ato alayhissalomni yaratdi. Odam Ato qovurgʻasidan Momo Havoni yaratib, ulardan farzandlarini koʻpaytirdi. Rivoyat etilishicha, odamzodning koʻngliga 3 narsa urmas, yaʼni inson 3 narsadan aslo bezor boʻlmas, doimo ardoqlar ekan. Birinchisi er uchun ayol, ayol uchun er. Chunki, …

Batafsil