Home / FOTO LAVHALAR / Targʻibot tadbirlari Buxoro viloyatida oʻtdi

Targʻibot tadbirlari Buxoro viloyatida oʻtdi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.

Oʻtayotgan hafta davomida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov Buxoro viloyatida faoliyat olib bordi.

Markaz vakili Buxoro shahri, Imom Buxoriy nomidagi MFYda targʻibot ishlarini tashkil qilib, dastlab mahalla yettiligi aʼzolari va uyushmagan yoshlar bilan manzilli suhbat oʻtkazdi.

Mahalla ahli ishtirokida 6-son umumtaʼlim maktabi hamda musiqa va sanʼat maktabida tashkil qilingan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda soʻzga chiqqanlar “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida hamda yoshlarni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Targʻibot tadbirlari doirasida mahallaning keksa avlod vakillari holidan ham xabar olindi.

Hafta soʻngida Mir Arab oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” mavzusida tadbir tashkil etildi. Taʼlim muassasasi rahbariyati va talabalar qatnashgan tadbirda Sh.Umarov yurtimizda bugungi kunda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyati, eʼtiqod erkiniligini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida soʻzladi va maʼnaviyatimizga tahdid solayotgan kuchlarning axborot xurujlaridan ogoh etib, ulardan saqlanish choralari xususida keng tushuncha berdi.

Targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tadqiqotini kutayotgan qoʻlyozmalar bisyor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …