Abduliloh BENARAFA – Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkiloti (ISESCO) Bosh direktorining oʻrinbosari
Maʼlumki, joriy yil Samarqand shahriga Islom dunyosi madaniy poytaxti maqomi berildi. Bu esa buyuk mutakallim Imom Abu Mansur Moturidiyning boy ilmiy-maʼnaviy merosini chuqur tahlil qilish, uni keng muhokama qilish uchun yana bir maʼnaviy asos va ruhlantiruvchi quvvat boʻlib xizmat qilmoqda.
Imom Moturidiy – aql va naqlni oʻzaro uygʻunlashtirib, zamonasining turli shubha va muammolariga ilmiy asosda baralla javob bera olgan alloma.
Bugungi kunda texnologiyalar taraqqiyoti, sunʼiy intellekt rivoji, inson erkinligi, masʼuliyat, taqdir va qazo kabi dolzarb masalalar fonida kalom ilmini zamon ruhiga mos tarzda yangilashga ehtiyoj sezilmoqda. Chunki eʼtiqod doimiy yangilanish va fikriy izlanishni talab qiladi.
Markazingizda turib shuni quvonch bilan eʼlon qilamizki, Alloh nasib etsa, bu moʻtabar dargohda Imom Buxoriy va uning mashhur “Sahih” asariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazishni rejalashtiryapmiz.
“Sahihul Buxoriy” – butun ummat tomonidan yuksak qadrlanadigan, har bir harfi va soʻzi musulmon olimlari tomonidan asrlar davomida tadqiq etib kelinayotgan buyuk asar. U, shubhasiz, islom ilm-fanining eng yuksak choʻqqilaridan biridir.
Majmuada olib borilayotgan yirik qurilish ishlari koʻzni quvontiradi. Inshoalloh, bu yerda anjumanimizni eng yuqori saviyada tashkil etamiz.
Tas-ix: