Home / IMOM DORIMIY (page 2)

IMOM DORIMIY

SUNANI DORIMIY

1714. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon oyida bir kun ruxsatsiz (safarga chiqmay) yoki bemor boʻlmay roʻza tutmasa, bir asr roʻza tutsa ham, oʻsha kun roʻzasining oʻrnini bosa olmaydi”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1344. Abu Hurayra aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizdan biringiz tashahhudni oʻqib boʻlsa, Alloh nomi bilan toʻrt narsadan – jahannam azobidan, qabr azobidan, hayot va oʻlim fitnasidan va Masih Dajjolning yomonligidan panoh soʻrasin”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1734. Yaziddan rivoyat qilinadi: “(Roʻza tutishga) toqati yetadiganlar (ammo roʻza tutmaydiganlar) zimmasida bir miskin taomi fidyasi bor” oyati nozil boʻlganda, roʻza tutmay fidya bermoqchi boʻlganlar shunday qilar edi. Undan keyin nozil boʻlgan (“Sizdan kim shu (Ramazon) oyda hozir boʻlsa (shu oyga yetsa), roʻzasini tutsin”) oyati yuqoridagi oyat hukmini bekor qildi”. …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1319. Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Yetti aʼzo – peshona [Vuhayb: “U zot qoʻllari bilan burunlariga ham ishora qildilar”, dedi], ikki qoʻl, ikki tizza va ikki oyoqning barmoqlari bilan sajda qilishga, kiyim va sochlarni yigʻmaslikka buyurildim”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1316. Abu Hurayra aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizdan biringiz (ruku yoki sajdada) boshini imomdan oldin koʻtarsa, Alloh taolo uning boshini eshakning boshiga yoki suratini eshakning suratiga aylantirib qoʻyishidan qoʻrqmaydimi?!”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1277. Abdullohdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kishining jamoatdagi namozi yolgʻiz oʻqigan namozidan yigirma yetti daraja ziyod boʻladi”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1254. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar uch kishi bir joyda jamlansa, ulardan biri imom boʻlsin. Ular orasida imomlikka eng haqlisi qiroati yaxshi boʻlganidir”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1253. Molik ibn Huvayrisdan rivoyat qilinadi: “Qavmimdan bir jamoa bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldik. Biz yosh yigitlar edik. U zot huzurlarida yigirma kun turdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda mehribon edilar. U zot ahlimizga sogʻinchimizni koʻrib: “Ahli oilangiz oldiga qaytib, ular bilan birga boʻling. Ularga (imonni) buyuring va …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1896. Jobirdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbonlik kunining choshgohida va undan keyin quyosh zavolga kelgan paytda jamra toshini otdilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1945. Anasdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkita ola shoxdor qoʻchqorni tasmiya (Bismillah) va takbir (Allohu akbar) aytib qurbonlik qildilar. U zot oyoqlarini ularning yonboshiga qoʻyib, oʻz qoʻllari bilan soʻyayotganlarini koʻrganman”. (Qatoda:) “Uni eshitdingmi?” dedim. (Anas) “Ha”, dedi. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil